Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali “Tabiiy fanlar” kafedrasi FiziKA


Download 2.12 Mb.
bet1/21
Sana01.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1737331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
amaliyot 2 20191 SIRTQILAR UCHUN


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI

Tabiiy fanlar” kafedrasi


FiziKA FANIDAN
MASALALAR YECHISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMA

2-qism





Farg‘ona - 2019
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI

Tabiiy fanlar” kafedrasi


FiziKA FANIDAN
MASALALAR YECHISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMA

2-qism

Kafedra uslubiy seminarida muxokama qilingan bayon № ___ _________2019 yil




Filial uslubiy seminarida muxokama qilingan bayon
___ _________2019 yil

Fizika kursining “Tebranishlar va to‘lqinlar”, “Optika”, “Kvant fizikasi” “Atom va yadro fizikasi” bo‘limlaridan tuzilgan ushbu amaliyotdan uslubiy qo‘llanma 2 semestrlik o‘quv dasturining 2-semestriga moslab tuzilgan. Ushbu qo‘llanmada “Tebranishlar va to‘lqinlar”, “Optika”, “Kvant fizikasi” “Atom va yadro fizikasi” bo‘limlariga doir masalalar echib ko‘rsatilgan hamda mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.


Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv uslubiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Professional oliy ta’lim Davlat Standarti” ga binoan oliy texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr (sirtqi) tayyorlash uchun ishlab chiqilgan fizikadan 2 semestirlik o‘quv dasturining 2-semestriga moslab tuzilgan.(sirtqilar uchun)

Muallif

Tuzuvchilar: dots. S. S. Sabirov
assis. P.I.Movlonov
Taqrizchi: prof. S.Otajonov

1-MAVZU. GARMONIK TEBRANISHLAR. TEBRANISHLARNI QO’SHISH. SO’NUVCHI VA MAJBURIY TEBRANISHLAR. ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR.

Tekshirish uchun savollar





  1. Qanday tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi? Garmonik tebranishlar asosiy tushunchalarini ta`riflang (siljish, amplituda, faza, davr, chastota, siklik chastota).

  2. Tebranma harakat qilayotgan nuqtaning siljish vaqtga qanday bog'langan?

  3. Garmonik tebranishlarning siljishi tenglamasi qanday yoziladi?

  4. Garmonik tebranishlarning grafik ifodasi qanday bo‘ladi?

  5. Tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning siljishini, tezlikni va tezlanishini yozing.

  6. Garmonik tebranishlarni amalga oshiri uchun qanday shart bajarilishi kerak? Qaytaruvchi kuch nima?

  7. Fizik va matematik mayatniklarning xususiy tebranishlar davri qanday topiladi? Fizik mayatnikning keltirilgan uzunligi deb nimaga aytamiz?

  8. Tebranishlar davri bir xil bo‘lgan, bir to‘g'ri chiziq bo‘ylab tarqalayotgan tebranishlar qo‘shilganda natijalovchi tebranishlarning amplituda qiymati nimaga teng?

  9. Fazalar farqi ga teng va tebranishlar davri bir xil bo‘lgan o‘zaro perpendikulyar tebranishlarda ishtirok etayotgan nuqtaning harakat tenglamasi va uning traektoriyasini tushuntiring. Qanday vaqtda tepkili tebranish hosil bo‘ladi?

  10. Tepkili tebranish chastotasi va amplitudasi qanday bo‘ladi? Tepkili tebranish grafigi, hosil bo‘lgan murakkab tebranishlarning chastotasi nimaga teng?

  11. Tebranishlar sistemasining energiyasining formulasi qanday ko‘rinishda? U qanday parametrlarga bog'liq?

  12. Garmonik tebranishlarda mexanik energiyani bir turdan ikkinchi turga aylanishini tushuntiring.

  13. Qanday tebranishlar so‘nuvchi deb ataladi? Nima uchun so‘nish vujudga keladi? So‘nish koeffitsiyentini fizik ma`nosi nima va u qanday aniqlanadi? So‘nuvchi tebranishlarni chastotasi qanday ifodalanadi? Erkin (so‘nuvchi) tebranishlarning chastotasi qanday ifodalanadi?

  14. Qanday tebranishlar majburiy deb ataladi? Ularning amplitudasi qanday aniqlanadi? Siljish bilan majburlovchi kuch o‘rtasidagi fazalar farqi nimaga teng? Rezonans hodisasi deb nimaga aytiladi va u qachon vujudga keladi? Rezonans chastotasi nimaga teng?

  15. Tebranish konturida aktiv qarshilik bo‘lmaganda tebranish jarayonini tushuntiring. Zaryad, kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari qanday o‘zgaradi? Tebranish konturida erkin elektromagnit tebranishlar davri qanday aniqlanadi? Tebranish konturida energiya qanday o‘zgaradi?

  16. Mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun erkin va majburiy tebranishlar differensial tenglamalari keltirib chiqarilsin.

  17. 5. So‘nuvchi tebranishlarda zaryad, kuchlanish va tok kuchi qiymatlari vaqt bo‘yicha qanday o‘zgaradi? Tebranishning logarifmik dikrementi nimaga teng va uning fizik ma`nosi qanday? So‘nish koeffitsiyentini tushuntiring.

  18. Vektor diagramma orqali majburiy elektromagnit tebranishlarni tushuntiring. Majburiy tebranishlarda tokning maksimal qiymati nimaga teng? Kuchlanish, tok kuchi va zaryadlarning maksimal qiymatlari o‘zaro qanday bog‘langan?

  19. Kuchlanish va tok kuchining rezonansi tushuntirilsin.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling