To'liboy sinchi va Ravshan sinchi munosabati va raqobati semantik ko’lamining epos voqeligi ma'no qatlamidagi tahlil


Download 14.57 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi14.57 Kb.
#143818
Bog'liq
22.04.99TOSHDO'TAU





Choriyeva Mohinur Akmal qizi

O'zbek filologiyasi fakulteti,1-kurs.

+99899-739-24-73;

Sayitqulov Ilhom.

Falsafa fanlari doktori;

chorievamohinur2299@gmail.com



Annotatsiya

Ushbu maqolada turkiy xalqlarning ma'naviy yodgorligi bo’lmish, "Go'ro'g'li" turkumidagi dostonlar haqida qisqacha ma'lumotlar aytib òtilgan.Shu turkumga oid "Go'ro'g'lining tug'ilishi"dostonidagi obrazlar tahlil qilinib, To’liboy va Ravshan sinchi mahorati o'rganilgan. Epos va sematik kòlamga alohida urg'u berilib,mavzu mohiyati ochib berishga harakat qilingan..

Kalit sòzlar:

Doston, Go'ro'g'li, Ravshan, To'liboy, Shohdorxon, So'qim, sinchi, epos, 3tulpor.



Annotation

This article reveals information about one of the cultural inheritance of Turkish peoples, the epic series of 'Go'ro'g'li '.It analyzes the characters mentioned in the epic poem 'The birth of Go'ro'g'li 'and demonstrates some peculiarities of To'liboy and Ravshan. The main concentration is put on epos and semantic scale of the work showing precise information on the topic given.

Keywords: Epic, Gorogly ,Ravshan, Shohdorkhan,Toliboy, Sokim, sinchi, tree vultures

O'zbek xalqining og'zaki badiiy ijodi juda qadimiy va boy. Mana shu boy madaniy merosning ulkan bir qismini xalq eposi egallaydi. Epos bu -yunoncha so'zdan olingan bo'lib, (rivoyat, hikoya)deganidir. Epos boshqa adabiyot turlari bilan taqqoslanganda,bu bizga insonning ichki dunyosini eng chuqur ochib berishga va uni rivojlantirishda imkon beradi.

Endi xalq dostonlarda,eposda sinchi obraziga ozgina to'xtalib o’tamiz.Sinchi o'zi Kim? Uning dostondagi ahamiyati nimadan iboratligi haqida ko'nikma shakllantirib olamiz.

Sinlamoq o'zi- chamalamoq,tanimoq degan ma'noni anglatadi. Sinchilar:”Alpomish” dostonida-Ko’sa sinchi;”Ravshan” da -Tersak kal; “ Go'ro'g'lining tugilishi"da esa To'liboy, Ravshan, Go'ro'g'li va So'qim obrazlarida gavdalangan.

“Alpomish “ dostonida Ko'sa sinchi obrazi qaysidir ma'noda Ravshan sinchi obrazidek talqin qilingan. Ya'ni, Ko'kaldoshning manmanligi,amaldorlarning o'ziga xos ziqnaligi, shuhratparastligi tufayli Ko'sa sinchining Boychiborga bergan ta'rifidan g'azablanib, ko'zini o'ydiradi.Farqli jihati esa, Ravshan podsholar naslidan va asar davomida uning ko'z gavhari qayta tiklanadI.

“ Ravshan” dostonidagi Tersak kal ham sinchi edi. “ Yilqining tulporini suyagidan tanir edi,qilichning o'tkirini qinidan bilar edi “. Ushbu dostonda sinchining tashqi qiyofasi ajoyib yo'sinda ko'rsatilgan: “ Tersak damini ichiga olib , tishini tishiga qo'yib, kiprigini qoqmay tiklab qoldi" .

“ Go'ro'g'lining tugilishi”da To’liboydan Ravshan vaGo’ro’g’liga sinlash qobiliyati o'tganligini asar davomida guvohi bo'ldik. To'liboyning sinchiligini Po'lkan shoir quyidagicha bayon etgan.

“ Mari yurtining Qovishtixon degan podshosi bor ekan. Uning To'liboy degan o'g'li bor edi . Ko'p esli, tamizli, farosatli odam edi... Odilxon 7 yoshida To'liboyni asir qilib olib keladi “,-deyilgan .

To'liboy obrazi orqali aqlli, farosatli inson qiyofasi aks etadi. Asardagi sinchilikning tub ildizi To'liboyga borib taqaladi. Sinchilik uning avlodlariga meros bo'lib o'tadi.

“Go'ro'g'lining tugilishi"dostonidagi sinchilar obraziga alohida to'xtalib o'tish joiz. Ravshan obrazi -alohida e’tiborga molik tushuncha. Dostonda Ravshanning sinchiligi bir taraflama, podshozodaligi esa ikkinchi masaladir. Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin. Qahramonning podsholar naslidan bo'lishi- uning yuqori tabaqadan ekanligi bilan belgilansa, Hamzaning qo'lida qolib qul sifatida sotilishi, sinchilik qobiliyatining berilishi esa mehnatkash omma bilan birlashish jarayoni desak xato bo'lmaydi, menimcha .

Ravshan- oliyjanob tuyg'u va hislarga boy bo'lgan obraz. Unda soddalik,donishmandlik,ayniqsa,yurtga bo'lgan muhabbati kuchli. U o'zga yutda yashar ekan, vatanini qo'msaydi.Unga yetishish ishtiyoqida yonadi.

Shohdorxon bilan Ravshan, Rayhon bilan Go'ro'g'li to'qnashuvlarida salbiy obrazlarning jirkanch basharalari qanchalik yorqin ko'rsata borilsa, ijobiy qahramonlardagi insoniy fazilatlar va bahodirlik sifatlari ham shunchalik ochib beriladi. Ravshan bilan Shohdorxonning to'qnashuv epizodida bir-biriga zid bo'lgan tuyg'ular, sezgilarning keskin kurashini ko'ramiz. Ravshanning sinchilik o'rnini yoritish maqsadida quyidagi parchani keltirish o'rinlidir :

“Soyda odamlarning, otlarning suyaklari to'da- to’da bo'lib yotibdi. Bularni tomosha qiladilar ... Ana shunda Ravshanbek bir otning qo'l suyagini ko'rib,quchoqlab olib yig'layverdi. Gajdumbek Ravshanning barno naslligi bor ekan, -deydi”.

Shohdorxon esa:” Gajdumbekning bir kuyovi bor emish , o'lib ketgan 40 yillik bedov tulporning suyagidan tanirmish”,- deb eshitadi .

Malik Murodovning aytishicha: “ Ravshan- nobop tuzumning qurboni, insoniy huquqlardan mahrum etilib qul bozorida sotilgan qul.Keyinchalik,to'g'ri so'zi uchun dili vayron bo'lgan alamzada.Lekin u oliyjanob ,shu bilan birga, chuqur mulohazali,bilimdon sinchi “,-deya tasvirlangan.

Shohdorxon – ko’zi qonga to'lgan inson.U dostonda jismoniy jihatdan g'olib, ma'naviy jihatdan esa mag'lub. Haq Ravshanni nohaq deb ko'r qiladi.

Quyidagi o'rinda Ravshanning fojiona ruhiy olami, nohaq tahqir etilgan dilning isyoni ochib berilgan:

Eshit taqsir, bu sinchining dodini,

Musofirlar kimga aytar dardini?..

Bilmayman ahvolim qanday bo'ladi ,

Olib bergin holvachining otini !

Ko'zimning xuniga shulam bo'ladi.

Ko'zim ko'rdir ketolmayman elatga,

Bevafo dunyo qoydi meni hasratga

Olib bering holvachining otini!

Piyodalar aslo yetmas murodga.

Sinchilarning ishi ot bilan bog'liqligi tufayli Ravshan va So'qim sinchi raqobati va munosabatiga alohida to'xtalib o'tamiz.Podshozodaning ko'r qilinishi uning barno naslli sinchiligiga ta'sir qilmaydi .Ko'zining xuni evaziga tulporga ega bo'ladi.Bu o'rinda Shohdorxon ishi orqali zolim podsholarning shavfqatsizligi ochib berilgan.

Majozan qaraydigan bo'lsak,nega Ravshan o'zga yurtda ko'zi ko'r qilindi-yu,nega vatanida ko'zining nuri qaytdi?



Buni quyidagicha talqin qilishga harakat qilib ko'rdim:

1)menimcha,2 ko'z gavhari bu- Go'ro'g'li. Ravshanda yurt sog'inchi har narsadan ustun edi.Shu sababli ko'zini shu yurtda tashlab ketdi. Yovmit elida farzandini topishi bilan uning ko'z nuri qayta tiklanadi,ya'ni ko'rar ko'zi,Go'ro'g'lini topadi;

2) boshqacharoq talqin qiladigan bo’lsak,o'zga elda ko'zidan ayrilishi bu tuzumdan norozilik alomati;ko’z nurining tiklanishi esa yangi adolatli tuzumning qurilishidan dalolat beradi.

Shunga qaramay, Ravshan o'z qobiliyatini yo'qotmagan. Buni biz So'qim sinchi bilan bo'lgan raqobati orqali ko'rib o'tamiz.Shohdorxonning 3 tulpori borligi-yu,shapaq- kunga qarolmasligi;oq to'riq ot – toshloqda yurolmasligi; xosa tulpor -bir joyda turib qolsa qotib qolishi haqida fikrlar keltirgan.

So'qim ham , Ravshan ham sinchi. Lekin qaysidir ma'noda Ravshan tanlanganligi uchunmi,asar sujetida So'qimdan ming chandon ustunligi ko'rinib turgan .

Asar davomida Ravshandagi eng yaxshi xislatlar Go’ro’g’liga ko'chiriladi. Ayniqsa,uning ota – bobosidan o'tgan tug'ma iste'dodini quyidagi o'rinda ko'ramiz :

“ Bir kuni Go'ro'g'li ko'p xafa ,baytalini yetaklab turibdi. Baytalga qo'yayin desa munosib ot topolmaydi . Shunda “ Bog’I maydon” ga borib qarasa ,bir odam ko'ziga ko'rindi . Mingan oti tulpor;osmonga tikilib,osmonga chiqmoqchi bo'lib turibdi. Go'ro'g'lining ota – bobosi sinchi edi,ko'zi tushgandan bildi “ .

Sinchilar raqobati va munosabati asar badiiyligini oshirishga yaxshi xizmat qilgan.



Xulosa:

Go'ro'g'li dostonlari o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyotining qimmatbaho durdonalaridandir.Ularda xalqimizning hayoti, orzu-umidi, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi qahramonona kurashi, yorqin kelajak, ideal hukmdor haqidagi ezgu niyatlari, bahodirlik, odamiylik,sadoqat haqidagi qarashlari , milliy g'ururi va boshqalar badiiy aks etgan . “Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonidagi To'liboy, Ravshan,Go'ro'g'li, So'qim obrazlarida sinchilik alomatlari ko'zga tashlanganligini guvohi bo'ldik. Ayniqsa, sinlash qobiliyati Ravshan qiyofasida yaxshi ochib beriganligi, uning avloddan avlodaga o'tishi ham tasvirlangan.Har bir asarning o'ziga xos tili bor. Sinchilar ham dostonlarda turlicha ko'rsarilgan. Lekin,ular bajaradigan ish bevosita ot bilan bog'liq. Tulpor esa qahramonning doimiy yo'ldoshi. Uni qiyin vaziyatlardan olib chiquvchi xaloskor.Xo'sh sinchilar ahamiyati nimada ekan? Ular asarda qaysidir ma'noda podsholarning davlat tuzishdagi ustuni bo'lib kelgan. Maslahatchi,mulohazakor,mehnatkash ommani sinchi deyish mumkin. Shunday ekan,dostonlarda sinchilar ustiga ma'suliyatli vazifa yuklatilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Go'ro'g'lining, G'irotning qahramonliklarini elga tanitish o'zbek ota – bobolari nechog'lik mard-jasur ekanligini ko'rsatish vositasi bo'lib xizmat qilgan. Vatanni mustaqil asrash dostonning bosh g'oyasi desak yanglishmagan bo'lamiz.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “ Go'ro'g'lining tug'ilishi “ ,doston,” G'afur G'ulom” nashriyoti ,T.,1967y .

  2. “Alpomish “ ,doston, “ G'afur G'ulom “ nashriyoti, T.,2016y.

  3. “Ravshan” doston , T.,1941.

  4. “ O'zbek Xalq Og'zaki ijodi" , “ Mumtoz so'z” nashriyot, T.,2010.

Internet saytlari,referatlar,maqolalar.



Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling