GURUHLARDA ISHLASH BO’YICHA TOPSHIRIQ
TOPSHIRIQ NOMI: EKSPORT
EKSPORT
2010-yilda O’zbekiston va Germaniya investorlari mablag’lari evaziga “Olmos”
qo’shma korxonasi tashkil etildi. Mazkur korxona asosan charm-poyafzal
mahsulotlarini ishlab chiqarishga va o’z mahsulotlarini eksport qilishga mo’jallangan.
Korxona
yangi tashkil etilganligi, ishlab chiqarish quvvatlari yuqoriligiga qaramay
mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish joriy yilda o’tgan
yilga nisbatan
pasayganligi aniqlandi. Korxona rahbari A.Shermatov korxona rahbari o’rinbosari
O.Jalilov va marketalog J.Xasanovga ishlab chiqarish natijalarni ifodalovchi
ko’rsatkichlar tizimini tahlil qilishni, eksport hajmini oshirish bo’yicha mavjud bo’lgan
ichki
imkoniyatlarni, ishlab chiqarishni pasayishiga sabab bo’lgan omillarni hamda
ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha korxonaning iqtisodiy holatiga baho berishni topshiradi.
Korxona to’g’risida quyidagi statistik ma’lumotlar berilgan:
1-jadval
Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish statistikasi
Ko’rsatkichlar
2017
2018
2019
Jami o’zgaruvchan
xarajatlar hajmi (so’mda)
8932468350
12743496480
11732140800
Ishlab chiqarilgan
mahsulot (juft)
276950
327630
286080
Sotuv hajmi (so’mda)
11631900000
17692020000
16323724800
Ishlab chiqarish hajmi
15762800000
20965070000
19485123900
1-rasm Korxonasining eksport faoliyati tahlili (mln.AQSH doll.)
0
0.5
1
1.5
2
2017-yil
2018-yil
2019-yil
1.5065
0.7073
0.8042
Topshiriqlar:
1) korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning 1 juftining tannarxi va
sotish narxini aniqlang?
2) mahsulot sotishning zararsizlik nuqtasini aniqlang. Korxonaning o’zgarmas
xarajatlari 2017-2019-yillarda mos ravishda 3,78 mlrd.so’m, 4,20 mlrd.so’m, 4,72
mlrd.so’m ni tashkil qiladi.
3) sotuv hajmida eksport ulushini aniqlang. 2017-yil 1 $ - 4000 so’m, 2018-yil 1$
- 8000 so’m, 2019-yil 1$ - 9000 so’m.
4) qanday omillar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo’lgan bo’lishi
mumkin?
5) eksport hajmini pasayishiga valyuta kursini barqarorsizligi sabab bo’lishi
mumkinmi?
6) agar 1$ 2017-yil boshida yanvar-mart oylarida 3200 so’m, aprel-iyun oylarida
3500 so’m, iyul-sentabr oylarida 4050 so’m, oktabr-dekabr oylarida 8000 so’m bo’lgan
bo’lsa, 2017-yilda eksport hajmi qanday o’zgargan deb o’ylaysiz? Har bir chorakda teng
miqdorda mahsulot eksport qilingan. Valyuta kursini tebranish grafigini chizing. Nima
sababdan dekabr oyida 1 $ = 8000 UZS ga teng bo’ldi?
7) korxonaga 2020-yilda 1 mln. AQSH dollari miqdorida
investitsiya kiritilish
rejalashtirilgan. Yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida korxonaning 2020-yilgi ishlab
chiqarish, sotuv hajmini va eksport hajmini prognozlashtiring hamda xulosa bering.
DIQQAT ESLATMA!
Hurmatli talabalar, mustaqil ta’limni bajarishda Siz zamonaviy kompyuter
dasturlari (misol uchun Microsoft Office, Apple Office Suite/ iWork, Apache Open
Office, Dropbox Paper yoki boshqalar)dan birida ishlashni mukammal bilishingiz
talab etiladi. Bu esa masala yechimini yanada sifatli tayyorlanishiga hizmat qiladi.
Diagramma, grafik va jadvallarni, formulalarni maxsus dasturlardan (misol uchun,
Microsoft Excel, Microsft Word) foydalangan holda tayyorlash zarur. Masala yechimi
shakllantirilgan guruhlartomonidan Microsoft Power Point dasturida tayyorlangan
TAQDIMOT orqali himoya qilinadi.
Hurmatli talaba sizdan mustaqil ta’lim topshirig’ini bajarishni belgilangan
muddatini kutib o’tirmay, bajarayotgan ishingizni doimo ustozingizga ko’rsatishni
hamda maslahatlashishingizni va muddatidan oldin bajarib taqdim etishingizni
so’rayman.
E’TIBOR BERING: Mustaqil ta’lim topshirg’ini bajarish bo’yicha uslubiy
qo’llanma HEMIS axborot dasturiga yuklangan.