To’g’ri /Noto’g’ri deb bilganingizga +


Download 264.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2020
Hajmi264.15 Kb.
#145120
Bog'liq
1-topshiriq


Hurmatli  talaba!  “Hozirgi  adabiy  jarayon”  fanining  maqsadi,  vazifa  bilan 

tanishdingiz.  Anglaganlaringiz  asosida  jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlarni 



To’g’ri

/Noto’g’ri

 

deb bilganingizga 



+

 ichorasini qo’ying. 



T/r 

Mavzu yuzasidan ma’lumot 

To’g’ri  Noto’g’ri 

“Hozirgi  adabiy  jarayon”  fani  o‘zbek  adabiyotiga  tegishli  bo‘lgan  xalq 

vakillarining  ijodi,  ular  yaratgan  asarlar  badiiyati,  ularning  kelib  chiqishi 

tarixi,  genezisi,  bir  birlaridan  farqli  tomonlari,  hozirgi  davr  o‘zbek 

adabiyotining yutuq va muammolari, ijodkorlarning o‘ziga xos uslubi kabilar 

to‘g‘risida ma’lumot beradi. 

 

 



Hozirgi  adabiy  jarayon  bilan  tanishish,  badiiy  asarlarni  tahlil  qilish,  badiiy  

matnni  talqin  qilish,  boshqa  xalqlar  yaratgan    asarlarga  qiyoslash,  ular 

yaratgan  asarlar  badiiyatini  ilmiy  asarlar  asosida  o‘rganish,  umuman, 

talabalarda  ilmiy-estetik  tafakkurni  shakllantirish  –  Adabiyotshunoslik 

nazariyasi fanining maqsadi sanaladi.  

 

 



“Hozirgi  adabiy  jarayon”  fani  adabiyot  nazariyasi,  jahon  adabiyoti  tarixi, 

estetika,  milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar,  san’at 

sosiologiyasi,  psixologiya,  falsafa  fanlarida  o’rganiladigan  muammolarning 

umumiyligi bilan bir-biriga bog’langan. 

 

 



XX  asr  oxiri  –  XXI  asr  boshlaridagi  oʻzbek  adabiyoti  ushbu  davrda  yuz 

bergan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy  hayotdagi  oʻzgarishlarni  aks  ettiradi. 

Bugungi  kun  adabiyotshunos  olimlari  va  tanqidchilari  oʻzbek  adabiyoti 

rivojida  yuz  berayotgan  oʻzgarishlarni  anglab  yetishga  va  ularga  munosib 

baho berishga urinmoqdalar.

 

 

 



Adabiyotshunos N.Rahimjonov ilgari surgan paradigma inʼikos nazariyasiga 

va  ijtimoiy-madaniy  hamda  adabiy  tafakkurning  rivojlanishida  ong 

kategoriyasining 

roliga 

asoslanadi. 



Tadqiqotchi 

yozish 


uslubi 

rivojlanishining  asosiy  yoʻnalishlarini  nasrning  janr  prinsipiga  asosan 

boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi: 

1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, 

maʼnaviy,  oilaviy  masalalarga  eʼtiborning  kuchayishi;  3)  insonparvarlik 

mazmuni  va  psixologizmning  chuqurlashuvi;  4)  oʻzbek  xalqining  oʻzligini 

tanishi  va  mentaliteti  masalalariga  murojaat  etilishi;  5)  hayot  mazmunini 

falsafiy mushohada etish. 

 

 



Abduqayum  Yoʻldoshning  “Bankir”,  “Puankare”,  Hakim  Sattoriyning 

“Sogʻinch”, Shodmon Otabekning “Agar oshiqligim aytsam…” kabi asarlar 

realizm  pozitsiyasi  kuchli  bo’lganligi  uchun  jamoatchilik  eʼtiboriga  hamda 

tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻldi

 

 

 



Adabiy jarayondagi asosiy tamoyillar yuzasidan chuqur bilim berish, adabiy 

jarayondagi  epik,  lirik,  dramatik  asarlarning  hozirgi  davr  bilan  bog’liq 

qirralari,  xususan,  milliy  istiqlol  g‘oyalariga  daxldor  jihatlarni  talabalarga 

tushuntirish,  bu  haqida  tushunchga  ega  bo‘lishini  ta’minlash  –  “Hozirgi 

adabiy jarayon” fanini o‘qitishning asosiy maqsadidir. 

 

 



Ushbu topshiriqni bajarish sizga qiyinchilikka duch keldingiz. 

 

 



 

Download 264.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling