Topshiriq 16 Estetikani o‘qitishning hozirgi kundagi ahamiyati nimada?


Download 14.57 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi14.57 Kb.
#140473

Topshiriq - 16

1. Estetikani o‘qitishning hozirgi kundagi ahamiyati nimada?

Javob:

Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi.

Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi.

Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan fandir.

Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi.

Estetika faning o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy vg ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir.

Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari o’zgarib boradi.

Estetikaning asosiy masalasi – estetik ong voqelikka qanday munosabatda bo’ladi, jamiyatini iqtisodiy bazisi qanday qilib estetik ongning barcha tur va ko’rinishlarini belgilaydi degan masalani hal qilishdan iborat. Estetika o’z taraqqiyotida boshqa fanlarning yutuqlariga ta yayanadi va o’z navbatida ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotning o’ziga yaxshi shakllariga faol ta’sir ko’rsatadi, ularni boyitadi.

Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy tanqid bilan estetik nazariya o’rtasida azaldan uzviy bog’liqlik mavjud. Bu bog’liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham k°ramiz.

Adabiy – badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyoti °rtasidagi °zaro bog’liqligi ramzidir.

Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashi shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Estetika fani san’atdan baxramand bo’luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetika fani san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, kishilarda badiiy ijodga nisbatan xurmat uyg’otadi. Eng avvalo aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.

Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib boradi va ularni ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi. U boshqa fan sohalari kabi bevosita ishlab chiqarishda qatnashadi. Ayni paytda u jamiyat estetik ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi.

2. Estetika va Etika o‘rtasidagi munosabatlar haqida nimalarni bilasiz?

Javob :

Estetika va Etika (Axloqshunoslik). Bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba'zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya'ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli «Avesto», «Bibliyo» va «Qur'on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta'limotlarida axloqiylikni - ichki go‘zallik, nafosatni - tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko‘rib o‘tganimizdek, san'at estetikaning asosiy tadqiqot ob'yektlaridan hisoblanadi. Har bir san'at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va ijodkor eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in'ikos ettiradi.

3. Aleksandr Baumgarten Estetika fanida qanday xissa qo‘shgan?

Javob :

«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten(Baumgarten / 1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnits (Leibniz / 1646-1716) ta'limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma'naviy olamini uch sohaga - aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta'kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan - mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa - axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «yestetik» - «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.

4. Estetik tashakkur shakllantirish olimlari?

Javob :

4. «Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. SHuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.

5. Qadimgi adabiyot va san'at asarlarini sanab o‘ting?

Javob :

Oʻrxun Enasoy bitiklari, Avesto ,Tunyuquq bitigtoshi, Kul Tigin bitigtoshi. Hamsa.



6. Qadimgi yunon yozuvchilari ilgari surgan g‘oyalar?

Javob :


Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo’lib, eski siyosiy qarashlar, estetik va axloqiy aqida - qoidalar mashaqqatli qayta baholanayotgan sharoitlarda ravnaq topadi. Fojeaning tarixiy shakli - qadimgi dunyo fojeasi (Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarhil tartibotlar emirilib, tarixda birinchi sinfiy jamiyat o’rnatilishi jarayonida vujudga keldi. Unga xos bo’lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi tasavurlarni aks ettirdi.

7. Avestoda estetik tarbiyaga oid mulohazalar?

Javob :

7. «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da o'xshashi mavjudligini ham aytib o'tish lozim; nomlar o'xshashligidan tortib syujetlar o'xshashligigacha uchratish mumkin. Bundan tashqari har ikki diniy tizimda sig'inish obyekti umumiy; «Rigveda»da ham, «Avesto»da ham olovga sig'inish e'tiqodiy asos sifatida namoyon bo'ladi. Bunday o'xshashliklar juda ko'p.

«Rigveda»da so'zning ahamiyati alohida o'rin tutadi.

«Avesto»dagi kabi «Rigveda»da ham nur nafosati alohida o'rin tutadi. Juda ko'p sharqiya-alqovlar muqaddas olov ma'budi Agniga bag'ishlangan. qadimiy yodgorlikning birinchi alqovi-sharqiyasidayoq Agni «shoirona zakiy, haqiqiy charaqlagan sharaf sohibi» deb ta'riflanadi. Agniga nisbatan «go'zal yoqilgan», «go'zal qiyofali» «charaqlagan» singari sifatlashlar qo'llaniladi; go'zallik haqidagi tasavvur nur bilan bog'liq tarzda namoyon bo'ladi.

8. Eramizdan avvalgi asrlarda Turkiston yozuvlari haqida nimalarni bilasiz?

Javob :


Qadimgi davrlarda turkiy qabilalar Sibirdan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan hududda, ba’zilari o‘troq, ba’zilari ko‘chmanchi holda yashaganlar. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘ati-t turk” (XI asr) asarida shunday yozadi: “G‘arbda Rum chegarasidan Sharqda Chin ichigacha bo‘lgan hududda turk urug‘ va qabilalari shu tartibda joylashgan: pecheneg, qipchoq, o‘g‘uz, yemek, boshqird, basmil, qayi, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, to‘xsi, yag‘mo, ug‘roq, charuq, cho‘mul, uyg‘ur, tangut, xitay”. Keyingi sahifalarda u G‘arbdagi bulg‘or va suvar qabilalarini ham tilga oladi. Mazkur hududlarda topilgan qadimiy qabrlar va toshlarga bitilgan yozuvlar ham bu ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab O‘rxun va Enasoy (Shimoliy Mo‘g‘uliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlar G‘arbiy Yevropa run yozuvlariga o‘xshash bo‘lganligi uchun ularni runik yozuvlar nomi bilan ham yurgizdilar. Runik yozuvlar (“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alfavit (fonetik) yozuvningancha takomillashgan turidir. Bu yozuvlarda tilda mavjud bo‘lgan har bir tovushuchun maxsus belgi qo‘llangan. 28 tovushni ifoda etish uchun alohida belgilarolingan. Shu jumladan, to‘rtta belgi unli tovushlar uchun (a-a.., i-i, o‘-u, o-u)ishlatilgan. Bundan tashqari, til oldi va til orqa (yumshoq-qattiq) d, y, l, n, q, s, t, r tovushlari uchun har biriga alohida-alohida belgilar (16 harf) ishlatilgan; shuningdek, (lt, nt, nch) tovush birikmalari uchun ham alohida belgilar olingan.Bundan tashqari, ko‘pgina tovushlarning ifodasi bir necha shaklga ega bo‘lgan.Shunday qilib, runik yozuvlarda hammasi bo‘lib 72 belgi qo‘llangan. XIX asr oxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham Markaziy Osiyo territoriyasida topildi. X-XV asrlarda yaratilgan buyodgorliklarning ko‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Qadimgi uyg‘ur yozuvidabitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”asaridir (“Vena nusxasi”). Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” asari,Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, “Me’rojnoma” (XIV asr), Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari, To‘xtamishxon va Temur Qutlug‘ning yorliqlari manashu uyg‘ur alifbosida bitilgan.Ma’lum tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning) yozuvlari ham ishlatilganligi ma’lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan “Qutadg‘u bilik”(XI asr), “Hibatul-haqoyiq” (XII asr) asarlarigina emas, balki XIV-XV asrlarda yaratilgan ayrim yodgorliklarning ham uyg‘ur yozuvida bitilganligi, hatto “Oltunyorug‘” yodgorligining XVII asr oxirlarida yozilganligi uyg‘ur alfavitining juda uzoq davrlargacha saqlanib kelganidan darak beradi.Qanday bo‘lmasin, arab yozuvi mahalliy xalqlarning tiliga mos kelishkelmasligidan qat’i nazar, islom dini kirgan joylarda keng tarqalgan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi turk tillari yodgorligi (“Qutadg‘u bilik”ning uch nusxasidan ikkitasi, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari) XIasrga taalluqlidir. O‘zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alfavitidadir.

9. Amir Temur O’rta Osiyoda ilm-fan, adabiyot, va sanat taraqqiyotiga qo’shgan hisasi haqida?

Javob :


Amir Temur tomonidan barpo etilgan markazlashgan davlat mamlakat iqtisodiyotining yahshilanishiga va taraqiy etishi shaharlarning mustahkamlanishiga karvon yolarinig tiklanishi, hunarmandchilikning,qishloq xo’jaliginig taraqiy topishiga zamin hozirladi. Bularning barchasi madaniyat va ilm-fanning ravnaq topishiga imkom yaratdi. Amir Temur olimlar bilan suhbat va bahslar uyishtrishni yaxshi ko’rgan, g’oliblarga qimatbaho tuhfalar bergandir. Sohibqiron hayotlik paytidayoq uning saroyidagi olimlar ilmiy kashfiyotlar bilan shuhrat qozonganlar. Ilm ahlining vakillari, ayniqsa tarixchilar tibbiyot va nujun sohalari bilimdonlari Sohibqironga safarlarda hamrohlik qilganlar.
Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling