Toshkent amaliy fanlar universiteti yordamchi tarix fanidan mustaqil ish mavzu


Download 26.45 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1195216
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdullayeva mustaqil ish 3


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
Yordamchi tarix fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Kalendar va ularning turlari


Bajardi: 102-guruh talabasi
Abdullayeva Muslima
Tekshirdi: O’tanov Xurshid
Toshkent 2023
Reja:

  • Kalendar va uning tarixi.

  • Kalendar turlari.

  • Quyosh va Oy kalendari.

  • Oy-Quyosh kalendari.


Kirish
Bizni o’rab turgan dunyo doim harakatda, rivojlanishda. Unda hech narsa abadiy va o’zgarmas emas, hammasi harakatlanadi va o’zgaradi. Barcha o’zgarishlar ma’lum vaqtda ro’y beradi. Vaqtning muhim xususiyati uning ortga qaytmasligidadir. Insoniyat jamiyatining butun hayoti vaqt bilan bog’liqdir. Tabiat qonunlari asosida kun tun va yil vaqtlari doimiy almashib turadi. Oyning Yer atrofidagi harakatida sodir bo’ladi. Bu xodisalar vaqtning ma’lum o’lchov birliklari – kun, oy, yil, turli kalendarlar tizimiga asos soldi.
Kalendar bizning doimo yordamchimiz. Unga hammamiz har kuni va har qadamda murojaat qilamiz. Albatta insoniyat tarixida kalendar bo’lmagan davrlar ham bo’lgan. Ammo hozirgi kunda buni tasavvur qilish qiyin. Kalendar bizga kunlar haftalar hisobini olib borishimizga ko’maklashadi. Kalendarda muhim sanalar, dam olish kunlari alohida ranglar bilan belgilanadi. Yil, oy, kunlar insonlarning shaxsiy hamda davlar hujjatlarida qayd etiladi.
Kalendaarsiz har qanday davlatda ulkan va murakkab xo’jalikni boshqarish mumkin emas. Kalendarning yordamiga suyanmay turib mamlakatdagi turli o’quv yurtlaridagi o’quv mashg’ulotlari jadvalini, Temir yo’llardagi poyezdlaring, dengizdagi va okeandagi kemalarning hamda samolyotlarning qatnash grafigi tuziladi. Kalendar asosida gazetalar, kitob va jurnallar chop etiladi. Qishloq xo’jaligi ekinlari ekish ham bevosita kalendar asosida amalga oshiriladi.
Kun davomida vaqtni bir necha bor esga olamiz. Uni bizga gazeta, radio va televizor ham eslatib turadi. Kalendar bizning kundalik hayotimizda eng zarur, eng muhim narsalardan , eng yaqin yordamchilarimizdan biri hisoblanadi. Kalendarlarsiz har qadamda turli qiyinchiliklarga duch kelamiz.Xo’sh kalendarlar o’zi qanday paydo bo’ldi? Ular qachon yaratildi? Qadimda kalendarlar bo’lmagan davrlarda qadimgi xaqlar qanday qiyinchilikni boshdan kechirgan? Biz hozir shu savollarga javob beramiz.


Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling