Tomchining tushish tezligi


Download 1.35 Mb.
bet1/6
Sana04.11.2020
Hajmi1.35 Mb.
#140665
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Topshiriqlar (2)


TOMCHINING TUSHISH TEZLIGI

Tomirga tomchi-dori quyish amaliyotidan tibbiyotda bemor tomiriga suyuqliklarni yuborishda foydalaniladi.
Hamshira tomchi-dori tushish tezligini(D) ni o‘lchsh uchun har daqiqada qancha tomchi tushayotganini hisobga olishi lozim.

Bunda hamshiralar formuladan foydalanadi.


Formuladagi:

k – “hajm birligidagi tomchi miqdori” ko‘rsatkichi,1 millilitrda tomchilar soni o‘lchanadi.

V – dorining millilitrdagi hajmi;

n – tomchi necha soatda tomib tugash uchun ketadigan vaqt
1-savol: Hamshira tomirga dorini yuborish uchun sarflanadigan vaqtni ikki martaga oshirmoqchi. Agar formuladagi n ikki martaga oshirilsa, ammo k va V o‘zgarmasa, D qanday o‘zgarishini tushuntiring.
2-savol: Shuningdek, hamshiralar tomchining tushish tezligi, D dan foydalanib, tomchi- dorining miqdori V ni hisoblashi kerak. Daqiqasiga 50 tomchidan tushayotgan tomchi dori bemorga uch soat mobaynida berilishi kerak. Bu dorining hajm birligidagi tomchilar soni har millilitrda 25 tomchiga teng. Tomchi dorining millilitrdagi hajmi qancha?
Dori hajmi: _________________ ml

YELKANLI KEMALAR

Butun dunyodagi savdo-sotiq amaliyotining 95 % ummon va dengiz tranzit yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Bunda taxminan 50 000 ga yaqin tankerlar, ulkan hajmli yuk ortiladigan kemalar va yirik konteynerlar ortilgan kemalardan foydalaniladi. Bu kemalarning ko‘pchiligi dizel yonilg‘isi orqali harakatlanadi. Endilikda muhandislar shamol kuchi yordami bilan harakatlanadigan kemalar yasashni rejalashtirmoqda. Ilgari surilayotgan mazkur taklifga ko‘ra, kemalarning burun qismiga ulkan yelkanlar o‘rnatiladi. Agar bu taklif qo‘llab-quvvatlansa, dizel yonilg‘isi iste‘moli keskin kamayishi va atrof-muhitga chiqayotgan zaharli gazlarning miqdori pasayishi kutilmoqda.
Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling