Toifalash jadvali davlat moliyasi tarkibi


Download 21.42 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi21.42 Kb.
#137827
Bog'liq
Davlat byudjeti Maxmudov M.K.


TOIFALASH JADVALI

DAVLAT MOLIYASI TARKIBI

Davlat byudjeti

Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari

Davlat korxonalari moliyasi

Davlat krediti

Davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetilari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.

Deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi. Parlament quyi palatasiga kiritilgan 2020 yilga mo‘ljallangan Byudjetnomani tasdiqlashda yangi amaliyot hayotga tatbiq etilmoqda va Oliy Majlis tomonidan birinchi marta Davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinmoqda. Ya’ni “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tartiblari belgilanmoqda. Yig‘ilishda qayd etilganidek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,5 foiz (2021 yilda 5,8 foiz, 2022 yilda 6,2 foiz) miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 6,5 foiz, qurilishda 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz va xizmatlar sohasida 5,6 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti hamda import 8 foiz o‘sadi. 2020 yilga mo‘ljallangan Byudjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi bilan byudjet mablag‘larini rejalashtirish samaradorligini, ulardan foydalanish natijadorligini oshirishga hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Byudjetni rejalashtirishning barqarorligini oshirish maqsadida prognoz yili uchun Davlat byudjeti va keyingi ikki yilga mo‘ljallangan byudjet yo‘nalishlarini tasdiqlash yo‘li bilan o‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetni rejalashtirish taklif qilinmoqda. 2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 653,5 trillion so‘mni, Davlat byudjeti daromadlarining tushumi 128,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 19,6 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinib, bu alohida sohalar rivojiga maqsadli xarajatlarni oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni ta’minlaydi. 2020 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 131,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 50,3 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 24 foiz ko‘payadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 5,2 trillion so‘m, umumiy ta’limga 20,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,9 trillion so‘mni tashkil etadi. Sog‘liqni saqlashga 14,8 trillion so‘m, madaniyat va sportni moliyalashtirish uchun 2,3 trillion so‘m, ilm-fanga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 27 foiz oshgan holda 6,6 trillion so‘mni tashkil etadi.


Davlat maqsadli fondlarini tashkil etishning zaruriyati aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta’minoti), kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini hisobga olib, imtiyozlar va afzalliklar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam, oziq-ovqat, yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta’minlanadi.

Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;

Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi;

O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi.


Davlat korxonalar moliyasini tashkil qilishda korxonalar faoliyatining tarmoq hususiyatlari ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Korxonalar moliyasi – xo‘jalik subyektlarining pul daromadlari va

jamg‘armalarini tashkil qilish va taqsimlash, ulardan moliyaviy majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarishni kengaytirish, xodimlar uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari tizimidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari tijorat hisobi asosida ish yuritadilar. Tijorat hisobi – xo‘jalik faoliyati davomida amalga oshirilgan xarajatlarni va faoliyat natijalarini pul shaklida solishtirishga asoslangan xo‘jalik yuritish usuli bo‘lib, uning maqsadi eng kam xarajat qilib maksimum darajada foyda olish hisoblanadi. Tijorat hisobi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va kengaytirish maqsadida so‘zsiz foyda olish va yetarli rentabellik darajasiga erishishni nazarda tutadi.

Tijorat siri – korxona uchun o‘zining raqobatchilari oldida ustunlikka erishish va maksimum foyda olish uchun xizmat qiladigan har qanday konfidensial boshqaruv, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, savdo, moliyaviy va boshqa turdagi axborot. Tijorat hisobi asosida va tijorat sirining ta’siri sharoitida xo‘jalik faoliyatini yuritish korxonalar moliyasini tashkil qilishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligiga uning moliyaviy resurslari harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi.

Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy menejment uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejalashtirish kabi vositalardan foydalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari mohiyatini o‘rganish va ularning yanada samaraliroq harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega.


Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi.

Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag‘larni qarz oluvchi bo‘lib hisoblanadi.

Davlat krediti boshqa moliyaviy kategoriyalardan o‘zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

• agar bank kreditini taqdim etishda ta'minlanganlik elementi sifatida konkret boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa shunga o‘xshashlar – maydonga chiqadigan bo‘lsa, davlat tomonidan mablag‘lar qarzga olinayotganda uning egaligida bo‘lgan barcha mol-mulk, ma'lum bir hududiy birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta'minlanganlik elementi bo‘lishi mumkin;

• Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli xarakterga ega bo‘lmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag‘lar aniq ifodalangan maqsadli xarakterga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, yangi yo‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarziy mablag‘lar ana shunday xarakterga egadir ;

• har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag‘larni oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat kreditining aniq shartlarida o‘z ifodasini topadi.

Davlat kreditining mazmun-mohiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Moliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi:

• taqsimlash;

• tartibga solish;

• nazorat.

Davlat krediti orqali davlat kredit munosabatlariga kirishaturib, u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta'sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.

Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko‘ra klasssifikasiya qilinadi:

1) emitentlar bo‘yicha:

• markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

• hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

2) joylashtirilish joyiga qarab:

• ichki qarzlar;

• tashqi qarzlar.

3) bozorda muomala qilishiga (aylanishiga) qarab:

• bozorli qarzlar;



• nobozorli qarzlar.

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling