Topshiriq. Quyidagi abzatsni namunaga qarab tahlil qiling


Download 44.99 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi44.99 Kb.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. topshiriq. Quyidagi abzatsni namunaga qarab tahlil qiling.

Adabiy til me’yorlari buzilishining ikki turini farqlash lozim. Birinchisi shuki, so’zlovchi yiki yozuychi adabiy til me’yorlarini bilmaganligi uchun bunday nuqsonga yo’l qo’yadi va u tuzgan nutq noto’g’ri deb qaraladi. Ikkinchi holatda esa so’zlovchi yoki yozuvchi adabiy til me’yorlarini mukammal biladi , lekin turli, masalan estetik maqsad bilan muayyan qonuniyatlar asosida bu me’yorni buzadi va uning nutqi noto’g’ri deb hisoblanadi.

Namuna: “Ko‘chmas mulk egaligini rag‘batlantirish kerakmi?” deb nomlangan essening kirish qismidan olingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil. Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%. AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%. Bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor. Bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.



Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:

Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil;



  1. 1-misol – Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%;

  2. 2-misol ­– AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;

  3. Sabab - bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor;

  4. Xulosa - bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.

  1. topshiriq. Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi?

  1. Quyidagi ro‘yxatga e’tibor bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang.

  2. Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.

Kirishning tarkibiy tuzilishi

Tarkibiy qism

Ha/yo‘q

Sarlavhadagi notanish so‘zning ta’rifi




Essening predmeti haqidagi fikringiz




Mavzu bo‘yicha o‘qigan manbalaringizni keltirib o‘tish




Kitobxonni qiziqtirish uchun fikr yoki savol




Buni yozishdan sizning maqsadingiz




Sizning savolga javob berishga moslashgan uslubingiz




Mavzu haqida qisqa holat




O‘zingiz o‘rnatgan chegara



Barcha kirishlar ham yuqoridagi elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi.



3-topshiriq. Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket) tartibda joylashtiring.



1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari asosida shunday gaplar tuzingki, ulaming kesimi majhul nisbatdagi fe’llardan iborat bo‘lsin.

O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun, OlzR MK 12- moddasining 2- bandiga ko‘ra, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursida bo‘lishi davrida, mashg'ulotlarda qat- nashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun.

2 - mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn yarating.
Kim? xabar yetkazadi.

Kimga?


Kim? qabul qiladi.

Kimdan?


Qachon? yig‘ilish bo‘ladi (o‘tkaziladi).

Nima?


Kim? qatnashishi (tayyorgarlik ko‘rishi) shart.

Nima uchun?



Уй вазифаси.

4-topshiriq.

“Abu Rayhon Beruniy ilmiy me’rosi” mavzusidagi ilmiy ishning kirish qismini yozing.



5-topshiriq. Biror ilmiy asardan parcha keltiring (sitatali qismini) va jadvalni davom ettiring.

Ishora qiluvchi fraza

Sitata muallifi

Ishora fe’li

Sitata

Havola

Bu fikr ko‘pchilikka

ayondir.


Fridman

aytganidek

“Inflatsiya – bu soliq solishni qonuniylashtirish talab qilinmaydigan shakli hisoblanadi”

(1994:93)

Download 44.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling