Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana13.02.2017
Hajmi2.8 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27

Asoratlari. Visseral leyshmaniozning kechimi, ayniqsa bolalarda
zotiljam, enterokolit, nefrit singari kasalliklar bilan yoki furun-
kulyoz, abssesslar, yarali stomatit, nekrotik gingivit va hatto noma
singari yiringli-nekrotik xastaliklar bilan asoratlanishi mumkin.
Tashxisoti. Visseral leyshmaniozning tashxisida avvalo anamnestik
ma’lumotlarni (bir yil davomida bemorni bo‘lgan joylari, iskabtopar
chaqqanligi) hamda shu kasallikka xos klinik belgilarni (birlamchi
affekt,  isitma,  taloq  va  jigarning  kattalashganligi,  anemiya,
leykopeniya) aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Birlamchi affektni,
ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda barvaqt (hatto generalizatsiyadan
ancha oldin) paydo bo‘lishi tashxis uchun juda muhimdir.
Visseral leyshmaniozni aniqlashda eng aniq samarali usul turli
a’zolarda parazitni aniqlashdir. Leyshmaniyalarni aniqlash uchun
qadimda ishlatib kelingan usullar (taloqning yoki limfa tugunlarini
punksiyasi) yoki xavfliligi, yoki kam samarali bo‘lganligi uchun
qo‘llaniladi.  Hozirgi  paytda  suyak  ko‘migidan  punktat  olish
(Kassirskiy N.A., 1930) usulidan keng foydalaniladi. Bu usulda
leyshmaniyalar,  bolalarda  97—98%  da,  kattalarda  95—96%  da
aniqlanadi.  Ko‘pchilik  holatda,  olingan  punktatda  juda  ko‘p
leyshmaniyalar topiladi, biroq ayrim bemorlarda remissiya paytida
va ayniqsa kattalarda leyshmaniyalar juda kam bo‘lishi yoki butunlay
topilmasligi  mumkin.  Bunday  paytlarda  qayta-qayta  tekshirish
o‘tkaziladi.
Ayrim  hollarda  (5—10%)  leyshmaniylarni  birlamchi  affekt
qirindisida yoki qonda aniqlashimiz mumkin.
Parazitologik tekshiruv uchun olingan materialdan surtmalar
tayyorlab, Romanovskiy usuli bilan bo‘yaladi va mikroskop (hozirgi
davrda hatto elektron mikroskop) ostida ko‘riladi. I.A.Kassirskiy
taklif etgan — to‘sh suyagini punksiya qilish usuli xavfli bo‘lganligi
va bundan ko‘p qon olib bo‘lmasligi tufayli 1950-yillardan boshlab
yonbosh suyagiga punksiya qilish usulidan foydalanib kelinmoqda.
Bu usul mutlaqo bexatar bo‘lib, ko‘proq punktat olish imkonini
beradi va uni bir necha bor takrorlash mumkin.
Visseral leyshmaniozni diagnostikasida ishlatilgan teri-allergik
sinama  hamda  (immunoferment  usuli,  enzim-nishonlangan
antitelolar, komplementning biriktirish reaksiyasi, immunopresi-

107
pitatsiya — immunodiffuziya va b.) reaksiyalardan faqat yordamchi
sifatida foydalanilsada, ayrim hollarda ulardan olingan ma’lumotlar
barvaqt qo‘yish uchun qimmatli bo‘lishi mumkin.
Leyshmaniyalarni undirish uchun suyakdan olingan punktat
ozuqa sifatida NNN muhitidan foydalaniladi.
Serologik  usullardan  —  kompliment  biriktirish  reaksiyasi,
immunoferment analiz (IFA) va boshqalar qo‘llanadi. Biologik
usullaridan ham foydalanish mumkin.
Taqqosiy  tashxisoti  Visseral  leyshmaniozning  boshlang‘ich
davrida   o‘tkir  septik  brusellyoz,  gri pp,  zotiljam,  tif-paratif kasal-
liklari va ayniqsa bezgak kasalligi bilan taqqoslash zarur bo‘ladi.
Kasallikning keyingi bosqichlarida esa avvalo bezgakdan va so‘ngra
barcha taloq va jigarning kattalashishi, anemiya hamda leykopeniya
bilan keluvchi kasalliklardan farqlash kerak.
Bezgak bilan visseral leyshmanioz o‘rtasida o‘xshashlik juda
ko‘p  bo‘lishi  bilan  birga,  farqli  tomonlari  ham  kam  emas.
Leyshmaniozda  isitma xuruji  bezgakdagi singari  tartibi (har  48
yoki  72  soatda  takrorlanuvchi)  bo‘lmaydi,  kasallik  bezgakka
qaraganda  uzoqroq  cho‘ziladi,  leykotsitlar  soni  juda  kamayib,
gammaglobulin  esa  ortib  ketadi.  Leyshmaniozda  isitmani  kun
davomida  takroriy ko‘tarilishi,  ya’ni Rodjers ti pida bo‘lishi ham
taqqosiy diagnostikada katta yordam beradi. Bemor qonda bezgak
plazmodiyalari topilmagan taqdirda va bezgakka qarshi qo‘llangan
davo samarasiz bo‘lgan hollarda leyshmanioz haqida o‘ylamoq kerak.
Leyshmaniozni  boshqa  o‘xshash  kasalliklardan  o‘z  vaqtida
farqlamoq uchun epidemiologik va klinik anamnezini, shuningdek
klinik xususiyatlarini puxta o‘rganmoq, klinik farqlamoq va zarur
bo‘lgan laborator tekshiruvlari o‘tkazmoq kerak.
Visseral  leyshmanioz  agar  o‘z  vaqtida  aniqlab  spetsifik
davolanmasa 99—100% da o‘lim bilan yakunlanishi, agar o‘z vaqtida
to‘g‘ri davolansa deyarli hamma bemorlar sog‘ayib ketishligini aslo
unutmasligimiz kerak.
Davolash. Hozirgi davrda leyshmaniozni davolashda qo‘lla-
nilayotgan  dorilar  orasida  5-valentin  surma  preparatlari    eng
samarali hisoblanadi. Ulardan s o l- yu s u r m i n (sin. — solyus-
tibozan — FRG, pentonstam — Angliya, glyukontin — Fransiya)
qo‘llanganda 96—100% bemorlar tuzalib ketadilar. Solyusurmin

108
1969-yildan boshlab 20% li eritma sifatida ampulada 10 ml dan
chiqarilmoqda. Bu eritmaning 1 ml da 0,041—0,047 g surma bor.
Leyshmaniozni solyusurmin bilan davolash tizimini O‘zbekis-
tonlik olim N.A.Mirzoyan (1953 y.) taklif etgan.
Preparat tizimda ko‘rsatilgan dozada har kuni bir marta, katta
yoshdagi bemorlarga esa u dozani ikkiga bo‘lib, yarmini ertalab,
qolgan yarmisini kechqurun venaga  yuboriladi. Agar 7-5 marta
yuborilgandan so‘ng bemorning ahvoli tuzalishga boshlanmasa,
preparat dozasini bolalarga har bir kilogramm og‘irligiga 0,15 g
dan, kattalarga — 0,12 g dan oshirish kerak bo‘ladi.
S  u  r  m  a preparatlari  bemorda  zotiljam,  nefrit  va  sariqlik
bo‘lgan taqdirda juda ehtiyotlik bilan qo‘llanmog‘i kerak. Davolash
chog‘ida  dizenteriya,  toksik  dispepsiya,  pnevmoniya,  difteriya,
skarlatina singari kasalliklar qo‘shilgan taqdirda surma preparatlarini
yuborish to‘xtatilib,  qo‘shilgan kasallik alomatlari tugatilgandan
keyingina qayta boshlanadi.
Solyusurminning turli yoshdagi bemorlarda qo‘llaniladigan
dozasi (N.A.Mirzoyan bo‘yicha)
Bemorning yoshi
 va  ahvoli
Preparatni
1-yuborish
(g/kg)
Preparatni
2-yuborish
(g/kg)
3-  va  undan
keyingi yubo-
rish (g/kg)
O‘rtacha
davolash
muddati,  kun
7 yoshgacha
bo‘lgan bolalar  hali
distrofik alomatlar
rivojlanmagan
0,05
0,1
0,15
10-12
7 yoshgacha
bo‘lgan bolalar,
distrofik  alomatlari
paydo bo‘lgan yoki
boshqa   kasalliklar
qo‘shilgan
0,04
0,06
0,12
14-15
7—14 yoshdagi
bolalar
0,04
0,07
0,12
12,14
14 yoshdan katta
bemorlar
0,04
0,07
0,1
14—16

109
Leyshmaniozni davolashda surmaning boshqa preparatlari ham
ishlatiladi.
N e o s t i b a z a n (sin. Bayer 693 V) — 25% li eritmasi
venaga yoki mushak orasiga yuboriladi. Birlamchi dozasi 0,1 g sutkalik
maksimal dozasi 0,4 g. kichik yoshdagi bolalarga 0,05-0,1 g, 4—5
yoshdagi  boallarga  —  0,1—0,2  g.,  6—8  yoshdagi  bolalarga  —
0,1—0,25  g.,  9—12  yoshdagi  bolalarga  —  0,1—0,3  g  beriladi.
Davolash  kursi  15—20  kun.  Bu  preparat  qo‘llaganda  sog‘ayish
80—90% bo‘ladi.
P e n t a m i d i n  i z o t i o n a t  (sin. — Lomidine) — 10%
eritmasi mushak orasiga, har bir marta bemorning 1 kilogramm
og‘irligiga 0,004 g hisobidan yuboriladi. Davo kursi 10—15 kun.
Ko‘pchilik kuzatishlar natijasiga ko‘ra leyshmaniozni davolashda
qo‘llaniladigan dorilar orasida solyusurmin eng samarali bo‘lib,
uni har kuni va ortib boruvchi dozalarda berish mumkin (Mirzoyan
N.A.). shuningdek u bilan davolash kursi ham boshqa preparatlar-
nikidan qisqa — 12 kun (masalan, surpminda — 62 kun, stibozanda
— 48 kun) ekanligini hisobga olmoq kerak.
Leyshmaniozni  davolashda  spetsifik  dorilardan  tashqari
patogenetik davo (antibiotiklar, vitaminlar, qon quyish, anemiyaga
qarshi dorilar) hamda quvvatli ovqat parhezining ham ahamiyati
kattadir.
Oqibati. Leyshmaniozning oqibati unga qo‘shilib asoratlan-
gan  kasalliklar  (zotiljam,  dispepsiya,  bezgak  va  b.)  va  ularni
davolash uchun qo‘llangan davo usullarimizning samaradorligiga
bog‘liq.  Leyshmaniozni  asoratlanmagan  kechimida,  hozirgi
davrda  o‘tkazilayotgan  davo  tizimi  100%  bemorlarda  yaxshi
samara bermoqda.
Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash va davolash, leysh-
manioz bilan kasallangan itlarni va boshqa hayvonlarni (kasallik
manbayini) yo‘qotish hamda leyshmanioz uchraydigan o‘choq-
larda  iskabtopar  chivinlarni  qirish  asosiy  profilaktik  tadbirlar
hisoblanadi.

110
Teri-leyshmaniozi  (leishmaniosis  cutanea)
(sin. Borovskiy kasalligi, yomon yara)
Teri  leyshmaniozi  —  terining  iskabtopar  chaqishi  mumkin
bo‘lgan ochiq qismida bir yoki bir necha yara hosil bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladigan trasmissiv parazitar kasallikdir.
Teri  leyshmaniozi  qamida  issiq  o‘lkalarda  vaqti-vaqti  bilan
epidemiya shaklida tarqalib turgan. Hozirgi davrda, bizning o‘lka-
mizda teri leyshmaniozining antroponoz (shahar) turi tugatilgan.
Zoonoz — tabiiy o‘choqli (qishloq) turlari esa kamdan-kam bo‘lsada
uchrab turadi.
Zoonoz teri leyshmaniozi (Sinonimlari: pendin yarasi, o‘tkir
nekrozlanuvchi teri leyshmaniozi, qishloq-sahro teri leyshmaniozi)
— aniq tabiiy o‘choqli infeksiya bo‘lib, Afrika, Osiyo (Hindiston,
Pokiston, Eron, Saudiya, Arabiston, Yaqin Sharq, Turkmaniston
va b.) o‘lkalarda, O‘zbekistonning Buxoro, Navoyi, Qashqadaryo,
Surxandaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek Toshkent
va Samarqand viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida uchraydi. Teri
leyshmaniozi ham oxirgi yillarda juda kam uchraydi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Leishmania tropica
minor bo‘lib,  o‘zining antigenlik va biologik  xususiyatlari bilan
antroponoz  (shahar)  teri  leyshmaniozining  qo‘zg‘atuvchisi  —
L.minor dan farq qiladi. L.tropica tashqi qiyofasi bo‘yicha visseral
leyshmaniozni qo‘zg‘atadigan L.Donovanidan farq qilmaydi. Ular
bir-birlaridan faqat  biologik va  serologik xususiyatlari  bilangina
farqlanadi. Birinchi — ularning harakatsiz, ya’ni xivchinsiz davri
umurtqalilar  (odam  va  sut  emizuvchi  hayvonlar)  organizmida;
ikkinchi — harakatli, ya’ni xivchinli davri umurtqasizlar (chivin-
lar) organizmida o‘tadi.
Epidemiologiyasi.  Teri  leyshmaniozi  zoonoz  xilining  asosiy
manbayi turli xil qum sichqonlari hisoblanadi. Sahro va yarim sahroli
hududlarda yashovchi boshqa xil yovvoyi kemiruvchilar va kamdan-
kam hollarda toshbaqalar ham infeksiya manbayi bo‘la oladi.
Kasallikni  yuqtiruvchi  iskabtopar  chivinlar  —  Rhlebotomus
raratasii,  Rh.camcasicus,  Rh.sergenti  hisoblanadi.  Ular  sahroda
qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi.

111
Kasallik transmissiv yo‘l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskab-
topar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda
aprel  oyining  ikkinchi  yarmidan  boshlab  to  setabr  oyining
oxirigacha  davom  etishi  mumkin.  Iskabtoparlar  asosan  tunda,
ko‘proq kechqurun yarim tungacha chiqadi.
Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz
leyshmaniyalar  (amastigotlar)  bir  sutka  davomida  xivchinli
(lentomonal,  promastigot)  shaklga  o‘tadi  va  to‘rtinchi  sutkada
iskabtopar tomog‘ida to‘planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon
so‘rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lib
qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu
tariqa kasallik yuqadi. Issiq sahroda odamlar ustlarini yopmasdan va
hatto yalang‘och yotganlari tufayli chivin chaqishi va yara hosil
bo‘lishi terining barcha qismida ham bo‘lishi mumkin.
Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, epidemik mavsum
asosan moy, iyun oylarida boshlanadi, eng ko‘p kasallanish esa
avgust-sentabr  oylariga  to‘g‘ri  keladi.  Ko‘proq  qishloq  aholisi
kasallanadi.
Endemik o‘choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan
kelgan bolalar  va kattalar  ko‘proq kasallanadi.  Bu hol  mahalliy
aholida oldindan orttirilgan immunitet borligidan dalolat beradi.
Patogenezi va patanatomiyasi. Iskabtopar chaqqanida teriga
kirgan leyshmaniyalar tezda makrofaglarga (gistiotsidlar, plazmatik
hujayralarga) kirib olib ko‘paya bo‘shlaydi. Leyshmaniyalar tushgan
joyda o‘choqli produktiv yallig‘lanish rivojlanib makrofaglarning
to‘planishi tufayli spetsifik granulemalar (leyshmaniomalar) hosil
bo‘ladi. Granulemalar makrofaglar, endotelial, plazmatik va limfoid
hujayralardan hamda fibroblastlardan tashkil topgan. Makrofaglar
ichida ko‘plab amastigetlar bo‘ladi. Oradan 1—2 hafta vaqt o‘tgach
granulemalarda destruktiv o‘zgarishlar rivojlanadi va yaralar paydo
bo‘ladi. Ayrim hollarda leyshmaniyalar limfa oqimi bo‘ylab (hatto
5—70  sm  masofaga)  siljishi  va  spetsifik  tugunlar,  limfangait  va
limfadenitlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Teridagi gistologik o‘zgarishlar spetsifik granulema sohasida yirik
infiltratdan iborat bo‘lib, u terining yuza qatlamida tarqoq holda,
chuqur qatlamida esa ko‘proq tomir atrofida joylashadi.

112
Teri  leyshmaniozining  zoonoz  shaklida  infiltrat  markazida
nekroz rivojlanishi va uning oqibatida yara hosil bo‘lish jarayoni
juda barvaqt yuzaga keladi. Yaralar, odatda, bitib, chandiqlanib
tuzaladi. Ayrim hollarda granulemalar yaralanmasdan so‘rilib ketishi
mumkin.
Leyshmaniozda immunitet ancha mustahkam bo‘ladi, qaytadan
kasallanish hollari juda kam uchraydi.
Klinikasi.  Teri  leyshmaniozining  zoonoz  (qishloq)  xilida
inkubatsion davr qisqa — o‘rtacha 2—4 hafta, ayrim hollarda 6—8
haftagacha cho‘zilishi mumkin. Teri leyshmaniozini N.F.Rodyakin
(1962)  taklif  etgan  klinik  tasnifdan  foydalaniladi:  1.  Birlamchi
leyshmanioma: a) surtma davri, b) yaralanish, d) chandiqlanish
davri.  «Keyin  rivojlanadigan leyshmanioma.  3.  Diffuz  infiltratli
leyshmanioma. 4. Silsimon teri leyshmaniozi. Keyingi ikki klinik
turi leyshmaniozning antroponoz (shahar) xiliga xosdir.
Kasallik, odatda, o‘tkir boshlanadi. Dastlab chivin chaqqan
joyda   chi pqonsimon bo‘rtma,  papula — birlamchi leyshmanioma
hosil bo‘lib, kattalashib boradi. U tanada yallig‘lanadi, rangi qizg‘ish
ko‘kimtir,  qattiq  infiltratlangan  bo‘lib,  bezillab  og‘rib  turadi,
ba’zan deyarli og‘rimaydi. Orada 1—2 hafta (kattalarda 1—2 oy)
o‘tgach leyshmaniomaning markazida nekroz boshlanadi, yuzaki
quruq qora po‘st bilan qoplanib turadi. Hosil bo‘lgan yaralarning
kattaligi 10—15 mm gacha, qirrasi notekis, yoyilgan, nekrozlan-
gan, chuqur bo‘lib, nekrotik-yiringli va qonli ajralma bilan to‘lib
turadi va og‘riqli bo‘ladi.
Ba’zan leyshmanioma atrofida mayda tuguncha (limfangit) lar
—  keyingi  leyshmaniomalar  paydo  bo‘ladi.  Ayrim  hollarda  bu
tugunchalar  ham o‘z  navbatida yaraga  aylanadi  va ular  bir-biri
bilan qo‘shilishi natijasida yaralarning kattaligi bir necha santimetrga
yetishi  mumkin.  Kasallikning  limfa  tomirlari  bo‘ylab  tarqalishi
oqibatida limfadenitlar ham yuzaga keladi.
Yaralarning bitishi — yara tubida granulatsiya hosil bo‘lishi
bilan boshlanadi. Yara tubi donador tusga kiradi (baliq tuxumlari
simptomi) va orada 2—3 oy, ba’zan 6—8 oy o‘tgach asta-sekin
tuzalib, o‘rnida umr bo‘yi yo‘qolmaydigan chandiqlar qoladi. Yara
bitishi  uzoq  cho‘zilganda,  ayniqsa  yosh  bolalarda,  ko‘pincha

113
ikkilamchi yiringli infeksiya bilan asoratlanadi, abssess, flegmona,
saramas yuzaga keladi va unga tashxis qo‘yish ancha murakkablanadi.
Teri leyshmaniozining qishloq (ayniqsa, sahrolarda uchray-
digan) xilida leyshmaniomalar soni 1—2 ta, odatda, 5—10, ba’zan
50—100 ta va undan ortiq (Slavin A.N. 222 ta leyshmaniomasi bor
bemorni kuzatgan) bo‘lishi mumkin. Yaralar ko‘pincha tananing
ochiq  joylarida:  yuzi,  qo‘l-oyoqlari,  ba’zan  butun  tanasida
joylashadi. Bitta chivin odamning ma’lum bir joyini 10-15 marta
chaqishi  mumkin,  bunday  hollarda  leyshmaniomalar  to‘p-to‘p
bo‘lib joylashadi.
  Aksariyat  yosh  bolalar  va  o‘smirlar  orasida  silsimon  teri
leyshmaniozi  (metaleyshmanioz)  kuzatiladi.  U  butun  leyshma-
niozlarning 6—7% ni tashkil qiladi. Silsimon leyshmaniozda oldin
hosil  bo‘lgan  chandiqlar  atrofida  yoki  chandiq  ustida  mayda
ko‘kimtir rangli leyshmaniozlar halqasi paydo bo‘ladi.
Silsimon teri leyshmaniozida ham xuddi sil ogurugidagidak
diaskopiyada «olma jelesi» fenomeni musbat bo‘ladi.
Ba’zan  qariyalar  jarohatlangan  terining  talaygina  sathi
infiltratlanib, qalin tortib qoladi, ya’ni diffuz — infiltratli leyshma-
nioz rivojlanadi. Ko‘pchilik hollarda infiltrat asta-sekin iz qoldirmay
so‘rilib ketadi.
Tashxisoti. Teri leyshmaniozini aniqlashda ham xuddi visseral
leyshmaniozdagi kabi, avvalo epidemiologik va klinik ma’lumotlarga
hamda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — leyshmaniyalarni topishga
asoslanamiz.
Leyshmaniyalarni mikroskop ostida aniqlash uchun leyshma-
niomalardan qirindi (yoki so‘rma, kesma) olib, undan bir necha
surtma tayyorlanadi va uni Romanovskiy usulida bo‘yatib, ayniqsa
ostida ko‘riladi.
Leyshmaniyalar  ko‘pincha  hujayralar,  ayniqsa  monotsitlar
ichida  g‘uj  bo‘lib  (1—2  tadan  20—30  tagacha)  joylashadi.
Tekshirilayotgan preparatlarda parazit har doim ham topilavermaydi,
shuning uchun uni qayta-qayta va sinchiklab izlash kerak.
Teri  leyshmaniozining  tuberkuloid ti pida  Montenegro  reak-
siyasi musbat natija beradi.

114
Teri leyshmaniozining zoonoz xilini antroponoz xilidan farqlash
kerak.  Buni  osonlashtirish  uchun  P.V.Kojevnikov  va  boshqalar
(1947) quyidagi jadvalni tavsiya etishgan.
Teri leyshmaniozining ikki xilining asosiy belgilari
Belgilari
Shahar
(antroponoz) xili
Qishloq, cho‘l
(zoonoz) xili
Sinonimlari
Kech  yaralanadigan
leyshmanioz,  yillik yara
Erta   yaralanadigan
leyshmanioz,
Pendin yarasi
Inkubatsion  davri
2—6 oy,  ba’zan 1—2 yil
1—4 hafta
Jarayonning rivojlanishi
Ozroq papula —
do‘mboqchalar
O‘tkir  yaralangan,
ko‘pincha  furunkulsi-
mon infiltratlar
Yaraning paydo
bo‘lish  vaqti
Sekin
Tez
Limfangitlar
3—6 oy yoki undan
keyin
1—3 hafta
Do‘mboqchalar  soni
Kam
Ko‘p
Joylashishi
Juda   kam
Anchagina
Epitelizatsiyaning
hosil bo‘lish  vaqti
Oyoqlarga   nisbatan,
yuzda   ko‘p
Yuzga   nisbatan
oyoqlarda   ko‘p
Faslga   bog‘liqligi
Bir  yil  va   undan ko‘p
2—6 oy
Epidemik tarqalishi
Kasallik yil davomida
paydo bo‘lishi mumkin
Kasallik asosan
yoz-kuzda  (iyul-oktabr
oylarida)  uchraydi
Qo‘zg‘atuvchisining
manbayi
Odam
Kemiruvchilar
Tarqalgan joylari
Asosan shaharda
Cho‘l,  qishloq,  qish-
loqqa  yaqin shaharlarda
Leyshmaniozlarda
Borovskiy tanacha-
sining soni
Ko‘p
Kam
Oq sichqonlar  uchun
virulentligi
Kam
Katta
Immunitet paydo bo‘lishi
Shahar  xili bilan
kasallangan bemor
qishloq xili bilan yana
kasallanishi mumkin
Qishloq xili bilan
kasallangan bemor
shahar  xili bilan yana
kasallanishi mumkin
Qo‘zg‘atuvchisi
L.trorica minlr
L.trorica major

115
Teri  leyyshmaniozdagi  jarohatni  ko‘pchilik  dermatozlardan
(furunkulez, teri raki, pastki lab o‘smasi va b.) shuningdek moxov,
zaxim, teri va limfatik bezlar tuberkulezi, retikulosarkomatoz va
boshqalardan farqlash kerak bo‘ladi.
Davolash. Bemorni  kasallikning davriga,  bemorning ahvoli,
kasallikning klinik belgilari va xiliga qarab davolanadi. Kasallik o‘tkir
boshlanganda va yara bosqichida yallig‘lanishiga qarshi mahalliy
dezinfeksiyalovchi eritma va malhamlar hamda mushak orasiga
monomitsin  (kattalarga  250000  BR  kuniga  3  mahal,  davolash
kursiga  10000000  BR)  yuboriladi.  Monomitsin  bolalarga  tana
og‘irligining har 1 kg ga 4000—5000 BR hisobidan kuniga 3 mahal
beriladi. Aminoxinolon — 0,2 g dan 3 mahal, bir kursga 11—12 g
beriladi.
Yaralar  ko‘p  va  ular  yiringli  infeksiyalar  bilan  asoratlangan
bo‘lsa,  tomirga  5%  solyusurmin  eritmasi  (bir  kunda  3—10  ml,
jami  20—25  marotaba)  yuborish  bilan  birg a  antibiotik,
sulfanilamidlar va autogemoterapiya buyuriladi. Kasallik boshlanish
davrida leyshmaniomalar atrofiga monomitsin (100000 BR 0,5%
li novokaindagi eritmasi) va urotropin (40% li) eritmalarini yoki
0,5% akraxining 1 (menokran) 1% li novokain bilan aralashmasi
yuboriladi. Ana shu dorilar bilan ho‘llangan doka lattani yara ustiga
qo‘yish yoki monomitsinli, 15% li salitsin va boshqa malhamlarni
surtish ham yaxshi natija beradi. Metronidazol tabletkasi 250 mg
dan 10 kun beriladi. Hozirgi davrda teri leyshmaniozini davolashda,
ayniqsa bo‘rtmali bosqichida, lazer nurlaridan foydalanish keng
yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu usul bilan davolanganda yara chandiqsiz
bitadi. Kasallikning og‘ir kechimida 5-valentli surma preparatlaridan
foydalaniladi. Barcha davolash tadbirlari bemorning kuch-quvvatini
ko‘paytiradigan davo choralari bilan birga olib borish kerak.
Profilaktikasi.  Profilaktik  choralar  asosan  kasallik  keng
tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasal-
lik manbayi bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi.
Kasallik o‘chog‘ida dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Endemik
o‘choqlarda  ishlovchi  odamlarni  chivin  chaqishidan  asrash
choralari ko‘riladi.

116
Teri leyshmaniozi  qishloq (zoonoz)  xili qo‘zg‘atuvchisining
toza undirmasi (ya’ni L.mojor ning tirik ultrasi) bilan (0,1—0,2
ml) emlash ham yaxshi natija beradi. Bu vaksinani endemik zonaga
kirishidan  3  oy  oldin  qo‘llash  kerak.  Emlashdan  hosil  bo‘lgan
immunitet umrbod saqlanadi.
Toksoplazmoz  (toxorlasmosis)
Toksoplazmoz — parazitar kasallik bo‘lib, asab sistemasining
jarohatlanishi, jigar, taloq va limfatik tugunlarning kattalashuvi,
ko‘pincha skelet mushaklari, miokard va ko‘zlarning jarohatlanishi
bilan namoyon bo‘ladi.
Tarixiy ma’lumotlar. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi — toksoplaz-
malarni birinchi bor 1908-yilda italiyalik olim Srlendore (quyon-
larda) va uning bilan bir vaqtda fransuz olimi Nicolle va Manceaux
(Ctenodactylus gandii deb nomlanuvchi Afrika kemiruvchilarida)
aniqladilar. Srlendore toksi plazmalarni quyonlar,  suv  cho‘chqasi
hamda itlarga yuqtirish ustida tajribalar olib bordi va parazit haqida
birlamchi ma’lumotlarni berdi. Keyinchalik quyonlar va boshqa
kemiruvchi hayvonlarning ichki a’zolaridan topilgan bu bir hujay-
rali, harakatsiz parazitlarning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganishlari
asosida  mustaqil  Toksi plazmoz  (yoy,   arka)   jinsiga  ajratdilar   va
ularni — Toksoplazmoz gandii deb atadilar.
Toksoplazma    grekcha  «tokson»  —  zahar  va  «plazma»  —
protoplazma ma’nosini anglatadi.
Toshkentda toksoplazmoz haqida batafsil ma’lumotlarni 1912-yilda
V.L.Yakimov  va  N.Kol-Yakimovalar  chop  etishgan.  Ular  toksop-
lazmlarni itlarda aniqlashgan. 1930-yilda D.N.Zasuxin va N.A.Gayskiylar
toksoplazmalarni  G‘arbiy  Qozog‘iston  yumronqoziqlarida,
G.Ya.Zmeyev esa 1935-yilda Turkmaniston kalamushlarida aniqladilar.
1914-yilda odamlarda toksoplazmozni birinchi bo‘lib A.Kastelani
Seylon orolida shu xastalikdan o‘lgan soldatda kuzatdi va kasallik
qo‘zg‘atuvchisini Toxorlasma ryrogenes deb atadi.
1916-yilda Rossiyada A.I.Fedorovich bemor bola qonida bezgak
plazmodiyalarini  qidira  turib  toksoplazmalarni  aniqladi,  xuddi
shunday parazitlarni u itlarda ham topdi.

117
Chexiyalik olim Janku (1923) gidrotsefaliya, chap taraflama
mikroftalm  va  sariq  dog‘ning  ikki  yoqlama  kolobomasi  singari
holatlar bilan halok bo‘lgan 11 oylik bolani kuzatish asosida tug‘ma
toksoplazmoz kasalligi haqida batafsil ma’lumot bergan.
Keyinchalik (1937—1955-y.) amerikalik virusolog Sabin o‘z
xodimlari  bilan  birga  odamlarda  va  hayvonlarda  toksoplazmoz
kasalligini har taraflama chuqur o‘rgandi. Ular toksoplazmalarni
ko‘pchilik hayvonlar va parrandalarga xavfliligini aniqlash bilan birga
parazitni zararlangan hujayralarda ko‘payish tarzini ham o‘rgan-
dilar.
Katalog: uum2 -> yuqumli-kasalliklar
yuqumli-kasalliklar -> Infeksionreaktiv vaskulit yuzaga keladi
uum2 -> Kafedra: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni
yuqumli-kasalliklar -> Bo’g’ma – havo-tomchi mexanizmi orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, infeksiya inson organizmiga tushgan joyda
yuqumli-kasalliklar -> Meningokokk infeksiyasining qo’zg’atuvchisi – Gr (+) diplokokk Neisseria meningitis bo’lib, Neisseria avlodiga, Neisserisasea oilasiga mansub
yuqumli-kasalliklar -> Gripp – yuqori nafas yo’llarining kataral yallig’lanishi va spesifik intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi o’tkir yuqumli kasallikdir
yuqumli-kasalliklar -> Reja: Kirish – 5 min. Tarixi – 5 min. Etiologiya va epidemiologiya – 10 min. Patogenez va patanatomiya – 10 min. Klinika – 30 min. Diagnostika – 8 min. Davolash – 10 min. Profilaktika – 7 min. Yakuni – 5 min

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling