Toshkent arxitektura qurilish instituti: qurilishni boshqarish fakulteti


Download 255.33 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi255.33 Kb.
#99753
Bog'liq
Statitika 31-17 Daminov

Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’rganishda statistik jadvallarni tuzish va tahlil qilish

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI:

QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI :

IQTISODIYOT VA KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH KAFEDRASI:


GURUH: 31-17

BAJARDI: DAMINOV SH.



TEKSHIRDI: TURDIYEV A.

REJA:

  • Ijtimoiy – iqtisodiy statistik jadvallarning ahamiyati
  • Ijtimoiy – iqtisodiy statistik jadval turlari va ularni tuzish
  • Ijtimoiy – iqtisodiy statistik jadvallarni tahlil qilish
  • Xulosa.

Statistik jadvallarning ahamiyati

  • Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon
  • etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib

    tasvirlaydi.

  • Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan
  • tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz,

    turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol

    va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.

  • Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning
  • ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.

Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lishi kerak.

  • Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lishi kerak.
  • Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek, o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim.
  • Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi,
  • odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin

Jadval turlari va tuzish

  • Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo’llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo’linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
  • Oddiy jadval deb o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari birma-bir ro’yhat ko’rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
  • Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan ob’ektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo’ladi.

Gruppaviy jadval deganda o’rganilayotgan ob’ektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo’yicha guruhlaganda ularni to’liq o’rganishning iloji bo’lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o’rganiladi.

  • Gruppaviy jadval deganda o’rganilayotgan ob’ektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo’yicha guruhlaganda ularni to’liq o’rganishning iloji bo’lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o’rganiladi.
  • Buning uchun, avval o’rganilayotgan hodisa to’plami bir
  • belgisi bo’yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo’yicha ichik guruhchalarga ajratiladi.

  • Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o’zaro aloqasi va bog’lanishlarini chuqurroq va to’la yoritishga yordam beradi.
  • Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana
  • guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi. Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan ega bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Jadval o’rganish ob’ekti kesim bo’lib hisoblanmaydi. Kesimni to’g’ri va aniq tanlash bilan, uning ko’rsatkichlari yordamida ajratilgan guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim belgilarini ifodalash mumkin.

  • Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog’liq holda kesim oddiy va murakkb kesimlarga bo’linishi mumkin. Ko’rsatkichlar birin-ketinlik bilan oddiydan murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi, agarda ular guruhlarga va guruhchalarga ajratilsa, murakkab kesim deyiladi. Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki bu kesimni qo’llash mumkin.

Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob’ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir :

Voqea va hodisalarni o’rganish jarayonida va qo’yilgan vazifalarga qarab ega va kesim o’z o’rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko’rimli chiqishi uchun,uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:


1. Jadvallar hajmi katta bo’lmasligi kerak. Murakkab to’plamlarni o’rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.

1. Jadvallar hajmi katta bo’lmasligi kerak. Murakkab to’plamlarni o’rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.

2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.

3. Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko’rsatkichlar birin-ketin, sodddan murakkabga o’sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.

4. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo’lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.

5. SHartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bo’lganda ayrim ko’rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo’yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.

6. Hodisa sodir bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bo’lmasa, jadvalda shu ko’rsatkich o’rniga “ma’lumot yo’q” yoki nuqtalar (...) qo’yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi.

Statistik grafik va tahlili

  • Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
  • Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim.
  • Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
  • Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir. Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.

Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:

  • Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
  • 1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy

    miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar.

    2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra : nuqtali; chiziqli; yassi

    (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo);

    hajmli.

    3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).

Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar

  • Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar
  • yordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohida qismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilan belgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa – butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari o’zgaradi. To’plam tuzilmasini tasvirlash uchun grafik shakl sifatida to’g’ri to’rtburchaklardan (ustunli va tasmali diagrammalardan, hamda doiralardan – sektorli diagrammalardan) foydalaniladi.

Xulosa

Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi. Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi. Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi.

Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan jadvallarga bo’linadi. Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo’nda qilib bayon etish juda muhimdir.


Download 255.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling