To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


-bob yuzasidan nazorat savollari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

10-bob yuzasidan nazorat savollari:
1.  Mulk  huquqining  kafolati  va  uni  himoyalashdagi  fuqarolik 
huquqining  rolini  Siz  sezasizmi?  Amaliy  misollarda  tushuntirib 
bering?
2.  Mulk huquqini  vindikatsion  da’vo  qo‘zg‘atish  yo‘li  bilan himoya 
qilishning xususiyatlari (amaliy misollar bilan).
3.  Mulkdan  foydalanishda  mulk  egasiga  qilingan  to'sqinliklami 
bartaraf  etish  (negator  da’volar,  amaliy  misollar,  sud  amaliyoti 
asosida).
4.  Mulkdor  boimagan  eganing  huquqlarini  himoya  qilish  nima? 
Misollar bilan tushuntiring?
5.  Mulk  huquqini  himoya  qilish  usul  va  vositalarini  kengaytirish 
borasida 
yana 
nimalar 
qilish 
kerak, 
deb 
hisoblaysiz? 
Qonunchilikni  takomillashtirish  yuzasidan  aniq  takliflarinigz 
bormi?
307

11-BOB. ZARARNIUNDIRISH VA ASOSSIZ OLINGAN MULKNI 
QAYTARISH -  MULKNI QO‘RIQLASH VOSITALARI SIFATIDA
B obning maqsadi.  M azkur bob  darslikning yakuniy,  mantiqiy  oxirgi 
bobi  bo ‘lib,  unda fu qarolar  va  tashkilotlarga  shartnomalardan  tashqari 
vujudga keladigan munosabatlarda yetkazilgan  mulkiy zararlam i undirish 
t o ‘g ‘risidagi  d a ’volar,  zarar  tushunchasi  va  tarkibi,  asossiz  olingan  yoki 
asossiz tejalgan mulkni qaytarish kabi m asalalar yoritiladi.
1. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi,
ahamiyati
Jamiyatimiz  hayotining  eng  muhim  tamoyillaridan  biri  -   qonun 
ustuvorligi hisoblanadi.  Uning mohiyati shundan iboratki,  “asosiy ijtimoiy, 
eng  avvalo,  iqtisodiy  munosabatlar  faqat  qonun  bilan  tartibga  solinadi, 
uning  barcha  qatnashchilari  esa  hech  bir  istisnosiz  huquq  normalarini 
buzganlik  uchun  javobgar  boiadi”1.  Bozor  mexanizmining  eng  asosiy 
xususiyatlaridan  biri  -   “xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o ‘rtasida  ulaming 
iqtisodiy  javobgarligi  va  to‘liq  iqtisodiy  mustaqilligi  asosida”  qonun  va 
shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi.
FKning 
234-moddasi 
ikkinchi 
qismida 
ko‘rsatilganidek, 
majburiyatlar  shartnomadan,  ziyon  yetkazish  natijasida  hamda  ushbu 
kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslarda kelib ehiqadi.
Majburiyat  fuqarolik-huquqiy  munosabat  bo‘lib,  unda  bir  tomon 
ikkinchi  tomon  foydasiga  ma’lum  bir  ishni  yoki  muayyan  bir  harakatni 
amalga  oshirish  yoxud  muayyan  bir  harakatdan  o'zini  saqlashni  o ‘z 
zimmasiga oladi.
Bozor  iqtisodiyoti  shakllanayotgan  sharoitda  korxona,  muassasa  va 
tashkilotlarga  hamda  fuqarolarga  yetkazilgan  moddiy  ziyonni  undirishga 
qaratilgan qonunlaming ijrosini tekshirish alohida ahamiyatga ega.
“Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  davrida,  barcha  jabhalarda  amalga 
oshirilayotgan  inqiloblaming  kuchli  ijtimoiy  asoslarini,  respublikaning 
barcha  aholisining 
manfaatlarini  ta’minlash,  ulaming  huquq  va 
erkinliklarini xal qilishga qaratilgan qonunlar mavjud bo'lishi lozim”  .
Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  fuqarolik 
huquqining muhim institutlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.  Bu majburiyatlar
1  Karimov  I.A.  O ’zbekiston  - bozor munosabatlariga o’tishning o ’ziga hos yo’li.  Bizdan  ozod  va obod Vatan qolsin.  -  
Toshkent:  O ’zbekiston,  1994. 48-b.
2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: Adolat,  1995. 29b-b.
308

shartnomaviy  munosabatlardan  tashqari,  shaxsga  yoki  mol-mulkka 
g'ayriqonuniy  xatti-harakat  natijasida  yetkazilgan  zararlami  qoplashga 
qaratilgan.
Kishilarning  bir-biri  bilan  doimiy  ravishda  o ‘zaro  munosabatlarida 
ba’zan ulaming moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar etish oqibatlari 
kelib  chiqadi.  Bu  zararlar  turli  tasodiflar,  ehtiyotsizlik,  qasd  orqali,  tabiiy 
ofatlar  natijasida  yuzaga  keladi.  Shunday  holatda  yetkazilgan  zarar  kim 
tomonidan  tolanishi  (zarar yetkazgan  shaxs  yoki jabrlangan  shaxs  yoxud 
uchinchi shaxs tomonidan) masalasi yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yuridik 
va  jismoniy  shaxslar  kutilmagan  zararlardan  himoyalanish  maqsadida 
sug'urta  xizmatidan  foydalanishga  harakat  qilmoqdalar.  Ammo  har  doim 
ham  vaqtidan  sug‘urta  xizmatidan  foydalanishning  iloji  bo‘lavermaydi. 
Natijada kutilmagan zarar kelib chiqadi.  Shuni ta’kidlash lozimki,  sug'urta 
tovoni har doim ham yetkazilgan zarami to‘la qoplamaydi.  Shuning uchun 
yetkazilgan  zarami bir huquqiy  institut yordamida tartibga  solishning iloji 
yo‘q.  Bu  borada  kengroq  faoliyat  ko'rsatish  uchun  bir  qancha 
institutlardan  foydalanishga  to ‘g‘ri  keladi.  Ulardan  eng  salmoqlisi,  delikt 
yoki zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardir.
“Zarar  yetkazilgan  kelib  chiqadigan  majburiyatlaming  roli  va 
ahamiyatini  aniqlashda quyidagi ikki  asosiy  an’anaga e’tibor berish kerak. 
Birinchidan,  ishlab  chiqarishning  o'sishi  ilgari  aoma’lum  bo'lgan  zararli 
omillar  vujudga  kelishi  va  tarqalishi,  ulardan  foydalanish  va  boshqalar. 
Masalan,  Angliya  yuqori  sudi  tomonidan  ko'rilayotgan  da’voli  ishlaming 
70-80%ni  zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlardan  kelib 
chiqmoqda.  Bunday  majburiyatlaming  ahamiyati  ortib  borayotganligi 
fuqarolik 
qonunchiliklarida 
delikt 
majburiyatlarga 
e’tibor 
berilayotganligida  ham  ko'rish  mumkin.  Masalan,  Napolen  kodeksiga 
zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun bor yo'g'i beshta 
qisqa  modda  kiritilgan  bo‘Isa,  Germaniya  fuqarolik  tuzuklarida  bu 
institutga 31  paragraf bag'ishlangan”1.
Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  o ‘ziga  xos 
belgilarga  ega  bo‘lib,  huquqshunos  olimlar  bu  xususda  bir  xil  fikr 
bildiradilar. Jumladan, Yu.K.Tolstoy bu belgilami quyidagicha ko‘rsatadi:
a) 
bu  majburiyatlaming  ta’sir  doirasi  zarami  qoplash  moddiy 
xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy 
munosabatlami qamrab oladi;
1  Костин  A.A.,  Яфаев  А.И.  Обязательства  из  причинения  вреда.  «Гражданское  и  торговое  право 
капиталистических государств» китобида. -М .: Международные отношения,  1993.427-с.
309

b) 
ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar yoki  shaxsiy 
nomulkiy manfaatlami buzilishi natijasida kelib ehiqadi;
v)  garchi  huquq  jabrlanuvchi  bilan  shartnomaviy  munosabatlarda 
bo‘lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsada, majburiyatlar mutlaq huquqlar 
buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega;
g)  bu  majburiyatlar  zarar  kim  tomonidan  yetkazilganligi,  qanday 
ko'rinishda  yetkazilganligi  va  qoplash  usullaridan  qat’iy  nazar  to ‘liq 
qoplanishini nazarda tutadi;
d)  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  zarami  to‘lash  majburiyati 
boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin1.
Zarar  yetkazish  tufayli  vujudga  keladigan  majburiyatga  binoan 
jabrlangan  shaxs  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxsdan 
o ‘zining  avvalgi  holati  tiklanishini  yoki  ko‘rgan  zarami  qoplashni  talab 
qila  oladi.  Bu  majburiyat  subyektlari  bo‘lib  zarar  yetkazilgan  shaxs  va 
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Bu subyektlar sifatida 
fuqarolar  va  tashkilotlar  bo‘lishi  mumkin.  Zarar  yetkazishdan  kelib 
chiqadigan  majburiyatlaming  mazmunini  jabrlangan  shaxsning  avvalgi 
holati  tiklanishini  yoki  ko‘rgan  zararlarining  toianishini  talab  qilishga 
bo‘lgan  huquqi  va  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo‘Igan  shaxsning 
mazkur  harakatlami  amalga  oshirishga  qaratilgan  burchi  tashkil  etadi. 
Yetkazilgan  zarami  to‘lashga  qaratilgan  mazkur  majburiyat  yuzasidan 
javobgarlik  shartnomadan  tashqari  vujudga  keladigan  javobgarlik 
hisoblanadi.  Bu  tufayli  vujudga  keladigan  majburiyatlar  huquqi  instituti 
ikki  turdagi  vazifani:  birinchidan,  avvalgi  holatni  tiklash  yoki  zarami 
tiklash  vazifasini;  ikkinchidan,  tarbiyaviy  funksiyani,  ya’ni  qonunga  xilof 
xatti-harakatlaming  oldini  olish  vazifasini  bajaradi.  Mazkur  institutning 
avvalgi  holatni  tiklash  vazifasi  g'ayriqonuniy  harakat  natijasida  vujudga 
keladigan  salbiy  mulkiy  oqibatlami  tugatishga,  chunonchi,  sog'liqni 
tiklashga,  nobud  qilingan  ashyo  o'miga  yangi  ashyo  olishga  yoki 
zararlangan  ashyoni  tiklash  imkonini  beradi.  Uning  tarbiyaviy  funksiyasi 
yetkazilgan zarami undirish imkoniyatini berish bilan qonunchilikka rioya 
qilishga,  fuqarolaming  hayoti,  sog‘lig‘i  va  manfaatlariga  shuningdek, 
ijtimoiy  va  xususiy  mulkka  nisbatan  ehtiyotlik  bilan  munosabatda 
bo‘lishga qaratilgan g'ayriqonuniy harakatlami oldini olishga qaratiladi.
1  Толстой  Ю.К.  Обязательства,  возникающие вследствие причинения вреда.  «Гражданское право» дарслигида.
4.2. -М .: Проспект,  1997. 695-е.
310

2. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha 
javobgarlik asoslari
Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  javobgarlikni  belgilaydigan 
yuridik  manbalar  FKning  985-1022-moddalari  va  boshqa  ba’zi  maxsus 
huquqiy  hujjatlardan  iborat.  Mazkur  masalaga  oid  bir  qancha  normalar 
xodimlaming 
ish 
bilan 
bog‘liq  holda 
shikastlanganliklari 
yoki 
salomatliklariga  boshqacha  tarzda  zarar  yetkazilganda  zaraming  ish 
bemvchi tomonidan to'lanishi haqidagi qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2005'yil  11-fevraldagi  60-sonli  Qarori  bilan 
tasdiqlangan  “Xodimlarga  ulaming  mehnat  vazifalarini  bajarish  bilan 
bog‘liq  holda  jarohatlanishi,  kasb  kasalliklariga  chalinishi  yoki 
salomatlikning boshqa xil  shikastlanishi  tufayli yetkazilgan  zarami to'lash 
Qoidalari”1da belgilangan.
Zarar  yetkazganlik  uchun  vujudga  keladigan  majburiyatlar 
to‘g ‘risidagi  qonun  normalarini  tatbiq  etishda  bunday  munosabatlami 
huquqning  boshqa bir  qator  institutlari  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy 
munosabatlardan ajrata bilish lozim.
Mulkka  bo'lgan  huquq  buzilgan  taqdirda  ba’zan  fuqarolik 
huquqining  qaysi  instituti  qoidalari  bilan  masalani  hal  qilish  to ‘g ‘risida 
(vindikatsion  da’vo  bo'yicha  huquqni  himoya  qilinishi  yoki  yetkazilgan 
zarami to‘latish  to‘g'risidagi majburiyat huquqi qoidalari bo'yicha himoya 
qilish) gi masala vujudga keladi.
Agar  birovning  mulkiy  huquqini  buzish  natijasida  mulk  egasi 
qo'lidan  chiqqan  bo'lsa,  va  uni  FKning  228-232-moddalariga  asosan 
natura  shaklida  uchinchi  shaxsdan  talab  qilish  imkoniyati  yo'qotilmagan 
bo'lsa,  bu  hollarda  shartnomalardan  tashqari  vujudga  keladigan 
javobgarlikni  tartibga  soladigan  qoidalar  (FKning  985-1022-moddalari) 
qo'llanilmaydi.  Huquqshunos  olimlar tomonidan  fuqarolik qonunchiligida 
zarar  yetkazishdan  vujudga  keladigan  majburiyatlami  umumiy  asoslari 
atroflicha  o'rganilib  chiqilib  bir  qator  shartlar  bo'lishligi  ko'rsatilgan. 
Birinchidan, mulkiy  zaraming bo'lishi, ikkinchidan, zarar yetkazuvchining 
xatti-harakati  qonunga  xilof bo'lishi,  uchinchidan,  qonunga  xilof  harakat 
bilan  zarar  o'rtasida  sababiy  bog'lanish  bo'lishi,  to'rtinchidan,  zarar 
yetkazgan shaxsning aybi bo'lishi talab qilinadi2.
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 5-6-son, 35-modda.
2 SayfuJlaev F. O ’zbekiston SSRning Grajdanlik huquqi.  Darslik.  2-qism,  -Toshkenl: O’qituvehi,  1988. 202-b,

3. Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik
Fuqaroning  sog‘lig‘iga  zarar  yetkazish,  shuningdek,  uni  hayotidan 
mahrum  qilish  zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlami 
vujudga keltiradi.
1995-yil  30-avgustda  qabul  qilingan  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
“Fuqarolaming  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va 
qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to‘g ‘risida”igi  Qonuni  ham 
fuqarolaming  shaxsiy  nomulkiy  xuquqlarini  -   ulaming  sha’ni,  qadr- 
qimmati,  ishchanlik  obro‘sini  himoya  qilish  to‘g ‘risidagi  qonunchilikni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shartnoma  majburiyatlarini  bajarishda,  shuningdek  harbiy  xizmat 
majburiyatlarini,  ichki  ishlar  organlaridagi  xizmatni  va  boshqa  shunga 
o ‘xshash majburiyatlami bajarishda fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga zarar, 
agar  qonunda  yoki  shartnomada  javobgarlikning  ancha  yuqori  miqdori 
nazarda tutilmagan bo‘Isa, FKning 57-bobi qoidalariga muvofiq qoplanadi.
Fuqaroning  hayoti  va  sog‘lig‘i  juda  ham  bebaho  ne’mat  hisoblanib 
unga  yetkazilgan  har  qanday  zarar  g ‘ayriqonuniy  hisoblanadi.  qonun  yo‘l 
qo‘ygan  holatlarda  inson  hayoti  va  sog‘lig‘iga  yetkazilgan  zarar huquqqa 
hilof  bo‘lmasligi  mumkin  (zamriy  mudofaa  holatida  yoki  xavfli 
jinoyatchini  ushlash  chog‘ida  yetkazilgan  zarar)  fuqaroning  sog‘lig‘iga 
zarar yetkazish uning mayib bo‘lishi, kasallikka yo‘liqishi yoki boshqacha 
holatlarda  yetkazilishi  mumkin.  Mayib  bo‘lish  qandaydir  ichki  omillar 
ta’sirida kelib chiqadigan jismoniy zararlanishda ifodalanadi.
Fuqaro  mayib  qilinganda  yoki  uning  sog‘lig‘iga  boshqacha  shikast 
yetkazilganda  jabrlanuvchi  oladigan  yoki  muayyan  ravishda  olishi 
mumkin  bo'lgan  yo‘qotilgan  ish  haqi  (daromadlari),  shuningdek, 
salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo‘shimcha harajatlari,  shu 
jumladan,  davolanish,  qo‘shimcha ovqatlanish,  dori-darmonlar sotib  olish, 
sanatoriy-kurortda  davolanish,  maxsus  transport  vositalarini  sotib  olish, 
protez  qo'ydirish,  birovning  parvarishida  bo'lish,  boshqa  kasbga 
tayyorgarlikdan  o ‘tish  harajatlari,  agar jabrlanuvchining  ana  shu  yordam 
va  parvarish  turlariga  muhtojligi  hamda  ulami  bepul  olish  huquqiga  ega 
emasligi aniqlansa, о ‘mi qoplanishi lozim.
Zarami  qoplash  usullaridan  birini  tanlash  huquqi  ishning  ahvoliga 
qarab  jabrlangan  shaxsga  beriladi.  Amalda  yetkazilgan  zarami  to‘la 
hajmda qoplash nazarda tutiladi.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1995 yil, № 9 ,183-modda.
312

Fuqaroning 
sog‘lig‘iga 
zarar 
yetkazganlik 
uchun 
mulkiy 
javobgarlikka  tortilish  shartlari  va  to'lanadigan  zarar  miqdorini  belgilash 
tartibi  jabrlangan  shaxsning  ijtimoiy  sug‘urta  qilingan  yoki  qilinmagan 
shaxs  bo‘lishiga,  shuningdek,  zaraming  kim  tomonidan  -   jabrlangan 
shaxsni  sug'urta  qildirgan  shaxs  yoki  uni  sug'urta  qildiruvchi  bo‘lib 
hisoblanmagan shaxs tomonidan yetkazilgan bo'lishiga qarab belgilanadi.
Ijtimoiy  sug'urta va ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan  nafaqa va 
pensiyalar  to'lanishi  uchun  asos  bo'lib  sug'urta  hodisasi  hisoblanadi. 
Sug'urta  qilingan  shaxsning  mehnat  qobiliyati  vaqtincha  yoki  doimiy 
yo'qotilish  yoxud  o'limiga  sabab  bo'lgan  va  amaldagi  qonunlarga  binoan 
nafaqat yoki  pensiyalar  olish  huquqini  beradigan  (sug'urta  qilingan  shaxs 
vafot  etgan  taqdirda  esa  uning  oila  a’zolariga  pensiya  olish  huquqini 
beradigan)  hodisa  sug'urta  hodisasi  hisoblanadi.  Bunda  ijtimiy  sug'urta 
yoki  ijtimoiy  ta’minot  organlari  tomonidan  nafaqa  va  pensiyalar 
to'lanishida zarar yetkazuvchining ham,  zarar ko'rgan shaxsning ham aybi 
to'g'risida masala qo'yilmaydi.
Sog'liqning  zararlantirilishi  mehnat  qobiliyatini  vaqtincha  yoki 
doimiy,  to'la  yoki  qisman  yo'qotilishiga  olib  kelishi  mumkin.  Zarar 
yetkazgan  shaxs  tomonidan  zaraming  to'latilishi  to'g'risidagi  masala 
mehnat  qobiliyati  vaqtincha  yo'qotilganida  yuqorida  ko'rsatilganidek, 
sug'urta  qilingan  shaxs  o'rtacha  ish  haqining  100  %  miqdorida  nafaqa 
oladi.  Mehnat  qobiliyatining  doimiy  yo'qotilishi  darajasi  VTEK,  ya’ni 
mehnat  qobiliyatini  belgilovchi  vrach-ekspert  komissiyasi  tomonidan 
belgilanadi.
Mehnat  qobiliyatining  yo'qotilishi  yoki  kamaytirilishi  ish  haqini 
yo'qogtish va sog'liqni tiklash maqsadlarida qilingan boshqa harajatlardan 
iborat  mulkiy  zaraming  kelishiga  sabab  bo'ladi.  Oila  a’zolarini  boquvchi 
shaxs  vafot  etishida  uning  boqimida  bo'lganlaming  olib  turgan  moddiy 
ta’minogti yo'qotilishi mulkiy zarami tashkil etadi.
Bundan  tashqari,  fuqarolarga  asossiz  ishdan  bo'shatish  xolatlarida 
ham  moddiy  va  nomoddiy  xarakterdagi  zarar  kelib  chiqadi.  1998-yil  17- 
apreldagi  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Sudlar 
tomonidan  mehnat  shartnomasi  (kontrakti)ni  bekor  qilishni  tartibga 
soluvchi  qonunlaming  qo'llanishi  haqida”gi  12-sonli  Qarori  46-bandiga 
asosan xodimga yetkazilgan zarami qoplash quyidagilardan iborat ekanligi 
ko'rsatiladi:
-majburiy progul vaqti uchun so'zsiz haq to'lash;
-mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  yo  boshqa  ishga  o'tkazish 
yuzasidan shikoyat qilish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlami qoplash;
313

-ma’naviy zarami qoplash1.
Yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  shaxsga  nisbatan  qo‘yiladigan 
talablaming miqdori quyidagilarga qarab belgilanadi:
-jabrlanuvchining  to  sog‘lig‘iga  zarar  yetkazilishiga  qadar  olgan  ish 
haqining  o‘rtacha  miqdoriga  qaraladi.  Jabrlanuvchining  ish  haqini 
yo'qotish  bilan  bog‘liq  bo'lgan  zarar  jabrlangan  shaxsning  zarar 
yetkazilish  kuniga  olgan  o ‘rtacha  ish  haqining  100  %i  hisobidan 
belgilanadi;
-umumiy  yoki  kasbga  doir  mehnat  qobiliyatining  yo‘qotilishiga 
qaratiladi.  Umumiy  mehnat  qobiliyati  deb  malakasiz  mehnatga  bo‘lgan 
qobiliyat  tushuniladi.  Kasbga  doir  qobiliyat  deb  o ‘z  mutaxassisligi 
bo‘yicha mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyat tushuniladi;
-pensiya  ta’minotining  summasiga  qaraladi.  Bu  holda  shikastlanish 
munosabati bilan to‘lo‘nadigan pensiya ham,  shuningdek zarar yetkazilishi 
paytiga qadar jabrlanuvchi tomonidan olinib kelingan pensiya ham qo'shib 
hisoblanadi.
Boquvchisi  vafot  etgan  taqdirda  quyidagilar  zarami  undirish 
huquqiga ega:
-marhumning qaramog‘ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan 
ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar
-marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandi;
-mehnat  qobiliyatidan  qat’iy  nazar,  marhumning  qaramog‘ida 
bo‘lgan  o ‘n  to‘rt  yoshga  to'lmagan  yoxud  ko'rsatilgan  yoshga  to'lgan 
bo‘lsa ham tibbiyot  muassasasining  xulosasiga ko‘ra  salomatligi  bo'yicha 
boshqalaming parvarishiga muhtoj bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari 
va  opa-singillarini  parvarishlashda  band  bo'lgan  va  ishlamaydigan  ota- 
onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi;
-marhumning  qaramog'ida  bo‘lgan  va  uning  vafotidan  keyin  5  yil 
ichida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan shaxslar.
Zarar quyidagilarga to ‘lanadi:
-voyaga yetmaganlarga -  o ‘n sakkiz yoshga to'lgunga qadar;
-o‘n  sakkiz  yoshdan  oshgan  o'quvchilarga  -   o ‘quvning  kunduzgi 
shaklida o'qishni tugatgunga qadar, biroq 23 yoshdan oshmaguncha;
-ellik  besh  yoshdan  oshgan  ayollarga  va  oltmish  yoshdan  oshgan 
erkaklarga -  umrbod;
-nogironlarga -  nogironlik muddatiga;
1  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  1998  yil  17  apreldagi  Plenumi  qarorlari.  -Toshkent:  O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi,  1998.49-b.

-marhumning  qaramog‘ida  bo'lgan  bolalari,  nevaralari,  aka-ukalari, 
opa-singillarini ular o ‘n to‘rt yoshga to'lgunga qadar parvarishlashda band 
bo'lgan ota-onasidan bin, eri (xotini) yoki oilasining boshqa a’zosiga1.
Zaraming  о ‘mini  qoplash  miqdorini  aniqlashda  boquvchisi  vafot 
etganligi  munosabati  bilan  shaxslarga  tayinlangan  pensiya,  shuningdek 
boquvchisining  vafotidan  oldin  ham,  vafotidan  keyin  ham  tayinlangan 
boshqa  turdagi  pensiyalar  hamda  ish  haqi  (daromad),  stipendiya  qoplash 
hisobiga  kiritilmaydi.  Agar  boquvchi  mehnat  va  mehnat  shartnomasida 
nazarda  tutilgan  majburiyatlami  bajarish  paytida  vafot  etgan  bo‘Isa,  bu 
holda  ish  beruvchi  zarami  undirib  olish  huquqi  bor  fuqarolarga  besh  yil 
davomida o'rtacha ish haqini to'lab turadi.
Jabrlanuvchining  mehnat  qobiliyati  pasayishi  yoki  uning  vafot 
etganligi  bilan  bog'liq  zarami  qoplash  har  oylik  to'lovlar  bilan  amalga 
oshiriladi.
Uzrli  sabablar  bo'lgan  taqdirda  sud  zarar  yetkazuvchining 
imkoniyatlarini  hisobga  olib,  undirish  huquqiga  ega  bo'lgan  fuqaroning 
talabi  bilan unga  tegishli  to‘lovlami  bir  yo‘la,  lekin  uch yildan  oshmagan 
vaqt uchun to‘lashni belgilashi mumkin.
Jabrlanuvchining  sog‘lig'iga  yetkazilgan  zaraming  o'mini  qoplash 
majburiyati  zimmasiga  yuklangan  shaxs,  agar  jabrlanuvchining  mehnat 
qobiliyati  zarami  undirish  belgilangan  paytda  bo'lgandagiga  nisbatan 
oshgan  bo'lsa,  qoplash  miqdorini  tegishlicha  kamaytirishni  talab  qilishga 
haqli.
Sud  zarar  yetkazgan  fuqaroning  talabiga  binoan  agar  uning  mulkiy 
ahvoli,  nogironligi  yoxud  pensiya  yoshiga  yetganligi  sababli  zaraming 
o'mini  qoplash  belgilangan  paytdagiga  nisbatan  yomonlashgan  bo'lsa, 
zaraming  о ‘mini  qoplash  miqdorini  kamaytirishi  mumkin.  Zarar  qasddan 
yetkazilgan hollar bundan mustasno.
“Mehnatni  muhofaza  qilish  to'g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasi 
Qonunini  hamda  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
“Mehnatni  muhofaza  qilishga  doir  me’yoriy  hujjatlami  qayta  ko'rib 
chiqish va ishlab chiqish to'g'risida” 2000-yil  12-iyuldagi 267-son qarorini 
bajarish 
yuzasidan 
yuqorida 
ham 
aytganimizdek, 
O'zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2005-yil  11-fevraldagi  60-sonli 
Qarori  bilan  tasdiqlangan  “Xodimlarga  ulaming  mehnat  vazifalarini 
bajarish  bilan  bog'liq  holda  jarohatlanishi,  kasb  kasalliklariga  chalinishi
1  Сергеев  А.П.  Обязательства,  возникающие  вследствие  причинения  вреда.  «Граждански  праве»  дарслигцца.
4.2. -М .: Проспект,  1997. -С.699-751.
315

yoki  salomatlikning  boshqa  xil  shikastlanishi  tufayli  yetkazilgan  zarami 
to‘lash Qoidalari’^da belgilangan.
Xodimlarga ulaming mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda 
jarohatlanish,  kasb kasalliklariga chalinish  yoki  salomatlikning  boshqacha 
xil  shikastlanishi  tufayli  yetkazilgan  zarami  ish  beruvchilar  tomonidan 
to‘lash  bilan  bog‘liq  munosabatlar  maxsus  qonunlar  va  boshqa  huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatlar va guvohlaming ko‘rsatmalari ish beruvchining yetkazilgan 
zarar  uchun  aybdorligini  va  javoblarligini  isbotlovchi  dalil  bo'lishi 
mumkin, chunonchi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan bahtsiz hodisa haqida 
dalolatnoma,  sud  hukmi  va  qarori,  prokuratura,  surishtiruv  va  dastlabki 
tergov  organining  qarori  mehnatni  muhofaza  qilish  va  mehnat  haqidagi 
qonunchilikka  rioya  etilishini,  salomatlikka  yetkazilgan  zarar  sabablarini 
nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  mehnat  texnika  inspektorining  yoki 
boshqa mansabdor shaxslaming xulosasi va boshqalar.
Lekin  fuqarolaming  milliy  qonunchilikda  fuqaroning  sha’ni,  qadr- 
qimmati,  ishchanlik obro‘sini ximoya qilish dastaklarida buzilgan xuquqni 
tiklash  tartibi  mufassal  belgilab  berilmaganligi  sababli  amaliyotda 
shaxsning  bu  xuquqlarini  amalda  tiklash  birmuncha  murakkab  bo‘lib 
qolmoqda.
Masalan,  1997-yil  8-martda “Narodnoe  slovo” ro‘znomasida  “O  key 
mister  Rasulov”  maqolasi  chop  etilib,  2  kun  o ‘tgach,  fuqaro  Rasulov 
maqolada  o'zining  sha’niga  putur  yetkazuvchi  haqiqatga  to‘g ‘ri 
kelmaydigan  ma’lumotlar  tarqatilganligi  uchun  raddiya  berishni  og‘zaki 
talab  etadi.  Tahririyat bu  talabni  bajarmagach,  u  qayta yozma ravishda  10 
kun  ichida  raddiya  e’lon  qilinmasa,  sudga  murojaat  etishini  bildiradi.  Bu 
talab  ham  bajarilmagach,  FKning  100-moddasiga  asosan  1997-yil  16- 
martda  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman  sudiga  murojaat  etadi.  Sud 
da’voni  qondirib,  tahririyatga  raddiya  e’lon  qilish  va  kechirim  so‘rash 
to‘g ‘risida  qaror  qabul  qiladi.  Kassatsiya  shikoyati  Toshkent  shahar 
sudining  fuqarolik  ishlari  bo'yicha  sudlov  hay’atida  o'zgarishsiz 
qoldiriladi.  Shunga  qaramasdan  javobgar  faqatgina  1998-yil  13-fevralda 
shakli  va  mazmuni,  bayon  etish  usuli  bo‘yicha  sha’ni  va  qadr-qimmatni 
himoya  qilishga  xizmat  qilmaydigan  darajada  raddiya  e’lon  qilib  sud  hal 
qiluv qarorini ijro etgan2.
Tovaming  (ishning,  xizmatning)  konstruktiv,  retsepturaviy  yoki 
boshqa  nuqsonlari  oqibatida,  shuningdek  tovar  (ish,  xizmat)  to‘g ‘risidagi
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 5-6-son, 35-modda.
2  T.Umarov.  O ’zbekistonda  shahsiy  nomulkiy  huquqlarni  fuqarolik-huquqiy  vositalarda  himoya  qilish  masalalari.  -  
Toshkent: Adolat, 2000. 87-b.
316

ma’lumot  noto‘g ‘ri  yoki  etarli  emasligi  oqibatida  fuqaroning  hayoti, 
sog‘lig‘i  yoki  mol-mulkiga  yoxud  yuridik  shaxsning  mol-mulkiga 
yetkazilgan zarar sotuvchi  yoki  tayyorlovchi  (ijrochi)  tomonidan,  ulaming 
aybidan  va  jabrlanuvchi  ular  bilan  shartnoma  munosabatlarida  bo‘lgani 
yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim (FKning  1017-moddasi).
Bu  qoida  FKga  yangi  kiritilgan  bo‘lib  u  iste’molchilar  huquqlarini 
himoya qiladi.  Bu  to‘g ‘rida  “Iste’molchilaming  huquqlarini  himoya qilish 
to‘g‘risida”gi  qonunda  ham  ta’kidlab  o‘tilgan.  Bu  qoida  bo'yicha 
javobgarlik  belgilanishi  uchun  bir  qancha  shartlar bo'lishi  lozim.  Avvalo, 
sotuvchi  yoki  tayyorlovchining  (ijrochining)  harakatlari  huquqqa  hilof 
bo‘lishi  kerak.  Huquqqa  xilof  harakat  deb  topilishi  uchun  tovami  har 
qanday kamchilik bilan emas, balki inson hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki, 
shuningdek  yuridik  shaxs  mol-mulkiga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan 
kamchiliklar  bilan  topshirish  tushuniladi.  Bu  kamchiliklar  yashirin 
xarakterga  ega  bo‘lib,  ular  tovami  (ishni  va  xizmatlami)  iste’mol  qilish 
jarayonida  namoyon  bo‘ladi.  Zarar  bu  holatda javobgarlik  sharti  sifatida 
muhim  ahamiyatga  ega  emas.  U jabrlanuvchi  mol-mulkining  zararlanishi, 
yo‘qotilgan  sog‘lig‘ini  tiklash  uchun  qilgan  harajatlari  va  hokazolardan 
iborat bo'lishi mumkin.
Sotuvchi  yoki  tayyorlovchiga  javobgarlikni  belgilash  uchun 
yetkazilgan zarar va tovarlar kamchiligi yoki jabrlanuvchidan tovar haqida 
to'la  ma’lumot bo‘lmaganligi  o'rtasida  sababiy  bog‘lanish  bo‘lishi  kerak. 
Shu  sababiy  bog'lanish  tovaming  yaroqlilik  muddati  mobaynida  agar  u 
belgilanmagan  bo'lsa  tovar  ishlab  chiqarilgan  kundan  boshlab  10  yillik 
muddat mobaynida topilgandagina yuridik kuchga ega bo'ladi.
Yaroqlilik 
muddati 
oziq-ovqat 
mahsulotlari, 
dori-darmon, 
parfyumeriya  mahsulotlari  va  boshqalar  uchun  davlat  standartlari  asosida 
qonun bilan belgilanadi.
FKning  1019-moddasida  yaroqlilik  to‘g ‘risidagi  muddatdan  istisno 
tariqasida  zaraming  qoplanishi  lozim  bo'lgan  holatlami  ko‘rsatadi.  Ular 
quyidagilardir:
birinchidan, 
qonun 
talablari 
buzilib 
yaroqlilik 
muddati 
belgilanmagan bo‘lsa;
ikkinchidan,  tovami  sotib  olgan,  ishni  bajartirgan  yoki  xizmatdan 
foydalangan  shaxs  yaroqlilik  muddati  tugaganidan  keyin  zamr  bo'lgan 
harakatlami  qilishi  to'g'risida  va  ko'rsatilgan  harakatlar  bajarilmagan 
taqdirda 
kelib 
chiqishi 
mumkin 
bo'lgan 
oqibatlar 
to'g'risida 
ogohlantirilmagan bo'lsa.
317

Bu  majburiyatlar  subyektiv  tomonining  o'ziga  xos  xususiyati 
shundaki, 
zarar 
sotuvchi 
yoki 
tayyorlovchining 
aybi 
boiish- 
bo‘lmasligidan  qat’iy  nazar  to‘lanishi  lozim.  Shuning  uchun  zarar 
yetkazgan  shaxsning  tovarning  kamchiligi 
bor-yo‘qIigini  bilgan- 
bilmaganligini  ahamiyati  yo‘q.  Bordi-yu,  jabrlanuvchi  va  zarar 
yetkazuvchi  shartnomaviy  munosabatlarga  kirishgan  bo‘lsa,  u  holda 
shartnoma ular о ‘rtasidagi qaysi huquq va majburiyatlami tartibga solishga 
qaratilganligiga  e’tibor  berish  lozim  bo'ladi.  Misol  tariqasida  oldi-sotdi 
shartnomasini  keltirib  o'tishimiz  mumkin.  Sotuvchi  yoki  tayyorlovchi 
(ijrochi) quyidagi ikki holatda javobgarlikdan ozod qilinadi:
birinchidan, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida kelib chiqqan boisa; 
ikkinchidan,  iste’molchi  tovarlami  saqlash  yoki  ulardan  (ishning 
natijalaridan,  xizmatlardan)  foydalanish  yuzasidan  belgilangan  qoidalami 
buzish oqibatida yetkazilganligi isbotlangan holda.
Bu  har  ikki  javobgarlikdan  ozod  qiluvchi  holatlar  zarar  yetkazgan 
shaxs tomonidan isbotlab berilishi lozim.
Ma’naviy  zarami  moddiy  qoplash  tushunchasi  fuqarolik  huquqi 
qonunchiligida  yangi  tushuncha  bo‘lib  hisoblanadi.  Uni  huquqiy  jamiyat 
qurish uchun qilingan harakatlardan biri deb tushunish mumkin.
Bundan  asosiy  maqsad  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga 
muvofiq  (7-bob)  fuqarolarga  berilgan  shaxsiy  huquq  va  erkinliklaming 
amalga  oshirilishini  va himoya qilinishini  ta’minlashdan iborat.  Ma’naviy 
zarar 
bo‘yicha 
javobgarlik 
shartnomaga 
asoslanmagan 
Ya’ni, 
huquqbuzarlik  bilan  bogiiq  delikt  tarzda  ega  bo‘lgan  javobgarlikdan 
iborat.  Shuning  uchun  ham  bunday  javobgarlikka  oid  qoidalar,  ulaming 
o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda alohida paragrafda berilgan 
va  zarar yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  sifatida  FKning  57- 
bobiga kiritilgan.
FKning  11-moddasida  ma’naviy  zarami  qoplash  fuqarolik  huquqini 
himoya  qilish  usullaridan  iborat  ekanligi  tan  olindi.  Kodeksning  100- 
moddasida  qanday  holatlarda  ma’naviy  zarami  qoplash  mumkinligi  aniq 
ko‘rsatilgan.  Bunga  ko‘ra,  ma’naviy  zarami  qoplash  fuqaroning  shaxsiy 
nomulkiy huquqlariga yetkazilgan zarar uchun qoilaniladi.
Germaniyada  ma’naviy  zarami  qoplashda  restitutsiya  prinsipi  amal 
qiladi.  Unga muvofiq jabrlanuvchi xuquqbuzarlik bo‘lmaganda qayholatda 
bo‘lgan  bo‘Isa,  shu  holda  qaytariladi.  Agar restitutsiya prinsipini  qo‘llash 
imkoni  bo‘lmasa  yoki  uning  natijasida  zarami  to‘la  hajmda  qoplash 
imkoni bo‘lmasa, huquqbuzar keltirgan zarar pul bilan qoplanishi shart1.
1 Анисимов А Л . Честь достоинство деловоя репутация гражданско-прововая защита. -М .: Юрист,  1994. 65-с.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling