Topshiriq: Òzbekiston Respublikasi


Download 17.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.09.2020
Hajmi17.5 Kb.

BI 419-GURUH KURSANTI MAJIDOV

JAHONGIR. 

Topshiriq: Òzbekiston Respublikasi

iqtisodiyoti tarqqiyotida xalqaro savdoning

axamiyati va tashqi savdo siyosatini

shakllantirishning zarurligi.

Bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki

mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi.

Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport)

va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt

tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi

mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini

tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida

savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama

foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo

mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning

eng oddiy va eng kad. shaklidir. Kds. Misr,

Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi

davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki

tomonlama savdosotiq munosabatlarini

amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi

marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan

bogʻlagan Buyuk Ipak puli kitalararo

savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi

Oʻzbekiston hududida joylashgan

shaharlarda savdosotiqning keng kuloch

yoyishiga olib kelgan edi.


Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab

chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini

yanada rivojlantirib yubordi. Yangi

tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining

paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining

oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning

ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet

ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi.

Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom

ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi.

Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini

amalga oshirishni uygunlashtiradigan

xalqaro bozor qaror topdi.

Tashqi savdoning rivojlanishi asosida

xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo

asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi

yotadi. Bu kridaga koʻra alohida

sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay

geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar

ayrim mamlakatlarga tovar va

xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da

muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat

oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib

ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga

ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa

mamlakatlarga ham sotish maqsadida

katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab

chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va

xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan 


boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda

ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning

nisbatan yuqoriligini hisobga olib,

tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish

yoʻlini tutadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140

dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq

aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003 yilda

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi

6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu

koʻrsatkich 2002 yilga nisbatan 17,3%

kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning

iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi

ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo

aylanmasining 62% uzoq xorij

mamlakatlariga, 38% esa MDH

mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo

hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya,

Yaponiya, Shveysariya, AKSH, Janubiy

Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya,

Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa

davlatlar. Respublika Tashqi savdoning

60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo,

6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari

hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga

tovar chiqarish tarkibida mashina va

asbobuskunalar, rangli metallar va energiya

vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — 


Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom

ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham

berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli

kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar

bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha

moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish,

ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va

texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol

bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli

tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish

sohasida xorij tajribasidan foydalanish,

qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim

ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi

savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi

iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14

iyun), "Valyutani tartibga solish

toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona

xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avg .)

qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27

dek.) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy

hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni

tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti



muhim rol oʻynaydi.

Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling