To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

318

Ma’naviy  zarar  Angliyada  ruhiy  zarar,  psixiatrik  zarar,  nervous 
shock, ordinaru shosk kabi turlari uchraydi.
Ma’naviy zarar bir necha asoslarda vujudga kelishi mumkin.  FKning 
1021-moddasida  ta’kidlanishicha  ma’naviy  zarar  zarar  yetkazuvchining 
aybi  bo‘lgan  taqdirdagina  qoplanadi.  Yetkazilgan  ma’naviy  zarar  zarar 
yetkazuvchining aybi bo'lgan yoki bo'lmaganligidan qat’iy nazar quyidagi 
hollarda ham qoplanishi zarur:
birinchidan,  zarar  fuqaroning  hayoti  va  sog‘lig‘iga  oshiqcha  xavf 
manbai tomonidan yetkazilgan bo'lsa;
ikkinchidan,  zarar  fuqaroga  uni  qonunga  xilof  tarzda  hukm  qilish, 
qonunga  xilof  tarzda  jinoiy  javobgarlikka  tortish  ehtiyot  chorasi  sifatida 
qamoqqa  olishni  yoki  munosib  xulq-atvorda  bo'lish  haqida  tilxat  olishni 
qonunga  xilof  tarzda  qo'llanish,  qonunga  xilof  tarzda  ma’muriy  jazo 
qo'llanish  va  qonunga  xilof  tarzda  ushlab  turish  natijasida  yetkazilgan 
bo'lsa;
uchinchidan,  zarar  or-nomus,  qadr-qimmat  va  ishchanlik  obro'sini 
haqoratlovchi ma’lumotlami tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa.
Shuning  bilan  birga,  ma’naviy  zarami  qoplash  qonunda  nazarda 
tutilgan  boshqa  hollarda  ham  yuz  berishi  nazarda  tutiladi.  Ushbu  boshqa 
hollar  sifatida  ma’naviy  zarar  fuqaroning  nafaqat  shaxsiga,  shuningdek 
uning  mulkiy  huquqiga  putur  yetkazish  natijasida  ham  vujudga  kelishi 
mumkin.  “Iste’molchilaming  xuquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida”gi 
Qonunning  22-moddasi  ikkinchi  qismiga  binoan  ma’naviy  zarar  mulkiy 
huquq buzilganda ham qoplanishi mumkinligi nazarda tutiladi.
Ma’naviy  zarar  moddiy  ne’matlarga  ziyon  yetkazish  oqibatida  ham 
kelib chiqishi mumkin. Agar yo'q qilib tashlangan yoki shikast yetkazilgan 
ashyo jabrlanuvchi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lsa,  shaxs  ma’naviy 
azob chekishi mumkin1.
Jabrlanuvchining  hayoti  va  sog'lig'iga  zarar  yetkazish  orqali 
yetkazilgan  ma’naviy  zarar  moddiy  zarardan  alohida  tarzda  qoplanishi 
lozim.
Ma’naviy  zarami  qoplash  pul  bilan  amalga  oshiriladi.  Ma’naviy 
zarami  qoplash  miqdori jabrlanuvchiga  yetkazilgan jismoniy  va  ma’naviy 
azoblaming  xususiyatiga,  shuningdek  ayb  tovon  to'lashga  asos  bo'lgan 
hollarda 
zarar 
yetkazuvchining 
ayb 
darajasi 
(qasddan 
yoki 
ehtiyotsizlikdan)  ga  qarab  sud  tomonidan  aniqlanadi.  Zarami  qoplash 
miqdorini  aniqlashda  oqilonalik  va  adolatlilik  talablari  e’tiborga  olinishi
1  Бслецкин  C.A.  Возмещение  морального  (неимущественного)  вреде.  М Ю р н /и т с к о *   rtmpo,  Город*)!,  1996

16-с.
319

lozim.  Sud ma’naviy  zarami  qoplashda  zarar yetkazuvchining  yetkazilgan 
zararga  bo'lgan  munosabatini  ijtimoiy  ahvolini  va  yetkazilgan  zaraming 
jamiyat uchun ijtimoiy xavflilik arajasini hisobga olish lozim.  Jismoniy va 
ma’naviy  azoblaming  xususiyati  ma’naviy  zarar  yetkazilgan  haqiqiy 
holatlar  va  jabrlanuvchining  shaxsiy  xususiyatlarihisobga  olingan  holda 
sud tomonidan baholanadi.
“Iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g ‘risida”gi  Qonunga 
muvofiq,  tovaming  ishning  xizmatning  nuqsonlari  oqibatida  yetkazilgan 
zarar ham mulkiy  (moddiy),  ham ma’naviy  (nomoddiy)  bo‘lishi  mumkin. 
Toianishi  lozim  bo'lgan  mulkiy  zarardan  qat’iy  nazar,  ma’naviy  zarar 
qoplanishi  nazarda  tutiladi.  Demak,  ma’naviy  va  moddiy  zaraming  har 
birini  alohida,  shuningdek  ikkalasini  birga  ham  qoplanishini  talab  qilish 
mumkin.
“Iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g ‘risida”gi  Qonunda 
sotuvchi(ishlab  chiqaruvchi,  ijrochi)  zarami  qoplashi  lozim  bo‘lgan  holat 
sifatida iste’molchining xayoti,  sog‘lig‘i  yoki  mol-mulkining xavfsizligini 
ta’min  eta  olmaydigan  materiallar,  uskunalar asbob-anjomlar yoki  boshqa 
vositalar  qo‘llanilishi  oqibatida  iste’molchining  hayotiga,  sog‘lig‘iga  yoki 
mol-mulkiga  yetkazilgan  zarami  keltirib  o ‘tadi.  Iste’molchiga  taqdim 
etilayotgan  xar  qanday  tovar,  ish,  xizmat  yoki  boshqa  narsalar  uning 
xayotiga,  sog‘lig‘iga  va  mol-mulkiga  zarar  etishi  xavfini  tug'dirmasligi 
lozim.  Shu  jumladan,  ish  bajarish  yoki  xizmat  ko‘rsatishda  ijrochi 
tomonidan  qo‘llanilayotgan  materiallar,  uskunalar,  asbob-anjomlar  va 
boshqa 
vositalar(masalan, 
ish 
bajarishda 
ijrochi 
tomonidan 
foydalanilayotgan  transport  vositasi  yoki  boshqa  oshiqcha  xavf  manbai) 
xam  iste’molchining  yuqorida  sanab  o ‘tilgan  subyektiv  huquqlariga  zarar 
yetkazmasligi zarur.
Qonun 
iste’molchining 
hayoti, 
sog‘lig‘i 
yoki 
mol-mulkiga 
yetkazilgan zaraming qoplanishi lozim bo'lgan muddatlami belgilaydi:
1) normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovaming xizmat (yaroqlilik) 
muddati mobaynida;
2)  bunday  muddatlar  belgilanmagan  taqdirda  esa,  tovar  ishlab 
chiqarilgan  (ish,  xizmat  qabul  qilingan) 
paytdan  e’tiboran  o ‘n  yil 
mobaynida.
Ma’lumki, yaroqlilik muddati va xizmat muddati davomida tovar (ish 
yoki  xizmat)ning  benuqson  ishlashi  va  xizmat  qilishi  yuzasidan 
javobgarlikni  sotuvchi  (ishlab  chiqaruvchi,  ijrochi)  o ‘z  zimmasiga  oladi. 
Zero  bunday  holatlar  normativ  hujjatlarda  qat’iy  o ‘rnatilib  qo'yiladi.  Ana 
shu  muddat  davomida  iste’molchiga  yetkazilgan  zarar  uchun  Qonunda
320

javobgarlik  belgilangan.  Bunday  muddat  o ‘tgandan  vujudga  kelgan  zarar 
uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Har  qanday  tovarlarga  nisbatan  xam  normativ  hujjatlarda  xizmat 
(yaroqlilik)  muddatlari  belgilanmasligi  sababli  Qonun,  uzoq  muddat 
foydalanishga  muljallangan  tovarlami  nazarda  tutib,  bunday  tovarlaming 
nuqsonlari tufayli yetkazilga zarami qoplash uchun o ‘n yillik (ancha uzoq) 
muddatni  belgilaydi.  Ana  shu  o ‘n  yil  mobaynida  tovar  (ish,  xizmat)dagi 
nuqsonlar  tufayli  iste’molchiga  yetkazilgan  zarar  qoplansa,  o‘n  yildan 
so‘ng yetkazilgan zarar koplanmaydi1.
Ma’lumki, aksariyat xollarda majburiyatlami amalga amalga oshirish 
jarayonida  yozaga  kelgan  huquqbuzarlik  natijasida  muayyan  subyektga 
mulkiy  talofat  etadi.  Shu  sababli  ham  zarami  undirish,  bartaraf etish -  bu 
huquqbuzar  zimmasiga  yuklatiladigan  eng  asosiy  choralardan  biridir.  Bu 
jinoyat,  ma’muriy,  mehnat  huquqida,  boshqa  tarmoqlarda  ham  nazarda 
tutilgan.  Biroq  zarami  undirish  -   bu  fuqarolik  huquqida  eng  asosiy 
kategoriya hisoblanadi,  fuqarolik huquqini himoya qilishning muhim usuli 
sifatida  mavqega  ega.  Hatto  ko'pchilik  sivilist  olimlar  unga  javobgarlik 
chorasi emas,  himoya usuli  sifatida qarashadilar.  Odatda, javobgarlik -  bu 
huquqbuzarlik  uchun,  huquqbuzarlik  sodir  etgani  uchun  qo‘llaniladigan, 
salbiy  oqibatlar,  muayyan  mahrumliklar,  cheklashlar keltirib  chiqaradigan 
majburlov  choralari  hisoblanadi.  Shu ma’noda  olganda,  zarami  to‘latish -  
javobgarlik  chorasi  emas,  balki  huquqbuzarlik  oqibatlami  bartaraf  etish, 
huquqbuzarlikdan  avvalgi  holatni  tiklash  hisoblanadi.  Bu  adolat  va 
odillikning doimiy talabidir.
Prezidentimiz  I.A.Karimov  qonunchiligimizda  iqtisodiy  sohadagi 
jinoyatlar  va  uning  uchun javobgarlik  tushunchasini  zamon  talabiga  mos 
ravishda  idrok  etishga  asoslangan  yangicha  yondashuv  mohiyatini 
ko'rsatib  berdi.  Bu  iqtisodiy  ta’sir  choralami  qo‘llash  imkoniyatlarini 
kengaytirish,  ozodlikdan  mahrum  etish  o ‘miga  jarimani  qo‘llashni 
kengaytirish,  uning  miqdorini  oshirish,  yetkazilgan  moddiy  zarami 
qoplashga qaratilgan boshqa ta’sir choralaridan foydalanishni anglatadi.
FKning  14-moddasi  3-qismida  “agar  huquqni  buzgan  shaxs  buning 
natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan  shaxs boshqa zarar bilan 
bir  qatorda  boy  berilgan  foyda  bunday  daromaddan  kam  bo‘lmagan 
miqdorda  to'lanishini  talab  qilishga  haqli”  deb  ko'rsatiladi.  Zarami 
undirishda ushbu qoida ham hisobga olinmog‘i shart.
1  Mualliflar jamoasi.  O’zbekiston  Respublikasi  “Iste’molchilaming  huquqlarini  himoya  qilish  to’g’risida”gi  qonuniga 
sharh. -Toshkent: O’zbekiston, 2005. 222-b.

Zarami  undirish,  to‘lash jarayonida  FKning  majburiyatlami  bajarish 
to‘g ‘risidagi qoidalari qo‘llanishi lozim. Bunga quyidagilar kiradi:
-jabrlanuvchiga yetkazilgan mulkiy zarar asl holicha, natura shaklida 
qoplanishi,  o ‘miga  qo‘yilishi  lozim.  Agar  natura  shaklida  to‘lashga 
nisbatan jabrlanuvchini  qiziqishi  bo‘lmasa  yoxud  natura  shaklda to‘lashni 
imkoni  bo‘lmasa  (turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  nobud 
bo'lgan va uni tiklab bo'lmasa) zarar qiymat shaklida to‘lanishi lozim;
-zarar  qiymat,  pul  ko‘rinishida  to‘langanda  FKning  324,  327- 
moddasi  qo‘llanadi.  Zarar  qiymati  talab  qo‘yilgan  yoki  pul  to ‘lovi 
to‘langan vaqtdagi narxlar bo‘yicha hisobga olinishi lozim.
Hozir  fuqarolik  sudlarida  pul  majburiyatlarini  amalga  oshirishda 
valyuta  turiga,  inflyatsiya  jarayoniga  ham  e’tibor  beriladi.  Bunda  turli 
sudyalar  turli  usullami  qo‘llaydilar  (masalan,  minimal  ish  haqi  miqdorini 
qay  darajada  o'zgarganligi,  Markaziy  bank  foiz  stavkalari,  statistika 
xizmatining  iste’mol  tovarlari  qiymatining  o ‘sish  darajasi  haqidagi 
ma’lumotlari va h.k.).
Zarami  to‘lash  -   bu  eng  avvalo,  huquqbuzar  tomonidan  amalga 
oshiriladigan  ixtiyoriy  harakatdir.  Agar  u  buni  amalga  oshirsa,  uning 
uchun  juda  qulay  oqibatlar  vujudga  keladi:  unga  nisbatan  ozodlikdan 
mahrum etish jazosi tayinlanmasligi yoki u umuman jinoiy javobgarlikdan 
ozod qilinishi mumkin. Zarami to‘lash sud hukmi chiqquncha yoki tergov, 
surishtiruv jarayonida amalga oshirilishi shart.
Zarami  qiymati  to‘g ‘risida  taraflar  o ‘rtasida  nizo  bo‘lgan  taqdirda 
tergov,  sud  aralashishi  maqsadga  muvofiqdir.  Zarur  hollarda  baholovchi 
ekspertlar xizmatidan foydalanish mumkin.  Zarami to‘lashda jabrlanuvchi 
va  huquqbuzar  insof  va  adolat  asosida  ish  ko‘rishi  lozim.  Amaliyotda 
ba’zan jabrlanuvchi  huquqbuzarga  nisbatan  shantaj,  tovlamachilik  qilishi, 
asossiz talab qo'yishi kabi holatlar ro‘y berishi mumkin.  Nazarimizda,  sud 
va  tergov  organlari  bu  o ‘rinda  jabrlanuvchining  talablari  nechog'li 
asoslantirilganligini nazoratga olishlari maqsadga muvofiq.
11-bob yuzasidan nazorat savollari:
1.  Zarar tushunchasi va tarkibi.
2.  Fuqarolar  va  tashkilotlarga  shartnomalardan  tashqari  vujudga 
keladigan  munosabatlarda  yetkazilgan  mulkiy  zararlami  undirish 
to‘g ‘risidagi da’volar.
3.  Asossiz  olingan  yoki  asossiz  tejalgan  mulkni  qaytarish  kabi 
holatlarin amaliyot, sud amalaiyoti asosida tushuntirib bering?
322

Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar
I.. Fundamental adabiyotlar:
1. 
Karimov  I.A.  O'zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  T .l.  -  
Т.:  0 ‘zbekiston,  1996. -3 6 4  b.
2.  Karimov  I.A.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  Т.2.  -Т.:  O'zbekiston, 
1996,-3 8 0  b.
3. 
Karimov  I.A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.  Т.З.  -Т.:  O'zbekiston, 
1996,-3 6 6  b.
4. 
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'Iidan. Т.4. -Т.:  O'zbekiston,  1996, -3 9 4  b.
5. 
Karimov  I.A.  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  -   davr  talabi.  Т.5.  -Т.: 
0 ‘zbekiston,  1997, -3 8 4  b.
6. 
Karimov  I.A.  Havfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo'lida.  Т.6.  -Т.: 
0 ‘zbekiston,  1998, -4 2 9  b.
7. 
Karimov  I.A.  Biz  kelajagimizni  o ‘z  qo'limiz  bilan  quramiz.  Т.7.  -Т.: 
0 ‘zbekiston,  1999, -4 1 3  b.
8. 
Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  -   pirovard 
maqsadimiz. Т.8. -Т.:  0 ‘zbekiston,  2000, -525 b.
9.  Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas’ulmiz.  Т.9.  -Т.: 
0 ‘zbekiston,  2001, -4 3 9  b.
10.  Karimov  I.A.  Havfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  Т.10.  -Т.: 
O'zbekiston,  2002, -4 3 2  b.
11.  Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo ‘l  -   demokratik  taraqqiyot  va  marifiy  dunyo 
bilan hamkorlik y o ‘li. T.l 1. -Т.:  0 ‘zbekiston,  2003, -3 2 0  b.
12.  Karimov 
I.A. 
Tinchlik 
va  havfsizligimiz 
o'z  kuch-qudratimizga, 
hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog'liq. Т.12. -Т.:  0 ‘zbekiston, 2004, -4 0 0  b.
13.  Karimov  I.A.  0 ‘zbek  xalqi  hech  qachon,  qech  kimga  qaram  bo‘lmaydi. 
T.13.-T.:  0 ‘zbekiston,  2005, -448 b.
14.  Karimov  I.A.  Inson,  uning  huquq  va  erkinliklari  hamda  manfaatlari  -   eng 
oliy qadriyat. Т.14. -Т.:  O'zbekiston,  2006, -2 8 0  b.
15.  Karimov  I.A.  Jamiyatimizni  erkinlashtirish,  islohotlami  chuqurlashtirish, 
ma’naviyatimizni  yuksaltirish  va  xalqimizning  hayot  darajasini  oshirish  -   barcha 
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. Т.15. -Т.: 0 ‘zbekiston, 2007, -3 1 8  b.
16.  Karimov  I.A.  0 ‘zbekistonning  16  yillik  mustaqil  taraqqiyot  yo ‘li.  -Т.: 
0 ‘zbekiston.  2007. -4 8  b.
17.  Karimov I.A. Asosiy maqsadimiz -  yurtimizda erkin va obod, farovon hayot 
barpo etish yo'lini qat’iyat bilan davom ettirishdir. -Т.: O'zbekiston.  2007. -4 8  b.
18.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O'zbekiston  sharoitida 
uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. -Т.:  O'zbekiston. 2009. -5 6  b.
II. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1.  O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.:  O'zbekiston,  2008.
2.  O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.  -Т.: Adolat, 2007.
3.  O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. -Т.: 2005.
4.  O'zbekiston  Respublikasining  Er  kodeksi  //  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining Axborotnomasi,  1998-yil, №5-6,  82 modda.
323

5.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Kengashining Axborotnomasi,  1994-yil, №1,  1-modda.
6.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to‘g ‘risida 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstititsiyaviy  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy Sovetining Vedomostlari,  1991-yil, №11, 246-modda.
7.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  0 ‘zbekiston  Respublikasida  mulkchilik 
to‘g ‘risidagi qonuni //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sovetining  Vedomostlari.  1990- 
yil, №31-33, 371-modda.
8.  0 ‘zbekiston Respublikasining  Davlat  sirlarini  saqlash  to‘g ‘risidagi qonuni  // 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  Axborotnomasi,  1993-yil,  №5,  232- 
modda.
9.  0 ‘zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat okimiyati to‘g ‘risidagi qonuni 
//  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  Axborotnomasi,  1993-yil,  №9,  325- 
modda.
1 0 .0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
halqaro 
shartnomalari  to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Axborotnomasi,  1995-yil, №12, 262-modda.
11.0 ‘zbekiston  Respublikasining  Chet  el  investitsiyalari  to‘g ‘risidagi  qonuni  // 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1998-yil,  №5-6,  91- 
modda.
1 2 .0 ‘zbekiston  Respublikasining  Madaniy  boyliklaming  olib  chiqilishi  va  olib 
kirilishi  to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Axborotnomasi,  1998-yil, № 9 ,178-modda.
1 3 .0 ‘zbekiston  Respublikasining  Byudjet  tizimi  to‘g ‘nsidagi  qonuni 
H 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, №1-2, 6-modda.
1 4 .0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Mahsulot 
taqsimotiga 
oid 
bitimlar 
to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,
2002-yil, №1,  12-modda.
1 5 .0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
hususiylashtirish  to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 
Axborotnomasi,  1992-yil, №1, 43-modda.
1 6 .0 ‘zbekiston Respublikasining  0 ‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi, 
1995-yil, № 1 2 ,247-modda.
1 7 .0 ‘zbekiston  Respublikasining Banklar va  bank faoliyati  to‘g ‘risidagi qonuni 
//  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1996-yil,  №5-6,  54- 
modda.
18.0 ‘zbekiston  Respublikasining  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Senati  to‘g ‘risidagi  Konstitutsiyaviy  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №12, 213-modda.
1 9 .0 ‘zbekiston  Respublikasining  0 ‘zbeldston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik palatasi  to‘g ‘risidagi  Konstitutsiyaviy qonuni // 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №12, 215-modda.
2 0 .0 ‘zbekiston Respublikasining 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to‘g ‘risidagi  qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,
2003-yil, №9-10,  138-modda.
324

21.O'zbekiston  Respublikasining  Er  osti  boyliklari  to'g'risidagi  qonuni  // 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  2003-yil, №1, 5-modda.
22.O'zbekiston  Respublikasining  Investitsiya  faoliyati  to'g'risidagi  qonuni  // 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1999-yil, №1,  10-modda.
23. 
O'zbekiston 
Respublikasining 
Koncessiyalar  to'g'risidagi 
qonuni  // 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1995-yil, №9,  185-modda.
24.O'zbekiston  Respublikasining  Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini 
ijro  etish  to'g'risidagi  qonuni  //  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Axborotnomasi, 2001-yil, №9-10,  169-modda.
25.O'zbekiston  Respublikasining  Madaniy  meros  obyektlarini  muhofaza  qilish 
va  ulardan  foydalanish  to'g'risidagi  qonuni  //  O'zbeldston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining Axborotnomasi,  2001-yil, №9-10,  180-modda.
26.O'zbekiston  Respublikasining  Mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar 
to'g'risidagi  qonuni  //  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi, 
2006-yil, № 9 ,489-modda.
27.O'zbekiston  Respublikasining  Firma  nomlari  to'g'risidagi  qonuni  // 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, №9,  148-modda.
28. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Kengashining 
“Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo'stligini  tuzish  to'g'risidagi bitimni  va protokolni  ratifikatsiya qilish  haqida”gi 
qarori // O'zbekiston ovozi,  1992-yil 5-yanvar.
29.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  1994-yil 21-yanvardagi №745-sonli 
“Iqtisodiy  islohotlami  yanada  chuqurlashtirish,  hususiy  mulk  manfaatlarini  himoya 
qilish  va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  Farmoni.  O'zbe­
kiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari. 3 kitob.-T.:  Adolat,  1995. - B .34-45.
30.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994-yil  16-iyundagi  “O'zbekiston 
Respublikasining  milliy  valyutasini  muomalaga  kiritish  to'g‘risida”gi  №PF-870- 
Farmoni.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari.  3  kitob.  -Т.:  Adolat,
1995. -B.73-76.
31. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2003-yil 
24-yanvardagi 
“O'zbekiston  iqtisodiyotida  hususiy  sektoming  ulushi  va  ahamiyatini  tubdan  oshirish 
chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  3202-sonli  Farmoni  //  O'zbekiston  Respublikasi  qonun 
hujjatlari to'plami, 2003-y.,  1-2-son, 4-modda.
32.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  10-martdagi  “Jamiyatni 
demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  hamda  modemizatsiyalash 
maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirish  Dasturi  to‘g ‘risida”gi  №PQ-24  sonli  qarori  // 
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2005-yil, №10-11.
33. 
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  14  iyundagi  №3619-sonli 
“Tadbirkorlik  subyektlarini  huquqiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish 
chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  Farmoni  //  O'zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 
to'plami, 2005-yil, 23-24-son,  167-modda.
34.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  24-iyuldagi  “Yuridik 
shahslar  va  fuqarolaming  binolari  hamda  inshootlari  bilan  band  bo'lgan  er 
uchastkalarini  hususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi  №3780-sonli  Farmoni  //  O'zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006-yil, 30-son,  288-modda.
35.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  7-avgustdagi  “Fan  va 
tehnologiyalar rivojlanishini  muvoflqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora- 
tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  qarori  //  O'zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to'plami,
325
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling