To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat xo‘jaligi)  mulki


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat xo‘jaligi)  mulki.  Ma’lumki, 
bugungi  kunda  qishloq  xo'jaligi  va  qishloqdagi  mulkiy  munosabadami 
isloh  etishga  qaratilgan  ko'plab  qonunlar  mavjud  bo'lib,  ularda  bozor 
iqtisodiyoti  talablariga  javob  beradigan  shirkat,  fermer  va  dehqon 
xo'jaliklarini tashkil etish  va ulaming faoliyatini rivojlantirish uchun to'la 
huquqiy asoslar yaratilgan.
1  O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1999 yil, № 5 ,1 10-modda.
98

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Er  kodeksi,  “Qishloq  xo'jaligi 
kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  to'g'risida”,  “Fermer  xo'jaligi  to'g'risida”, 
“Dehqon  xo'jaligi  to'g'risida”  va  “Xo'jalik  yurituvchi  subyektlar 
faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to'g'risida”gi  Qonunlar  shular 
jumlasidandir.
Bu  huquqiy  hujjatlarning  bosh  maqsadi  qishloqda  chinakam 
mulkdorni,  yerga,  mulkka  hamda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotga  nisbatan 
haqiqiy egalik tuyg'usini shakllantirishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasining “Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat 
xo'jaligi)  to‘g ‘risida”‘gi  1998-yil  30-apreldagi  qonuniga muvofiq,  qishloq 
xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  tovar  qishloq  xo'jaligi  mahsuloti 
etishtirish  uchun  pay  usuliga  va  asosan  oila  (jamoa)  pudratiga, 
fuqarolaming  ixtiyoriy  ravishda  birlashishiga  asoslangan,  yuridik  shaxs 
huquqlariga  ega  mustaqil  xo'jalik  yurituvchi  subyekt  ekanligi  belgilab 
qo'yilgan.  Ular  faoliyatining  qonuniy  asoslari  tegishli  qonun  hujjatlari  va 
ustavi  bilan  tartibga  solinadi.  Ustav  qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat 
xo'jaligi)  faoliyatini  tartibga  soluvchi  asosiy  huquqiy  hujjatdir.  Qishloq 
xo'jaligi  kooperativining  (shirkat  xo'jaligining)  mustaqil  balansida  aks 
ettiriladigan  asosiy  jamg'armalar,  aylanma  mablag'lar  hamda  boshqa 
boyliklar shu kooperativning (shirkatning) mulki hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi kooperativi  (shirkat xo'jaligi)  tijoratchi  tashkilotlar 
sirasiga  kiradi  va  ular  tashkil  etilishining  umumiy  huquqiy  asoslari 
O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida  ham  belgilab 
qo'yilgan.  Kodeksning  42-moddasiga  binoan  yuridik  shaxs  mulkdor 
tomonidan yoki uning tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan tashkil 
etilishi  mumkin.  Uning  muassislari  bo'lib  mulkdor,  xo'jalik  yuritish  yoki 
operativ  boshqarishda  mol-mulki  bo'lgan  shaxslar,  tegishli  vakolat  olgan 
boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativining  (shirkat  xo'jaligining)  mol-mulki 
asosiy jamg'armalar qiymati,  etishtirgan  mahsuloti,  uni  sotishdan tushgan 
daromadlar  (foyda),  a’zolaming  pul  va  moddiy  badallari,  bank  kreditiari, 
qimmatli  qogozlar hisobidan hamda kooperativning  (shirkatning)  ustavida 
nazarda  tutilgan  boshqa  faoliyat  natijasida  va  qonunlarda  taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobidan hosil bo'ladi. Kooperativ (shirkat) mol-mulkini 
shakllantirishda yuridik hamda jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va 
moddiy badallar kiritish yo'li bilan ishtirok etishlari ham mumkin.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  tomonidan  tashkil 
etiladigan  korxonalar  va  tashkilotlaming 
mol-mulki, 
shuningdek
1 // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1998 yil, №5-6, 84-modda.
99

xo‘jaliklararo  korxonalar  va  tashkilotlaming  mol-mulki  ulaming  ulushli 
ishtirokiga muvofiq shu kooperativning (shirkatning) mulki hisoblanadi.
Mol-mulk  hamda  mulkiy  huquqlar  kooperativ  (shirkat)  xo'jaligi 
faoliyatining  iqtisodiy-moliyaviy  asosini  tashkil  qiladi  va  uning  yuridik 
shaxs  sifatidagi  eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir.  Kooperativ  (shirkat 
xo'jaligi)  mol-mulklari  asosini  uning  a’zolari  (paychilari)  tomonidan 
qo'shilgan pay badallari  tashkil  etadi  va ushbu badallar pul  shaklida ham, 
shuningdek natural shaklda ham bo'lishi mumkin.  Shuningdek, intellektual 
mulklar  (ixtirolar,  sanoat  namunalari,  foydali  modellar  va  hokazolar) 
shaklidagi badallar qo'shilishiga ham yo'l qo'yiladi.
Tarkibiga  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkat  xo'jaliklari), 
mulkchilikning  turli  shaklidagi  boshqa  korxonalar  va  tashkilotlar  kirgan 
uyushmalaming  mol-mulki  ulaming  umumiy  (ulushli)  mulki  hisoblanadi. 
Tarkibiga  faqat  kooperativlar  (shirkatlar)  kirgan  uyushmalaming  mol- 
mulki,  agar  uyushmalaming  ta’sis  hujjatlarida  yoki  qonun  hujjatlarida 
boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  shu  kooperativlarga 
(shirkatlarga)  umumiy  (ulushli)  mulk  huquqi  asosida  qarashli  bo'ladi. 
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  yuridik  va  jismoniy 
shaxslardan mol-mulkni  qonun hujjatlarida nazarda tutilgan  tartibda olish, 
ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativida  (shirkat  xo'jaligida)  umumiy  majlis 
qarori  bilan  quyidagilardan  tarkib  topadigan  ustav jamg'armasi  (kapitali) 
shakllantiriladi:
-pay jamg'armasi;
-tuproq  unumdorligini  oshirish  tadbirlarini  o'tkazish,  irrigatsiya 
inshootlarini saqlash, yangi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini loyihalash 
va  qurish,  texnika  olish,  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini 
rivojlantirish,  boshqa  umumiy  ijtimoiy  va  xo'jalik  vazifalarini  hal  etish 
uchun mo'ljallangan bo'linmas jamg'arma.
Mulkiy  pay  qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  har  bir 
a’zosining  kooperativ  (shirkat)  pay  jamg'armasi  qiymatidagi  ulushini 
belgilaydi  va  kooperativ  (shirkat)  a’zosiga  kooperativning  (shirkatning) 
yakuniy  daromadidan  (foydasidan)  dividendlar  tariqasida  tegishli  ulushni 
olish huquqini beradi.
Mulkiy  pay  miqdorini  aniqlash,  paylar  bo'yicha  dividendlar  to'lash 
tartibi,  shartlari  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.  Qishloq  xo'jaligi 
kooperativi  (shirkat xo'jaligi)  har bir a’zosi mulkiy payining  aniq miqdori 
kooperativning  (shirkatning)  a’zosiga  mol-mulkning  muayyan  ulushiga 
hamda  xo'jalik  oladigan  umumiy  daromadning  (foydaning)  tegishli
100

qismiga bo'lgan uning  huquqini  mustahkamlab  qo'yuvchi,  nomi  yozilgan 
guvohnoma berilgan holda kooperativning  (shirkatning)  yuqori boshqaruv 
organi qarori bilan belgilanadi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  daromadining 
(foydasining)  paylar  bo'yicha  dividendlar  to'lash  uchun  mo'ljallangan 
qismi  yil  yakunlariga  ko'ra  taqsimlanadi  va  mulkiy  payning  miqdoriga 
mutanosib ravishda to'lanadi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  a’zoligidan  chiqish 
fermer xo'jaligi yoki yangi qishloq xo'jaligi kooperativi  (shirkat xo'jaligi) 
tashkil  etish  maqsadida  amalga  oshirilgan  hollarda  mulkiy  paylar  qonun 
hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  a’zosining  mulkiy 
pay ini meros qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat uning 
qiymatidagi ifodasida amalga oshiriladi.
Har  bir  tadbirkor,  dehqon,  fermer  o'zining  buzilgan  huquqlarini 
tiklash,  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zarami  undirish  haqida, 
mansabdor  shaxslaming  noqonuniy  qarorlari  va  xatti-harakatlari  ustidan 
sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Tahlil  natijalariga  ko'ra,  dehqon  va  fermerlar  huquqiy  saviyasining 
etarli 
emasligi, 
joylarda 
huquqiy 
xizmatning 
yaxshi 
yo'lga 
qo'yilmaganligi, 
ta’minotchi, 
xizmat 
ko'rsatuvchi 
tashkilotlaming 
monopolistik  mavqega  ega  ekanligi,  dehqon  va  fermerlaming  ular  bilan 
munosabatlami 
buzmaslikka 
intilishlari, 
shartnomalaming 
sifatsiz 
tuzilayotganligi,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklari  uyushmalaming  o'z 
vazifalarini  lozim  darajada  bajarmayotganligi  dehqon  va  fermerlar  huquq 
va  manfaatlarini  himoya  qilishning  samaradorligini  oshirishni  talab 
etmoqda.
Shirkat,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklari  ishtirokidagi  xo'jalik 
nizolariga  oid  ishlami  ko'rishda  xo'jalik  sudlari  moddiy  va  protsessual 
qonun  talablariga  rioya  qilishdan  tashqari  dehqon  va  fermerlaming 
buzilgan huquqlarini himoya qilishning barcha huquqiy choralarini ko'rish 
maqsadga muvofiqdir.
2005-yil  8-noyabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
“Qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari)ni  fermer  xo'jaliklariga 
aylantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida”gi!  PQ-215-sonli  Qarori  qabul 
qilindi.  Unga ko'ra,  Respublikada fermer xo'jaliklarini jadal  rivojlantirish 
uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida,  shuningdek  zarar  ko'rib 
ishlayotgan,  past  rentabelli  va  istiqbolsiz  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 45-son, 339-modda.
101

(shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklariga  aylantirish Dasturiga muvofiq,  qishloq 
xo‘jaligida  iqtisodiy  islohotlami  chuqurlashtirish  bo'yicha  Respublika 
komissiyasining  O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vazirlar 
Kengashi  va  viloyatlar  hokimliklari  bilan  birgalikda  tayyorlangan  1- 
ilovaga  muvofiq,  zarar  ko'rib  ishlayotgan,  past  rentabelli  va  istiqbolsiz 
qishloq 
xo'jaligi 
kooperativlari 
(shirkatlari)ni 
2006-yilda 
fermer 
xo'jaliklariga aylantirish nazarda tutildi va butun mamlakat hududi bo'ylab 
428  ta  ana  shunday  shirkatni  o'z  ichiga  oldi.  2-ilovaga  muvofiq,  2006- 
yilda  qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
hududida ishlab  chiqarish va bozor infratuzilmasi  obyektlarini barpo  etish 
belgilandi.
Shuningdek, 
qishloq 
xo'jaligida 
iqtisodiy 
islohotlami 
chuqurlashtirish  bo'yicha  Respublika  komissiyasiga  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 
holda  qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
ro'yxatini  kengaytirish  bo'yicha  tegishli  o'zgartishlar  kiritish  huquqi 
berildi.
Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi raisi,  viloyatlar va 
tumanlar  hokimlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi, Fermer xo'jaliklari uyushmasi rahbarlari zimmasiga:
-belgilangan  ilovaga  muvofiq  ikki  oy  muddatda  qishloq  xo'jaligi 
kooperativlari 
(shirkatlari)ni 
fermer 
xo'jaliklariga 
aylantirishni 
O'zbekiston  Respublikasining  “Fermer  xo'jaligi  to'g'risida”gi  Qonuni 
talablariga to'la muvofiq tarzda amalga oshirilishi;
-fermer  xo'jaliklarini  tashkil  etishga  da’vogarlar  o'rtasida  ochiq  va 
oshkora  tanlovlar  o'tkazilishi,  g'oliblami  aniqlashda  xolislik  va 
haqqoniylik tamoyillari qat’iy ta’minlanishi;
-shirkat  xo'jaliklarini  tugatish  ishlari  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  o'z  vaqtida  va  to'liq  yakunlanishi  uchun  shaxsiy  javobgarlik 
yuklandi.
Shuningdek, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi, 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi 
va 
viloyatlar 
hokimliklari  bilan  birgalikda  “O'zdonmahsulot”  AK  bo'linmalari  bilan 
qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
o'rtasida  avval  tuzilgan  shartnomalarga  teng  hajmda  davlat  ehtiyojlari 
uchun  2006-yil  hosilidan  boshoqli  don  xarid  qilish  uchun  yangi  tashkil 
etilgan  fermer  xo'jaliklari  bilan  shartnomalar  imzolanishini  ta’minlash 
lozimligi belgilab qo'yildi.
102

Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari  mulki.  Bugungi 
kunda  0 ‘zbekiston  Respublikasida  aholiga  kommunal  xizmat  ko'rsatish 
tizimidagi  iqtisodiy  islohotlar  izchil  amalga  oshirilmoqda.  Zarur 
qonunchilik  va  normativ-huquqiy  baza  yaratilgan.  Xususiy  uy-joy 
mulkdorlarining shirkatlarini shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda.
Hozirda  xususiy  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarining  faoliyatida  qator 
jiddiy  kamchiliklar  va  hal  etilmagan  muammolar mavjud.  Viloyat,  shahar 
va  tuman  hokimliklari  tomonidan  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarini  zarur 
moddiy-texnika  bazasi,  shu  jumladan  ular  uchun  mo‘ljallangan  xonalar, 
moddiy  resurslar,  asbob-anjomlar  bilan  ta’minlashda  ularga  amaliy 
ko‘mak  va  yordam  ko'rsatish,  uylar  atrofidagi  yer  uchastkalarini  qonun 
yo‘li  bilan biriktirib  qo‘yish,  shuningdek zarur  aylanma mablag‘lar ajratib 
berish  borasidagi  ishlami  tashkil  etishga  e’tibor  berilmayapti.  Oqibatda 
ko‘pgina  xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari  uy-joylami  joriy 
hamda  kapital  ta’mirdan  chiqarish,  obodonlashtirish  ishlarini  o ‘z  vaqtida 
o'tkazish uchun etarlicha mablag‘ga ega emaslar.
Shu  ma’noda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002-yil  26- 
fevralda  “Uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarining  faoliyatini  rivojlantirish 
borasidagi  qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risida’^gi  PF-3038-sonli 
Farmoni  qabul  qilindi  (ushbu  Farmonga  08.02.2006-yildagi  PF-3718,
03.01.2007-yildagi  PF-3840-sonli  Farmonlar  bilan  qator  o'zgartishlar 
kiritildi. 
Shuningdek, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining
05.03.2007-yilgi  PF-3858-sonli  Farmoni  tahririda  mazkur  Farmon  nomi 
“Xususiy  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarining  faoliyatini  rivojlantirish 
borasidagi  qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risida”  deb  nomlandi).  Unga 
ko'ra,  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari  xizmatlar  ko'rsatishdan,  shu 
jumladan  ijaraga  topshirilgan  mulkdan  tushadigan  daromadlaridan  2007- 
yilga  qadar bo'lgan  davrda barcha  turdagi  soliqlar va byudjetga  yig'imlar 
to'lashdan  ozod  qilinishi,  buning  natijasida  bo'shaydigan mablag'lar  aniq 
maqsadni  ko'zlagan  holda  o'z  aylanma  mablag'larini  to'ldirishga,  uy-joy 
mulkdorlari  shirkatlarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlashga, 
uy-joy 
binolarini 
hamda 
uylaming 
ichidagi 
muhandislik 
kommunikatsiyalarini 
ta’mirlash, 
hududni 
obodonlashtirishga 
yo'naltirilishi belgilandi.
2006-yil  3-aprelda  “Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari 
to'g'risida”  gi  Qonunida  xususiy  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarining 
huquqiy  maqomi  belgilab  qo'yilgan.  Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining
1 // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 yil,  11-son, 95-modda.
2 //O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, № 4 ,158-modda.
103

shirkati  yuridik  shaxs  hisoblani'b,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
uy-joy mulkdorlarining uydan foydalanishni, uning  saqlanishini birgalikda 
boshqarish  va  ta’minlash,  umumiy  foydalanishdagi  obyektlarga  egalik 
qilish va ulardan foydalanish shartlari tartibini aniqlash, umumiy mulkdagi 
mol-mulkning 
lozim 
darajadagi 
holatini 
ta’minlash  maqsadidagi 
birlashmasi hisoblanadi.
Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkati  notijorat  tashkilot  bo‘lib, 
bitta  yoki  yaqin,  zich joylashgan,  umumiy  yer  uchastkasi  va  infratuzilma 
elementlari  bir bo'lgan  bir nechta uyda yoxud uyning boshqa  qismlaridan 
alohida  kirish joyi  bo'lgan,  kamida  bitta  blok-seksiya  hajmidagi  mustaqil 
qismida turar joy mulkdorlaridan kamida yarmining xohishiga ko'ra, ta’sis 
majlisining qarori bilan tashkil etiladi.
Uyning  bittadan  ortiq  mulkdorga  xizmat  ko'rsatuvchi  umumiy 
joylari,  kvartiralar  oralig'idagi  ihotalangan  (o'ralma)  pillapoyalar, 
zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar. daxlizlar,  texnik 
qavatlar,  tayanch  va  to'siq  konstruksiyalar,  kvartira  tashqarisida  yoki 
ichida  joylashgan  va  bittadan  ortiq  kvartiraga  xizmat  ko'rsatadigan 
mexanik,  elektr,  sanitariya-texnika qurilmalari  va boshqa qurilmalar,  bino 
atrofidagi  ko'kalamzorlashtirish  va  obodonlashtirish  elementlarini  ham 
qamrab  olgan  yer  uchastkalari,  shuningdek  shirkat  ko'chmas  mulkining 
yagona  kompleksiga  xizmat  ko'rsatishga  va  uni  saqlashga  mo'ljallangan 
boshqa mol-mulk shirkatdagi umumiy mol-mulk hisoblanadi.
Shirkat  a’zosi  umumiy  mol-mulkni  saqlash  va  ta’mirlash  bo'yicha 
xarajatlarda  uyning  umumiy  maydonidagi  o'ziga  tegishli  bo'lgan  kvartira 
maydoni  ulushiga mutanosib  tarzda ishtirok etadi.  Mulkdor o'ziga tegishli 
xonalardan  foydalanmaganligi  yoxud  umumiy  mol-mulkka  egalik 
qilishdan,  undan foydalanishdan voz kechganligi uni  umumiy mol-mulkni 
saqlash  va  ta’mirlashga  doir  umumiy  xarajatlarda  ishtirok  etishdan 
butunlay yoki qisman ozod etish uchun asos bo'lmaydi.
Shirkatning ko'p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan 
joylaming  mulkdorlari  hamda  shirkat  uylari  atrofidagi  yer  uchastkalarida 
joylashgan,  alohida  turgan  obyektlaming  mulkdorlari  bilan  munosabatlari 
qonun  hujjatlari  bilan  hamda  ular  o'rtasida  tuzilgan  bitim  bilan  tartibga 
solinadi.
Xo'jalik  shirkatlari  mulki  -   xususiy  mulk  sifatida.  O'zbekiston 
Respublikasining  “Xo'jalik  shirkatlari  to‘g ‘risida”'gi 
2001 -yil  6- 
dekabrdagi 
qonunining 
3-moddasiga 
ko'ra, 
muassislaming 
(ishtirokchilaming) ulushlariga (hissalariga) bo'lingan ustav fondiga (ustav
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, №1, 8-modda.
104

kapitaliga)  ega  bo'lgan  tijorat  tashkiloti  xo'jalik  shirkati  hisoblanadi, 
bunday  shirkatda muassislar (ishtirokchilar)  yoki  ulardan  ayrimlari  shirkat 
nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo'jalik  shirkati  yuridik  shaxs  hisoblanib,  o'zining  mustaqil 
balansida  hisobga  olinadigan  alohida  mol-mulkiga  ega  bo'ladi,  o'z 
nomidan  huquqlami  olishi,  majburiyatlarga  ega  bo'lishi,  sudda  da’vogar 
va  javobgar  bo'lishi  mumkin  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  har 
qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Odatda,  xo'jalik  shirkati  to'liq  shirkat  yoki  kommandit  shirkat 
shaklida  tuziladi.  Ishtirokchilari  (to'liq  sheriklari)  o'z  o'rtalarida  tuzilgan 
shartnomaga  muvofiq  shirkat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 
shug'ullanadigan  hamda  uning  majburiyatlari  bo'yicha  o'zlariga  qarashli 
butun  mol-mulk  bilan  javob  beradigan  shirkat  to'liq  shirkat  deb 
hisoblanadi.  SHaxs  faqat  bitta  to'liq  shirkatning  ishtirokchisi  bo'lishi 
mumkin.
Shirkat ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  miqdori  shirkatni  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazish  uchun  hujjatlami  taqdim  etish  sanasidagi  holatga 
ko'ra  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  oylik  ish  haqining  ellik 
baravaridan kam bo'lmasligi kerak.
Shirkat ishtirokchisining  shirkat  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi) 
ulushining  miqdori  foizlarda  yoki  kasr  ko'rinishida  belgilanadi.  SHirkat 
ishtirokchisi  ulushining  miqdori  uning  ulushining  nominal  qiymati  bilan 
shirkat  ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  o'zaro  nisbatiga  muvofiq 
bo'lishi lozim.
Shirkat  ishtirokchisi  ulushining  haqiqiy  qiymati  shirkat  sof aktivlari 
qiymatining  uning  shirkat  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushi 
miqdoriga mutanosib bo'lgan bir qismiga mos bo'ladi.
Shirkat davlat ro'yxatidan  o'tkaziladigan  paytga  qadar uning  har  bir 
ishtirokchisi o'z hissasining kamida o'ttiz foizini shirkatning ustav fondiga 
(ustav  kapitaliga)  kiritishi  shart.  hissaning  qolgan  qismi  ta’sis 
shartnomasida  ko'rsatilgan  muddatda  kiritilishi  lozim  bo'lib,  bu  muddat 
shirkat  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  e’tiboran  bir  yildan 
oshmasligi kerak.
Pul,  qimmadi  qog'ozlar,  boshqa  ashyolar  yoki  mulkiy  huquqlar 
yoxud  pul  bahosiga  ega  bo'lgan  boshqa  shaxsga  o'tkaziladigan  o'zga 
huquqlar  ishtirokchilaming  shirkat  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
qo'shadigan  hamda  shirkatga  qabul  qilinadigan  uchinchi  shaxslaming 
hissalari bo'lishi mumkin.
105

Shirkatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  pulsiz  hissasining  pul 
hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan 
qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan 
tasdiqlanadi.
Shirkatga  tegishli  mol-mulk  unga  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat o ‘tguniga qadar mol-mulkdan 
foydalanish  huquqi  tugatilgan  taqdirda,  shirkatning  mol-mulkni  bergan 
ishtirokchisi  shirkatning  talabiga  binoan  unga  shunday  mol-mulkdan 
shunga  o'xshash  sharoitlarda  qolgan  muddat  mobaynida  foydalanganlik 
uchun to ‘lanadigan haqqa teng pul tovoni  to'lashi  shart.  Pul tovoni  shirkat 
tomonidan  uni  berish  talabnomasi  taqdim  etilganidan  e’tiboran,  agar 
shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tovon to ‘lashning 
boshqacha  tartibi  belgilangan  bo'lmasa,  bir  oy  ichida  bir  yo‘la  to‘lanishi 
kerak.  Bunday  qaror  shirkatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa 
sifatida  mol-mulkdan  foydalanish  huquqini  bergan  va  bu  huquq 
muddatidan  ilgari  tugatilgan  shirkat  ishtirokchisining  ovozini  hisobga 
olmagan  holda  shirkat  ishtirokchilarining  umumiy  yig'ilishi  tomonidan 
qabul qilinadi.
Shirkat  ishtirokchisi  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  sifatida 
shirkatga  foydalanish  uchun  berib  qo‘ygan  mol-mulkdan  foydalanish 
huquqining  muddatidan  ilgari  tugatilganligi  uchun  shirkat  ishtirokchisi 
tomonidan  tovon  to‘lashning  boshqacha  tartibi  ta’sis  shartnomasida 
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
Shirkatdan  chiqarilgan  yoki  undan  chiqib  ketgan  ishtirokchi 
tomonidan  shirkatga  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  sifatida 
foydalanishga  berilgan  mol-mulk,  agar  ta’sis  shartnomasida  boshqacha 
qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  u  qancha  muddatga  berilgan  bo'lsa, 
shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.
Shirkat  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  shirkatning  mol-mulki 
hisobiga  ko'paytirish  to'g'risidagi  qaror  shunday  qaror  qabul  qilingan 
yildan  oldingi  yil  uchun  shirkatning  buxgalteriya  hisoboti  ma’lumotlari 
asosidagina  qabul  qilinishi  mumkin.  Bunda  ustav  fondi  (ustav  kapitali) 
shirkatning  mol-mulki  hisobiga  ko'paytiriladigan  summa  shirkat  sof 
aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) summasi o'rtasidagi 
farqdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Shirkatning  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ushbu  moddaga  muvofiq 
ko'paytirilganda  shirkat  barcha  ishtirokchilari  ulushlarining  miqdorlari 
o'zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda 
ko'payadi.
106

Xo'jalik  shirkatining  yana  bir  shakli  bu  kommandit  shirkat 
hisoblanadi.  Shirkat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiradigan 
hamda  shirkatning majburiyatlari bo'yicha o'zlarining  butun mol-mulklari 
bilan  javob  beradigan  ishtirokchilar  (to'liq  sheriklar)  bilan  bir  qatorda 
shirkat  faoliyati  bilan  bog'liq  zararlar  uchun  o'zlari  qo'shgan  hissalar 
doirasida  javobgar  bo'ladigan  hamda  shirkat  tomonidan  tadbirkorlik 
faoliyatini  amalga  oshirishda  ishtirok  etmaydigan  bir  yoki  bir  necha 
ishtirokchi  (hissa  qo'shuvchi,  kommanditchi)  mavjud  bo'lsa,  bunday 
shirkat  kommandit  shirkat  deb  hisoblanadi.  To'liq  shirkat  ishtirokchisi 
kommandit  shirkatda to'liq  sherik bo'la olmaydi.  Shuningdek,  kommandit 
shirkatdagi  to'liq  sherik  o'sha  shirkatning  o'zida  hissa  qo'shuvchi  va 
boshqa to'liq shirkatda ishtirokchi bo'lishi mumkin emas.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling