Topshiriqlar


Download 16.44 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi16.44 Kb.
#100236
Bog'liq
6 мавзу Topshiriqlar


Topshiriqlar:
1. 100000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va sotilgan. Undan 20000 so‘m ish haqi, 8000 so‘m ijtimoiy sug‘urta, 6000 so‘m qoplash fondi, 20000 so‘m amortizatsiya fondiga ajratilgan. Foyda qancha bo‘l­gan. (javob: 18000 so‘m.)

2. Quyidagilarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang:



    • davlat qarzlari aholining qo‘lida bo‘lgan barcha obligatsiyalarning summasi hisoblanadi;

    • davlat yillik byudjetining kamomadi davlat byudjetining daro­madlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farqga teng;

  • Loffer egri chizig‘i soliq miqdorini kamayishi bilan soliq miqdori tushumining ko‘payishini ifodalaydi;

  • davlat qarzi davlat byudjetida yillar davomida yig‘ilib qolgan kamomadlarning umumiy summasiga teng;

  • davlat byudjetining kamomadi davlatning daromadlari oshganda vujudga keladi;

  • agarda mamlakat fuqarolarining barchasi bir xil soliq to‘laganda adolatli bo‘lardi;

  • byudjet «kamomadsizligi» mamlakat iqtisodiyotining sog‘lom­ligi­dan dalolat beradi;

  • byudjet kamomadi obligatsiyalar chiqarish va soliq miqdorini oshirish bilan bartaraf etiladi;

  • proguruhessiv soliq ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag‘batlantiradi;

  • tashqi qarzning oshishi mamlakatning obro‘sini tushi­radi;

  • kamomadning o‘sishi sof eksport miqdoriga bog‘liq emas;

  • mamlakatda soliqning vazifalaridan biri ijtimoiy soha­ni rivoj­lantirish hisoblanadi.

3. Quyidagilarning qaysi biri davlat byudjetining daromadlari va xa­ra­jatlari qismiga kiradi:

  • davlat xavfsizligidan keladigan daromad;

  • QQS-qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  • davlat qarzlarini to‘lash;

  • atrof muhitni muhofaza qilishga ketayotgan xarajatlar;

  • aksiz solig‘i;

  • ma’muriy boshqarish xarajatlari;

  • daromad solig‘i;

  • nafaqa, yordam pullari, sog‘liqni saqlashga sarf­lanadigan xara­jatlar;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatdan keladigan daromadlar;

  • ijtimoiy to‘lovlar;

  • chet davlatlarga beriladigan yordam va qarzlar.

4. YaMM to‘la bandlik sharoitida 30 mlrd. dollar bo‘lgan. Haqiqiy YaMMning hajmi 25 mlrd. dollar. YaMM hajmining 15% soliqlarga sarf­langan. Tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun davlat 4 mlrd. dollar sarflandi.

a) davlat byudjeti bunda qanday holda bo‘ladi: (kamomadlimi yoki ortiqchami)

b) to‘la bandlilik sharoitida davlat byudjetining qoldig‘i (saldo) qan­day o‘zgaradi;

5. Davlat aholidan 1 yilga 4% stavkasi bilan 10 mln. dollar qarz oldi:



a) davlat yilning oxirida qarzning qanchasini qaytarib beradi;

b) agarda yillik inflyatsiya sur’ati 3%ni tashkil etsa, inflyatsiyani hi­sobga olgan holda qarz miqdori va foiz miqdori qancha bo‘ladi;
Download 16.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling