Toshkent axborot texnologiyalar uniVersiteti qarshi filiali


Download 0.74 Mb.
Sana08.11.2020
Hajmi0.74 Mb.
#142406
Bog'liq
7-mavzu

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNiVeRSITeTI QARSHI FILIALI

7-mavzu:Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va manaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi

Reja :

  • 1.Jamiyat haqidagi asosiy paradigmalar.
  • 2. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi.
  • 3.Jamiyatning iqtisodiy asoslari. Moddiy ishlab chiqarish.
  • 4.Jamiyatning manaviy va ijtimoiy asoslari

Jamiyat haqidagi asosiy paradigmalar.

Fan insoniyatning farovonligi, baxt-saodati, ijtimoiy taraqqiyoti uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun olimlar va tadqiqotchilar ilmiy kashfiyot oqibatlari uchun mas’uliyatni xis etishi, fan taraqqiyotining falsafiy muammolarini oqilona hal etishga intilishi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Taniqli ingliz olimi Tomas Kun o’zining "Fan va texnika inqilobi" asarida fan tarixi paradigmalar almashinuvi tarixidan iboratdir, degan g’oyani ilgari surdi. Paradigma, T.Kunning ta’kidlashicha, ma’lum bir tarixiy davrda ilmiy tadqiqotlar yo’nalishini belgilaydigan muayyan bir ilmiy nazariyadir. Masalan, Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi, E.Dyurkgeymning sosiologizm nazariyasi, Eynshteynning ehtimollik nazariyasi fan rivojida katta burilish yasagan paradigmalardandir.

Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi.

  • Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminso-niylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg’unligi, demokra-tik erkinliklar, inson kadri, biror ta’limotni mutlaklashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi Shunday qilib, XX asrga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmasa-da, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan botlik, murakkab fan ekanligi to’g’risida muayyan xulosaga kelish mumkin.

Jamiyatning iqtisodiy asoslari. Moddiy ishlab chiqarish.

  • Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar,tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart -sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi

. Xususiy mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o’rin tutadi.Hozirgi paytda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy -iqtisodiy jihatdan teranroq idrok etish, yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish ularning jahon sivilizaiiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko’rsatishi uchun zamin yaratadi

  • . Xususiy mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o’rin tutadi.Hozirgi paytda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy -iqtisodiy jihatdan teranroq idrok etish, yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish ularning jahon sivilizaiiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko’rsatishi uchun zamin yaratadi

jamiyatning manaviy va ijtimoiy asoslari

  • Ijtimoiy bilim, asosan, o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal oladi. Bu
  • erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai
  • nazaridan o‘rganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu erda, tabiiy-matematik siklga mansub
  • fanlarga qaraganda kamroq. Biroq, bilimning matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham
  • tobora kengroq tus olib bormoqda

Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me’yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud.

  • Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me’yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling