To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 O ’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining  17.01.2007 yilgi tahririda


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

1 O ’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining  17.01.2007 yilgi tahririda.
71

xususiylashtirish  to ‘g‘risida”gi  qonunining  4-moddasi  yangi  tahririda 
(2006-yil 3-aprel) keltirilgan. Ular quyidagilardir:
1.  0 ‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollar bundan  mustasno),  yer osti boyliklari,  ichki  suvlar, 
havo havzasi, o ‘simlik va hayvonot dunyosi;
2.  Madaniy  meros  obyektlari,  davlat  fondlarini  kiritgan  holda,  shu 
jumladan  kitoblaming,  kino,  foto  va  fonohujjatlar  arxivlar  va  ilmiy- 
tadqiqot  muassasalarining  fondlari,  muzeylar  va  muzey  boyliklari, 
shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
3. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjetining, 
valyuta 
zahirasining, 
davlat 
maqsadli 
jamg'armalarining, 
O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining mablag'lari,  shuningdek, respublikaning 
oltin zahirasi.
4.  Pul  muomalasi  bo'yicha  xizmat  ko'rsatuvchi  davlat  tashkilotlari, 
qimmatli  qog‘ozlami,  ordenlami,  medallami  va  pochta  belgilarini 
chiqarishni ta’minlovchi korxonalari va tashkilotlar;
5.  O'zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlaming,  Milliy  xavfsizlik 
xizmatining  va  Ichki  ishlar  vazirligining  korxonalari,  muassasalari  va 
harbiy-texnikaviy  mol-mulki  (sanoatda  qayta  ishlov  berilgunga  qadar, 
shuningdek,  sanoatda  qayta  ishlov  berilishi  mumkin  bo'lmagan  mol- 
mulk).
6.  Ionlanuvchi  nurlanish  manbalaridan  foydalanib  ilmiy-tadqiqot, 
tajriba-konstruktorlik  ishlari  olib  boruvchi,  rentgen  uskunlari,  asbob- 
uskunalar  va jihozlami  ishlab  chiqish,  tayyorlash  va  realizatsiya  qilishni 
amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
7. Radioaktiv moddalami kavlat olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta 
ishlashni,  radioaktiv  chiqindilami  ko'mish,  uran  va  boshqa  bo'linuvchi 
materiallami,  shuningdek,  ulardan  yasalgan  mahsulotlami  realizatsiya 
qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
8.  Qurol-yarog'  va  o'q-dorilar,  himoya  vositalari,  harbiy-texnika, 
ehtiyot  qismlar,  butlovchi  qismlar  va  ular  uchun  asbob-uskunalar, 
portlovchi  moddalar,  pirotexnika  mahsulotlari,  shuningdek,  ulami  ishlab 
chiqarish  uchun  maxsus  materiallar  va  uskunalar  ishlab  chiqish, 
tayyorlash,  ta’mirlash  va  realizatsiya  qilishni  amalga  oshimvchi 
korxonalar;
9.  Ovchilik  va  sport  sohasida  foydalaniladigan  o'qotar qurollar,  ular 
uchun o'q-dorilar, shuningdek, tig' qurol (sovg'a tarzidagi milliy pichoqlar 
bundan  mustasno)  ishlab  chiqarish,  ta’mirlash  va  realizatsiya  qilishni 
amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
72

10. Kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli 
moddalami  ishlab  chiqaruvchi,  shuningdek,  tarkibida  giyohvandlik 
moddalari  va  zaharli  moddalar  bo‘lgan  ekinlar  ekuvchi,  etishtiruvchi  va 
ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;
11. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
davlat  zahiralari. 
Fuqaro 
muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;
12.  Atom  energetikasi  obyektlarini  (uskunalari,  tizimlari  va 
apparadarini  o ‘matish)  va  strategik  ahamiyatdagi  obyektlami  qurish  va 
montaj  qilish  ishlarini  olib  borish,  ulardan  foydalanish  hamda  ulami 
ta’mirlashni 
amalga 
oshimvchi 
ixtisoslashtirilgan 
korxonalar 
va 
tashkilotlar;
13.  Portlash  xavfi  bo‘lgan  va  zaharli  moddalami  tashishni  amalga 
oshimvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
14.  Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari.  Harbiylashtirilgan 
avtokolonnalar;
15.  Sanitariya-epidemiologiya  stansiyalari.  Sud-tibbiy  ekspertizasi 
byurolari.  Atrof-muhit  holatini  nazorat  qiluvchi  hamda  tabiatni  muhofaza 
qiluvchi xizmatlar;
16.  Davolash-ishlab  chiqarish  ustaxonalari,  jazoni  ijro  etish 
muassasalarining korxonalari;
17.  Maxsus  vazifalami  bajaradigan  korxonalar  (Respublika  maxsus 
aloqa uzeli,  15361  raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi).
18. Qabristonlar.
Shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining
1995-yil  11-apreldagi  126-sonli  Qaroriga  4-ilovada  “Fuqarolarga  xususiy 
mulk  sifatida berilmaydigan va kimoshdi savdolarini meros qilib qoldirish 
sharti  bilan  umrbod  egalik  qilish  uchun  sotilmaydigan  yerlar”  Ro‘yxati 
ham normalangan. Unga quyidagilar kiradi:
1.  Shahar  va  shaharchalardagi  umumiy  foydalanishdagi  yerlar 
(maydonlar,  ko‘chalar,  tor  ko‘chalar,  yo‘llar,  sohil  bo‘ylari,  istirohat 
bog‘lari,  skverlar,  xiyobonlar,  suvni  muhofaza  qilish  zonalari,  cho'milish 
joylari va boshqalar).
2. Tabiat yodgorliklari, botanika bog‘lari erlari.
3.  Sog‘lomlashtirish  va  tarixiy  madaniy  maqsadlarga  mo'ljallangan 
yerlar.
4.  Yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  va  ulami  qo‘riqlash  uchun 
berilgan yerlar.
5.  Xavfli  moddalar  bilan  zararlangan  va  biogen  zaharlanishiga 
uchragan yerlar.
73

6.  Shaharlami rivojlantirish bosh rejalarida,  mukammal rejalashtirish 
loyihalarida  va  obyektlami  (savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
obyektlaridan tashqari) joylashtirish sxemalarida nazarda tutilgan yerlar.
7. Bosh yo‘llarga tutash yerlar.
8.  Elektr quvvati uzatish liniyalari, kabel liniyalari va podstansiyalar, 
issiqlik,  suv  va  kanahzatsiya  trassalari  hamda  gaz  quvurlari,  umumdavlat 
aloqa liniyalari uchun ajratilgan yerlar va ulardagi inshootlar,  suv xo'jaligi 
inshootlari1.
5. Fuqarolar xususiy mulk huquqining obyektlarini turlarga bo‘linishi 
(klassifikatsiyasi)
Fuqarolik  muomalasidan  chiqarilmagan  ashyolar  doirasi  nihoyatda 
keng bo'lib, bular jumlasiga xilma-xil buyumlar kiradi. Ular:
Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar (FKning 89- 
moddasi):  iste’mol  qilinadigan  ashyolar  bir  karra  foydalanish  natijasida 
butunlay  yo'qqa  chiqadigan  yoki  jiddiy  ravishda  o'zgaradigan  narsalar 
(masalan,  oziq-ovqat,  xom-ashyo  kabilar)  dir.  Iste’mol  qilinmaydigan 
ashyolar  birmuncha  uzoq  vaqt  davomida  o'zining  sifatini  saqlaydigan 
narsalar (masalan, binolar, uskunalar, transport vositalari kabilar) dir.
Bunday  ashyolar  odatda  qayta-qayta  foydalanishga  mo'ljallangan 
bo'ladi.  Qayta  qayta  foydalanish  davomida  iste’mol  qilinmaydigan 
ashyolaming  emirilishi  ham  asta-sekin  kechadi.  Iste’mol  qilinmaydigan 
ashyolar  jumlasiga:  binolar,  uskunalar,  transport  vositalari  va  h.k.lar 
kiradi.
Xususiy  va  turga  xos  alomatlar  bilan  belgilanadigan  ashyolar. 
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar  alohida,  faqat 
o'zlarigagina  xos  belgilari,  noyob,  ya’ni  o'ziga  xos,  yolg'iz  sifatlari 
bo'lgan  ashyolar  hisoblanadi.  O'zining  belgilari  bilan  boshqa  o'xshash 
ashyolarda  ajralib  turadigan  narsalar,  masalan,  ma’lum  ko'chadagi, 
ma’lum  sonli  uy-joy  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  bo'la 
oladi.
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar jumlasiga  noyob, 
ya’ni  o'zi  bir  dona  bo'lgan  ashyolar  ham  kiradi.  Masalan,  jahon 
birinchiligida  chempion  bo'lgan  ot,  ko'hinur  olmosi  va  shu  kabilar. 
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar  boshqa  ashyolardan 
muayyan  usulda  belgi  qo'yil  yoki  muhr  bosish,  raqam  qo'yish  bilan 
farqlanadi.
1 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami,  1995  yil, № 4 ,15-modda.
74

Shu  o ‘rinda  pulning  qaysi  turdagi  ashyoga  mansubligi  xususidagi 
masalaga  e’tibor  qaratish  zarur.  Zero,  ko‘pchilik  holatlarda  pulning 
xususiy  alomatlari bilan belgilanadigan  ashyomi  yoki  turga xos  alomatlari 
bilan belgilanadigan ashyonmi degan savol tug‘iladi.
Bir  tomondan  qaraganda,  pullarda  muayyan  belgi  va  raqam 
qo‘yilgani  uchun  uni  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  deyil 
mumkin.  ikkinchi tomondan qaraganda pullar bir turga xos,  ya’ni  ulaming 
barchasi bitta vazifani to'lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
Pulning  ashyolaming  qaysi  turiga  (xususiy  yoki turga xos  alomatlari 
bilan belgilanadigan ashyolarga)  mansubligi  masalasiga javob FKning  87- 
moddasi  2-qismida  ifodalangan.  Ushbu  normaga  muvofiq,  xususiy 
alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolar  boshqasi  bilan  almashtirib 
bo'lmaydigan  ashyolardan.  Pullami  esa  boshqasi  bilan  almashtirish 
mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha).
Turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar,  son,  o'lchov  va 
og'irlik  bilan  ko'rsatiladigan  narsalar  hisoblanadi.  Masalan,  100  dona 
shifer,  100  metr  chit,  100  tonna  paxta  va  h.k.  Turga  xos  alomatlari  bilan 
belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo'ladigan ashyolardir. 
Shuning  uchun  ham  bunday  ashyolarga  nisbatan persona  non  grataning 
(Ya’ni,  tur  nobud  bo'lmaydi)  qoidasi  qo'llaniladi.  Fuqarolik  huquqida 
ashyolaming  xususiy  va  turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan 
ashyolarga  bo'linishi  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  majburiyatlami  ijro 
etishda,  burchni  natura  holida  bajarilishida  bunday  bo'linishning  о ‘mi 
beqiyos.
Bo‘linadigan  va  bo'linmaydigan  ashyolar.  Bo‘lish  natijasida  har 
qaysi  qismi  butunning  xossalarini  o'zida  saqlab  qoladigan  va  shu  bilan 
birga  o'zining  xo'jalik  (maqsadli)  ahamiyatini  yo'qotmaydigan  ashyo 
bo'linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir 
bidon paxta yog'i kabi.
Bo'linmaydigan  ashyolar bo'lish  natijasida  qismlari  dastlabki  ashyo 
(butun)ning 
xossalarini 
yo'qotadigan, 
uning 
xo'jalik 
(maqsadli) 
ahamiyatini  o'zgartiradigan  ashyo  bo'linmaydigan  ashyo  hisoblanadi 
(FKning  88-moddasi).  Bo'linmaydigan  ashyolarga  shkaf,  stol,  televizor 
kabilar kiradi.
Fuqarolik  huquqida  ashyolaming  asosiy  va  mansub  ashyolarga 
bo'linishi ham  (FKning  90-moddasi)  huquqiy  ahamiyatga egadir.  Mansub 
ashyo deb asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo'jalik 
maqsadi  jihatidan  u  bilan  bog'liq  bo'lgan  narsalarga  aytiladi.  Masalan, 
asosiy ashyo qulf bo'lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
75

Mansub  ashyo,  agar  qonunda  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib 
belgilab  qo'yilmagan  bo'lsa,  asosiy  ashyoning  taqdiriga  bog'liq  bo'ladi. 
Binobarin, asosiy ashyo to'g'risidagi shartlar mansub ashyoga ham doirdir. 
Masalan,  birovning  egaligiga  yoki  vaqtincha  foydalanishiga  asosiy  ashyo 
o'tsa,  mansub  ashyo  ham  u  bilan  birga  o'tadi.  Ammo  qonun  yoki 
shartnomada  boshqacha  hollar  ham  belgilanishi  mumkin,  ya’ni  asosiy 
ashyo  birovga  o'tkazilganda  mansub  ashyoning  qoldirilishi  to'g'risida 
alohida kelishuv ham bo'lishi mumkin.
Mansub  ashyodan  uning  tarkibiy  qismini  ajratish  kerak.  Ashyodan 
uni  zararlantirmay  va  qiymatini  jiddiy  ravishda  tushirmay  ajratilishi 
mumkin  bo'lmagan  har narsa  ashyoning tarkibiy  qismi hisoblanadi.  Agar, 
masalan,  velosipedning  nasosi  mansub  ashyo  bo'lsa,  avtomashinaning 
radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Murakkab  ashyolar.  Agar  turli  xil  ashyolar  birikmaning  mohiyati 
bilan  belgilanadigan  vazifasi  bo'yicha  foydalanish  imkonini  beradigan 
yaxlit  bir  butunni  tashkil  etsa,  ular  bitta  ashyo  (murakkab  ashyo) 
hisoblanadi.  Murakkab  ashyo  xususida  tuzilgan  bitim,  agar  shartnomada 
boshqacha  tartib  belgilab  qo'yilgan  bo'lmasa,  uning  tarkibiy  qismlariga 
taalluqli bo'ladi (FKning 91-moddasi).
Ba’zi  ashyolar  hosil  va  daromad  beradigan  ashyolar bo'lishi  va  shu 
tufayli  bu  hosil  va  daromadlardan  foydalanish,  ulami  tasarmf  etish 
to'g'risidagi  ishni  hal  etish  masalasi  qo'yilishi  mumkin.  Ashyoning 
hosilva  daromadlari  to'g'risida  Fuqarolik  kodeksining  ba’zi  moddalarida 
ko'rsatma beriladi.  Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlaming 
qonunsiz  egallashidan  talab  qilib  olishda  daromad  va  harajatlaming 
to'linishi aytiladi.
Ashyodan  keladigan  hosil  va  daromadlar,  agar  qonunda  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  belgilab  qo'yilgan  bo'lsa,  ashyo  egasiga 
tegishlidir (FKning 92-moddasi).
Shu  o'rinda  fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  obyekti  sifatida  -  
qimmatli  qog'ozlar  haqida  ham  so'z  yuritishni  ma’qul  deb  topdik. 
Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti  natijasida qimmatli qog'ozlarga nisbatan 
davlat 
monopoliyasining  barham  topishi, 
iqtisodiyotga 
tovar-pul 
almashinuvi  va  tovar  muomalasi  uchun  xususiy  mulk  rivoji  va  xususiy 
mulkdor sinfini yaratish uchun qo'shimcha ahamiyatga ega bo'ldi.
Ayniqsa,  qimmatli  qog'ozlarga  nisbatan  davlat  monopoliyasining 
barham  topishi,  iqtisodiyotda  tovar-pul  almashinuvi  va  tovar  muomalasi 
uchun  xususiy  mulk  tovami  va  xususiy  mulkdorla  sinfini  yaratish  uchun 
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
76

Qimmatli  qog'ozlaming  tarixiy  shakllanish  ancha  uzoq  jarayonni 
boshidan  kechirgan  va  ular  davlat  antik  Rimda  vujudga  kelgan.  Qadimgi 
Rimda  qo'llanilgan  qimmatli  qozog'lar  takomillashib,  hozirgi  ko'rinish 
kasb etadi.
Ilk qimmatli qog'ozlar juda oddiy bo'lib, ularda quyidagi  savollar va 
javobgar  qo'rinish  aks  etgan:  va’da  berasanmi?  Va’da  beraman,  pul 
berasanmi?  Beraman.  Ana  shunday  savol-javoblar ko'rinishidagi  hujjatlar
-   qimmatli  qog'ozlar  huquqiy  munosabatga  kirishuvchi  har  ikkala 
tomonga ham majburiyat yuklashi bilan xarakterlangan.
Dastavval,  hozirgi  og'zaki  kelishuv  shaklidagi  qimmatli  qog'ozlar, 
imperator  YUstinianus  davriga  kelib  yozma  shaklda  tuzila  boshlandi. 
Natijada  ashyoga,  pulga  bo'lgan  haq  (huquq  va  talab)  qozog'  bilan 
uyg'unlashdi  va  bir  vaqtning  o'zida  ashyoga  bo'lgan  huquq  va  qog'ozga 
bo'lgan  huquq  birlashib,  umumiy  qog'ozga  nisbatan  huquq  yuzaga  keldi. 
Shu  tariqa  haq-huquqlar  birlashib,  ular  asosida  mana  shunday  -   talab 
qog'ozi paydo bo'ldi.
XII  asrga  kelib,  haq-huquqlarini  o'zida  ifodalovchi  qog'oz  turli 
xildagi  belgi  va  majburiy  yozuvlarga  ega  bo'ldi.  Bu  esa  qog'ozlami  aniq 
haq-huquqni  o'zida  namoyon  qilib  turuvchi  timsolga  aylantirdi1.  Bunday 
qog'ozlar  keyinchalik  ko'rsatilgan  to'lanishi  shart  bo'lgan  qimmatli 
qog'ozlar turining kelib chiqishiga asos bo'lgan.
O'sha  paytlardagi  qimmatli  qog'oz  o'z  egasiga  beradigan  huquqlar 
doirasi juda ko'p bo'lganligi tufayli, qimmatli qog'ozlar sekin-asta qo'ldan 
qo'lga  o'ta  boshladi  va  keyinchalik  ulaming  bir  shaxsdan  ikkinchisiga 
o'tish juda oson amalga oshardi.
O'rta  asrlarga  kelib  ko'pgina  davlatlar  (Angliya,  Germaniya, 
Fransiya)  xarajatlarini  qoplash  uchun  ko'chmas  mulk  o'miga  xazina 
majburiyatlari va obligatsiyalar chiqara boshladilar.
Faqatgina XVII  asrga kelib,  qimmatli  qozog'laming  orqa tomonidan 
imzo  qo'yishib,  boshqa  kishiga  berilishi  odat  tusiga  kirdi.  Qimmatli 
qog'ozlarga  imzo  qo'yilishi  qimmatli  qog'oz  egalarini  oson  almashishiga 
va  qimmatli  qog'ozlaming  muomalada  qo'llanilishini  tezlatishga  sabab 
bo'ldi.  Shuningdek,  imzolaming  paydo  bo'lishi  natijasida  qimmatli 
qog'ozlar  to'lova  va  kredit  berish  vositasi  bo'lib  xizmat  qila  boshladi. 
Qog'ozlar  XVII  asrga  kelib  hissali  qimmatli  qog'oz  -   aksiya  paydo 
bo'lgan.  XIX  asrdan  boshlab  qimmatli  qog'ozlar  o'zgarib,  shakllanib  va 
iqtisodiy hayotda keng qo'llaniladigan holatga o'tgan.
1  Yu.Nazarov.  O’zbekiston  Respublikasida qimmatli qog’ozlar to’g ’risidagi  qonunchilik //  Ho'jalik  va  huquq.  1996.  •
№6. -32 b.
77

Fuqarolik  huquqiy  munosabati arida  qatnashuvchi  shaxslaming 
subyektiv  huquqlari  va  majburiyatlari  nimaga  qaratilgan  bo‘Isa,  ushbu 
narsalar fuqarolik huquqi obyekti hisoblanadi.
Boshqacha  qilib  aytganda,  jismoniy  va  mulkchilik  shaklidan  qat’iy 
nazar,  yuridik  shaxslar  foydalanishi  va  tasavvur  etishini  amalga  oshira 
oladigan,  erkin  sur’atda  olish,  sotish  huquqi  va  odob-axloq,  me’yorlari 
bilan  cheklanmagan  har  qanday  moddiy  narsalar  va  nomoddiy 
qiymatliklar,  qadriyatlar  boylik  hisoblanib,  fuqarolik  huquqining  obyekti 
hisoblanadi.
Oldingi  Fuqarolik  kodeksida  fuqarolik  huquqi  obyektlariga  faqat  5- 
modda bag'ishlangan bo'lib, ulardan ikkita boshlang'ich moddalar (40-41- 
moddalar)  da  ko'rsatilgan  narsalar  va  buyumlar  “faqat  alohida  ruxsatlar 
bilan olinishi” yoki “belgilangan tartib va doiralardagina oldi-sotdi buyumi 
bo'lishligi” haqidagi qoidalar nazarda tutilgan edi2.
Fuqarolik  huquqiy  hujjatlarida  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar 
bo'yicha  huquqiy  munosabatlami  vujudga  kelishi  asoslari 
aniq 
ko'rsatilmagan  edi.  Obyektlar  faqat  darsliklarda  atroflicha  talqin  qilinar 
edi.  Yangi  Kodeksda  obyektlami  huquqiy  tartibga  solishga  yigirmata 
modda  ajratildi.  Bu  fuqarolarga,  yuridik  shaxslarga  mulkning  turli 
shakllari  asosida  tadbirkorlik  bilan  shug'ullanish  uchun  keng  sharoit  va 
teng huquq berilganligidan dalolat beradi.
Qimmatli  qog'oz  H.R.Rahmonqulovning  ta’biricha,  moddiy  ne’mat 
sifatida  o'ziga  xos  tabiiy  xususiyatlari,  alomatlari  bilan  fuqarolar  va 
xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  o'rtasida  mulkiy  munosabatlarga  nisbatan 
turli qoidalami qo'llashga sabab bo'ladi.
Fuqarolik  kodeksining  96-moddasiga  muvofiq,  qimmatli  qog'ozlar 
boshqa  shaxsga  berilishi  bilan  ular  tomonidan  tasdiqlanadigan  hamma 
huquqlar ham o'sha shaxsga o'tadi.
Fuqarolik  huquqining  obyekti  sifatida  qimmatli  qog'ozlar  quyidagi 
xususiyatlarga ega:
1. 
Yu.Nazarovning  fikricha,  qimmatli  qog'oz  (hujjat)  mulkiy 
xarakterga  ega,  ya’ni  qimmatli  qog'oz  o'z  matnida  qandaydir  mulk 
huquqini  ifodalaydi.  Lekin  qimmatli  qog'ozlaming  barchasi  o'z  matnida 
faqatgina  mulkiy  huquqlami  ifoda  etmaydi,  masalan,  aksiya  faqatgina 
mulkiy huquqlami o'zida aks ettirib qolmasdan,  o'zida nomulkiy huquqni- 
Ya’ni  tashkilotni  boshqarishda  ovoz  berish  huquqini  ham  o'zida

Rahmonqulov  H.  O ’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  birinchi  qismiga  umumiy  tavsif  va  sharhlar.  -  
Toshkent:  Iqtisodiyot va huquq dunyosi,  1997.  -221  b.
78

mujassamlashtiradi1.  Ushbu  fikrga  qo‘shilgan  holda,  shuni  ta’kidlash 
lozimki,  qimmatli  qog'ozda  ifodalangan  nomulkiy  huquqlar  ham,  huddi 
mulkiy huquqlar bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
2.  Qimmatli  qog'ozda  faqatgina  huquq  ifodalanadigan  hujjat 
matnining  aniqliligi  va  tushunarli  ekanligi  unda  ifodalangan  huquq  bilan 
hamohang  bo‘lishi  shart.  Bundan  tashqari,  qog’ozda  faqatgina  huquq 
mujassamlashishi lozim bo'lib,  o'zaro huquq va majburiyatlaming mavjud 
bo'lishi,  shartnomaviy  munosabatlar  yuzaga  kehshiga  hamda  qog'ozning 
qimmatli (biror bir mulkiy qiymatga egaligi) xususiyatiga barham berishga 
va uni bor yo'g'i  taraflaming  huquq  va  majburiyatini  ifodalovchi  bitimga 
aylantirardi.
3.  Qog'oz  va  unda  mujassamlashgan  huquq  uzviy  bog'liq  bo'lib, 
qimmatli  qog'oz  egasi,  qog'ozning  subyekti  hisoblanadi  va  qog'oz 
bo'yicha haqni talab qila olish huquqiga ega bo'ladi.
Uzviy  bog'liqlik,  qog'oz  egasining  qog'ozda  qayd  etilgan 
subyektdan  mulkiy  huquqlami  talab  qilib  olishi  mumkinligini  ta’minlay 
olishi  bilan  izohlanadi.  Huquq  qimmatli  qog'ozni  taqdim  emas  talab 
qilishning  mumkin  bo'lmaganidek,  qimmatli  qog'oz  taqdim  etilganda 
qarzdoming talabni bajarishidan boj  tortishi ham mumkin emas.  Qog'ozda 
ifoda  etilgan  huquq  uning  qanchalik  qiymatga  egaligini  bildirsa,  qog'oz 
ana shu huquqni haqiqatdan ham mavjudligini tasdiqlaydi.
4.  Qimmatli  qog'oz  yuridik  hujjatlaming  bir  turi  hisoblanadi  va  u 
kerakli  rekvizit  (shart)larga  tobe  bo'Imog'i  shart,  ya’ni  u  kerakli,  shartli 
belgilarga  ega  bo'lishi  zarur.  Qonun  talablarida  ifoda  etilgan  rekvizitlar 
(yozuvlaming) mavjud bo'lmasligi qog'ozning qimmatli qog'oz emasligini 
bildiradi.
6. Mulk obyektlariga nisbatan fuqarolarda xususiy mulk huquqining 
vujudga kelish asoslari
Bozor iqtisodiyoti  sharoitida fuqarolaming  xususiy mulk huquqining 
vujudga  kelish  asoslaridan  eng  ko'p  tarqalganlaridan  biri  bu  fuqarolik 
huquqiy bitimlardir.  Bitimlar har xil turlarga bo'linishi mumkin.  Masalan, 
mol-mulkni  olish-sotish,  hadya,  ayirboshlash,  mulk  ijarasi  va  boshqa 
qonun ta’qiqlamagan bitimlar asosida vujudga kelishi mumkin.
Mulk  huquqini  vujudga  kelishida  har  doim  muayyan  yuridik  fakt 
mavjud  bo'ladi  va  buning  natijasida  mol-mulkni  o'zlashtiruvchi  shaxs 
uning mulkdori bo'ladi.
1  Yu.Nazarov.  O’zbekiston Respublikasida qimmatli  qog’ozlar to’g’risidagi  qonunchilik // Ho’jalik va huquq.  1996.  -
№6. -33 b.
79

Ma’lumki, 
har 
qanday 
yuridik 
faktlar 
fuqarolik 
huquqiy 
munosabatlami  vujudga  kelishi  uchun  asos  bo‘ladi.  Fuqarolik  huquqiy 
munosabatlaming  vujudga  kelishi  uning  muayyan  belgilari  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  qonuniy  huquqiy  oqibatni  shaxsning  erki  irodasi  bog‘liqligi  yoki 
muayan  holatlaming  yuzaga  kelishi  ulaming  erki  irodasidan  tashqarida 
bo‘lishiga qarab, yuridik faktlar, harakatlar va hodisalarga bo‘linadi.
Mulk huquqining  olinishi  asoslarida jamiyatning  iqtisodiy  tizimi  o ‘z 
ifodasini  topadi.  Mulk huquqining  olinishi:  dastlabki va hosila  asoslari ga 
bo‘linadi.  Rivojlangan  Rim  xususiy  huquqi  hamda  mamlakatimizda  bir 
necha  asrlar  davomida  amalda  bo‘lgan  musulmon  huquqida  ham  mulk 
huquqini qo‘lga kiritish usullari xuddi shunday tarzda bo'lgan1.
Mazkur tarzda mulk huquqini qo‘lga kiritish usullarining dastlabki va 
hosilaga  ajratishning  asosiy  mohiyati  shundan  iboratki,  ular  orqali  mol- 
mulkni 
qo‘lga 
kiritgan 
shaxs, 
ya’ni 
mulkdoming 
huquq 
va 
majburiyatlarining  hajmi  va  doirasi  belgilanadi.  Mol-mulkka  dastlabki 
usulda  mulk  huquqini  vujudga  kelishida  mulk  egasi  huquq  va 
burchlarining  doirasi  qonun  bilan  belgilanadi,  hosila  usulda  esa  mulk 
huquqining  vujudga  kelishi  avvalgi  mulk  egasining  erki,  xohishi,  uning 
huquq  va  burchlari,  taraflaming  kelishuvi  va  davlat  boshqamv 
organlarining aktlari muhim ahamiyatga ega bo'ladi2.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  vujudga  kelishini  bildiradigan 
dastlabki  asoslar  bo'yicha  mulkka  nisbatan  egalik  huquqi  ilgari  hech 
kimga  tegishli  bo'lmagan  mulkka  nisbatan  yoki  avvalga  mulk  egasining 
huquqi  bilan  bog'liq  bo'lmagan  holda  vujudga  keladi.  Fuqarolar  xususiy 
mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi: 
birinchidan, tabiat ne’matlarini o'zlashtirish;
ikkinchidan,  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 
oshirish natijasida yangi ashyolafni vujudga keltirish;
uchinchidan,  egasiz  mulkning  sud  qarori  bilan  davlat  ixtiyoriga 
olinishi;
to'rtinchidan,  egasi  bo'lmagan  mulkka  yoki  egasi  bo'lsa  ham 
xo'jaliksiz  bilan  saqlanayotgan  mulkka,  egalari  tomonidan  belgilangan 
muddatlarda  talab  qilib  olinmagan  mulklarga,  shu  jumladan  topilgan 
ashyolar,  xazinalar  (boshqa usulda yashirilgan narsalar)  topilishi hollarida 
yuz beradi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling