Tog'ay qo'ima suyak to'qima
Download 41.5 Kb.
|
TOG\'AY QO\'IMA SUYAK TO\'QIMA
TOG'AY QO'IMA SUYAK TO'QIMA Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikjsrudan tashkH topgan bo'lib ikki qismga bo'linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari (2- rasm). Miya qutisi suyaklariga: peshomi - I, tepa - 2, chakka - 2, ensa - I, asosiy - I, g'alvirsimon - 1 ta suyaklar kiradi. Yuz suyaklariga: yuqorigi jag' - 2, yonoq - 2, burun - 2, ko'zyosh - 2, pastki burun chanog'i - 2, tanglay - 2, pastki jag' - 1, dimog' - I, til osti - I ta suyaklar kiradi.Pastki jag' va chakka suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma-xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega bo'ladi. Yuqorida aytilganidek, yosh bolalarda bosh suyagi 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biri bilan suyak chok¬lari yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 2-3 oyligi¬dan boshlab, u voyaga yetguncha davom etadi. Tana skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi. Umurtqa pog'onasi 33-34 umurtqaning birikishidan hosil bo'lib, uzunligi odamning bo'yiga qarab 70-90 sm gacha bo'la¬di. Umurtqa pog'onasi odam skeletining markaziy qismi bo'lib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi. Umurtqa pog'onasi 5 qismdan iborat: bo'yin - 7, ko'krak - 12, bel - 5, dumg'aza - 5 va dum - 4-5 ta umurtqadan tashkil topgan (3- rasm). Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo'lib, oldingi - tana qismi yo'g'onlashgan, orqa qismi ingichka yoysimon bo'ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo'shilib umurtqa teshigini hosil qiJadi. Umurtqalarning orasida tog'aydan iborat umurtqa oraliq dis¬klar bo'ladi. Umurtqalarning bir-biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog'onasi kanali hosil bo'ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi. Ko'krak qafasi suyaklariga 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovurg'alar va to'sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida ko'krak qafasi hosil bo'lib, unda odam hayoti uchun muhim bo'lgan ichki organlar joylashadi. Qovurg'alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko'krak umurt¬qalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg'alar de¬yilib, oldingi tomondan to'sh suyagining yon tomoniga o'zining tog'aylari yordamida bevosita birikadi. Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg'a deyilib, bular bir-biri bilan tog'ay yordamida o'za¬ra, so'ngra esa 7- qovurg'aning tog'ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11-12- qovurg'alar) oldingi tomondan to'sh suyagiga birikmay, qorin muskullari orasida Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling