To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


  Новицкий  И.Б.  Основы  римского  гражданского  права.  -М .:  Юрид.  лит.,  1972.  -С .84.;  Ахмеджанов  У.М


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29

1  Новицкий  И.Б.  Основы  римского  гражданского  права.  -М .:  Юрид.  лит.,  1972.  -С .84.;  Ахмеджанов  У.М. 
Институт собственности в мусульманском праве: Автореф. дис.  ...канд. юрид.  наук.  -М .;  1964. -14 с.
2  Rahmonqulov  Н.  O ’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  birinchi  qismiga  umumiy  tavsif  va  sharhlar.  -  
Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi,  1997. -338 b.
80

V.Ergashev  yaratilgan  yoki  ishlab  chiqarilgan  mol-mulkka  nisbatan 
fuqarolar  xususiy  mulk  huquqini  qo‘lga  kiritish  asoslarini  quyidagilarga 
ajratadi:  a)  fuqarolar  tomonidan  tadbirkorlik  va  boshqa  xo'jalik  faoliyati 
doirasida  amalga  oshiriladigan  ishlab  chiqarish  faoliyati  natijasida  yangi 
mol-mulk  yaratish  va  ko'paytirish;  b)  mol-mulkdan  xo‘jalik  usulida  va 
o‘zgacha  usulda  foydalanish  natijasida  mahsulot,  hosil  va  boshqa 
daromadlar  olish;  v)  qayta  ishlash;  g)  fuqarolarga  belgilangan  tartibda 
ajratib  berilgan  yer  uchastkasida  yakka  tartibda  uy-joy  qurish;  d) 
o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga 
kiritish1.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  vujudga  kelishida  egalik 
huquqini  vujudga  keltiruvchi  muddat  o'ziga  xosdir.  Mulkdor  bo'lmagan, 
lekin  ko'chmas  mol-mulkka  o'n  besh  yil  davomida  yoki  boshqa  mol- 
mulkka besh yil  davomida o'ziniki kabi  halol,  oshkora va uzluksiz  egalik 
qilgan  shaxs  bu  mol-mulkka  nisbatan  mulk  huquqini  oladi,  ya’ni  to'la 
ma’noda mulkdor huquqlariga ega bo'ladi (FKning  187-moddasi).
Muhimi,  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1996-yil  29- 
avgustdagi  “O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish 
tartibi  to'g'risida”gi  qarorida  belgilanishicha,  ushbu  187-moddaning 
qoidalari  mulkka  egalik  qilish  1997-yilning  1-martiga  (Ya’ni,  yangi  FK 
amalga  kiritilgunga  qadar)  qadar  boshlangan  va  kodeks  amalga 
kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tatbiq etiladi. Demak, 
ushbu holati bo'yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo'ladi.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqi  vujudga  kelishining  dastlabki 
asoslaridan  yana  biri-hamma  yig'ib  olishi  mumkin  bo'lgan  ashyolarni 
mulkka  aylantirishdir.  FKning  189-moddasida  ko'rsatilishcha,  qonun 
hujjatlarida  yovvoyi  mevalar,  yong'oq,  zamburg'lar,  rezavor  mevalar 
hamda  o'simlik,  hayvonot  dunyosi  va  jonsiz  tabiatning  hamma  olishi 
mumkin bo'lgan boshqa obyektlarini yig'ish yo'li bilan fuqarolar mulkiga 
aylantirish tartibi va  shartlari belgilab qo'yilishi mumkin.  Bunday  tartibda 
mulk  huquqi  o'rmonlardan  qo'ziqorin,  mevalar  terish,  dasht-u  tog'lardan 
dorivor giyohlar to'plash,  daiyo  va ko'llardan baliq  ovlash  orqali  vujudga 
kelishi  mumkin.  Biroq,  ma’lumki,  ushbu  mulk  obyektlari  o'sgan  mavjud 
hudud  xususiy  mulk  huquqi  asosida  boshqaga  tegishli  bo'lmasligi  lozim. 
Mulk  obyektlarining  ba’zilarini  ovlash  uchun  vakolatli  davlat  organida 
ruxsat  (litsenziya)  olingan  bo'lishi  talab  etiladi.  Ayni  vaqtda  baliq  va 
boshqa  jonivorlami  ovlash  ovga  ruxsat  berilgan  mavsumdagina  yo'l
1  V.Yo.Ergashev.  Fuqarolar  hususiy  mulk  huquqi  vujudga kelish  va bekor bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.
fan.  nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005. - B .12-13.
81

qo'yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib 
qo'yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanilishi mumkin.
Topilmaga  nisbatan  mulk  huquqini  qo'lga  kiritish  asoslari  va  tartibi 
quyidagilardan iborat: a) topib olingan ashyoning egasi noma’lum bo'lishi;
b)  topilmaning  predmeti  faqatgina  ко'char  ashyolardan  iborat  bo'lishi;  v) 
ashyoning  yo'qotilganligi;  g)  topib  oluvchi  shaxsning  insofli  harakat 
qilishi;  d) yo'qolgan ashyoni olishga haqli bo'lgan shaxsni aniqlash uchun 
o'matilgan  olti  oylik  muddatning  o'tilishi  talab  etiladi.  Mazkur  shartlar 
bajarilgandagina  topib  oluvchi  shaxs  topilmaga  nisbatan  mulk  huquqini 
qo'lga kiritishi mumkin1.
FKning  196-moddasida  xazinaga  nisbatan  mulk  huquqi  vujudga 
kelishining  xususiyatlari  belgilab  qo'yilgan.  Xazina  deb  egasini  aniqlash 
mumkin  bo'lmagan  yoki  u  qonunga  binoan  huquqlarini  yo'qotgan,  yerga 
ko'milgan  yoki  boshqacha  usulda  yashirilgan  pul  yoki  qimmatbaho 
buyumlarga  aytiladi.  Yashirib  qo'yilgan mol-mulk  (yer uchastkasi,  imorat 
va sh.k.) mulkdori bo'lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar 
ular  o'rtasidagi  kelishuvga  muvofiq  boshqacha  tartib  belgilangan 
bo'lmasa, teng ulushlarda tegishli bo'ladi.
Xazina  u  yashirib  qo'yilgan  yer  uchastkasi  yoki  boshqa  mol-mulk 
egasining  mulkdorining  roziligisiz  qazishma  ishlarini  olib  borgan  yoki 
boylik  qidirgan  shaxs  tomonidan  topilgan  taqdirda,  bu  xazina  u  topilgan 
yer  uchastkasining  yoki  boshqa  mol-mulkning  egasiga  topshirilishi  shart. 
Tarix  va  madaniyat  yodgorliklari jumlasiga  kiradigan  ashyolardan  iborat 
xazina  topilgan  taqdirda,  ular  davlat  ixtiyoriga  o'tadi.  Biroq  xazina 
topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan  shaxs xazina qiymatining 
ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat 
yoki  xizmat  vazifalariga  kiradigan  shaxslar  (masalan,  arxeologlar, 
geologlar)  ga  nisbatan  yuqoridagi  qoidalar  qo'llanilamaydi  (FKning  196- 
moddasi, 5-bandi).
Mulkka  nisbatan  egalik  huquqini  vujudga  keltiruvchi  hosila  usuli 
deganda  muayyan  shaxs  tomonidan  mulk  huquqining  olinishi  dastlabki 
mulk  egasining  huquqiga bog'liq bo'lgan  usul  nazarda tutiladi.  Bu usulda 
mulk  huquqining  ma’lum  ashyoga  nisbatan  paydo  bo'lishi  yoki  bu 
ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari  ma’lum  shaxsga tegishli bo'lishi 
bilan  bog'liqdir.  Shu  ma’noda  mulk  huquqining  boshqa  shaxsga  o'tishi 
haqida  so'z  yuritiladi.  Binobarin,  hosila  usuli  bo'yicha  mulk  huquqi
1  V.Yo.Ergashev.  Fuqarolar  hususiy  mulk huquqi  vujudga kelish  va  bekor  bo’lishning  ilmiy-nazariy jihatlari:  Yurid.
fan. nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 2005.  14-b.
82

vujudga  kelganda  bu  mulkka  nisbatan  bo'lgan  huquqni  bir  shaxsdan 
ikkinchi  shaxsga  ko‘chirilishi  to‘g ‘risida  so‘z  boradi.  Masalan,  oldi-sotdi 
shartnomasi  tuzilishi  yo‘li bilan  o‘zlariga  tegishli  ashyoga  nisbatan  egalik 
huquqi bir shaxsda, ya’ni sotib oluvchida paydo bo‘ladi.
Fuqarolar xususiy  mulk huquqining  hosila usulida  vujudga kelishiga 
misol qilib oldi-sotdi, hadya,  ayirboshlash, qarz shartnomalari,  shuningdek 
qonun  va  vasiyat  bo'yicha  meros  olish,  davlat  mulkini  xususiylashtirish 
orqali olinishini ko'rsatsa bo'ladi.
Fuqarolik  kodeksining  185-moddasida  ko'rsatilganidek,  shartnoma 
asosida  mol-mulk  oluvchida  mulk  huquqi,  agar  qonun  hujjatlari  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  ashyo 
topshirilgan  paytdan  boshlab  vujudga  keladi.  Agar  ashyoni  birovga 
o'tkazish  to'g'risidagi  shartnoma  notarial  guvohlantirilishi  yoki  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazilishi  lozim  bo'lsa,  egalik  huquqi  bunday  shartnoma 
notarial  guvohlantirilgan  yoki  ro'yxatdan  o'tkazilgan  paytidan  e’tiboran 
vujudga keladi.
Qonunda  uy-joy  (kvartira)  ga  mulk  huquqining  vujudga  kelishi 
belgilangan  tartibda  ajratib  berilgan  yer uchastkasida  ko'rilayotgan  yangi 
uy-j°yga  mulk  huquqi  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  boshlab 
vujudga kelishi belgilangan.
Bir yoki  bir necha  shaxslar tomonidan  ko'rilayotgan  uy-joy  qurilish 
tamom  bo'lgancha  va  ro'yxatdan  o'tkazilguncha  mahalliy  hokimiyat 
organlarining  ruxsatisiz boshqa  shaxsga berilishi  mumkin  emas.  Davlatga 
qarashli  uy-joy  (kvartira)  ga  mulk  huquqi  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ  uy-joyga,  kvartiraga,  garajga,  chorboqqa  va  boshqa 
binolarga  mulk  huquqi  kooperativ  a’zosi  pay  badallarini  batamom  to‘lab 
bo'lgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi).  Ba’zi ashyolarga 
nisbatan  esa  egalik  huquqi  ashyo  topshirilishidan  so'ng  yoki  ashyoning 
qiymati  to'la yoki  qisman  to'langandan  so'ng vujudga kelishi belgilanishi 
mumkin.
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolar  bir  shaxsdan  ikkinchi 
shaxsga  o'tkazilgan  holda,  agar  bunday  o'tkazish  tegishli  organlardan 
ro'yxatdan  o'tkazilishi  shart  bo'lsa,  ashyoga  nisbatan  egalik  huquqi 
shartnomaning qayd qilinishi paytidan e’tiboran vujudga keladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yuridik  shaxslar  va 
fuqarolaming  binolari  hamda  inshootlari  bilan  band  bo'lgan  yer 
uchastkalarini  xususiylashtirish  to‘g'risida”gi  PF-3780-sonli  Farmoniga 
ko'ra,  2007-yilning  1-yanvaridan  boshlab  O'zbekiston  Respublikasining
83

yuridik  shaxslari  -   rezidentlar  mulkiy  huquq  asosida  o ‘z!ariga  qarashli 
yoki  ular  tomonidan  xususiylashtiriladigan  bino  va  inshootlar,  ishlab 
chiqarish  infratuzilmasi  obyektlari  joylashgan  yer  uchastkalarini, 
shuningdek  mazkur  obyektlarga  tutash  yer  uchastkalarini  qo‘lIaniladigan 
texnologiya  jarayonlari,  shahar  qurilishi  norma  va  qoidalarini  hisobga 
olgan  holda,  ishlab  chiqarish  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  zarur 
bo'lgan  miqdorda  xususiylashtirish  huquqiga  ega  bo'ladilar.  Bunda  eng 
muhimi,  yer  uchastkalarini  xususiylashtirish  bozor  qiymatidan  kelib 
chiqishi,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mulkka  egalik  huquqini 
rasmiylashtirgan  holda  ixtiyoriylik  asosida  amalga  oshirilishi  belgilandi. 
Shuningdek,  2008-yil  1-yanvaridan boshlab O'zbekiston Respublikasining 
fuqarolari  -   rezidentlariga  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  va  turarjoy 
binosiga 
xizmat 
ko'rsatish 
uchun 
ajratilgan 
yer  uchastkalarini 
xususiylashtirish  huquqi  beriladgan  bo'ldi.  Ushbu  Farmonning  fuqarolik 
huquqi  nuqtai  nazaridan  ahamiyatli  yana  bir  jihati  shundaki,  unda 
xususiylashtirilgan yer uchastkasi oborotda, jumladan xarid qilish -  sotish, 
ayirboshlash,  hadya  qilish,  meros,  foydalanish  (ijaraga  berish)  bo'yicha 
bitimlar  tuzishda  cheklanmaydigan,  garov,  shu  jumladan  banklar  va 
boshqa  kredit  muassasalaridan  kredit  olish  uchun  garov  bo'lib  xizmat 
qilishi mumkinligi belgilandi.
Fuqarolaming  xususiy  mulkka  nisbatan  egalik  huquqining  o'tish 
payti  qonunda muqarrar belgilanishi birovga o'tkazilayotgan  ashyolaming 
tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishi xavf-xatari,  ya’ni buning natijasida 
kelgan  zarar  kimning  zimmasida  bo'lishligini  belgilash  ham  katta 
ahamiyatga egadir.
Bozor  munosabatlari  sharoitida  fuqarolar  xususiy  mulk  huquqi 
tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  faoliyati  natijasida  olinadigan  daromadlar 
asosida ham vujudga kelishi mumkin.
Bular  asosan  fuqaroning  o'ziga  tegishli  mol-mulkni  ko'paytirish, 
ulardan mahsulotlar,  hosillar va daromadlar olish  natijasida1 yuzaga kelib, 
ularga  fuqarolarda  xususiy  mulk  huquqi  muayyan  ashyoning  o'z 
xo'jaligida paydo bo'lish vaqtida vujudga keladi.
7. Xususiy mulk huquqi alohida obyektlarining huquqiy rejimi
Bozor  munosabatlariga  o'tishda  fuqarolaming  o'z  mol-mulklariga 
nisbatan  egaligini  belgilash  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  mulkdor 
egaligidagi  mulk obyektlarga nisbatan  qanday huquqlarga  egaligi,  ulardan
1  Халфина P.O. Право личной собственности. -М .: Наука,  1964. -75 с.
84

foydalanish  tartibi  va  tasarruf etish  qoidalari  Ya’ni,  huquqiy  rejimi  bilan 
chambarchas bog‘liqdir.
Insonning yashashini ta’minlash uchun zarur bo'lgan barcha moddiy 
boyliklami  yaratish  manbai  bo'lib,  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  jarayoni 
hisoblanadi.
Fuqarolar  ishlab  chiqarishda  qatnashishi  natijasida  qo'lga  kiritilgan 
mol-mulklar, 
daromadlar  jamiyat 
manfaatlarini 
ko'zlagan 
holda 
mamlakatda  amalda bo'lgan huquqiy  normalar bilan tartibga  solinadi.  Bu 
mol-mulldardan  ular  har  qanday  erk-irodadan  holi  ravishda  ehtiyojlari 
uchun o'z xohishiga ko'ra foydalanadilar1.
Fuqarolar  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda,  ya’ni  davlat,  shirkat,  jamoa, 
kooperativ va boshqa asosda xo'jalik yuritish bilan bog'liq bo'lgan ishlab 
chiqarish  jarayonida  qatnashishi  natijasida  o'z  ishchi  kuchini  shartnoma 
yoki  boshqa  ahdlashuvga  asosan  tasarruf  etib,  muayyan  mol-mulk, 
daromad olish huquqiga egadir.
Ushbu  daromadlarga  ega  bo'lgan  fuqaro  o'z  xohishiga  ko'ra  uni 
egallaydi,  ya’ni  pul  summasidagi  daromadni  o'z  egaligida  ushlab  turishi 
yoki  uni  biron-bir  jamg'arma  bankiga  foiz  evaziga  topshirishi  mumkin 
yoxud boshqa bitimlar tuzishi mumkin.
Hozirgi  kunda  jamg'arma  banklariga  qo'yiladigan  summa  miqdori 
cheklanmaydi va sir saqlanadi. Fuqarolar o'zi ijtimoiy ishlab chiqarishdan 
topgan  pullarini  o'z  eri-irodasiga  muvofiq,  qonun  yo‘1  qo'ygan  doirasi 
tasarruf etishga haqli.
Respublikamizda  Konstitutsiya  bilan  birga  xususiy  mulkka 
asoslangan  bozor  munosabatlarining  huquqiy  negizini  barpo  etishga  va 
tadbirkorlikni  rivojlantirishga  qaratilgan  bir  qancha  qonunlar  ham  qabul 
qilindi.  Bular  orasida  1991-yil  15-fevralda  qabul  qilingan  “O'zbekiston 
Respublikasida  tadbirkorlik  to 'g ‘risida”gi  qonun  alohida  o'rin  egallagan 
edi.  Ushbu  qopun  bozor  iqtisodiyotiga  qadam  qo'ygan  O'zbekiston 
hayotida  qabul  qilingan  dastlabki  qonunlardan  biri  bo'lib,  tadbirkorlik 
bilan  bog'liq  barcha  munosabatlami  huquqiy  tartibga  solishga  oid 
qoidalami  batafsil  qamrab  olmagan  edi.  Unda  tadbirkorlik  tashkil  etish, 
uning  amal  qilishi  va  rivojlanishining  huquqiy  asoslari,  tadbirkorlik 
to'g'risidagi  asosiy  hamda  umumiy  qoidalar  ko'zda  tutiladi.  Mazkur 
qonun  o'z  vaqtida  O'zbekistonda  tadbirkorlikni  joriy  qilish  va 
rivojlantirish  uchun  qonuniy  asos  bo'ldi.  Iqtisodiy  islohotlami  yanada 
chuqurlashtirish  va  tadbirkorlik  faoliyatini  tobora  rivojlantirish  uchun 
shart-sharoitlami yaratish maqsadida  1999-yil  14-aprelda 'Tadbirkorlik va
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М .: Юрид. лит., 1991. -9 с.
85

tadbirkorlar  faoliyatining  kafolatlari  to ‘g ‘risida”gi  qonun  qabul  qilindi. 
Iqtisodiy  erkinlashtirish  va  uni  keng  ko'lamda  amalga  oshirish  jarayoni 
tadbirkorlikni  huquqiy  tartibga  solishga  qaratilgan  qonuniy  qoidalami 
yanada  takomillashtirishni  vazifa  qilib  qo‘ydi.  Ushbu  holatni  inobatga 
olgan 
holda 
2000-yil 
25-may da 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
“Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to ‘g ‘risida”gi  qonuni1 
qabul  qilindi  va  yuqoridagi  qonunlar  o ‘z  kuchini  yo‘qotdi.  Bundan 
tashqari,  tadbirkorlik  faoliyatini  tartibga  soluvchi  Bankrotlik  to‘g‘risida, 
Xususiy korxona to‘g ‘risida, Fermer xo'jaligi to'g'risida, Dehqon xo'jaligi 
to‘g ‘risida va shu kabi qonunlar mavjud.
Yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyatidan  olinadigan  daromadlar  ishlab 
chiqaruvchining  va  uning  oila  a’zolarining  ehtiyojini  qondirish  uchun, 
ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  ta’mirlash  uchun  va  boshqa  ijtimoiy 
maqsadlar  uchun  sarflanishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  bu  daromadlar 
sug'urta  badali  sifatida  sug'urta  tashkilotlariga,  daromad  solig'i  sifatida 
davlat byudjetiga va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun sarflanadi.
Hozirgi kunda xususiy tadbirkorlikning turlari ko'payib borishi bilan 
ulaming mol-mulklarga egalik qilish,  foydalanish va tasarruf qilish tartibi, 
ular bilan bog'liq  munosabatlarda mulkdoming  huquq  va majburiyatlarini 
belgilash zaruriyati mavjud.
Fuqarolar  o'z  mol-mulklaridan  foydalanishda  har  xil  iqtisodiy 
huquqiy  munosabatlarda ishtirok etadi.  Ular mehnatlari bilan,  tadbirkorlik 
faoliyati  yuritish bilan,  davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar va 
boshqa  asoslarda  olinadigan  naqd  pul  shaklidagi  daromadlaridan  o'z 
ehtiyojlarini  qondirishda  har  xil  bitimlar  tuzadilar.  Bu  bitimlardan  biri 
fuqarolaming  kredit  muassasalariga  pul  jamg'armasini  qo'yish  haqidagi 
shartnoma hisoblanadi.
O'zbekiston 
Respublikasining 
“Banklar 
va 
bank 
faoliyati 
to'g'risida”2gi qonuni  1996-yil 25-aprelda qabul qilingan.  Ushbu qonunga 
muvofiq, bank -  tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan 
quyidagi  faoliyat  turlari  majmuini  amalga  oshiradigan  yuridik  shaxsdir: 
yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  omonatlar  qabul  qilish  hamda  qabul 
qilingan  mablag'lardan  tavakkal  qilib  kredit  berish  yoki  investitsiyalash 
uchun  foydalanish;  to'lovlami  amalga  oshirish.  Omonat  (depozit)  -   talab 
qilinishi  bilanoq  yoki  to'lovni  amalga  oshiruvchi  shaxs  bilan  to'lovni 
oluvchi  shaxs  yoxud  ulaming  qonuniy  vakillari  o'rtasida  kelishilgan 
muddatda  foizlar  yoki  ustama  haq  to'lagan  holda  yoxud  bunday
1  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5 -6 ,140-modda.
2 O’zbekiston Respublikasi  OJiy Majlisining Axborotnomasi,  1996 yil, №5-6, 54-modda.
86

to'lovlarsiz  hammasini  qaytarib  berish  sharti  bilan  topshiriladigan  pul 
summasi.  Chet  el  banki  -   chet  el  bankining  o'z  faoliyatini  O'zbekiston 
Respublikasi  hududida  amalga  oshiradigan  shu’ba  banki  bo'lib,  uning 
ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to'lanadi. O'zbekiston 
Respublikasida  tashkil  etilgan  hamma  banklar  bank  faoliyatining 
subyektlaridir.  Banklar  faoliyati  “Banklar va  bank  faoliyati  to‘g ‘risida”gi 
qonun,  “O'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to'g'risida’^gi 
Qonun,  boshqa  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solib  boriladi.  Banklar  o'z 
faoliyatlarida  quyidagi  bank  operatsiyalarini  amalga  oshiradilar: jismoniy 
va  yuridik  shaxslaming,  shu jumladan  vakil  banklaming  hisobvaraqlarini 
ochish  va  yuritish,  hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitob  qilish;  omonatlami 
jalb  etish;  kreditlaming  qaytarilishi,  foizliligi  va  muddatliligi  Sharti  bilan 
o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lar hisobidan o'z nomidan kreditlar 
berish.
Banklar  boshqa  turdagi  operatsiyalami  ham  amalga  oshirishlari 
mumkin,  chunonchi:  mablag'  egasi  yoki  mablag'ni  tasanuf etuvchi  bilan 
tuzilgan  shartnomaga  binoan  pul  mablag'larini  boshqarish;  chet  el 
valyutasini  naqd  pul  va  naqd  bo'lmagan  pul  shakllarida  yuridik  hamda 
jismoniy  shaxslardan  sotib  olish  va  ularga  sotish;  pul  mablag'lari, 
vekcellar,  to'lov  va  hisob-kitob  hujjatlarini  inkasso  qilish;  uchinchi 
shaxslar  nomidan  majburiyatlaming  bajarilishini  nazarda  tutuvchi 
kafolatlar berish; uchinchi shaxslardan majburiyatlaming bajarilishini talab 
qilish  huquqini  olish;  qimmatli  qog'ozlar  chiqarish,  xarid  qilish,  sotish, 
hisobini  yuritish  va  ulami  saqlash,  mijoz  bilan  tuzilgan  shartnomaga 
binoan  qimmatli  qog'ozlami  boshqarish,  qimmatli  qog'ozlar bilan boshqa 
operatsiyalami  bajarish;  bank  faoliyati  yuzasidan  maslahat  va  axborot 
xizmati  ko'rsatish;  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  hujjatlar  va  boshqa 
boyliklami  saqlash  uchun  maxsus  binolar  yoki  ular  ichidagi  po'lat 
sandiqlarni  ijaraga  berish;  moliyaviy  lizing;  xalqaro  bank  amaliyotiga 
muvofiq, litsenziyada maxsus ko'rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Banklar  bevosita  ishlab  chiqarish,  savdo  va  sug'urta  faoliyati  bilan 
shug'ullanishga  haqU  emaslar.  Bank,  shu  jumladan  chet  el  banki, 
O'zbekiston  Respublikasida  o'z  faoliyatini  O'zbekiston  Respublikasining 
Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Litsenziyada  bank  bajaradigan  operatsiyalar  ro'yxati  ko'rsatiladi. 
Litsenziyasiz  amalga  oshiriladigan  bank  faoliyati  g'ayriqonuniy  deb 
hisoblanadi  va  bunday  faoliyat  natijasida  olingan  daromad  davlat 
byudjetiga  olib  qo'yilishi  lozim.  “Bank”  atamasi  yoki  mazkur  atama
1
 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12,247-roodda.
87

qo'shib  yasalgan  so'z  birikmalarini  ushbu  Qonunga  muvofiq  bank 
operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  litsenziyaga  ega  bo'lgan 
tashkilotlar  o'z  firma  nomida  yoki  reklama  maqsadlarida  ishlatishlari 
mumkin.
Bank 
omonati 
shartnomasi 
bo'yicha 
birinchi 
tarafdan 
(omonatchidan)  qabul  qilib  olgan  yoki  uning  nomiga  kelgan  pul 
summasini  (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank)  shartnomada 
nazarda  tutilgan  shartlar  asosida  va  tartibda  omonat  summasini  qaytarish 
va  unga  foizlar  to'lash  majburiyatini  oladi.  Bank  omonati  shartnomasi 
omonat  summasi  bankka  kelib  tushgan  kundan  boshlab  tuzilgan 
hisoblanadi.  Fuqaro  omonatchi  bo'lgan  bank  omonati  shartnomasi 
ommaviy  shartnoma  deb  hisoblanadi.  Bank  bilan  omonatchining  omonat 
qo'yilgan hisobvaraq bo'yicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvarag'i 
shartnomasi  to'g'risidagi  qoidalar,  agar  ushbu  bobning  qoidalarida 
boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa  yoki  u  bank  omonati 
shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa,  qo'llaniladi.  Ushbu bobning 
banklarga  doir  qoidalari  qonun  hujjatlariga  muvofiq  yuridik  shaxslardan 
omonatlar  qabul  qiluvchi  boshqa  kredit  tashkilotlariga  nisbatan  ham 
qo'llanadi. Ushbu shartnoma real (Ya’ni, omonatchi tomonidan bankka pul 
bergan  vaqtda  tuziladi),  bir  tomonlama  va  haq  evaziga  tuziladigan 
shartnomalar  turkumiga  kiruvchi  ommaviy  shartnoma  hisoblanadi.  Bank 
omonati  shartnomasi  yozma  shaklda  tuzilgan  bo'lishi  kerak.  Agar 
omonatning  qo'yilganligi  omonat  daftarchasi,  jamg'arma  (depozit) 
sertifikati  yoki  bank  tomonidan  omonatchiga berilgan,  qonunda,  qonunga 
muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo'llaniladigan 
ish  muomalasi  odatlarida  bunday  hujjatlar  uchun  nazarda  tutilgan 
talablarga javob  beradigan  boshqa  hujjat  bilan  tasdiqlangan  bo'lsa,  bank 
omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.  Bank 
omonati  shartnomasining  yozma  shakliga  rioya  qilmaslik  bunday 
shartnomaning  haqiqiy  bo'lmasligiga  olib  keladi.  Bunday  shartnoma  o'z- 
o'zidan haqiqiy emas.
Fuqarolaming  bank bilan  pul jamg'armasi  to'g'risidagi  shartnomani 
huquqiy  tartibga  solish  hozirgi  kunda  bu  munosabatlaming  amaliyotdagi 
o'm i va ahamiyatiga to'g'ri kelmaydi.
Xulosa o'mida shuni ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
xususiy  mulk  obyektlari  doirasi  ham  tabiiy  ravishda  kengayib  boradi.  Bu 
holat  o'z  navbatida  fuqarolik  xususiy  mulki  daxlsizligini,  uning  huquqiy 
kafolatlarini  ham  ta’minlashni  talab  qiladi.  O'zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik  kodeksining  amalga  kiritilishi  fuqarolar  xususiy  mulk
88

huquqining  qonuniy  asoslarini belgilab berdi.  Unda  mulk  shakllariga ham 
aniqlik  kiritildi.  Jumladan,  fuqarolaming  mulki  “xususiy  mulk”  deb 
belgilanishi  diqqatga  sazovordir.  Xususiy  mulk  bozor  munosabatlarining 
tarkib  topishi  va  rivojlanishida,  uning  uchun  zarur  bo'lgan  shart- 
sharoitlami  yaratishda,  bu  munosabatlarda  qatnashuvchi  taraflaming 
huquq va majburiyatlarini  belgiiashda,  ulaming  xatti  harakatlarini  tartibga 
solishda  hamda  qonuniy  manfaatlarini  muhofaza  qilish  uchun  zarur 
bo'lgan  huquqiy  kafolatlar  va  choralami  belgiiashda  o'ziga  xos  muhim 
ahamiyatga ega.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqini  majburiy  tartibda  bekor  bo'lishi 
faqatgina  qonunda  nazarda  tutilgan  asoslarga  muvofiq  amalga  oshirilishi 
shart.  Boshqa asoslarda mulk huquqini  bekor bo'lishiga yo'l  qe'yilmaydi. 
Mazkur holat konstitutsiyaviy me’yor talablarining mazmuniga mos kelib, 
xususiy  mulk  egasining  huquqlarini  himoya  qilishning  muhim  kafolati 
hisoblanadi.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqini  ulaming  ixtiyoridan  tashqari, 
majburiy  tartibda  bekor  bo'lish  asoslari  bo'lib,  quyidagilar  hisoblanadi: 
agar  qonunga  asosan  shaxsga  tegishli  bo'la  olmaydigan  mol-mulk  uning 
mulki  bo'lib  qolganda  mol-mulkni  olib  qo'yish;  tarix  va  madaniyat 
yodgorliklari  xo'jasizlarcha  saqlanayotganligi;  mulkdoming  mol-mulkni 
bevosita  olib  qo'yishga  qaratmagan  holda  mulk  huquqini  bekor  bo'lishi; 
tegishli  mol-mulkni qonun  hujjatlariga muvofiq  natsionalizatsiya qilinishi; 
mol-muok  vakolatli  davlat  hokimiyati  organi  qaroriga  muvofiq 
rekvizitsiya va sud qaroriga asosan musodara qilinishi hamda mulkdoming 
majburiyatlari  bo'yicha  undimv  unga  tegishli  mol-mulkka  qaratilishi. 
YUqorida keltirilgan  asoslar  bo'yicha  fuqarolar  xususiy  mulk huquqining 
bekor  bo'lishi  asosan  davlat  va  fuqarolik-huquqiy  munosabat  subyektlari 
talablari  bilan  amalga  oshiriladi.  Shunga  asosan  mol-mulkka  nisbatan 
mulk huquqi ham  tegishli ravishda davlat yoki  boshqa manfaatdor tarafda 
vujudga keladi1.
O'zbekiston  Respublikasi  mulkiy  huquqni  bekor  qiladigan  qonun 
hujjati  qabul  qilgan  taqdirda  ana  shu hujjat qabul  qilingandan yetkazilgan 
zarar  ixtiyoriy  sur’atda  yoki  sud  tartibida  mulkdorga  to'la  hajmda 
to'lanadi.
Qonun  barcha  mulkdorlarga,  ya’ni  O'zbekiston  Respublikasining  va 
boshqa  davlatlaming  yuridik  va  jismoniy  shaxslariga  ulaming  mulkiy 
huquqlarini himoya qilishi uchun teng sharoitlar yaratib beradi.
1  V.Yo.Ergashev.  Fuqarolar  hususiy  mulk  huquqi  vujudga  kelish  va  bekor  bo’lishning  ilmiy-nazariy  jihatlari:  Yurid.
fan. nomz. dis.  ...Avtoref. -Toshkent: 200$.  18-b.
89
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling