To’garagi dars ishlanmalari


Download 398.5 Kb.
bet1/2
Sana31.10.2020
Hajmi398.5 Kb.
#139064
  1   2
Bog'liq
2-SINF ONA TILIDAN TO'GARAK





To’garagi

dars ishlanmalari

Sana--------------------------------------------------------

1-mashg’ulot


Mavzu:Gap va so‘z.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Gap, so’z.

Soatlar soni: 1 soat



Mavzuning qisqacha tarifi: So’z, gap, gapning turlari haqida ma’lumot berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod :suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:Darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.

Mashg’ulotning maqsadi

Maqsadlar:

Talimiy: O'z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish, gapni so'zlarga bo'lish, so'zlardan gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir mashg’ulotda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.



Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.


Mashg’ulotning texnologik xaritasi

T|r

Mashg’ulot bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Gap va so’z

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarliklarini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:

O'qituvchi so'z, gap tuzish kartoniga ona, Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan so'zlarini qo'yadi, bolalar o'qiydilar.

— Siz nimalarni o'qidingiz? (So'zlarni).

— Shu so'zlardan gap tuzing.

O'qituvchi (yoki o'quvchi) so'zlarni gap tartibida qo'yib chiqadi. O'quvchilar o'qiydilar.

— Gap yozilganini ko'rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo'yamiz).

— Gapni yozish uchun har bir harfni to'g'ri yozish, harflarni o'zaro qo'shishni bilish zarur. (O'qituvchi gapni yozadi: Biz ona Vatanimizni jondan sevamiz.)

Bolalar har bir so'zni bo'g'inlab qayta o'qiydilar va bo'g'inlab o'qib yozadilar. Yozib bo'lgach, uni tekshiradilar. O'qituvchi to'g'ri yozgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.

O'quvchilar «Gap nimalardan tuziladi?» so'rog'iga javob beradilar: «Gap so'zlardan tuziladi».

IV. Mashg’ulotni mustahkamlash.

Rasmga qarab hikoya tuzish. I- mashq.

— Mashq topshirig'ini o'qing. Mening savollarimga javob berishga tayyorlaning.

— Rasmda qaysi xona tasvirlangan?

— Sinf xonasi qanday ko'rinishga ega ekan?

— O'quvchilar nima qilyaptilar?

— O'qituvchi nima qilyapti?

— O'quvchilarning kayfiyati qanday?

— Mana shu aytganlarimizning hammasini bir so'z bilan nima deb ataymiz? (Nutq.)

— Nutq necha xil bo'lar edi? (Og'zaki va yozma.)

— Nutq nimalardan tashkil topadi? (Gaplardan.)

— Gaplar-chi? (So'zlardan.)

— Demak, biz fikrimizni aytish uchun gaplardan foydalandik. Agar so'zlarni bir-biriga bog'iamasdan alohida aytsak fikrimizni tushuntira olamizmi? (Yo'q.) (So'z va gap o'rtasidagi farq qisqacha tusluintiriladi.) Gap fikr bildiradi, xabarberadi; so'z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi.

— Gap qanday harf bilan boshlanadi?

— Oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

Demak, fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Gaplar yig'ilib, nutqni tashkil etar ekan.

V.Mashg’ulot yakuni:

Mashg’ulot umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa: Berilgan mashqni bajarish

Ko’rildi: MMIBDO’

Sana___________

2-mashg’ulot



Mavzu:Tovushlar va harflar.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Tovush, harf.

Soatlar soni: 1 soat



Mavzuning qisqacha ta’rifi: Tovushlar va harflar haqida ma’lumot berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod :suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:Darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.

Mashg’ulotning maqsadi

Maqsadlar:

Talimiy: O'quvchilarda tovush va harfni aniqlash ko'nikmasini o'stirish; tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati haqidagi boshlang'ich tasawurni shakllantirish, so'zlarni taqqoslay olishga o'rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga estetik tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarda tovush va harfni aniqlash ko'nikmasini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir mashg’ulotda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.



Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.


Mashg’ulotning texnologik xaritasi


T|r

Mashg’ulot bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Tovushlar va harflar

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa



I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarliklarini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

— Nechta gap yozdingiz? Q'qing. Har bir gap oxirida to'xtam (pauza) qiling. (O'quvchilar vazifani bajaradilar.)

— Gapni to'g'ri yozish uchun qaysi qoidani bilish zarur? (Bu haqdagi qoidani Darslikdan o'qish mumkin.)

III.Yangi mavzu bayoni:

Tovushlar va harflarning xususiyatlari yuzasidan kuzatish. Yozilgan va aytilgan so'zlarni taqqoslash.


1. O'quvchilar Darslikdan savolni va ungajavobni o'qiydilar.

O'qituvchi «Aytgan maqolimning mazmuniga mos so'zlarni topib aytasiz» topshirig'ini berib, «Ko'p o'qigan —...» deydi; o'quvchilar ko'p biladi javobini aytadilar.

Suhbat davom etadi:

— Siz eshitgan yoki o'zingiz talaffuz qilgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.) Biladi so'zidagi tovushlarni tartibi bilan ayting. Biz so'zni yozishda nimalardan foydalanamiz? (Harflardan.) Tovushlarni yozuvda ifodalaydigan belgi nima deb ataladi? (Harf.) Maqolni yozing.

— Tovush bilan harfni taqqoslang. Tovushni nima qilamiz? Harfni-chi? — so'raydi o'qituvchi. (Tovushni eshitamiz va talaffuz qilamiz; harfni ko'ramiz va yozamiz. Harf — tovushning belgisi.)

IV. Mashg’ulotni mustahkamlash.

Ko'rish — eshitish diktanti.

O'qituvchi doskaga tinchlik, uy, vatan so'zlarini yozadi va so'raydi:

— Har bir yozilgan so'z nimalardan tuzilgan? (Harflardan.) Biz talaffuz qilgan yoki eshitgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.)

Tinchlik, uy, vatan so'zlari aytib turib yozdiriladi.

IV. Tovushlarning so 'z ma 'nosini farqlashdagi ahamiyatini kuzatish.

— Bu mashg’ulotda nimalarni bilib oldingiz?



V.Mashg’ulot yakuni:

Mashg’ulot umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa: Berilgan mashqni bajarish

Ko’rildi: MMIBDO’

Sana---------------------------------------------------------------
3-mashg’ulot


Mavzu:Unli tovushlar va harflar.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Unli tovushlar, harflar.

Soatlar soni: 1 soat



Mavzuning qisqacha ta’rifi: Unli tovushlar va harflar haqida ma’lumot berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod :suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:Darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.

Mashg’ulotning maqsadi

Maqsadlar:

Talimiy: Unli va undosh tovushlar haqidagi o'quvchilar tasavvurini aniqlash, so'zlar talaffuzini kuzatish va ularni tovush tomonidan tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish.

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir mashg’ulotda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.



Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.


Mashg’ulotning texnologik xaritasi


T|r

Mashg’ulot bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Unli tovushlar va harflar

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa


I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarliklarini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

— Qanday vazifani bajardingiz? So'zlarni ikkitadan o'qing va shu so'zlarni farqlagan harflarni ayting.

II. Oyin: «So'zni toping».

1. Shirmoy no...

Shirin no...

2. Ko'm-ko'k may...a.

Sayroqi may...a .

3. Katta makt...b.

Mazmunli makt...b.

4. Oltin k...z.

Qora k...z.

O'quvchilar non—nok, maysa—mayna, maktab—maktub, kuz—ko'z so'zlarini yozadilar.



III.Yangi mavzu bayoni:

— Unli tovushni undosh tovushdan qanday ajratamiz? degan savol beriladi. O'quvchilar bilganlaricha javob berishga harakat qiladilar so'ngra quyidagi topshiriqlarni bajaradilar, so'roqlarga javob beradilar.

— Avval a, o, i, u, o\ e tovushlarini talaffuz qiling. Shu tovushlarni talaffuz qilganingizda havo og'izda to'siqqa uchradimi yoki erkin o'tdimi? (Erkin o'tdi.) Talaffuz qilganimizda havo og'izda to'siqqa uchraniay erkin o'tadigan va ovoz eshitiladigan tovushning nomi nima? (Unli tovush.) Unli tovush haqida yana nimalarni bilasiz? Bo'g'in hosil qiladimi? (Unli tovush bo'g'in hosil qiladi.) Unli tovush bo'g'in hosil qilgan so'z ayting. (O-na, a-na, u-ka.)

IV. Mashg’ulotni mustahkamlash.

16—17- mashqlarni bajarish.

VI. O'yin: «Men o'ylagan so'zni topib ayting».

Doskaga o, a tovushlari yozilgan. Topadigan so'zingiz qarindoshlikni bildiradi, uch tovushdan tuzilgan. (Ona, opa, ota, aka.)

VII. Unli tovushlar haqidagi bilimlarni umumlashtirish.



V.Mashg’ulot yakuni:

Mashg’ulot umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa: Berilgan mashqni bajarish
Ko’rildi: MMIBDO’

Sana---------------------------------------------------------------

4-mashg’ulot


Mavzu:A va o unlilari.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:A va o unlilari.

Soatlar soni: 1 soat



Mavzuning qisqacha ta’rifi: A va o unlilari haqida ma’lumot berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod :suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:Darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.

Mashg’ulotning maqsadi

Maqsadlar:

Talimiy: A va o unli tovushlarni alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish; shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilar qalbida tabiatga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir mashg’ulotda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.



Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.


Mashg’ulotning texnologik xaritasi


T|r

Mashg’ulot bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

A va o unlilari

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa


Download 398.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling