To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


-bob yuzasidan nazorat savollari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29

2-bob yuzasidan nazorat savollari:
1. 
Xususiy  mulkning • mulkiy  munosabatlar  tizimida  tutgan  о ‘mi 
haqida nimalar deya olasiz?
2. 
Bugungi  kunda  shaxsiy  mulk  va  xususiy  mulk  o'rtasida  nisbat 
bor deb o'ylaysizmi?
3. 
Jismoniy  shaxslar  va  nodavlat  yuridik  shaxslar  mulki  xususiy 
mulk turlari sifatida o ‘zaro tafovutlarga egami?
4. 
Xususiy  mulk  huquqining  vujudga  kelish  asoslarini  yanada 
boyitish kerak deb hisoblaysizmi, nimalar hisobiga?
5. 
Musodara  fuqarolik,  mulk  qonunchiligida  saqlanib  turishiga 
munosabatingiz qanday?
6. 
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  mazmunini  nazariya  va 
amaliyot nuqtai nazaridan yoritib bering?
7. 
Nodavlat  yuridik  shaxslar  xususiy  mulkining  huquqiy  maqomi 
haqida amaliy misollar bilan gapirib bering?
8. 
Korxona -  xususiy mulk subyektimi yoki obyekti?
9. 
Xususiy  mulk  huquqi  obyektlari  boimaydigan  mol-mulklar 
doirasi “torayib” borishiga munosabatingiz qanday?
90

3-BOB. NODAVLAT YURIDIK SHAXSLAR XUSUSIY MULK
HUQUQI
B obning  m aqsadi:  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga, 
Fuqarolik  kodeksiga  va  boshqa  jo riy   qonun  hujjatlariga  muvofiq, 
mamlakatimizda  xususiy  mulk  huquqining  subyektlari  nafaqat fuqarolar, 
balki  nodavlat  yuridik  shaxslar  hamdir.  Ular  -   xo'jalik  shirkatlari  va 
jam iyatlari,  fu qarolam ing  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari,  qishloq 
xo'jaligi 
kooperativlari 
(shirkat 
xo'jaliklari), 
xususiy 
uy-joy 
mulkdorlarining shirkatlari,  xususiy korxonalar, ferm er xo ‘jaliklari,  yakka 
tartibdagi  tadbirkorlar  va  yuridik  shaxs  maqomini  olmagan  dehqon 
xo ‘jaliklari,  kooperativlar,  turli  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  diniy 
tashkilotlar, jam oa t fondlari kabilardir.
Mazkur  bobda  yuridik  shaxslaming  nodavlat  tashkiliy-huquqiy 
shakldagi  turlari  xususiy  mulk  huquqining  mohiyati,  uning  o'ziga  xos 
jihatlari ochib beriladi.
Nodavlat yuridik shaxslar mulk huquqining mohiyati  va  turlari.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
XIII 
bobida 
mamlakatimizda jamoat birlashmalarining  erkin  va faol  harakat  qilishlari, 
ulaming  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonidagi  ishtirokini 
ta’minlashning  ijtimoiy-huquqiy  asoslari  yaratilgan.  Konstitutsiyamizning 
ushbu  bobi  normalariga  mos  holda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Oliy 
Majlisi  tomonidan  “0 ‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  birlashmalari 
to ‘g ‘risida”,  “Siyosiy  partiyalar  to‘g ‘risida”,  “Kasaba  uyushmalari, 
ulaming  huquqlari  va  faoliyatining  kafolatlari  to ‘g ‘risida”,  “Nodavlat 
notijorat  tashkilotlari  to ‘g‘risida”,  “Siyosiy  partiyalami  moliyalashtirish 
to ‘g ‘risida” 
hamda 
“Jamoat 
fondlari 
to‘g ‘risida”gi, 
“Mas’uliyati 
cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  to‘g ‘risida”gi, 
“Xo'jalik  shirkatlari  to‘g ‘risida”gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari 
qabul qilingan.
Fuqarolik  huquqi  fanidan  ma’lumki,  yuridik  shaxslar  asosan 
tijoratchi  va tijoratchi  bo‘lmagan  turlarga bo‘linadi  (FKning  40-moddasi). 
YUridik  shaxslaming  tijoratchi  turlari  muassislaming  foyda  olish 
maqsadini  ko'zlab  tuzilsa,  notijorat  turlarida  muassislar  foyda  olish 
maqsadini ko‘zlamaydilar.
Tijoratchi  yuridik  shaxslar  ham  va  notijorat  yuridik  shaxslar  ham 
tadbirkorlik 
(foyda 
olishga 
qaratilgan 
faoliyat) 
faoliyati 
bilan
91

shug‘ullanishlari  mumkin,  lekin  bunda,  tijorat  yuridik  shaxslardan  farq 
qilib  notijorat  yuridik  shaxslar  o'z  tadbirkorlik  faoliyatlaridan  olgan 
foydani  faqat  a’zolarining  ehtiyojini  qondirish  yoki  o‘zga  mushtarak 
maqsadni  amalga  oshirish  uchun  ishlatadilar.  Olingan  foydani  boshqa 
maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo'yilmaydi.  Shu munosabat bilan notijorat 
yuridik  shaxslarga  nisbatan  FK  “foyda  olishni  maqsad  qilib  qo‘ymagan” 
degan iborat  emas,  balki,  “foyda  olishni  o ‘z  faoliyatining  asosiy  maqsadi 
qilib  qo‘ymagan”  iborasi  belgilangan.  Bu  esa,  notijorat  tashkiloti 
tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanishi  muayyan  foyda  ko‘rishi  mumkinligini 
belgilaydi.  Faqatgina  notijorat  yuridik  shaxslaming  asosiy  maqsadi 
(yordamchi  yoki  boshqa  maqsadlar  bundan  mustasno)  foyda  olish 
bo'lmaydi, xolos.
Yuridik  shaxs  bekor  bo‘lganida  ulaming  tijorat  turlarida  yuridik 
shaxs  hamma  kreditorlar  bilan  hisob-kitob  qilgandan  keyin  mol-mulki 
muassislar  o'rtasida  taqsimlab  olinadi.  Notijorat  xarakterdagi  yuridik 
shaxslarda  esa  qolgan  mol-mulkka  nisbatan  muassislar  haq-huquqqa  ega 
bo‘lmaydilar.  Yuridik shaxslaming davlat ro'yxatidan o ‘tish ma’lumotlari, 
shuningdek o'ziga xos nomi davlat reestriga kiritiladi.
Notijorat  tashkilotlari  -   fuqarolar  va  (yoki)  yuridik  shaxslaming 
ixtiyoriyligi  asosida  tashkil  etilgan,  o'z  faoliyatining  asosiy  maqsadi 
sifatida  daromad  (foyda)  olishni  ko'zlamaydigan,  shuningdek  olingan 
daromad  (foyda)ni  ishtirokchilar  o'rtasidagi  taqsimlamaydigan  o'zini  o'zi 
boshqarish tashkilotidir.
Jamiyat  hayotida  nodavlat  va  jamoat  tizimlarining  mavqei  o'sib 
bormoqda.  So'nggi  yillarda jamoat birlashmalari  va nodavlat tashkilotlari 
soni 3000 tadan oshdi.  “Ular faqat aholi fikrining turli ko'rinishlarini ifoda 
etib  qolmasdan,  odamlaming  ijtimoiy  fikrini  shakllantirishga  ham  faol 
ta’ sir ко 'rsatmoqda”1.
“Shuni 
alohida 
ta’kidlash 
kerakki, 
nodavlat 
va 
jamoat 
tashkilotlarining  rivojlangan  tizimi jamiyat manfaatlari  uyg'unligini  qaror 
toptirish  va  mustahkamlashga  xizmat  qilishi  lozim.  Bu  tizim  davlat 
tuzilmalari  faoliyatini  muayyan  ma’noda  to'ldirishi,  ularga  nisbatan 
ma’lum bir muvozanatni ta’minlovchi vazifani bajarishi lozim”1.
Jamiyat  hayoti  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy-ma’naviy 
sohalarga  ajraladi.  Siyosiy  soha  turli  ijtimoiy  toifa  va  guruhlar,  milliy 
birliklar,  siyosiy  p£irtiyalar  va  harakatlar,  jamoat  tashkilotlarining  o'z 
siyosiy  faoliyatini  amalga  oshimvchi  makondir.  Ulaming  faohyati
1 Karimov I.A.  B iz kelajagimizni o ’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. -Toshkent:  O’zbekiston,  1999. 384-b.
2 Karimov I.A.  Ozod va obod Vatan,  erkin  va  farovon hayot -  pirovard maqsadimiz.  -Toshkent:  O’zbekiston,  2001.  -  
B.10-11.
92

|»  jamiyatdagi  o ‘matilgan  siyosiy  munosabatlar  asosida  o'z  siyosiy 

manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi1.
\
 
Diniy  tashkilotlar  mulki.  O'zbekiston  Respublikasining  “Vijdon

erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to ‘g ‘risida”2gi  1998-yil  1-may  qonunida 

berilgan  ta’rifga  ko'ra,  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  dinga 
!■
 
e’tiqod qilish,  ibodat,  rasm-rusumlar va marosimlami birgalikda  ado etish 
I 
maqsadida  tuzilgan  ko'ngilli  birlashmalari  (diniy jamiyatlar,  diniy  o'quv 
yurtlari, masjidlar, cherkovlar,  sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy 
tashkilotlar 
deb 
e’tirof 
etiladi. 
Diniy 
tashkilot 
O'zbekiston 
>  Respublikasining  o'n  sakkiz  yoshga  to'lgan  va  O'zbekiston  Respublikasi 
hududida  doimiy  yashayotgan  yuz  nafardan  kam  bo'lmagan  fuqarolari 
tashabbusi bilan tuziladi.
Diniy  tashkilotlar  O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  yoki 
uning  joylardagi  organlarida  ro'yxatdan  o'tkazilgandan  keyin  yuridik 
shaxs  maqomiga  ega  bo'ladi  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
tartibda o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Diniy  tashkilotlaming  o'z  mablag'lari  hisobidan  sotib  olingan  yoki 
yaratilgan,  fuqarolar,  jamoat  birlashmalari  ehson  qilgan  (vasiyat  qilib 
qoldirgan)  yoxud  davlat  tomonidan  nazarda  tutilgan  boshqa  asoslarda 
olingan,  o'z  faoliyatlarini  ta’minlash  uchun  zarur  bo'lgan  binolar, 
imoratlar,  ibodat  qilish  anjomlari,  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  va  xayriya 
inshootlari, pul mablag'lari va boshqa mol-mulklar ulaming mulki bo'lishi 
mumkin.
Diniy  tashkilotlar  o'z  ehtiyojlari  uchun  lavlat  organlari  tomonidan 
shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan foydalanishga ham 
haqlidirlar.  Tarixiy  va  madaniy  yodgorliklar  obyektlari  va  buyumlarini 
diniy  tashkilotlarga  foydalanish  uchun  berish  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Shunisi  e’tiborliki,  diniy  tashkilotlaming  markaziy  boshqaruv 
organlari  ustavdagi  maqsadlaridan  kelib  chiqib,  O'zbekiston  Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiy, noshirlik, ishlab chiqarish, ta’mirlash-qurilish, 
qishloq  xo'jalik  korxonalari  va  boshqa  korxonalami,  shuningdek  xayriya 
muassasalarini  (etimxonalar,  kasalxonalar)  ta’sis  etishga  ham  haqli 
hisoblanadilar.
Diniy  tashkilotlar  o'z  faoliyati  tugatgandan  keyin  ularga  foydalanib 
turish  uchun  berilgan  mol-mulk  o'z  egalariga  qaytariladi.  Diniy 
tashkilotlaming  faoliyati  tugatilgan  taqdirda,  ularga  qarashli  mol-mulkka
3  O ’zbekiston  Milliy  ensiklopediyasi.  T.3.  -Toshkent:  “O’zbekiston  Milliy  ensiklopcdiyasi”  Davlat  ilm iy  nashriyoti,
2002. 543-b.
2 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1998  yil, № 5 ,97-modda.
93

egalik  qilish  ulaming  ustavi  va  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 
oshiriladi.  Kreditorlaming  talablarini  qondirish  uchun  undirish  qaratilishi 
mumkin  bo'lmagan ibodatga  oid  mol-mulk ro'yxati  diniy  tashkilotlaming 
taqdimnomasiga  binoan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan  belgilanadi.  Huquqiy  vorislari  bo‘lmagan  mol-mulk  davlat 
mulki hisobiga o ‘tadi.
Qonunga  muvofiq,  diniy  tashkilotlar  xayriya  va  mehr-muruvvat 
faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat  fondlari  mulki.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Jamoat 
fondlari  to'g'risida’^gi  2003-yil  29-avgust  qonunida  berilgan  ta’rifga 
ko‘ra,  “yuridik  va  (yoki)  jismoniy  shaxslar  tomonidan  ixtiyoriy  mulkiy 
badallar  qo‘shish  asosida  tashkil  etilgan,  xayriya,  ijtimoiy,  madaniy, 
ma’rifiy  yoki  boshqa  ijtimoiy  foydali  maqsadlami  ko‘zlaydigan,  a’zoligi 
bo‘lmagan  nodavlat  notijorat  tashkiloti  jamoat  fondi  deb  e’tirof  etiladi. 
O'zbekiston  Respublikasida  respublika  fondlari  hamda  mahalliy  fondlar 
tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Fond 
muassislaming 
(muassisning) 
qaroriga 
binoan 
yoki 
vasiyatnoma bo'yicha tashkil  etilishi  mumkin.  Bir yoki  bir nechta yuridik 
va (yoki) jismoniy shaxs fond muassislari (muassisi) bo'lishi mumkin.
Muassislar  (muassis)  yoki  vasiyat  qiluvchi  tomonidan  fondga 
o'tkazilgan  pul  mablag'lari  va  boshqa  mol-mulk jamoat  fondining  mulki 
hisoblanadi.
Binolar,  inshootlar,  turar  joylar  va  boshqa  imoratlar,  asbob- 
uskunalar,  inventar,  pul  mablag'lari,  shu  jumladan  chet  el  valyutasidagi 
mablag'lar,  qimmatli  qog'ozlar  hamda  o'zga  mol-mulk  fondning  mulki 
bo'lishi mumkin.
Fond  muassislari  (muassisi)  yoki  fond  vasiyatnoma  bo'yicha  tashkil 
etilganida  vasiyatnomani  ijro  etuvchi  fondning  majburiyatlari  bo'yicha 
javob 
bermaydi, 
fond 
esa 
muassislaming 
(muassisning) 
yoki 
vasiyatnomani  ijro  etuvchining  majburiyatlari  bo'yicha  javob  bermaydi. 
Fondni  tashkil  etish  uchun  zarur  dastlabki  mablag'laming  eng  kam 
miqdori  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
belgilanadi.
Eng  muhimi,  fondning mol-mulki  muassislar  o'rtasida  taqsimlanishi 
mumkin emas  va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda 
vazifalarrii amalga oshirish uchun foydalaniladi.
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9 ,10-141-modda.
94

Shuningdek,  fondning  mol-mulkidan  garov  yoki  majburiyatlar 
bajarilishini 
ta’minlashning 
boshqa 
usuli 
sifatida 
foydalanilishi, 
shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Qonunga  muvofiq,  fondning  mol-mulkini  shakllantirish  manbalari 
quyidagilar bo'lishi mumkin:
-muassislar 
(muassis) 
tomonidan 
bir 
yo‘la 
to'lanadigan 
(o'tkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar;
-fond  vasiyatnoma  bo'yicha  tashkil  etilgan  taqdirda  vasiyat 
qiluvchining fondga o'tkazilgan mol-mulki;
-yuridik va jismoniy shaxslaming ixtiyoriy xayriyalari;
-yuridik va jismoniy  shaxslar,  davlat,  chet el  va xalqaro  tashkilotlar, 
chet davlatlar ajratadigan grantlar;
-fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda); 
-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Fondning  mol-mulkidan  fond  ustavida  belgilangan  maqsad  va 
vazifalami  amalga  oshirish  hamda  ma’muriy  xarajatlami  qoplash  uchun 
foydalanish  mumkin.  Fondning  ma’muriy  xarajatlari  fond  tomonidan 
hisobot  davrida  fondni  boshqarish  uchun  qilingan  barcha  xarajatlami  va 
birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zamr 
xarajatlami,  fondning  o'z  ustavida  belgilangan  maqsad  va  vazifalami 
amalga  oshirish  uchun  reklamaga  sarflagan  xarajatlarini,  shuningdek 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  fond  faoliyati  bilan  bog'liq  xarajatlami  va 
to'lovlami o'z ichiga oladi.
Har  yilgi  ma’muriy  xarajatlaming  jami  summasi,  shuningdek 
fondning  vasiylik  kengashi  hamda  taftish  komissiyasi  a’zolariga  haq 
to'lash  hamda ulaming  o'z  vazifalarini bajarish bilan bog'liq  xarajatlarini 
kompensatsiya  qilish  fond  barcha  xarajatlari  summasining  yigirma 
foizidan oshmasligi kerak.
Oila  mulki  -   xususiy  mulk  sifatida.  Oila  kodeksining  23- 
moddasiga ko'ra,  “er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, 
shuningdek  nikoh  qayd  etilgunga  qadar,  bo'lajak  er-xotinning  umumiy 
mablag'lari  hisobiga  olingan  mol-mulklari,  agar  qonun  yoki  nikoh 
shartnomasida  boshqacha hoi ko'rsatilmagan bo'lsa,  ulaming  birgalikdagi 
umumiy mulki hisoblanadi”.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er 
va  xotinning  umumiy  mol-mulkiga)  er  va  xotin  har  birining  mehnat 
faoliyatidan,  tadbirkorlik  faoliyatidan  va  intellektual  faoliyat  natijalaridan 
orttirgan  daromadlari,  ular  tomonidan  olingan  pensiyalar,  nafaqalar, 
shuningdek  maxsus  maqsadga  mo'ljallanmagan  boshqa  pul  to'lovlari
95

(moddiy  yordam  summasi,  mayib  bo'lish  yoki  salomatligiga  boshqacha 
zarar  yetkazish  oqibatida  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganlik  munosabati 
bilan yetkazilgan zarami qoplash tarzida toiangan summalar va boshqalar) 
kiradi.  Er  va  xotinning  umumiy  daromadlari  hisobiga  olingan  ко‘char  va 
ko'chmas  ashyolar,  qimmatli  qog‘ozlari,  paylari,  omonatlari,  kredit 
muassasalariga  yoki  boshqa  tijorat  tashkilotlariga  kiritilgan  kapitaldagi 
ulushlari  hamda  er  va  xotinning  nikoh  davomida  orttirgan  boshqa  har 
qanday 
mol-mulklari, 
ular  er  yoki  xotindan  birining 
nomiga 
rasmiylashtirilgan  yoxud  pul  mablag'lari  kimning  nomiga  yoki  er  va 
xotinning  qaysi  biri  tomonidan  kiritilgan bo‘lishidan  qat’i  nazar ular ham 
er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Er va  xotindan  biri  uy-ro‘zg‘or ishlarini  yuritish,  bolalami parvarish 
qilish  bilan  band bo'lgan  yoki  boshqa  uzrli  sabablarga ko‘ra mustaqil  ish 
haqi  va  boshqa  daromadga  ega  bo'lmagan  taqdirda  ham  er  va  xotin 
umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo'ladi”.
Er-xotindan har birining  sovg'a sifatida nikoh tuzishdan keyin olgan 
mulklari,  jumladan,  to'y  munosabati  bilan  yoki  to'ydan  keyin  olgan 
sovg'alari,  agar ular  umumiy  foydalanish  buyumlaridan  iborat bo'lsa,  er- 
xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi.
Nikohni  tegishli  tartibda  qayd  ettirmasdan  turib  er-xotin  bo'lib 
yashash  ulaming  mulkini  birgalikdagi  umumiy  mulk  deb  topish  uchun 
asos bo'lmaydi.
Nikohni qayd ettirmagan holda bir oila bo'lib yashagan shaxslaming 
mulkiy munosabatlari fuqarolik qonunlari normalari bilan tartibga solinadi.
1944-yil  8-iyulga  qadar  er-xotin  bo'lib  yashaganlaming  orttirgan 
mulklariga nisbatan bo'lgan munosabatlar bu qoidadan mustasnodir1.
Er-xotinning tekinga olgan mulklari, jumladan, to'y munosabati bilan 
olgan  sovg'alar  (to'ydan  keyin  o'tkaziladigan  marosimlardan  olgan 
sovg'alari),  agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo'lsa,  er- 
xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi.
Agar  er-xotinning  xotinning  har  biriga  tegishli  bo'lgan  mulkiga 
nikohlari  davomida  shu  mulkning  qiymatidan  ancha  oshiq  mablag' 
sarflanganligi  (qayta  ta’mirlash,  qo'shimcha  qurilish  qilish,  qayta 
o'zgartirish va h.k.)  aniqlansa,  bu  mulk er-xotinning birgalikdagi umumiy 
mulki deb topilishi mumkin.
Fermer xo'jaligi  va dehqon xo'jaligi  a’zolarining birgalikdagi mulki 
bo'lgan  mol-mulkka  nisbatan  er  va  xotinning  egalik  qilish,  foydalanish,
1 Otaho’jaev F.M. Oila huquqi. -Toshkent: TDYI, 2005.
96

tasarruf  etish  huquqlari  fermer  xo'jaligi  va  dehqon  xo'jaligi  to'g'risidagi 
qonunlarda belgilanadi.
Fenner  xo'jaligi  va  dehqon  xo'jaligining  mol-mulkini  bo'lish 
O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  223  va  225-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Sudlar tomonidan 
nikohdan ajratish haqidagi ishlami ko'rishda qonunlami qo'llash amaliyoti 
to'g'risida”gi  1998-yil  11-sentyabrdagi  22-son  Qarorida  ko'rsatilishicha, 
“Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lishda hamda ulaming  shu mol- 
mulkdagi  ulushlarini  aniqlashda,  agar  er  va  xotin  o'rtasidagi  nikoh 
shartnomasida  boshqacha  hoi  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  er  va  xotinning 
ulushlari teng hisoblanadi.
Sud  voyaga  yetmagan  bolalaming  manfaatini  yoki  er-xotindan 
birining  e’tiborga  sazovor  manfaatlarini  hisobga  olib,  jumladan,  agar  er 
yoki  xotin  uzrsiz  sabablarga  ko'ra  daromad  olmagan  bo'lsa  yoki  er  va 
xotinning  umumiy  mol-mulkini  oila  manfaatlariga  zarar  yetkazgan  holda 
sarflagan  bo'lsa,  er  va  xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushlari 
tengligidan chekinishga haqlidir”.
O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  210- 
moddasiga  muvofiq,  sud  mol-mulkni  natura  tarzida  undirish  to'g'risida 
chiqargan  hal  qiluv  qarorida,  agar  hal  qiluv  qarorini  ijro  etish  vaqtida 
mazkur  mulk  naqd  bo'lmasa,  javobgardan  undirib  olinishi  lozim  bo'lgan 
mulk qiymatini ko'rsatadi.
Oila  kodeksining  25-moddasiga  muvofiq,  er  va  xotinning  nikohga 
qadar  o'ziga  tegishli  bo'lgan  mol-mulki,  shuningdek  ulardan  har  birining 
nikoh  davomida  hadya,  meros  tariqasida  yoki  boshqa  bepul  bitimlar 
asosida  olgan  mol-mulki  ulardan  har  birining  o'zining  xususiy  mulki 
hisoblanadi.
Er  yoki  xotindan  faqat  bittasiga  tegishli  bo'lgan  va  u  tomonidan 
tasarruf  etiladigan' mulk  xususiy  mulk  hisoblanadi.  Xususiy  mulkka 
quyidagilar  kiradi:  er  yoki  xotinning  nikohga  qadar  o'zlariga  tegishli 
bo'lgan mulki  (masalan:  uy,  uy jihozlari,  omonat kassasiga qo'yilgan  pul, 
qimmatbaho  qog'ozlar  va  boshqalar);  nikoh  davomida  hadya  yoki  meros 
tariqasida  olgan  mulklari;  to'y  sovg'alari,  agar  ular  er  yoki  xotindan 
birining  shaxsiy  foydalanishi  uchun  mo'ljallangan bo'lsa  (qimmatbaho  va 
serhasham  buyumlar  bundan  mustasno);  er  yoki  xotin  tomonidan  olingan 
Davlat  mukofotlari  va  sovg'alar  (masalan,  oltin  soat,  mototsikl,  mashina 
va  boshqalar);  er-xotinning  nikoh  tuzishga  qadar  olgan  hadyalari
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining to’plami.  1991-1998. -Toshkent:  Sharq,  1999.  142-b.

(kelinning  sepi  va  hokazolar),  bu  buyumlardan  turmushda  birgalikda 
foydalanishdan  qat’i  nazar,  ulaming  birgalikdagi  umumiy  mulki  tarkibiga 
kirmaydi;  er-xotinning  biriga  nikohga qadar tegishli  bo'lgan  yoki  u  nikoh 
davomida  hadya  yoxud  meros  tarzida  olgan  ko'chmas  mol-mulk, 
jumladan,  uy-joy  nikoh  davomida  er-xotindan  birining  yoki  ikkalasining 
mablag'lari  hisobiga  kapital  ravishda  ta’mirlanganligi  yoki  qayta 
qurilganligi  sud  tomonidan  aniqlangan  taqdirdagina 
er-xotinning 
birgalikdagi umumiy mulki deb hisoblanishi mumkin.
Mahalla mulki. O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolaming o'zini 
o'zi boshqarish organlari to‘g ‘risida”lgi  14.04.1999 y.dagi  qonunining 23- 
moddasiga ko'ra, fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan 
qurilgan,  olingan  yoki  qonunda  belgilangan  tartibda  ularga  berilgan 
jamoat,  ijtimoiy-maishiy  va  boshqa  maqsaddagi  obyektlar,  shuningdek 
transport vositalari, xo'jalik anjomlari  va boshqa ko'char hamda ko'chmas 
mulk ulaming mulki hisoblanadi.
Fuqarolaming  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  o'z  mulki  bo'lgan 
obyektlami  vaqtinchalik  yoki  doimiy  foydalanish  uchun  yuridik  va 
jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda o'z 
tasarrufidan  chiqarishga,  shuningdek  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ushbu 
mol-mulk bilan bog'liq boshqa bitimlar tuzishga haqli.
Fuqarolar  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  faoliyatining  moliyaviy 
asosi  o'z  mablag'laridan,  xalq  deputatlari  tuman  va  shahar  Kengashlari 
tomonidan  belgilangan  tartibda  ajratiladigan  byudjet  mablag'laridan, 
yuridik  va jismoniy  shaxslaming  ixtiyoriy  xayr-ehsonlaridan,  shuningdek 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag'lardan tashkil topadi.
Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining moliyaviy mablag'lari 
bank muassasasidagi  mustaqil  hisobvaraqda  saqlanadi  hamda  belgilangan 
tartibda  ular  tomonidan  mustaqil  foydalaniladi  va  bu  mablag'laming  olib 
qo'yilishi  mumkin  emas.  Fuqarolar  yig'mining  kengashi  moliyaviy 
mablag'lardan foydalanilganligi to'g'risida yilning har choragida fuqarolar 
yig'ini oldida hisob beradi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling