Topshiriq 7


Download 18.68 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi18.68 Kb.
#113236

Topshiriq – 7

1.Bizga ma'lumki, hozirgi davrning rivojlanayotgan mamlakatlari mo'tadil iqlim hududida joylashgan, qoloq mamlakatlar esa aksariyat hollarda tropik mintaqalarda joylashgan. Buni tasodifiy hol deyish mumkinmi? Yevropa faqat iqlimi uchun rivojlanish darajasiga ko’ra boshqa barcha davlatlardan o’zib ketdi deya olamizmi?

Javob:

Umumiy olganda to’g’ri rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati nisbatan past rivojlangan yoki qoloq davlatlarga qaraganda tabiati, iqlimi, tabiiy muhit va resurslari jihatdan yaxshiroq ko’rsatkichga ega. To’g’ri inson tabiat bilan o’zaro bog’liq tarzda harakat qiladi. Ya’ni hozirgacha bo’lgan svilizatsiyalar avvalida albatta tabiatning ta’siri yuqori ko’rsatkichni tashkil etgan. Muhimi shu inqiloblarda turli hududlarda yashagan insonlarning inqilobga qay tarzda javob qaytarganligi va moslashganliklariga bog‘liq.



Iqlimning ta’siri qisman tog’ri bo’lishi mumkin? Chunki, masalan o’rta asrlarga kelib, Yevropa davlatlari o‘z hududlarida joylagan tabiiy resurslarga qoniqmasliklari sababli ham ulkan mustamlakachilik siyosatini boshlab yuborishgan. Bu esa Ularning rivojlanishiga, o‘zlari bosib olgan davlatlarning yanada qoloqlashishiga olib kelgan.

2.Har qanday qadriyat ikki xossa: funksional ahamiyat va shaxsga doir mazmun bilan tavsiflanadi. Bu qanday xossalar? Ularning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlarini tavsiflang.

Javob:

Qadim zamonlardan boshlab hozirgi vaqtgacha falsafadagi asosiy masalalar singari qadriyat masalasi ustida ham turli falsafiy muhokamalar qilinadi, bunda qadriyat muayyan narsaning atributimi yoki u shaxs va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilangan baholash mahsulimi, degan masala o’rtaga qo’yiladi. Birinchi holda qadriyat insondan qat'iy nazar mavjud bo’lgan ob'ektiv narsa yoki hodisa sifatida talqin qilinadi. Ikkinchi holda qadriyat tushunchasi erkin xususiyatga ega bo’lgan sub'ektiv nisbiy mulohazalar bilan bog’lanadi. qadriyatlar mazmuni ob'ektlardan emas, balki insonning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo’lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab yetish imkonini beradi.



Qadriyat so’zning etimologik ma'nosi ancha sodda bo’lib, atamaning o’ziga mos keladi: qadriyat - odamlar qadrlaydigan narsa. Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat bo’lishi mumkin.

Ammo "qadriyat" tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur qilganidek sodda emas. qadriyat, xuddi haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o’rtasidagi munosabatdir. Inson o’zining individual tajribasiga asoslanib, o’zi uchun muhim bo’lgan ob'ekt bilan o’z ehtiyojlari va manfaatlari o’rtasida aloqa mavjudligini anglab yetadi.

Qadriyatning funksional ahamiyati - bu narsa yoki g’oyalarning ularni mazkur jamiyatda qadriyatga aylantiruvchi ijtimoiy muhim xossalari, funksiyalarining majmui;

Misol uchun, qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo'lib, kishilaming amaliy


faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilaming turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So'ngra asta-sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi.

Insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko‘rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo‘lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o'zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatilishi mumkin

Qadriyatning shaxsga doir mazmuni - bu uning inson ehtiyojlariga bo’lgan munosabati.

Har bir ruhan sog'lom kishida o'z qadr-qimmatini saqlash, o'zini hurmat qilish tuyg'usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin. Millatlaming o'zligini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.

Baxt tushunchasi insonning ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o'z faoliyati, ro'yobga chiqqan orzu-istak va maqsadlaridan mamnunligini bildiradi.

3. Falsafaning axloqiy funksiyasi va tarbiyaviy funksiyasi mavjud. Bu funksiyalarning ijtimoiy hayotda amal qilish qonuniyati nimalarda namoyon bo’ladi?

Javob:

Axloqiy qadriyatlar kishilaming bir-biriga, o'zlari mansub jamoaga, Vatanga nisbatan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi.



Axloq muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, me’yor, qoida va tamoyillar majmuasidir. Kishilaming o'zaro munosabatlarida mavjud hatti-harakat, odob, me’yor va qoidalaming yig'indisidan tashkil topgan axloq tushunchalariga yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n (ornomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har bir hatti-harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai-nazaridan baholanadi.

Yirik nemis faylasufi I.Kant ta’kidlaganidek, insonning o'z faoliyatida axloqiy qadriyatlami asosiy mezon qilib olishi, falsafaning qimmatini yanada oshiradi.

Tabiiy jarayonlarda bo'ladigan imkoniyat va voqelik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va o'zgaruvchanlik masalalariga katta e’tibor beradi. Odamlarning rang, sur’at, fe’l-atvori va axloqda turlicha bo'lishlarining asosiy sababi, Beruniyning ta’kidlashicha, faqat nasb-nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlaming - tuproq, suv, havo va joylarning turlichaligi hamdir.

Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib yetishuvini ta'minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o’zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me'yorlar asosida yashashga o’rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak, ikkinchisi - nima qilmoq-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir.

Tarbiyaviy funksiyasi. Madaniyat inson Etika-odobi, xatti-xarakatini baholash va tartibga solish vazifasini bajaradi.

Tarbiya — faqat inson zehnini o‘stirish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi.

Har qanday jamiyatda biror faoliyatga umumiy moyillik muhiti kuchliroq shakllangan bo‘ladi. Masalan, qaysidir joyda futbol muhiti hukmron bo‘lsa, erkagu ayol, yoshu qarining o‘ylar o‘yi, aytar so‘zi shu soha bilan bog‘liq bo‘ladi. Futbol bilan jiddiy shug‘ullanilmaydigan yurt aholisidan rostmana ajablanishadi. Necha asrlardan buyon ajdodu avlodlari faqat dengizchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yurtning odamlari ehtimolki, dengizsiz yashab kelayotgan xalqlarning hayotini butkul tushunarsiz, zerikarli deb qabul qilishadi. Asosiy tirikchiligi turizm bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lkaning odamlari butun hayotlarini turistlarga xizmat ko‘rsatishga, til o‘rganishga bag‘ishlab yuboradiki, ular sayyohlar bormaydigan joylarda yashaydigan aholining hayotini tasavvur qila olmaydilar. Aslida, hamma joyda quyosh-u zamin bitta. Faqat faoliyat va ma’naviy tarbiya masalasi turlichadir. Xalqimiz uchun esa tarbiya hamisha hayot-mamot masalasi bo‘lib kelgan.

Tarbiya haqida ba’zi bir fikrlar:

Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash — har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir, zero o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q.

SUQROT

Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilap ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur.

A. EYNSHTEYN

Inson tom ma’noda ma’lumotli bo‘lmog‘i uchun unga uch xislat — chuqur bilim, fikrlash ko‘nikmasi va olijanob tuyg‘ular zarur. Kimdaki bilim sayoz ekan, u nazokatsiz bo‘ladi; kimki mulohaza yuritish odatidan mahrum ekan, u dag‘al yoki befarosatdir; kimdaki olijanoblik tuyg‘usi bo‘lmasa, u bema’ni odamdir.

N. G. CHERNISHEVSKIY

4.Sog’lik qadriyatmi, boylikmi yoki tabiiy ne'matmi? O’z sog’ligingizga nisbatan munosabatingiz haqida o’ylab ko’rganmisiz? Nimani o’zgartirish mumkin?

Javob:

Meningcha har uchalasiga ham taaluqli. Sog’liq o’z-o’zini asrash qadriyati sifatida talqin etilsada, u biz uchun albatta boylik hisoblanadi.



Shuning uchun ham inson qadr - qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va moddiy saviyasini rivojlantirish, sog’ligini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi.

5. Siz o’zingiz yashayotgan jamiyat qoidalarini qabul qilib, ularga ongli itoat etib yashayapsizmi yoki harakatlaringizga stixiyalilik xosmi? Agar sizning ixtiyoringizda bo’lsa siz nimani kiritgan va nimani qoldirgan bo’lar edingiz?

Javob:

Agar bu jamiyat qoidalarida qonun ustuvirligi inson hayoti va inson manfaatlari yuqori o'rinda bolsa nafaqat men ko'p insonlar itoat qilishadi. Agar ixtiyorimda bo'lganida jamiyatdan korrupsiyani sezilarli darajada kamaytirib jamiyatni mutlaqo barcha yo'nalishlari bo'yicha rivojlantirishga harakat qilardim.



6. Kundalik turmushda odamlarning tez-tez "Odam bo’lsangizchi! , sizda odamgarchilik bormi o’zi ?" deb murojaat qilganiga duch kelish mumkin. Qaysi hollarda shunday deyiladi va bunda qanday maqsad ko’zda tutiladi. Izohlang. Sizningcha "Odam bo’lish uchun nima qilish kerak". Karantin davri original g’oyalarga turtki bo’ldimi?

Javob:


Bu ibora yoki o’sha holatga nisbatan bildirilayotgan munosabat aynan o’sha yerdagi insonlarning fikrlashidan yoki jamiyat dunyoqarashidan kelib chiqsa kerak. Chunki bu nisbiy tushuncha deb o‘ylayman. Kim qanday deb tushunsa shunday talqin qilib yuboraveradi. Lekin menimcha

Bunday holatga, atrofdagi odamlar, jamoatning odamgarchilik haqidagi tasavvurlar chegarasidan chiqadigan holatlar qayd etilganda tushish mumkin. Asosiy maqsad albatta aksariyat hollarda jamiyat belgilab qo‘ygan mezonlar asosida yashash tarzini ilgari surish. Ma'lum bir chegaradan chiqib ketmasligini ta'minlash. O‘ylashimcha bu albatta kerak.

Odam bo‘lish? Juda murakkab savol. Baribir hammada ham tog‘rimi, notog‘rimi bunga qisman javob bor bo‘lsa kerak. Bu fikr bevosita atrof muhit, jamiyat, oila, inson o‘zining ilmiy, axloqiy, tarbiyaviy saviyasiga, dunyoqarash va fikrlash doirasiga bog‘liq.

Odamgarchilikning mohiyati va lug’aviy ma’nosi haqida qisqacha:

1. Odamlarga muhabbat, mehribonlik; insonga yaxshi munosabatda boʻlish; insoniylik, insonparvarlik. 

Birdan Azizxonning odamgarchiligi tutdi-yu, ildam borib, Esh polvonni belidan koʻtardi. Esh polvon uning odamgarchiligini pisand qilmadi. S. Ahmad, Ufq. 

"Elga qoʻ-shilmaysan, odamgarchiliging bormi?" deyi-shaverib boshimni ogʻritishdi.Gazetadan.

"Ish, ish" deb, odamgarchilikniyam unutib qoʻyibman, shekilli. "Yoshlik" .

Odamgarchilik qilmoq (yoki koʻrsatmoq)

1) insonparvarlik yuzasidan ish qilmoq, chin inson kabi munosabatda boʻlmoq; shafqat va mehribonchilik koʻrsatmoq.

 Biz uni tarbiyat qilgin.. xor-zor boʻlmasin, deb odamgarchilik qilshgdik. A. Qahhor, «Sarob;

2) iltifot qilmoq, lutfan qarshilamoq» .

 Senga birov odamgarchilik qilib, yoningni olsa.. Odamgarchilik koni zarar, deb shuni aytishadi-da, oʻrtoq. X. Toʻxtaboyev, «Yillar va yoʻllar» .

2. Insoniy qiyofa, yurish-turish.



Odamgarchilikdan chiqmoq Insoniy qiyo-fasini yoʻqotmoq, nojoʻya yurish-turish tu-fayli kishilar nazaridan chetda qolmoq. Eshboyev, jinoyatchi — odamgarchshgikdan chiq-qan shaxe, shuning uchun ham u bilan odam tilida gaplashish shart emas, deb hisoblardi. "Yoshlik".

 -Afyunning kayfi qursin, domla! Sizni odamgarchilikdan chiqarib qoʻyibdi, — dedi Abdurahmonboy. H. Gʻulom, «Mashʼal» .
Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling