Toksik moddalarning xususiyatlari


Download 155.81 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi155.81 Kb.
#1592111
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Toksik m-WPS Office



Mavzu: Toksik moddalar

Reja: 1) Toksik moddalarning xususiyatlari; 2) Toksik moddalarning organizmga tushish yoʻllari; 3) Umumiy zaharlash taʼsiriga ega boʻlgan zaharli moddalar.


1. Toksik moddalarning xususiyatlari


Toksik ko’rinishlarni yuzaga chiqishi zaharli moddalarning toksiklik retseptorlariga yuqori kontsentratsiyaga etib borishi va uning tezligiga bog`liq bo’ladi. Ushbu holda jabrlangan organizm detoksikatsiyaning barcha yo’llari va usullarini ishga soladi. Zaharli moddaning organizm bilan munosabati toksik agentning xususiyatlariga, aniq toksik muhitga va jabrlanuvchiga bog`liq bo’ladi. Bu holatda jabrlanuvchining ichki omillari va kimyoviy travmaning shakllanish reaktsiyasiga ta`sir ko’rsatadigan tashqi omillarni alohida takidlash kerak. Zaharlanishning rivojlanishi aniqlovchi omillar tasnifi. Zaharlanishning ko’rinishlariga ta`sir qiladigan asosiy (ichki) va qo’shimcha (tashqi) omillar faqat shartli ravishda bo’lib, qo’shimcha omillar zaharning fizik-kimyoviy va toksiklik darashalariga ahamiyatli bo’lmasada, kasallikning kechishiga va klinik ko’rinishlariga ma`lum darajada ta`sir ko’rsatadi. Klinik amaliyotda keng ishlatiladigan, misol uchun rengenologiyada qo’llaniladigan bariy sulfat to’zi umuman zaharsiz. Lekin boshqa barcha suvda eriydigan bariy tuzlari o’ta zaharli xisoblanadi.
1. Zaharga tegishli bo’lgan asosiy omillar:
A. Fizik-kimyoviy xususiyatlar
B. Biomuhitdagi toksik miqdor va kontsentratsiya
V. Toksiklik retseptorlari bilan aloqaning harakteri
G. Biomuhitda tarqalishning o’ziga xosligi
D. Kimyoviy tozaligi va aralashmalar darajasi
E. Saqlash sharoitidagi donmiylik va o’zgarishi xususiyatlari.

2. Aniq toksik sharoitga tegishli bo’lgan qo’shimcha omillar.
A. Organizmga tushish usuli, turi va tezligi
B. Zaharlarga o’rganib qolish va kumulyatsiya (yig`ilishi)ehtimoli
V. Boshqa zaharli moddalar va dorilar bilan birgalikdagi ta`siri

3. Jabrlanuvchi tegishli bo’lgan asosiy omillar.
A. Tana vazni, ovqatlanish va jismoniy faolligi
B. Jinsi
V. Yoshi
G. SHaxsiy sezgirligi va irsiyot
D. Bioritm iva kun soatlari
E. Allergiya va toksikologiyaga moyilligi
J. Zaharlanishdan oldingi vaqtdagi umumiy sog`ligi

4. Jabrlanuvchiga ta`sir ko’rsatadigan qo’shimcha omillari
A. Atrof-muhit temperaturasi va namligi
B. Barometrik bosim
V. SHovqin va vibratsiya
G. Nur energiyasi, ultrabinafsha radiattsiya, ionlovchi nurlanish.

Organik moddalarga galogen yoki boshqa faol guruhlar qo’shilganda (nitro-nitrozoalminoguruh) ularning zaharlilik darajasi oshadi. Noorganik moddalarning zaharlilik darajasi kimyoviy faolligi va ionlar hosil bo’lish darajasiga qarab ortadi. SHuningdek muddatiga qarab ko’pchilik preparatlarning zaharlilik darajasi oshadi (fosfoorganik moddalar) yoki kamayadi (kuchli kislota va ishqorlar). Atrof-muhitning kimyoviy moddalariga o’rganib qolishning 3 asosiy nazariyasi alohida ahamiyatga ega:
1. Birinchi metabolik nazariyaga ko’ra organizmga uzoq vaqt ta`sir ko’rsatadigan moddalar to’qimadagi almashinuv jarayonining doimiy qatnashchisiga aylanib qoladi va begonalik xususiyatini yo’qotadi.
2. Organizmda maxsus fermentlarning sintezi tufayli tezda parchalanib ketadi.
3. Immunologik nazariyaga ko’ra organizmda turli begona moddalarga (shu jumladan oqsil tabiatli bo’lmaganga ham) antitanalar hosil bo’ladi. Adantatsiya va sensibilizatsiya davrlari qondagi antitanalarning hosil bo’lishi va miqdorining o’zgarishiga bog`liq bo’ladi.



Download 155.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling