To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Xusuciy mulk huquqi subyektlarining vakolatlari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

3. Xusuciy mulk huquqi subyektlarining vakolatlari
Har  bir  fuqarolik  huquqi  subyekti  fuqarolik  huquqi  obyektlariga 
nisbatan  muayyan  huquqlarga  ega  bo ‘lishiga  potensial  imkoniyatlar 
mavjud.  Xususiy  mulk  obyektlariga  nisbatan  ham  xuddi  shunday  deb 
aytish  mumkin.  Keng  m a’noda  olganda  fuqarolik  huquqining  barcha 
subyektlariga muayyan fuqarolik-huquqiy  munosabatlar mazmuniga qarab 
xususiy mulk obyektlariga nisbatan hatto mulkdor bo'lmagan taqdirda ham 
turli  vakolatlarga  (masalan,  ijara  huquqi,  tekin  foydalanish,  servitut  va 
h.k.)  ega bo'lishi mumkin.  Biroq  fuqarolik huquqining barcha  subyektlari 
xususiy  mulk  obyektlariga  nisbatan  mulkdor  sifatida  namoyon  bo‘la 
olmaydi. Masalan, ommaviy-huquqiy tuzilmalar, shu jumladan davlat hech 
qachon  xususiy  mulk  obyektiga  nisbatan  mulkdor  bo‘la  olmaydi. 
Aniqrog'i,  agar  davlat  muayyan  mol-mulkka  nisbatan  mulkdor  bo'lsa,  u 
holda  ushbu  mol-mulk  xususiy  emas,  ommaviy  mol-mulk  b o ‘lib 
hisoblanadi.  Huddi  shu  sababli  ham,  FKning  208-moddasi  mazmunidan 
kelib  chiqib,  xususiy  mulk  obyektlariga  nisbatan  mulkdor  sifatidagi 
vakolatlarga quyidagilar ega deb aytish mumkin:
-  fuqarolar;
-  xo ‘j alik j amiy atlari va shirkatlari;
-  kooperativlar (ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari);
-  jamoat birlashmalari;
-  ijtimoiy fondlar;
-  davlatga qarashli b o ‘lmagan boshqa yuridik shaxslar.
Xususiy  niulk  huquqi  V.Yo.Ergashevning  fikricha,  “Xususiy 
mulkdoming  ashyo  yoki  boshqa  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  ustidan 
davlat 
tomonidan 
kafolatlangan 
va  jam iyat 
manfaatlari 
yo‘lida 
chegaralangan  hukmronligidir”  .  Ushbu  hukmronlik  muayyan  huquq 
sifatida baholanar ekan,  u ham  o ‘z  navbatida muayyan  tarkibiy  qismlarga 
b o ‘linib  ketishi  tabiiy.  Har  qanday  subyektiv  huquq  (muayyan  ashyoga 
nisbatan xususiy mulk huquqi subyektiv huquq hisoblanadi) huquq egasiga 
muayyan  xatti  harakatlami  sodir  etish,  ne’matdan  bahramand  bo'lish,  o 'z
1  Ergashev V.  Fuqarolar hususiy  mulk  huquqi  vujudga kelish  va bekor  bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan.
nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 6-b.
43

manfaatlarini qanoatlantirish vakolatini,  imkoniyatini beradi.  Shu m a’noda 
olganda  huquq  -   bu  muayyan  vakolatlar  majmui  sifatida  baholanishi 
mumkin.
Xususiy  mulk  huquqi  bo'yicha  mulkdor vakolatlari  qonunlarda  aniq 
belgilab qo'yilgan. Ushbu vakolatlar quyidagi asoslardan vujudga keladi:
a) mulkdoming umumiy vakolatlarini belgilovchi normalardan;
b) xususiy mulkdor vakolatlarini belgilovchi normalardan;
v) xususiy mulk huquqining ayrim obyektlariga nisbatan vakolatlami 
belgilovchi normalardan;
Ayni  vaqtda  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  ayrim  xususiy  mulk 
huquqi  subyektlarini  o 'z  vakolatlarini  amalga  oshirish  xususiyatlarini 
belgilovchi asoslar va tartib ham mavjud (masalan, aksiyadorlik jamiyatida 
vakolatlami boshqaruvchi AJ organlari).
Mulkdor  vakolatlari  va  xususiy  mulkdor  vakolatlari  o'rtasida jiddiy 
tafovutlar  mavjud  emas.  Mulkdor  vakolatlari  Konstitutsiyamizning  54- 
moddasida,  FK  ning  164-moddasida,  xususiy  mulkdor  vakolatlari  esa 
FKning  207-moddasida  belgilab  qo'yilgan.  Agar  ulami  qiyosiy  tahlil 
etsak,  u  holda  Konstitutsiyaning  54-moddasi  va  FKning  207-moddasiga 
nisbatan FKning  164-moddsi  nihoyatda keng mazmunli  ekanligini ko'rish 
mumkin.
Xuddi  shu  sababli ham xususiy mulkdor vakolatlarini mulk huquqini 
umumiy konstruksiyasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tarixiylik  nuqtai  nazaridan  mulkdor  vakolatlari  Rim  xususiy 
huquqida ham, musulmon huquqida ham aniq belgilab qo'yilgan.
Rim  xususiy  huquqida  mulkdor  vakolatlari  quyidagi  elementlardan 
tarkib topgan:
a) 
ims utendi (ashyodan foydalanish huquqi);
b) 
im s 
possidendi (ashyoni egallash huquqi);
c) 
im s 
abutendi (ashyoni tasarruf qilish huquqi);
d) 
i’m s 
fruendi 
(ashyoni 
hosil, 
daromadlarini, 
foydali 
xususiyatlarini olish huquqi);
e) 
im s 
uindicandi  (ashyoni  qonunsiz  egallab  turgan  shaxsdan 
o'ziga qaytarilishini talab qilish huquqi);
Rim  huquqshunoslari  mulkdoming  ushbu  beshta  vakolatlari  to'liq 
asosda  mulk  huquqining  mazmunini  ochib  bermasligi  mumkin,  chunki 
mulk  huquqining  egasi  o 'z   mol-mulkidan  qonunlarga  zid  bo'lmagan 
barcha tarzda foydalanishga haqlidir deb hisoblaganlar1.
1 Topildiev V. Rim huquqi. -Toshkent: 2006. 96-b.
44

Musulmon  huquqida  ham  mulkdor  vakolatlari  quyidagi  turlarga 
bo'lingan:
a) mol-mulkka egalik qilish huquqi (qabz);
b) mol-mulkdan foydalanish huquqi (manfaat);
v) mol-mulkdan daromad olish huquqi (ta’mlik);
g) mol-mulkni tasarruf etish huquqi (tasarruf)1.
Mamlakatimiz  sivilistika  fani  ham  mulk  huquqini  ko‘p  hollarda 
mulkdoming  an’anaviy  triada vakolatlari  shaklida qarashgan.  Biroq  1996- 
yilda qabul qilingan Fuqarolik kodeksi mulk huquqi mazmunini boyitdi va 
uni  kengroq  m a’noda  talqin  etdi.  Bu  esa  bozor  munosabatlari  sharoitida 
mulkdor imkoniyatlarini doirasini kengaytirdi deb aytish mumkin.
FKning  164-moddasining  tarkibiy  qismlari  ajratilib  tahlil  etilganda 
mulkdoming  vakolatlari  va  ushbu  vakolatlami  amalga  oshirishning 
umumiy  asoslari  kelib  chiqadi.  Bunga ko'ra mulkdor o'ziga qarashli  mol- 
mulkka o 'z  xohishi bilan va o 'z  manfaatlarini ko'zlab:
a) egalik qilish huquqiga ega;
b) foydalanish huquqiga ega;
v) tasarruf etish huquqiga ega;
g)  o'zining  mulk  huquqini  kim  tomonidan  bo'lmasin,  har  qanday 
buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilish  huquqiga  ega.  Ko'rib  turibmizki, 
ushbu  vakolatlar  mazmuni  rim  xususiy  huquqi  bo'yicha  mulkdor 
vakolatlari  bilan  deyarli  mos  keladi  (farqi  shundaki,  amaldagi  qonunlarda 
mulkdomi  o 'z  mol-mulkidan  hosil-daromadlar  olish  huquqi  ajratib 
ko'rsatilmagan).
Qonunda  mulkdor  vakolatlarini  amalga  oshirishda  mulkdor  erki- 
irodasi va motivatsiya (sabablariga)  alohida urg'u beriladi.  Bu bejiz emas. 
Mulkdor  o 'z   mulkiy  vakolatlarini  amalga  oshirganda  eng  avvalo  o 'z 
xohishi  bilan  harakat  qiladi.  Xohish  vujudga  kelishi  uchun  esa  uning 
asosida  motivatsiya  (sabab)  yotadi.  Mulkdor  motivatsiyasiz  hech  qanday 
harakat  qilmaydi.  Qonun  mulkdomi  vakolatlami  amalga  oshirish 
motivatsiyasi  sifatida  o 'z   manfaatlarini  ko'zlashini  ko'rsatadi.  Manfaat- 
huquq  egasi  erishishi  lozim  bo'lgan  samara,  natija.  Aynan  manfaat 
mulkdomi  undovchi  omil  hisoblanadi.  Manfaat  g'oyat  keng  va  xilma-xil 
ko'rinishlarda  namoyon  bo'ladi.  Manfaat  faqat  mulkdor  shaxsiy 
ehtiyojlari,  uning  yaqinlari  ehtiyojlari  bilan  bog'liq  bo'lishi  ham,  biroq, 
amalda  bunday  bo'lmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  mulkdor  o 'z   pul 
m ablag‘larini  hayriya  maqsadlarida  sarflashi  bir  qarashda  mulkdor
1  Ergashev  V.  Fuqarolar  hususiy  mulk huquqi  vujudga kelish  va bekor  bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan.
nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 30-b.
45

manfaatlariga  emas,  balki  hadya,  xayr  ehson  oluvchi  manfaatlariga 
qaratilganday  bo'lib  tuyuladi.  Biroq  mulkdor  bunda  moddiy  manfaatlami 
emas,  balki  m a’naviy  manfaatni  ham  ko'zlagan  bo'lishini  nazardan 
qochirmaslik lozim.
Qonunda  mulkdomi  o 'z   manfaatini  ko'zlab  vakolatlami  amalga 
oshirishi  umumiy  asos  sifatida  belgilangan.  Bu xususiy mulk va  ommaviy 
mulk  uchun  bir  xilda  bo'la  olmaydi.  Agarda  ommaviy  mulk  subyektini 
“o 'z   manfaatlari”  mazmuni  aniqroq  bo'lsa,  xususiy  mulk  huquqi 
subyektini  “o 'z   manfaatlari”  muayyan  shart-sharoit  va  vaziyatlar  bilan 
bog'liq.  SHu  sababli  ham  mulkdoming  “o 'z  manfaati”  ommaviy  mulk 
subyektidan ko'ra xususiy  mulk subyektiga ko'proq  qaratilgan va  aniqroq 
mazmun  kasb  etadi  deb  aytish  mumkin.  Albatta  “o 'z   manfaati”  yo'lida 
harakat  qilish  deganda  subyektni  faqat  tor  doiradagi,  xudbinlarcha 
manfaatini  tushunmaslik  lozim.  Mulkdoming  o 'z  manfaati  muayyan 
huquqiy  doirada  bo'lishi  talab  etiladi.  Uning  mezonlari  FKning  172- 
moddasida  mulk  huquqini  amalga  oshirish  shartlarida  belgilab  qo'yilgan. 
Boshqacha  aytganda  mulkdorlami  o 'z  vakolatlarini  amalga  oshirishi 
boshqa  subyektlaming  huquqlarini  va  qonun  bilan  qo'riqlanayotgan 
manfaatlarini buzilmasligi lozim. Agarda mulkdor vaziyat taqazosiga ko'ra 
muayyan  hududda  yoxud  bozorda  mulkdor  bo'lgani  sababli  ustun 
mavqega  ega  bo'lsa,  u  ushbu  mavqeni  suiiste’mol  qilib,  boshqa 
shaxslaming  huquqlarini  va  qonun  bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarini 
kamsitadigan  harakatlami  qilishga  haqli  emas.  Shuningdek,  mulkdor 
qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollarda,  shartlarda  va  doirada  boshqa 
shaxslar  uning  mol-mulkidan  cheklangan  tarzda  foydalanishga  y o'l 
qo'yishga majbur (masalan,  FKning  173-moddasida belgilangan hollarda). 
Mulkdor o 'z  vakolatlarini  amalga oshirganida fuqarolaming sog'lig'iga va 
atrof  muhitga  zarar  yetkazishning  oldini  olish  choralarini  ko'rishga 
majbur.  Demak,  xususiy  mulkdoming  xohish  va  manfaatlari  mutlaq, 
absolyut bo'lm ay, balki muayyan huquqiy doirada bo'lishi talab etiladi.
Xususiy  mulkdoming  “o 'z  manfaati”  mazmunini  ochib  berishda 
subyektning  kimligi,  agar yuridik  shaxs  bo'lsa,  uning huquqiy holati  ham 
hisobga olinishi  lozim.  Xususiy mulkdor fuqaro  bo'lganida yoxud xususiy 
korxona bo'lganida manfaatlami belgilash  yagona jismoniy  shaxsga borib 
taqaladi  va  uning  manfaatlaridan  kelib  chiqiladi.  Boshqacha  aytganda 
bunda  subyekt  manfaati  monolit,  bir-butun  tarzda  namoyon  bo'ladi  va 
manfaatlar to'qnashuvi kuzatilmaydi.
Biroq xususiy mulkdorlar umumiy birgalikdagi mol-mulkka nisbatan 
vakolatlarini  amalga  oshirishda  manfaatlar birligi  kuzatilmasligi  mumkin.
46

Yoxud  xuddi  shunday  holat  k o ‘p  sonli  muasislarga,  ishtirokchilarga  ega 
bo'lgan xo ‘jalik jamiyatlari va shirkatlarida ham tez-tez sodir bo‘lib turadi. 
Bunda AJning yoxud MChJning  umumiy  yig‘ilishi  yoki  kuzatuv kengashi 
yig'ilishida ishtirokchilaming bir necha  guruhlari har bir  subyektning “o ‘z 
manfaatini”  turlicha  talqin  qiladi.  Albatta,  bunday  korxonalarda  yuridik 
shaxs  nomidan  qaror  qabul  qilishning  o ‘ziga  xos  tartibi,  protseduralari 
mavjud.  Biroq  ushbu  tartib  bo'yicha  qabul  qilingan  qarorlar  asosida 
xo'jalik  yurituvchi  subyektni  mulkdor  sifatida  o 'z  vakolatlarini  amalga 
oshirishga  asos bo'lgan  motivatsiya negizida har doim ham ushbu  yuridik 
shaxsning  “o'z  manfaatlari”  yotavermaydi.  B a’zan  oxir-oqibatda  yuridik 
shaxsning  “o 'z  manfaatini”  umumiy  yig'ilishda  o 'z  fikrini  o'tkaza 
olmagan  ishtirokchilar  guruhi  ifodalagani  m a’lum  bo'ladi.  Bu  esa 
kelgusida ishtirokchilar (aksiyadorlar) o'rtasida ixtiloflarga, bo'linishlarga, 
sud orqali uzoq muddatli nizolashuvlarga sabab bo'ladi.
Hozircha  yuridik  shaxslami  mulkdor  sifatidagi  vakolatlami  amalga 
oshirganida  “o 'z  manfaatlaridan”  kelib  chiqishi,  bu  manfaatlami  qay 
darajada  anglab  etishi,  ulami  yuridik  izhor  qilish  shakllari  mulk  huquqi 
nazariyasida etarli darajada to'liq o'rganilmagan.  T o 'g 'ri,  shunga o'xshash 
muammolar  fuqarolik  huquqining  kichik  tarm og'i  bo'lgan  korporativ 
huquqda  m a’lum  darajada  izlanishlar  predmeti  sifatida  qaralmoqda1. 
Biroq,  bunda  muammo  mulk  huquqini  amalga  oshirish  masalasi  orqali 
emas, 
balki 
korporativ 
boshqamvni 
optimal 
modellarini 
topish 
muammolari  nuqtai  nazaridan  qo'yilgan.  Shu  sababli  ham  mulk  huquqi 
nazariyasida  ushbu  yangi  muammoga  alohida  e ’tibor  berish  masalasini 
qo'yish  o'rinli  bo'lur  edi.  Hozirgi  vaqtda  sud  amaliyotida  mulk  huquqi 
tushunchasi  tarkibiga  kiruvchi  ushbu  xususiyat  be’e’tibor  qoldirilmoqda. 
Amaliyotda  mulkdor  o 'z   mol-mulkiga  nisbatan  qonunda  ta’qiqlanmagan 
har  qanday  harakatni  sodir  etishi  mumkin  degan  aksiomadan  kelib 
chiqilmoqda  deb  aytish  mumkin.  Biroq  kelgusida  mulkdor  o 'z 
vakolatlarini  amalga  oshirishda  “o 'z  manfaatlaridan  kelib  chiqishi” 
to'g'risidagi  novella  huquqiy  tartibga  solishda  muayyan  oqibat  vujudga 
keltirish  ehtimoli  yo'q  emas.  Ayniqsa  xususiy  mulk  huquqida  bu  masala 
dolzarb ahamiyat kasb etishini bashorat qilish mumkin.
FKning  164-moddasida  mulkdor  o 'z  vakolatlarini  o 'z  xohishiga 
ko'ra  amalga  oshirishi  ko'rsatiladi.  Mulkdor  vakolatlarini  amalga 
oshirishda  motivatsiya  (sabablantirish)  mulk  huquqi  subyektida  xohish, 
istakni  keltirib  chiqaradi.  Demak,  mulkdomi  o 'z   manfaatini  anglab  etishi
1 Masalan,  S.G'ulomov  AJda yirik va mayda aktsiyadorlar,  AJ menedjerlari va aktsiyadorlar o ’rtasidagi  ziddiyatlar va 
ulami  bartaraf etishni huquqiy vositalari to’g’risidagi  masalalami  tadqiq etgan.  Гулямов  С.  Корпоративное  право. -  
Тошкент: ТГЮИ, 2004.
47

unda  xohishni  vujudga  keltiradi  va  u  tomonidan  muayyan  maqsadli 
harakatlar sodir etish,  vakolatlami amalga oshirish boshlanadi. Har qanday 
subyekt,  hatto  impulsiv  harakatlar  sodir  etadigan  fuqaroda  ham,  agar  bu 
harakatlar  mulkdor  sifatidagi  vakolatlami  amalga  oshirish  bilan  bog'liq 
bo'lsa jarayonlar yuqoridagi ketma-ketlikda (manfaatni anglash -  xohishni 
vujudga keltirish -  harakatlar sodir etish) sodir bo'ladi.
Bu  o'rinda  xohish  o 'zi  nima,  u  o'ziga  xos  ruhiy-irodaviy  holat 
sifatida kechadigan kechinmami,  uning huquqiy munosabatlarda namoyon 
bo'lishi  va  huquqiy  baholanish  xususiyatlari  mavjudmi  degan  savol 
tug'ilishi  tabiiy.  Subyektning  xohishi,  ya’ni  u  o'zi  xohlab,  maqsad  qo'yib 
harakat  sodir  etishi,  agar  ushbu  harakat  huquqbuzarlik  sifatida  baholansa 
jinoyat  huquqida,  m a’muriy  huquqda  va  hatto  fuqarolik  huquqida  ham 
qasddan  qilingan huquqbuzarlik sifatida baholanadi  va bu  holat aybni  eng 
og'ir  shakli,  kuchaytirilgan  javobgarlik  chorasini  ko'rish  uchun  asos 
sifatida baholanadi1.  Biroq mulkdoming o 'z vakolatlarini o 'z xohishi bilan 
amalga oshirishi normal, kundalik, odatdagi huquqiy munosabatlarda sodir 
bo'ladi.  Bu  huquqbuzarlik  yoxud  huquqqa  hilof harakat  emas,  uni  salbiy 
baholash  uchun  hech  qanday  asos  yo'q.  Aksincha,  qonun  mulkdor 
vakolatlarini o 'z xohishi bilan amalga oshirishni belgilab, unga legal holat, 
maqom  bermoqda  (huddi  “o 'z   manfaati”  kabi).  Nima  uchun  qonun 
chiqaruvchi mulk huquqi tushunchasini belgiiashda bunga urg'u bermoqda 
degan  savol  tug'ilishi  ham  mumkin.  FKning  9-moddasi  1-qismida 
fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  o'zlariga  tegishli  bo'lgan  fuqarolik 
huquqlarini,  shu  jumladan,  ulami  himoya  qilish  huquqini  ham  o 'z 
xohishlariga  ko 'ra  tasarruf  etadilar  deb  belgilab  qo'yilgan.  Demak,  agar 
FKning 
164-moddasida  mulk  huquqi  tushunchasida  mulkdor  o 'z 
vakolatlarini  o 'z  xohishiga  ko'ra  amalga  oshiradi  deb  ko'rsatilmagan 
holda,  FK  9-modda  1-qismi  orqali  bunday  qoida  mantiqiy  ravishda 
mavjudligi  ravshan  edi  deb  aytish  mumkin.  Biroq  bundan  FKning 
yuqoridagi  novellasi  ortiqcha  yoki  noo'rin  deb  xulosa  chiqarishga 
shoshilmaslik kerak.  Ushbu novella muayyan yuridik yukka ega ekanligini 
aniqlash  uchun  “o 'z  xohishi”  subyektda  qanday  namoyon  bo'lishini  tahlil 
etmoq lozim.
Xohishni  manfaat  asosida  anglab  etish  va  u  asosda  harakat  qilish 
uchun mulkdoming ikki holati muhim:
-  aqliy-intelektual holat;
-  iroda holati.
1  Bu  o’mda  shuni  ham  ta’kidlash  o’rinliki,  ba’zi jinoyat  tarkiblarida  huquqbuzami  manfaat  ko’zlab  harakat  qilish, 
motivatsiyasi qilmishni baholashdajiddiy ahamiyatga ega.
48

Aqliy-intelektual holat  subyektni  o ‘z xatti-harakatlarini  anglab  etish, 
uni oqibatlarini oldindan ko'ra bilish, unga intilish holatidir.
Iroda  holati  o ‘z  xatti-harakatlari  subyekt  tomonidan  nafaqat  idrok 
etish,  balki  iroda  qilish,  boshqarishni  anglatadi.  Inson  tomonidan  eng 
optimal,  maqbul  qarorlar  va  ulami  harakatlari  subyektni  aqliy  holati  va 
iroda  holati  uyg‘unligida  sodir  b o ‘ladi.  Aql  va  iroda  bir-birini  nazorat 
qiladi,  subyektni  nomaqbul  xohish  va  harakatlardan  tiyib  turadi.  Xohish 
kategoriyasi  harakatga  turtki  bemvchi  ruhiy-psixologik  va  iroda  holati. 
Xohish  huddi  shu  xususiyati  bilan  istak,  orzudan  farq  qiladi.  Subyekt 
orzusi,  istagi  noreal  yoki  uni  amalga  oshirish  harakatlari  darajasiga  o ‘sib 
etmaydigan holatda qoladigan bo'lishi mumkin.  Biroq xohish inson amaliy 
faoliyatining bir bosqichi, dastlabki bosqichlaridan biri sifatida baholanadi.
“Xohish”  kategoriyasi  bilan  bog'liq  yana  bir  xususiyat  shundan 
iboratki,  xohish  mulkdoming  “o 'z  xohishi”  bo'lishi  lozim.  Subyektning 
“o 'z  xohishi” bilan harakat qilishi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
a) xohish asosida mulkdor anglangan ehtiyoji, manfaati yotadi;
b)  xohish  erkin  ravishda,  tashqi  tazyiqlarsiz  shakllanadi  (agarda 
xohishning vujudga kelishi tashqi noqulay ta’sirlar sababli ro 'y  bersa ham, 
bu  subyekt  erki-irodasiga  hilof  ravishda  xohishni  shakllanishiga  olib 
kelmasligi lozim);
v) xohish asosida mulkdor o 'z vakolatlarini  amalga oshirish bo'yicha 
xatti-harakatlami sodir etadi.
Subyektning  o 'z  xohishi  bo'yicha  harakat  qilmasligi  fuqarolik 
huquqida  muayyan  oqibatlami  vujudga  keltiradi.  Boshqacha  aytganda 
subyekt  erki-irodasiga  tashqi  tazyiq  sodir  bo'ladi,  u  erkin  bo'la  olmaydi. 
Xolbuki  erkinlik har qanday  subyekt huquqiy  holatining  muayyan  zaruriy 
tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Subyektni  o 'z   xohishiga  zid  harakat  qilishi 
orqali tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi.
FKning  123-moddasida subyektning o 'z  xohishiga,  erki-irodasiga zid 
ravishda  tuzilgariligi  sababli  haqiqiy  sanalmaydigan  bitimlaming  turlari 
ko'rsatilgan. Bunga quyidagilar kiradi:
-  aldashyo'li bilan tuzilgan bitim;
-  zo 'rlik ta’ sirida tuzilgan bitim;
-  qo 'rqitish ta’ sirida tuzilgan bitim;
-  bir  taraf  vakilining  ikkinchi  taraf bilan  yomon  niyatda  kelishishi 
ta’sirida tuzilgan bitim;
-  og 'ir holatlar yuz berish ta’ sirida tuzilgan bitim.
49

Yanglishish  ta’sirida  tuzilgan bitim ham  o 'z   huquqiy  tabiatiga ko'ra 
subyektning  o 'z  xohishiga zidday tuyuladi.  Biroq  bitim tuzayotgan vaqtda 
subyektni o 'z xohishi mavjud bo'ladi.
Jismoniy  shaxslardan  farqli  ravishda  yuridik  shaxslaming  “o'z 
xohishi”  orqali  harakat  qilishi  muayyan  xususiyatlarga  ega.  FKning  45- 
moddasiga  ko'ra  yuridik  shaxs  qonunlarga  va  ta’sis  hujjatlariga  muvofiq 
ish  olib  boradigan  o 'z   organlari  orqali  fuqarolik  huquqlarini  amalga 
oshiradi  va  majburiyatlarini  bajaradi.  B a’zi  hollarda  yuridik  shaxs  organi 
emas,  uning  yakkaboshchi  rahbari  -   mansabdor  shaxsi  bunday 
vakolatlarga  ega.  Qonunda  yuridik  shaxs  nomidan  harakat  qilish 
vakolatiga ega bo'lgan  shaxslaming  uchinchi  turi  ham mavjud:  “Qonunda 
nazarda tutilgan  hollarda yuridik  shaxs  o 'z  ishtirokchilari  orqali  fuqarolik 
huquqlariga  ega  bo'lishi  va  burchlarini  o 'z  zimmasiga  olishi  mumkin” 
(FKning 45-moddasi 2-qismi).
Binobarin,  fuqarolik qonunlarida yuridik shaxs  nomidan kim harakat 
qilishga  vakolatli  bo'lsa,  uning  xohishi  yuridik  shaxsning  “o 'z  xohishi” 
sifatida  ko'rilishi  lozim.  B a’zi  hollarda  bir  yuridik  shaxsning  o'zida 
mulkiy huquqlami  tasarruf qilish bir necha tuzilmalar o'rtasida taqsimlab, 
chegaralab  qo'yilgan  (masalan,  AJda oddiy bitimlami AJ boshqaruvi  raisi 
tuzadi,  yirik  bitimlami  AJ  kuzatuv  kengashi  tuzadi,  juda  yirik 
miqdorlardagi bitimlami esa AJ umumiy yig'ilishigina tuzishga haqli).
Biroq,  yuridik  shaxsning  xohish-irodasi  uning  nomidan  harakat 
qiluvchi  organni  mutlaq  xohishi  sifatida  qaralmasligi  lozim.  FKning  45- 
moddasi  3-qismida  ko'rsatilishicha,  “Qonunga  yoki  yuridik  shaxs  ta’sis 
hujjatlariga  muvofiq  yuridik  shaxs  nomidan  ish  olib  boradigan  shaxs  o'zi 
vakil  bo'lgan  yuridik  shaxs  manfaatlari  yo'lida  halol  va  oqilona  ish  olib 
borishi  kerak.  U  yuridik  shaxs  muasislari  (ishtirokchilari,  a’zolari)  talabi 
bilan,  agar  qonunda  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 
bo'lm asa  yuridik  shaxsga  yetkazilgan  zarami  to'lashi  shart”.  Demak, 
yuridik  shaxs  nomidan  harakat  qiluvchi  tuzilma,  organ,  mansabdor  shaxs 
yuridik  shaxs  nomidan  harakat  qilganida  erkin  emas,  balki  muayyan 
qoidalar  asosida  harakat  qiladi.  Eng  asosiysi,  uning  harakatlari  yuridik 
shaxs  uchun  ijobiy  samara  keltirishga  qaratilishi  lozim.  Afsuski, 
amaliyotda  xususiy  mulk  subyektlari  bo'lgan  yuridik  shaxslar  mulkiy 
vakolatlarini  amalga  oshirishda  uning  organlari  yoxud  mansabdor 
shaxslari  yuridik  shaxs  manfaatlaridan  emas,  balki  boshqa  g'araz 
manfaatlardan  kelib  chiqishi,  o 'z   xohishlarini  yuridik  shaxs  xohishi 
sifatida  namoyon  etishi  kabi  holatlar  uchrab  turadi.  FKda,  boshqa 
qonunlarda  bitimlami  haqiqiy  emas  deb  topish,  zarar  yetkazganlik  uchun
50

javobgarlik,  mol-mulkdan  tayinlanish  maqsadiga  nomuvofiq  foydalanish, 
yuridik  shaxsni  bankrotlikka  olib  borish  kabi  holatlar  uchun  javobgarlik 
choralari  mavjud.  Biroq  ular  sababga  emas,  oqibat  bo'yicha  ko'riladigan 
yuridik  choralardir.  Muammoni  hal  qilish  ko ‘p  jihatdan  korporativ 
boshqaruvni  oqilona tashkil etish,  uning huquqiy  asoslarini  belgilash bilan 
bog'liq.  Fikrimizcha,  xo'jalik jamiyatlari  va  shirkatlami  (xususiy  mulkka 
mansub  yuridik  shaxslaming  asosiy  qismi  ular  hisoblanadilar)  umumiy 
yig'ilishni  olib  borish,  chaqirish,  qarorlar  qabul  qilish  va  uni 
rasmiylashtirish,  qarorlar  ijrosini  nazorat  taomillari  -   protseduralarini 
qat’iy  belgilab  qo'yish,  kuzatuv  kengashlari  va  boshqamv  faoliyatini 
tashkil  etishda  ham  yuridik  shaxs  manfaatini  anglab  etishga,  uning  o 'z 
xohishni  ifoda  etishga  qaratilgan  yuridik  mexanizmini  ishlab  chiqish  va 
joriy etishi talab etiladi.
V.Ergashev  mulkdor vakolatlari  triadasi  (uchligi)  mulkdoming  mol- 
mulkka  nisbatan  huquqlarini  to'liq  hajmini  va  mohiyatini  ifoda  etmaydi, 
shu  sababli  ham  “o 'z  xohishi”  bilan  va  “o 'z   manfaatlarini  ko'zlab” 
kategoriyalari aynan mulkdor bilan mulkdor bo'lmagan  shaxslaming  mol- 
mulkka  nisbatan  bo'lgan  huquqlarini  farqlashga  xizmat  qiladi  va  mulk 
huquqining  mutlaq  munosabat  ekanligini  isbot  etib,  mulkdor  o'z 
huquqlarini  amalga  oshirishda  to'la  mustaqil  ekanligini  anglatadi  deb 
ko'rsatadi1.  Ayni  vaqtda  shuni  ham  eslatib  o'tish  o'rinliki,  ba’zi  sivilist 
olimlar mutloq munosabatlar doirasini  kengroq  oladi.  Masalan,  R.Ro'ziev 
ijarachini  ijaraga  olingan  mol-mulkka  nisbatan  huquqlari  ham  mutlaq,  u 
hatto  mulkdorga  nisbatan  ham  talab  qo'ya  oladi  (ijaraga  olingan  mol- 
mulkni  o'ziga  berilishini  talab  qilish,  ijaraga  olingan  mol-mulkdan 
foydalanishga  to'sqinlik  qilmaslikni  talab  qilish).  Bu  holda  mulkdor  va 
mulkdor bo'lmagan  subyektlami  mutlaqlik holati  ancha murakkablashadi. 
R.Ro'ziev  fikr-mulohazasini  chuqur  tahlil  etish  masalasini  qo'ymagan 
holda  aytish  mumkinki,  mulkdor  huquqlari  har  doim  birlamchi, 
shartnomaviy  asosda  mol-mulk  oluvchi  huquqlari  ikkilamchi  xarakterga 
ega. 
Demak,  mulkdor  huquqlarini  mutlaqlik  darajasi  har  doim 
yuqoriroqdir.
Biroq  “o 'z   manfaatlarini  ko'zlab”  va  “o 'z  xohishi  bilan” 
kategoriyalari  mazmunining  ahamiyatini  juda  ham  oshirib  yuborish 
noo'rin. 
Aslini 
olganda, 
fuqarolik 
huquqida 
fuqarolik 
huquqiy 
munosabatlar  ishtirokchilari  bu  munosabatlarda  o 'z  manfaatlarini  ko'zlab 
va  o 'z  ixtiyorlari,  xohishlari  bilan  ishtirok  etishlari  hammaga  m a’lum
1  Ergashev V.  Fuqarolar hususiy  mulk huquqi  vujudga kelish va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan.
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005.  11-b.
51

bo'lgan  oddiy  haqiqat  va  aksiomadir.  Ushbu  holatlardan  har  qanday 
chekinishlar  muayyan  huquqiy  oqibatlar  vujudga  keltiradi  va  subyekt 
huquqlarini buzish sifatida baholanadi.  Shu m a’noda olganda FKning  164- 
moddasida yuqoridagi kategoriyalar eslatma,  ta’kid funksiyalarini ko'proq 
bajarishi to'g'risida tasavvur tug'iladi. Biroq huquqni qo'llash amaliyotida 
ulardan  samarali  foydalanish  usullari  va  vositalari  ishlab  chiqilsa,  mulk 
huquqi  va  ayniqsa  xususiy  mulk  huquqi  normalarini  takomillashtirishda 
ulami qo'llash xususiyatlari va mazmuni yanada chuqurlashtirilsagina “o 'z 
xohishi  bilan”,  “o 'z  manfaatlarini  ko'zlab”  degan  iboralar  mulk huquqida 
yangi sifat o'zgarishlariga sabab bo'lishi to'g'risida gapirish mumkin.
Mulkdor  vakolatlarining  tizimida  mol-mulkni  egallash  huquqi 
markaziy  o'rinni  egallaydi.  Egallash  huquqi  o 'z   mohiyatiga  ko'ra, 
mulkdorga boshqa vakolatlami ham amalga oshirish imkonini beradi. Mol- 
mulkni  egallamasdan  turib,  mulkdor  undan  na  foydalana  oladi  va  na 
tasarruf  eta  oladi.  Egalik  qilish  huquqi  mazmuniga  sivilist  olimlar 
tomonidan  turlicha  ta’riflar  berilgan.  Bunda  har  bir  olim  ushbu  vakolatni 
muayyan  qirralarini  ochib  ko'rsatishga,  urg'u  berishga  harakat  qilgan. 
Tegishli  adabiyotlarda  ular  o 'z   ifodasini  topgan.  V.Yo.Ergashev  “egalik 
qilish huquqi -  mol-mulkni o 'z  qo'lida yoki unga nisbatan o 'z huquqlarini 
amalga  oshirish  imkoniyatini  beruvchi  joyda  saqlab  turib,  mulkdorga 
ashyo  ustidan  uning  xo'jalik  hukmronligini  amalga  oshirishni  yuridik 
ta’minlangan  imkoniyatidir”  deb  hisoblaydi1.  Bunda  egalik  qilish  huquqi 
keng m a’noda tushuniladi:
a)  mol-mulkni  mulkdomi  o 'z   qo'lida  ushlab  turish,  saqlab  turish  -  
faktik egalik qilish;
b)  mol-mulkni  garchi  o 'z  qo'lida  saqlamasa  ham,  faktik  egallamasa 
ham, unga nisbatan o 'z huquqlarini  amalga oshirish imkoniyatini beruvchi 
joyda saqlab turish.
Har  ikkala  holatda  ham  mulkdor  mol-mulk  ustidan  xo'jalik 
hukmronligini amalga oshirish bo'yicha yuridik imkoniyatga ega bo'ladi.
Yuridik  imkoniyat  va  amaliy  imkoniyat, jismoniy  imkoniyat bir-biri 
bilan  bog'liq  imkoniyatlardir.  Mulkdoming  faktik  egaligi  uning  amaliy 
imkoniyatini  ta’minlaydi.  Amaliy  imkoniyatni  har  doim  mulkdomi 
ashyoni  o 'z   qo'lida  saqlab  turishi,  ushlab  turish  m a’nosida  tushunmaslik 
lozim.  Egalik  qilish  huquqini  ashyoni  qo'lida  ushlab  turish  sifatida  talqin 
etish  real  voqelikka  to 'g 'ri  kelmaydi.  Mulkdor  barcha  mol-mulkiga 
jismonan  egalik  qilishi  shart  emas.  Q o'l  soati,  qalam,  hamyon  va  shu
1 Ergashev  V.  Fuqarolar  hususiy  mulk huquqi  vujudga kelish va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan.
nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.
52

kabilar qo‘lda saqlab  turishga imkon beradi.  Biroq,  korxona,  bog‘-rog‘lar, 
hovli-joylar,  imoratlar  kabi  mol-mulk  obyektlarini  qo'lda  saqlab  turish 
amalda  mumkin  emas.  Bunday  holatda  mol-mulk  obyektini  mulkdoming 
o ‘z  egalik  holatida,  egalik  huquqini  ta’siri  doirasida  ekanligi  haqida 
gapirish mumkin. Ushbu egalik huquqining ta’sir doirasi qandaydir masofa 
(mulkdor  bilan  mol-mulk  o'rtasidagi  masofa  nazarda  tutilmoqda)  bilan 
cheklanmaydi.  Eng  muhimi,  mulkdor  o 'zi  hoxlagan  vaqtda  o'sha  mol- 
mulkka  nisbatan  vakolatlami  amalga  oshirish,  yuridik  ta’sir  ko'rsatish 
imkoniyatiga  ega  bo'lm og'i  lozim.  Egalik  huquqini  ta’siriga  nisbatan 
uchinchi  shaxslaming  to'sqinligi  bo'lmasligi  shart.  Agar  mulkdor 
tomonidan  egalik  qilish  huquqiga  nisbatan  uchinchi  shaxslar  to'sqinlik 
qilsa  yoki  mol-mulk  boshqa  shaxsning  amaliy  egaligida  bo'lsa,  u  holda 
egalik qilish huquqi to'laqonli ravishda amalga oshmaydi.  B a’zi holatlarda 
mol-mulkka  faktik  egalik  uchinchi  shaxslarda  bo'ladi  (masalan,  ijaraga 
berishda,  mol-mulkni  terminallarda  saqlashda  va  h.k.).  Mol-mulklar 
fuqarolik  muomalasida  bo'lganda  egalik  huquqini  uchinchi  shaxslarda 
bo'lishi normal hoi hisoblanadi.
Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxslar o 'z  pul mablag'larini o'zlarini 
faktik  egaligida  saqlash  imkoniyatlari  chegaralangan.  Pul  mablag'larini 
inkassatsiya  qilish,  ya’ni  bankka  saqlash  uchun  topshirish  majburiyati 
belgilab  qo'yilgan.  Ayniqsa  savdo  tashkilotlari  bu  majburiyatni  qat’iy 
bajarishlari,  kundalik  savdo  tushumlarini  tegishli banklarga  saqlash uchun 
topshirishlari  lozim.  Bu  pul  mablag'larini  muomalasini  nazorat  qilish, 
daromadlami  yashirib  qolishni  oldini  olish,  inflyatsiyani  jilovlash 
maqsadlariga xizmat qiladi.  Shu sababli ham yakka tadbirkorlar va yuridik 
shaxslar  bank  hisobvarag'i  shartnomasi,  naqd  pul  bilan  ishlovchi 
subyektlar  inkassatsiya  xizmati  ko'rsatish  shartnomasi  tuzishlari  shart. 
Biroq  bu  holatni  muayyan  salbiy jihatlari  ham  m a’lum.  Ba’zi  tadbirkorlik 
subyektlari  o'zlariga  xizmat  qiluvchi  banklardan  naqd  pullarini  olish 
imkoniyatlari  chegaralangan.  Bu  esa  ulami  naqd  pul  mablag'lariga 
nisbatan  mulkdor  sifatidagi  vakolatlarini  amalga  oshirish  imkoniyatlarini 
to'laqonli  va  o 'z  vaqtida  sodir bo'Iishga  to'sqinlik  qilmoqda.  Albatta,  pul 
muomalasi  ustidan,  soliqlami  to'lanishi  ustidan  davlat  nazorati  zarur. 
Biroq  bunday  davlat  nazorati  mulk  huquqini  cheklash,  mulkdor 
vakolatlarini  erkin  amalga  oshirishiga  to'sqinlik  qilish  hisobiga  amalga 
oshirilmasligi  lozim.  Tadbirkorlik  subyektlariga  o 'z  pul  mablag'larini 
erkin faktik egalik qilish imkoniyatlari berilishi maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha,  egalik  qilish  huquqi  turli  ko'rinishlarda  namoyon 
bo'lishi  mumkin.  Hatto  ijara  kabi  shartnomalarda  mol-mulk  ijarachi
53

egaligiga topshirilgan taqdirda ham mulkdomi egalik huquqining muayyan 
elementi  saqlanib  qolmog‘i  maqsadga  muvofiqdir.  Boshqacha  aytganda, 
mulkdor  o ‘z  mol-mulkidan  foydalanish jarayonini  va  saqlanishini  kuzatib 
borish huquqi mavjud bo'ladi. Albatta, bunda mulkdor mol-mulkni ijarachi 
tomonidan shartnoma asosida foydalanishga va bu bilan bog'liq faoliyatiga 
halaqit  bermasligi  shart.  Mulkdomi  o 'z  mol-mulki  saqlanishi  va  undan 
foydalanishi bo'yicha huquqi va uning mazmuni FKning mol-mulk ijarasi, 
mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  kabi  shartnomalami  tartibga  soluvchi 
normalarida  o 'z   ifodasini  topish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  mulk  huquqi, 
ayniqsa  xususiy  mulk  huquqi  mazmunini  yanada  boyitgan,  mulkdor 
vakolatlari doirasini kengaytirgan bo'lur edi.
Shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  egalik  qilish  huquqini  faqat  moddiy 
ashyolarga  nisbatan  qo'llash  mumkin.  Xususiy  mulk  obyektlari  sifatida 
fuqarolik muomalasida bo'ladigan  intellektual  mulk obyektlariga nisbatan 
mulk  huquqi  emas,  mutlaq  huquqlar  amal  qiladi.  Mutlaq  huquqlar 
mazmuni 
FKning 
1034-moddasida 
belgilab 
qo'yilgan 
(FKning 
17.01.2007-yildagi tahririda).
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasiga 
tegishli  mulkiy  huquqlar,  agar  FKda  yoki  boshqa  qonunda  boshqacha 
tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  huquq  egasi  tomonidan  shartnoma 
bo'yicha  boshqa  shaxsga  to'liq  yoki  qisman  o'tkazilishi  mumkin, 
shuningdek,  bu  mutlaq  huquqlar  meros  bo'lib  va  yuridik  shaxs-huquq 
egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
Ushbu  belgilangan  qoidaga  ko'ra,  intellektual  mulk  obyektiga 
nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasiga  tegishli  mulkiy  huquqlar  huquq  egasi 
tomonidan  shartnoma  bo'yicha  boshqa  shaxsga  to'liq  yoki  qisman 
o'tkazilishi  mumkin.  Bunda  nazarda  tutilgan  huquqlar  faqat  mulkiy 
xarakterga  ega  bo'ladi,  shaxsiy  huquqlarga  nisbatan  ushbu  qoida taalluqli 
emas.  O'tkazilayotgan mulkiy huquqlar mutlaq huquqlardan kelib chiqishi 
va  faqat  huquq  egasiga  tegishli  bo'lishi  shart.  Mulkiy  huquqlar  deganda 
intellektual  mulk  obyektidan  shaxsan  foydalanish  yoki  uni  haq  evaziga 
foydalanishga  berish  bo'yicha  huquq  egasiga  tegishli  vakolatlar 
tushuniladi.  Mulkiy  huquq  to'liq  o'tkazilganda  huquq  egasi  bu 
huquqlardan  mahrum  bo'ladi  va  u  uchinchi  shaxslarda  vujudga  keladi. 
Mulkiy  huquq  qisman  o'tkazilganda  huquq  egasi  uning  m a’lum  qismini 
o'zida  saqlab  qolib,  qolgan  qismini  o'tkazadi.  Mulkiy  huquqlar  faqat 
shartnoma asosida o'tkaziladi.  Shartnoma mulkiy huquq egasi va bu huquq 
to'liq  yoki  qisman  o'tkazilayotgan  shaxs  o'rtasida  tuziladi.  Bunday 
shartnomalarga  nisbatan  agarda  qonunlarda  boshqacha  tartib  nazarda
54

tutilmagan  bo ‘Isa,  FKning  26-bobi  (shartnoma  tushunchasi  va  shartlari), 
28-bobi (shartnomani o ‘zgartirish va bekor qilish) qoidalari qo‘llaniladi.
Shartnomada  shartnoma  tuzuvchi  taraflar  -   intellektual  mulk 
obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquq  egasi  va  mutlaq  huquqdan  vujudga 
keluvchi  mulkiy  huquqlar  o ‘ziga  o ‘tkazilayotgan  shaxs  nomlari,  agar 
mutlaq  huquq  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  intellektual  mulk 
obyektiga  nisbatan  berilgan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  asosida  vujudga 
kelgan  bo'lsa,  ushbu  yorliq  nomi  va  qayd  ro'yxati  raqami,  uning  amal 
qilishi  muddati,  o'tkazilayotgan  mulkiy  huquq  mazmuni  va  hajmi,  undan 
foydalanish  shartlari,  muddati  agar  shartnoma haq baravariga tuzilayotgan 
bo'lsa,  to'lanadigan  haq  miqdori  va  to'lash  tartibi,  mulkiy  huquq  qisman 
o'tkazilganda  undan  foydalanish  ustidan  huquq  egasining  nazorat  qilish 
bo'yicha  vakolatlari,  taraflaming  boshqa  huquq  va  majburiyatlari, 
shartnoma  shartlarini  buzganlik  uchun  taraflaming  javobgarligi  va  shu 
kabilar  ko'rsatilishi  lozim.  Shartnoma  taraflar  tomonidan  imzolanib 
tegishli shaklda rasmiylashtirilishi shart.
Shartnoma  shakli  turli  intellektual  mulk  huquqi  obyektlari  uchun 
turlicha  bo'lishi  qonunlarda  belgilab  qo'yilgan.  Mualliflik  huquqi 
obyektlariga  nisbatan  mulkiy  huquqlar  o'tkazilganda  shartnoma  yozma 
ravishda  tuzilib,  notarial  guvohlantirilishi  lozim.  Mutlaq  huquq  vakolati 
davlat  organi  tomonidan  intellektual  mulk  huquqi  obyektiga  nisbatan 
berilgan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  (patent,  guvohnoma)  asosida  vujudga 
kelgan bo'lsa, bunda mulkiy huquqni o'tkazish haqidagi  shartnoma yozma 
tuzilib,  notarial  guvohlantirilib,  vakolatli  davlat  idorasida  ro'yxatdan 
o'tkazilishi  lozim.  Ushbu  qoida  nou-xauga  nisbatan ham amal kiladi.  Aks 
holda shartnoma haqiqiy sanalmaydi.
FKda  va  amaldagi  qonunlarda  ayrim  intellektual  mulk  obyektlariga 
nisbatan  mutlaq  huquqlardan  kelib  chiquvchi  mulkiy  huquqlami  huquq 
egasi  tomonidan  boshqa  shaxslarga  o'tkazish  masalasida  yuqoridagi 
qoidalardan  istisnolar  mavjud.  Masalan,  FK  1109-moddasi  3-qismiga 
asosan  tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqini  huquq  egasi 
tomonidan  boshqa  shaxsga  berishga,  uni  boshqa  shaxsga  o'tkazish 
haqidagi  boshqa  bitimlarga  va  uni  litsenziya  asosida  foydalanish  uchun 
berishga yo 'l qo'yilmaydi.
FKning  1101-moddasida  firma  nomiga  bo'lgan  huquqni  boshqa 
shaxsga  o'tkazish  tartibi  va  shartlari  belgilangan  bo'lib,  u  yuqoridagi 
umumiy  qoidalardan  farq  qiladi.  FKning  1105-moddasi  2-qismiga  ko'ra, 
tovar belgisiga bo'lgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi 
haqida  chalg'ishga  sabab  bo'lishi  mumkin  bo'lsa,  boshqa  shaxsga
55

berilishiga yo‘l qo'yilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar meros tartibida 
huquq  egasi  vafotidan keyin  qonuniy  merosxo‘rlarga yoki  vasiyat asosida 
boshqa  shaxslarga  o‘tadi.  Bunda  vujudga  keladigan  munosabatlarga 
nisbatan  FKning  V  ho'limida  vorislik  haqidagi  belgilangan  normalar 
qo'llaniladi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar egasi 
yuridik  shaxs  bo‘Isa,  bunday  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilgan  hollarda 
(uni  boshqa  bir  yuridik  shaxs  bilan  qo‘shib  yuborish,  qo'shib  olish, 
bo'lish,  ajralib chiqishi, ya’ni FKning 49-moddasida belgilangan hollarda) 
mutlaq  huquq  huquqiy  vorislik  tartibida  yangi  tashkil  etilgan  yuridik 
shaxsga  o ‘tadi,  qayta  tashkil  etishning  bo‘lish,  ajratib  chiqarish  hollarida 
yangi  vujudga  kelgan  yuridik  shaxslaming  qaysi  biriga  mutlaq  huquq 
o ‘tishi ulaming  o ‘zaro  kelishuvi  asosida,  bunday  kelishuvga erishilmagan 
taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Qonunda mulk huquqining o'zi yaxlit holda, shuningdek egalik qilish 
huquqi  alohida  fuqarolik-huquqiy  himoya  obyekti  bo'lishi  mumkinligi 
belgilab  qo'yilgan.  Uning  eng  klassik  va  an’anaviy  shakli  vindikatsion 
da’vo  hisoblanadi.  Mulkdoming  mulk  huquqini  himoya  qilish  vakolati 
mulk  huquqida  alohida  element  tarzida  FKning  164-moddasida  belgilab 
qo'yilgan.  Shu  sababli  ham  uni  quyida  ko'rib  chiqamiz.  Egalik  qilish 
huquqining  o'zi  ham  alohida  obyekt  sifatida  qaralganida  mulkdor 
fuqarolik-huquqiy himoyadan tashqari ma’muriy-huquqiy, jinoyat-huquqiy 
himoya vositalaridan foydalanishi mumkin. Ayrim hollarda mulkdor o'zini 
o'zi  himoya  usulidan  foydalanib,  o'z  mol-mulkini  o'z  egaligiga 
qaytarishga haqli (FKning  13-moddasida belgilangan asoslarda).
Xorijiy  davlatlarda  xususiy  mulkdorlar  o'z  egalik  huquqini  qat’iy 
qo'riqlash  va  muhofaza  tizimidan  foydalanadilar.  Bunda  uchinchi 
shaxslami xususiy mulk obyekti doirasida bo'lish imkoniyatlari cheklanadi 
(imoratlar,  hovlilar  baland  devorlar  bilan  o'rab  olinadi,  kirish-chiqishga 
xususiy  qo'riqchilar  nazorati  asosida  mulkdor  ruxsati  bilangina  yo'l 
qo'yiladi,  binolar  tashqarisi  va  ichkarisi  maxsus  videoqurilmalar  orqali 
kuzatib  turiladi,  xususiy  mulk  obyektiga  kirish  mumkin  emasligi  haqida 
ogohlantirish  yozuvlari  qo'yiladi  va  h.k.).  Albatta,  xususiy  mulk  egasini 
bunday  choralami  ko'rishi  uni  mulkdor  sifatidagi  vakolatlari  doirasiga 
kiradi.  Biroq  bunda  uchinchi  shaxslaming  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlariga putur etmasligi lozim.
Amalda mulkdomi  mol-mulkka  egalik qilish huquqiga daxl  qiluvchi 
bir holat bor:  agar mulkdor mol-mulkni uzoq  muddat qarovsiz  qoldirsa,  u 
holda  mulk  huquqini  bekor  bo'lishiga  olib  kelishi  mumkin  (ko'char
56

mulkka -  5  yil,  ko‘chmas  mulkka -   15  yil).  Qarovsiz qoldirish mulkdomi 
mulkdor  sifatidagi  vakolatlaridan  ushbu  obyektga  nisbatan  hech  qanday 
foydalanmaslik,  mulkdorlik  tuyg‘ularini  biron-bir  tarzda  namoyon 
etmaslik,  mulkdorlik  vazifalarini  bajarmaslik  hisoblanadi.  Huddi  shu 
sababli mulkdor mol-mulkini saqlash, unga faktik egalik holatida obyektga 
nisbatan  muayyan  faol  harakatlami  sodir  etishi,  boshqa  uchinchi 
shaxslarga  ham  o'zining  ushbu  obyektga  nisbatan  mulkdor  ekanligini 
biron-bir tarzda namoyon etib turishi lozim.
Mulkdoming  navbatdagi  vakolati  o'ziga  tegishli  mol-mulkdan 
foydalanish  hisoblanadi.  Mol-mulkdan  foydalanish  -   mulk  huquqining 
pirovard  maqsadidir.  Mol-mulk  ham,  mulk  huquqi  ham  o'z-o'zicha 
ahamiyatga  ega  emas,  agar  mulkdorga,  insoniyatga  uning  foydali 
xususiyatlari,  muayyan  manfaatini  qanoatlantirish  xossasi  bo'lmasa. 
Mulkdomi  mol-mulkdan  foydalanish  vakolati  mazmuni  bo'yicha  ham 
adabiyotlarda juda  ko'p  fikr-mulohazalar  mavjud.  V.Ergashev  mulkdomi 
mol-mulkdan  foydalanish  huquqi  ashyodan  ishlab  chiqarish  yoki  shaxsiy 
iste’mol  jarayonida  uning  foydali  xususiyatlarini,  ya’ni  undan  hosil, 
mahsulot,  daromad  olishlikning  yuridik  ta’minlangan  imkoniyatidir1  deb 
hisoblaydi.
Mol-mulk  obyektlari  qanchalik  ko'p  va  xilma-xil  bo'lsa  ulardan 
foydalanish  shakllari  va  usullari  ham  shunchalik  rang-barang  va  xilma- 
xildir.  Ulaming  barchasini  tasvirlash  va  tafsiflashni  imkoni  yo'q,  zero, 
huquqiy jihatdan  olganda  bu  unchalik  ahamiyatga  ham  ega  emas.  Tashqi 
namoyon  bo'lishiga  qarab  mol-mulkdan  foydalanishni  quyidagicha 
turkumlash mumkin:
- insonni  biologik-jismoniy  ehtiyojlari  uchun  ishlatiladigan  shaxsiy 
iste’mol tovarlari (oziq-ovqadar, kiyim kechaklar, dori-darmonlar va h.k.);
- kundalik  hayotda,  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  faoliyatini 
amalga  oshirishda  qo'llaniladigan  ashyolar  (ishlab  chiqarish  qurollari  va 
vositalari, transport vositalari, mashinalar va mexanizmlar va h.k.);
- insonni  ma’naviy  ehtiyojlarini  qanoatlantirishga,  shaxsni  kamol 
topishiga xizmat qiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar (fan,  adabiyot, 
san’at asarlari, shu jumladan, darsliklar, kitoblar va h.k.).
Mulk  huquqi,  shu  jumladan,  xususiy  mulk  huquqida  mulkdoming 
mol-mulkdan  foydalanish  vakolatlari  unga  mol-mulk  obyektidan  o ‘zi 
hoxlagan  tarzda  foydalanish,  iste’mol  qilish  va  o'z  ehtiyojlarini
1  V.Yo.Ergashev.  Fuqarolar  hususiy  mulk  huquqi  vujudga kelish va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.
fan. nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.

qanoatlantirish  bo'yicha  yuridik  imkoniyatlar  beradi  va  ulami  amalga 
oshirishni kafolatlaydi.
Ayni  vaqtda mol-mulkdan  o'zi hoxlagan tarzda foydalanish vakolati 
umumiy  qoida  bo'lib  uni  mutlaqlashtirish  yaramaydi.  Ayrim  mol-mulk 
obyektlariga  nisbatan  foydalanish  qoidalari  mavjud.  Ushbu  qoidalar  eng 
avvalo 
kishilar 
hayoti, 
sog'lig'i, 
ekologik 
havfsizlik, 
ijtimoiy 
manfaatlardan 
kelib 
chiqib 
belgilangan 
(masalan, 
avtotransport 
vositalaridan  foydalanish,  ba’zi  mol-mulklardan  faqat  tayinlanish 
maqsadlari  va  vazifalariga  ko'ra  foydalanish,  tovardan  foydalanish 
qo'llanmalariga rioya qilish va h.k.).
Mol-mulkdan huquq-tartibot va axloq asoslariga nomuvofiq ravishda 
g'ayritabiiy  ehtiyojlar  va  mayl-xohishlami  qanoatlantirish  muayyan 
holatlarda jinoyat yoxud ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Ayrim  mol-mulklardan  foydalanish jarayoni  ustidan  davlat  nazorati 
belgilab  qo'yilgan  (yong'in  xavfsizligi  nazorati,  sanitariya  xavfsizligi 
nazorati va h.k.).
Mulkdor  mol-mulkdan  foydalanish  tartibi,  usuli,  shakllarini 
belgilashda  va  amalga  oshirishda  yuqoridagi  holati ami  hisobga  olmog'i 
lozim.
Tadbirkorlik  sohasida  qo'llaniladigan  mol-mulklar  ba’zi  holatlarda 
tegishli  hujjatlarda  (buxgalteriya  va  moliyaviy  hujjatlarda)  qayd  etib 
boriladi.
Mulkdomi  o'z  mol-mulkidan  foydalanish  huquqi  uning  tomonidan 
yoxud  u  tomonidan  tayinlangan  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Ayni  vaqtda  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  qonunda  uchinchi 
shaxslaming  mulkdor  xohishidan  qat’iy  nazar  uning  mol-mulkidan 
foydalanish  huquqi  belgilab  qo'yilgan  holatlar  ham  mavjud  (masalan, 
servitut,  voyaga yetmagan farzandlami  o'z  ota-onasidan ta’minot olish  va 
ulami turar-joyidan foydalanish huquqi va h.k.).
Mol-mulkdan  foydalanishda  huquqiy  normalar  bilan  birga  -   axloq- 
odob  normalari  ham  qo'llaniladi.  Masalan,  mulkdor  mol-mulkdan  tejab- 
tergab, isrofgarchilikka yo'l qo'ymasdan foydalanishi lozim.
Ayni  paytda  mulkdorga  o'z  xususiy  mulkidan  foydalanishda  har xil 
sun’iy  to'siqlar  qo'yilmasligi  shart.  Masalan,  fuqaro  M.  “Svetliy”  va 
“Temniy”  nomli  pivo  navlarini  yaratib  patent  olgan  va  ulami  xususiy 
korxonasida  ishlab  chiqarmoqchi  bo'lgan.  Garchi  pivo  navlariga  olingan 
patentlar  xususiy  korxona  buxgalteriya  balansining  nomoddiy  aktivlar 
bo'limida  qayd  etilgan  va  patent  egasi  bilan  xususiy  korxona  egasi  bir 
shaxs  ekanligiga  qaramasdan  soliq  idoralari  ushbu  pivo  navlarini  ishlab
58

chiqarish  uchun  patent  egasi  va  korxona  egasi  o'rtasida  litsenziya 
shartnomasi  tuzishni  talab  etishgan.  Faqat  ma’muriy  tartibda  shikoyat 
qilingandan keyin soliq idorasini g ‘ayriqonuniy talablari bekor qilingan.
Mulkdoming o ‘z mol-mulkiga'nisbatan uchinchi vakolati bo‘lib mol- 
mulkni  tasarmf  qilish  huquqi  hisoblanadi.  Mol-mulkni  tasarruf  etish 
huquqi  mulkdoming  o‘z  xohishi  bilan  va  o ‘z  manfaatlarini  ko‘zlab 
ashyoning  taqdirini  belgilashning  yuridik  ta’minlangan  imkoniyati  bo‘lib, 
ashyoga  nisbatan  turli  xil  yuridik  aktlami  sodir  etish  orqali  amalga 
oshiriladi1.
Mulkdor tomonidan mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha yuridik xatti- 
harakatlami oqibatiari bo'yicha quyidagicha turkumlash mumkin:
a)  mulkdor  tomonidan  mulk  huquqini  o'zidan  begonalashtirish 
bo'yicha  harakatlar  (sotish,  hadya,  renta,  hayr-ehson  va  boshqa  shu  kabi 
shartnomalar va bitimlar tuzish orqali);
b)  mulk  huquqini  o'zida  saqlab  qolgan  holda  mol-mulkni  boshqa 
shaxslarga foydalanishga berish (masalan, ijaraga berish);
v)  mol-mulkni  qayta  ishlash,  uni  boshqa  turdagi  mol-mulkka 
o'zgartirish  (masalan,  bog'  yoki  tomorqa  o'miga  turar-joy  binolari  qurish 
yoxud aksincha);
g) mol-mulkni yo'q qilib tashlash.
Fuqarolami  o'z xususiy mol-mulklarini tasarruf etish tartibi nisbatan 
sodda bo'lib u mulkdor tomonida tez va oson  amalga  oshiriladi  va bunda 
muayyan yuridik rasmiyatchiliklarga rioya etish talab etilmaydi  (ko'chmas 
mulk obyektlari, avtotransport vositalari va shu kabilar bundan mustasno).
Xo'jalik  yurituvchi  subyektlarga  tegishli  bo'lgan  xususiy  mulk 
obyektlarini  tasarruf  etishning  muayyan  yuridik  protseduralari  mavjud. 
Bunda  eng  avvalo,  yuridik  shaxsning  tegishli  vakolatli  organi  bu  haqda 
qaror qiladi,  u  qonun  talab  qilgan  shaklda rasmiylashtiriladi,  buxgalteriya 
va  moliya  hujjatlarida  rasmiylashtiriladi.  Ushbu  tartibni  buzilishi  mol- 
mulkni tasarruf etish bo'yicha  yuridik harakatlami  haqiqiy  sanalmasligiga 
yoki  bekor  qilinishiga  sabab  bo'ladi.  Shunga  qaramasdan  xususiy  mulk 
obyektlarini  tasarruf  qilish  tartibi  ommaviy  mulk  obyektlariga  nisbatan 
soddaroq deb aytish mumkin.
Biroq  shunga  qaramay  xususiy  mulkdorlar  tomonidan  o'z  mol- 
mulklarini  tasarmf  etish  tartibini  yanada  soddalashtirish,  bu  borada 
muayyan erkinlashtirish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. 
Masalan,  yuridik  shaxslarda  mol-mulkni  hisobdan  chiqarish  tartibi  ancha
1  Ergashev V.  Fuqarolar hususiy  mulk huquqi  vujudga kelish  va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.  fan.
nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.
59

murakkab.  Agarda  mol-mulkni  amortizatsiya  muddati  tugamagan  bo Isa, 
uni  hisobdan  chiqarish  uchun  maxsus  dalolatnomalar,  komissiyalar tuzish 
talab  etiladi. 
Shu  sababli  ko'p  korxonalarda  garchi  mol-mulk 
foydalanishga  yaroqsiz  bo'lsa  ham  balansdan  o'chirilmaydi.  Bu  esa 
korxonalaming  moddiy  aktivlari  to'g'risida  noto'g'ri  ma’lumotlami 
berilishiga sabab bo'ladi.
Xususiy  mulkdor  -   yuridik  shaxslar  mebel  vositalarini  yaroqsizligi 
sababli  hisobdan  chiqarganda  u  о 'tin  huquqiy  rejimiga  o'tadi, 
avtotransport  vositalari,  mashinalar  va  mexanizmlar  esa  metalolom 
huquqiy  rejimiga  o'tadi.  Ushbu  hollarda  o'ziga  xos  byurokratik 
rasmiyatchiliklarga rioya etish talab etiladi.  Bunday hollar esa tadbirkorlik 
muomalasida xususiy mulk obyektlaridan  samarali foydalanish jarayoniga 
to'sqinlik qiladi, xususiy mulkdorlar imkoniyatlarini jiddiy cheklaydi.
Xo'jalik  yurituvchi  subyektlaming  pul  mablag'laridan  foydalanish, 
qimmatbaho  qog'ozlami  tasarruf  qilish  sohasini  ham  erkinlashtirish  va 
soddalashtirish  imkoniyatlari  mavjud.  Moliya  vazirligi  va  Markaziy 
bankning bu sohadagi talay yo'riqnomalari qayta ko'rib chiqilishi va bekor 
qilinishi lozim.
Xususiy mulkning alohida turlarini  tasarruf qilish tartibidan tashqari, 
xususiy  mulk  subyektlari  tarkibi  bo'yicha  ham  tasarruf  etishda  o'ziga 
xosliklar  mavjud.  Yuqorida  ulaming  ichida  eng  sodda  tartib  fuqarolar 
xususiy mulkini tasarruf etish tartibi ekanligi aytilgan edi.
Agar  mol-mulk  obyektiga  nisbatan  bir  necha  mulkdorlar  mavjud 
bo'lsa  bunday  mulk  umumiy  mol-mulk  hisoblanadi.  FKning  218- 
moddasida  umumiy  ulushli  mol-mulkni  tasarruf  etish  va  225-moddasida 
esa,  umumiy  birgalikdagi  mol-mulkni  tasarruf  etish  tartibi  belgilab 
qo'yilgan.
Xususiy  korxona  va  uning  bir  ko'rinishi  bo'lgan  fermer  xo'jaligi 
mol-mulki  asosida  yakka  shaxsning  mol-mulki  yotadi.  To'g'ri,  “Xususiy 
korxona  to'g'risida”1gi  Qonunning  12-moddasi,  “Fermer  xo'jaligi 
to'g'risida”2gi 
Qonunning 
18-moddasiga 
asosan 
ustav 
fondini 
shakllantirishda  xususiy  korxona  mulkdori  (fermer)  o'z  oila  a’zolarining 
umumiy  (ulushli  yoki birgalikdagi)  mulki hisoblangan mol-mulkni  barcha 
mulkdorlami  notarial  tasdiqlangan  roziligi  asosida  ustav  fondiga  kiritishi 
mumkin.  Biroq  “Xususiy  korxona  to 'g ‘risida”gi  Qonunda  (14-modda) 
xususiy  korxona  yakka  boshqarilishi,  xususiy  korxona  rahbari  korxona 
mol-mulkini yakka o'zi tasarruf etishi belgilangan.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling