Toshkent arxitektura va qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti “qurilish materiallari va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish” yo’nalishi 107-20


Download 19.47 Kb.
bet1/6
Sana12.05.2022
Hajmi19.47 Kb.
#667187
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
[009726]
Kak sdelattexturu dlya genplana-DS School, OOO, HABIBULLAYEV SHOXRUX 107-20 Q.M.B 51-V, toshkendigi tarixi yodgorliklar tarixi, 107- 20 guruhi Mustaqil ish mavzulari FALSAFA, 107- 20 guruhi Mustaqil ish mavzulari FALSAFA, qurilish mexanikasi, Toshkent – tarixiy yodgorliklar, [009757], SHOXRUX HABIBULLAYEV 107 20 QURILISH EKOLOGIYASI MUSTAQIL ISH, 1 year students\' midterm control work Meyliyeva G., 13-MARUZA TOPSHIRIGI, 6 AMALIY MASHGulot, 3-мавзу

TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI “QURILISH MATERIALLARI VA METALL KONSTRUKSIYALARNI ISHLAB CHIQARISH” YO’NALISHI 107-20 GURUH TALABASI Xudoyberdiyev sherzodbekNING “QURILISH MATERIALLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU:

XOM ASHYO TURI: SOPOL

SOPOL ASOSIDA QANDAY MATERIELLAR OLINADI.

SOPOL — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʼzgʼoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan maxsulot. Kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda —. qoʼlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʼng gulxan (xumdon)da qizdirib Sopol tayyorlanadiRoʼzgʼorda (piyola, kosa, lagan, koʼza, oftoba, xum va b.), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va b.) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va b.)da Sopol buyumlari keng qoʼllanadi. Bolalar oʼyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) xam shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab Sopolning rangi turlicha (och sariq, qizgʼish, kulrang va b.) boʼladi. Аngob (loya)ga chayib olingan Sopol soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sopolda bezak ishlash ham turlicha: boʼrtma, oʼyma naqshlar uning hoʼlligida, qirma gullar Sopol angobga chayib olingandan soʼng ishlanadi, xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Sopol buyumlar 2 xil — sirlangan Sopol hamda sirlanmagan Sopol (terrakota)ga boʼlinadi. Sopol neolit davridan maʼlum boʼlib, sirlanmagan Sopol kadimiydir. Sirlangan Sopol buyumlar ishlab chiqarish. Oʼrta Osiyoda 10—12-aSRlardan yuksak taraqqiy etdi. Oʼzbekiston hududida Sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yoʼlga qoʼyilgan. Sopol materiallar xom ashyosining hamma joyda mavjudligi, mustaxkamligi, jonzodlarga beziyonligi, bino va inshootlarning barcha joylarida ishlatish imkoniyati borligi, ularning 1000 yillar davomida qurilishning asosiy materiali boʼlganini taqazo etgan. Ular fizik-mexanikaviy xossalari, shakli, ishlatish sohalari jixatidan hilma-hil boʼlsada, texnologiya jarayonlari deyarli bir hil: soztuproqni qazib olish; maydalash (kukun); loy tayyorlash; qoliplash; quritish; pishirish va sovutish. Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qoʼshilmalar qoʼshib, qoliplash va kuydirish yoʼli bilan olinadigan buyumlar va materiallar sopol materiallar deb ataladi. Sopol buyumlar (asosan turmushda ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu kabilar) ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda paydo boʼlgan. Аncha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va gʼisht kabi sopol qurilish materiallari tayyorlay boshlandi. Hozirgi kun qurilishida sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, oʼchoq va tutun quvurlarini terish, oqava va drenaj quvurlari qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol buyumlar yasaladigan material sopol texnologiyasida sopolak deb ataladi.


Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling