Toshkent axborot texnologiy


Download 180.69 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi180.69 Kb.
#112974
Bog'liq
hfx amaliy 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


Hayot faoliyati xavfsizligi”



fanidan
AMALIYOT
TOPSAIRIQ №1

Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi

___OEL-024__guruh

_______________________________________

talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: ______________________________________

Toshkent 2020

6 – Variant:

Nazariy savollarga javoblar:


  1. Ayollar, yoshlar va nogironlar mehnatini muhofaza qilish.  

Nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo’shimcha choralari

Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo’llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.

TMEKning nogironlarga to’liqsiz ish vaqti rejimi o’rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.

I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.

I va II guruh nogironlariga o’ttiz kalendar kundan kam bo’lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.

Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lsa, yo’l qo’yiladi.



Yoshlar mehnatini muhofaza qilish.

Mehnat Kodeksida o’smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to’lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning xoxishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O’smirlar kasaba ko’mitalar ruxsatisiz qo’shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular tibbiy ko’rikdan majburiy o’tkazib turiladi. Agar o’smirlarni bajaryotgan yumushlari ularni sog’ligiga ta’sir qilayotganligi sezilsa u holda shifokor maslahati va tegishli xujjatga asosan boshqa ishga o’tkaziladi.


Ayollari mehnatini muhofaza qilish.


Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo’lib ular davlat, xo’jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat Kodeksida Xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og’ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Xomilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to’lanadigan ta’til beriladi.

  1. Kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasini tashkil etishdagi roli.

Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga ko‘ra o‘z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.

Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan ta’minlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan bo‘shatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etadi.



Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari o‘zgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy bo‘linmalarini tugatish, ishlab chiqarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining asosiy eʼtibori mehnatkashlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish, kasaba uyushmalari harakatida demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Jamoashartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi faoliyat natijasida jamoa shartnomalari tuzilgan yuridik shaxslar soni koʻpaydi. Jamoa shartnomalarining ijtimoiy funksiyasi kuchaydi, ularning ish haqi va xodimlarning daromadiga taʼsiri oshdi. Samarali bandlik, mehnatga haq toʻlashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish, mehnatni meʼyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ish joylarida sogʻlom va bexatar mehnat sharoitlari yaratilishi borasida tashkiliy ishlar amalga oshirildi, koʻp hollarda xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishildi. Kasaba uyushmalarining ayollar va yoshlarni, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar, pensionerlar, baynalmilalchi jangchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga eʼtibor kuchaydi. Qonun yaratuvchilik sohasida Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalari bilan hamkorlikda kasaba uyushmalarining faol ishtiroki taʼminlandi.



Xulosa: Bu amaliy mashg’ulotda o’zimga kerakli ba’zi ma’lumotlarga ega bo’dim.

Ya’ni ayollar, yoshlar va nogironlar uchun mehnat muhofazasi qanday bol’ish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim hamda kasaba uyushmasi nimaligi v anima vazifalarni bajarishligi haqida ham bilib oldim.

Kasaba uyushmalarining asosiy faoliyatlari hamda ularning mehnat muhofazasidagi ro’li haqida ham ozgina bilimga ega bo’dlim.



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik (kasb-hunar kollejlar uchun o’quv qo’llanma).

  2. Wikipedia.org

  3. Uza.uz

  4. Lex.uz

Download 180.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling