Тошкент давлат аграр университети қишлоқ ХЎжалигида экологик хавфсизлик ва ботаника кафедраси


Download 207.32 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2020
Hajmi207.32 Kb.
#122016
  1   2
Bog'liq
HOMITOVA MARJONA 1-27 HISOBOT


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВАЗИРЛИГИ



ТОШКЕНТ ДАВЛАТ АГРАР УНИВЕРСИТЕТИ
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА ЭКОЛОГИК ХАВФСИЗЛИК ВА БОТАНИКА КАФЕДРАСИ


АГРОКИМЁ ВА ТУПРОҚШУНОСЛИК

ЙЎНАЛИШИНИНГ 1-27 ГУРУҲ ТАЛАБАСИ

ХОМИТОВА МАРЖОНА нинг

БОТАНИКА ФАНИДАН

ЎҚУВ ТАНИШУВ АМАЛИЁТИ УЧУН ТАЙЁРЛАГАН
ҲИСОБОТИ

Амалиёт раҳбари: АРАБОВА З.Н



Тошкент - 2020

БОТАНИКА ФАНИДАН ЎҚУВ ТАНИШУВ АМАЛИЁТИ

КИРИШ

Ботаника фанидан маъруза ва лаборатория дарсларда ўрганган билим ва кўникмаларимни мустаҳкамлаш учун 36 соат ҳажмидаги ўқув танишув амалиётини онлайн тарзида уй шароитида ўтадим.



Амалиётнинг мақсади: Биз талабаларга ўсимликларнинг тузилиши, ҳаётий шакли, тарқалиши, ҳар хил ландшафтдаги ўсимликлар қоплами билан таништириш, ёввойи ҳолда ўсувчи ўсимликлар турларини аниқлашни, гербарий тайёрлашни, ўсимликлар қопламини геоботаник назардан, ҳар хил шароит, муҳитга нисбатан аниқлашни ўргатишдан иборатдир.

Амалиётнинг вазифалари:

- биз талабаларга ўсимликлар дунёсининг хилма-хилигини кўрсатиш ва уларни ташқи муҳит билан ўзаро алоқаси, ўсимликларни яшаш шароитига мослашишларини ўргатиш;

- ҳовли томорқасидан гербарийлар учун ўсимлик намуналарини йиғиш, уларга ёрлиқлар (этикеткалар) ёзиш ҳамда терилган гербарийларни махсус исканжа (уй шароитидаги қўлбола пресс)лар ёрдамида қуритишни ўргатиш;

- ҳовли томорқасидан терган ўсимликларни морфологик белгиларига қараб аниқлагич ёрдамида оила, туркум ва турларни аниқлашни ўргатиш;

- ҳовли томорқасидаги ҳар хил аргофитоценозларни ботаник таҳлил қилишни ўргатиш:

- биз талабаларни ўсимлик дунёси бойлигини қадрлашга, улардан оқилона фойдаланиш ва муҳофаза қилиш йўлларини ўргатишни асосий вазифа қилиб белгилагандир.



ЎҚУВ ТАНИШУВ АМАЛИЁТИНИНГ БИРИНЧИ КУНИ

Амалиётнинг биринчи кунида унинг мақсади, вазифалари, техника хавфсизлиги қоидалари, эслатмалар билан онлайн танишдим. Ҳар хил ўсимлик турларини аниқлаш усулини ўргандим. Ўсимликлар морфологияси бўлими бўйича гербарий йиғиш ва уни тайёрлаш техникаси усулларини ўзлаштирдим. Тайёрланган гербарийларга асосланиб, морфологик белгиларни ёзишни ёриқлаштириш ва ўсимликни аниқлашни услубий кўрсатма, йўриқнома ва интернет видеолавҳалари ёрдамида ўргандим.



1-топшириқ.

Гербарий йиғиш ва уни тайёрлаш техникаси ҳақида маълумот беринг.

Gerbariy lotincha so’zdan olingan bo’lib “xerba – o’t”, “xerbarius –o’tli”

degan ma’nolarni anglatadi. Maxsus usullar bilan quritilgan o’simlik gerbariy

deyiladi.

Gerbariy tayyorlash uchun quyidagi asbob-uskunalar zarur:

Gerbariy qog’ozi. Yangi terilgan o’simlik gazeta, o’rash uchun qog’oz

va filtr qog’oziga ehtiyotkorlik bilan joylashtiriladi. Agar yig’ilgan o’simlik seret

yoki serbargli bo’lsa unda o’simlikning barglari, poyalari, ildizlari va gullari

orasiga qo’shimcha qog’ozlar qo’yiladi. Gerbariy qog’ozining o’lchami 45 x 30 sm

kattalikda bo’lishi lozim. Agar 50 dona o’simlik bo’lsa 100- 150 dona qog’oz

bo’lishi lozim.

Gerbariy papkasi. Papkaning o’lchami 50 x 35 sm li 2 bo’lak qattiq

karton yoki faneradan iborat bo’ladi. Bundan tashqari papkaga 210-250 smli pilik

Iskanja (press). 50-35 sm li 2 ta romdan iborat. Buning uchun 2 ta romga

sim to’r tortib, sim taxtakach tayyorlash mumkin. Quritilayotgan o’simlikni

taxtakach orasida qo’yib, so’ng taxtakachni yon tomonidan aylantirib qisib

bog’lanadi
Simli va fanerli iskanja

Tesha yoki ketmoncha. Bu asboblar o’simlikni er ostki qismlarini kavlab

olish uchun ishlatiladi.

Bulardan tashqari yana quyidagi asboblar kerak bo’ladi: Pichoq,

preparoval igna, qaychi pinset, igna-ip, gerbariy saqlanadigan quti, elim,

yopishqoq lenta (skoch), lupa va shtativli lupa .

O’simliklarni rasmga olish uchun raqamli fotoapparat va joyni

aniqlash uchun JPS ham zarur.

Dala jurnali (yozuv daftari). Bu daftarga barcha botanik va geografik

tavsiflar qayd etib borilad


O’simliklarni yig’ish usullari

1. Gerbariy uchun o’simliklar kunning hohlagan vaqtida asosan quruq

quyoщli ob-havo sharoitida yig’iladi. Ho’l namunalar sifati past bo’lib, tabiiy

rangini tez yo’qotadi.

2. Gerbariy uchun to’liq rivojlangan o’simliklardan namunalar olinadi

(rivojlanmagan yoki zararlangan o’simliklar gerbariy uchun olinmaydi). Daraxtlar

va butalarning bargi, guli va mevalari mavjud bo’lgan novdalari olinadi.

3. O’simliklarning er osti qismlari tuproqdan extiyotkorlik bilan

tozalanadi. Qalin ildizlar, ildizpoyalar o’rtasidan kesilib, bir qismi erda qoldirila
4. Ajratib olingan o’simliklar quritish qog’oziga extiyotkorlik bilan, agar

barglari bo’lsa, u holda barglari qog’ozga yoyib qo’yiladi. O’simliklarning gullari

shunday qo’yilishi kerakki, gulning barcha qismlari qog’ozga bir tekis yoyilsin.

Natijada tez va sifatli quriydi.

5. O’simliklar solingan gerbariy qog’ozlari so’ngra simli iskanja orasiga

tekis taxlanib, ip bilan qisib bog’lanadi.



Va mallum muddat gerbariy tayyor bolishi kutiladi.

2-топшириқ.

Қуйидаги ўсимлик гербарийси асосида унинг морфологик таърифини ёзинг.

Na’matak (Rosa) – ra’nodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Bo‘yi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushbo‘y, rangi har xil, yakka yoki 2–3 tadan o‘rnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul o‘rnidagi soxta meva ichida tukli, bir urug‘li yong‘oqchalar joylashgan.

Na’matak turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda po‘stlog‘ining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-ko‘pligi va joylanishiga qarab farqlanadi. Na’matak o‘rmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, tog‘ yon bag‘irlarida o‘sadi. Guli chiroyli turlari bog‘larda, xiyobonlarda va ko‘chalarda o‘stiriladi.

Itburun na’matak (R.canina) mevasida 4–6%, ba’zan 18% cha S, R2, K, R vitaminlari, 18 mg%cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va b.moddalar bo‘lib, tibbiyotda avitaminozning oldini olishda qollaniladi



3-топшириқ.

Қуйидаги ўсимлик гербарийсидан фойдаланиб этикеткани (ёрлиқни) тўлиқ ёзинг.

I. ТошкентДавлатаграруниверситетиҚишлоқ хўжалигида экологик хавфсизлик ва ботаника кафедраси

II. Оиласи (лотинча): Asteraceae

III. Ўсимликноми (лотинча): Sapsella Bursa Pastoris Medic

IV. Яшашжойи: Boglarda, toglarda, dalalarda ariq boylarida keng tarqalgan

V. Ривожланишдаври: Apreldan iyulgacha gullaydi

VI. Терилганвақти: Gullash davri davomida terib olinadi

VII. Терди:

VIII. Аниқлади:

"10" iyun. 2020йил.



ЎҚУВ ТАНИШУВ АМАЛИЁТИНИНГ ИККИНЧИ КУНИ

Ҳовлимиз томорқасида бегона ўт ҳолда ўсаган, ем-хашак аҳамиятига эга бўлган, доривор, хар ҳил мевали, манзарали ўсимликлар билан танишдим. Бундан ташқари Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Ботаника боғида ўсаётган интродуцент ва эндемик ўсимликлар ҳақидаги маълумотларни интернет сайтлари орқали ўзлаштирдим.



4-топшириқ.

Томорқангизда ўсаётган ўт ўсимликларни аниқланг ва морфологик тавсифномасини ёзинг.




Бегона ўтлар


Морфологик таърифи


Ўзбекча номи


Лотинча номи

1

Ajriq


Cynodon dactylon

Cynodon dactylon (L.) Pers.) – boshoqdoshlarga mansub ko‘p yillik ildizpoyali begona o‘t. Barglari lentasimon, dag‘al, chetlari o‘tkir-g‘idirish. 3–8 boshoqsimon shoxchalardan iborat to‘pguli poya uchida joylashgan. Mevasi – doncha. Iyundan to kech kuzgacha gullab meva tugadi. Asosan ildizpoyasi, qisman urug‘i yordamida (urug‘i ko‘pincha chang qorakuya kasalligi bilan zararlanadi) ko‘payadi. Yer osti ildizpoyalari gorizon-tal yoki qiyshiq joylashgan novdalar hosil qiladi. Bu bo‘g‘imlarida iddiz rivojlanadi va barg qo‘ltig‘idan gul beruvchi poya o‘sadi.

2

Ituzum

Solanaceae

Ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turkumi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Jan. Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pal-lali Ittriy (Ittriy laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang , mevasi qora (Ittriy nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—oktbrda gullab mevalaydi

3

Zarpechak

Cuscuta


. Bargsiz va ildizsiz bir yillik oʻt. Poyasi chirmashib oʻsadi, ipsimon, sershox, tanasi sariq, yashilsargʻish yoki toʻq sariq. Gullari mayda oq yoki och pushti. Mevasi qattiq qobiqli bir qancha urugʻli dumaloq koʻsakcha, urugʻida oʻralgan murtagi bor. Murtakning tuklar bilan qoplangan kalin uchi tuproqqa oʻsadi, ikkinchi uchi urugʻ poʻstidan ajralib xoʻjayin oʻsimlikka chirmashadi va oʻralib, oʻsimlik toʻqimalariga chuqur kirib shirasini soʻradi va quritadi. 3. urugʻi va poyasidan koʻpayadi.

4

Qo’ypechak



Convolvulus arvensis L

Ko’p yillik, bo’yi 40-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi ingichka, sudralib va chirmashib o’suvchi, ko’p qirrali. Bargi nayzasimon bo’lib, poyasi uzun bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Gullari oq yoki pushti

5

G'umay


Andropogom halepensis

G'umay – qoʻngʻirboshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt paxta ekiladigan yerlar uchun eng zararli begona oʻt hisoblanadi. U maydan iyun oyigacha gullaydi va iyundan oktabrgacha hosil beradi.

Gʻumay tik oʻsadi, boʻyi 1,5 m gacha yetadi, poyasining pastki qismidan shoxlaydi. Asosan urugʻidan hamda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Gʻumay serurugʻ oʻsimlik boʻlib, har tupi 2-3 mingga yaqin urugʻ beradi. Bir tupida 1-80 ildizpoya va 800 tagacha boʻlishi mumkin. Gʻumay tuzilishiga koʻra sudan oʻtiga juda oʻxshaydi, shuning uchun ham u sudan oʻtining ashaddiy dushmani hisoblanadi.

Gʻumayning yosh poya va barglarida xayvonlarni zaxarlovchi sinil kislotasi va sianogen glyokozidi boʻladi. Zaxarlanish qurgʻoqchilik yillarda, ayniqsa koʻproq kuzatiladi. Sinil kislota gʻumay qurgʻoqchil yerda oʻsganda juda yuqori darajada boʻladi, Gʻumay oʻrib ikki soat soʻlitib qoʻyilib, mollarga berilsa, tarkibidagi glyokozidlar parchalanib ketadi.



Доривор ўсимликлар


Шифобахшлик хусусияти

6

Jag-jag

Carsella bursa-pastoris Medic

Yer ustki qismi qon ketishini toxtatishda ishlatiladi. Jag`-jag` o`simligi qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatib kelinadi. Ibn Sino ham o`z vaqtida uni qo`llagan. Jag`-jag` asosan turli qon oqishlarda (bachadon, me`da, o`pka, buyrak, burundan va yaralardan qon oqqanda, bavosil kasalligida) ishlatiladi. Yaralardan, shilingan joydan va burundan qon oqishini to`xtatish uchun yangi yig`ilgan bargni ezib, qon oqqan joyga qo`yiladi. O`simlik damlamasi ichdan qon oqishini to`xtatadi. Buning uchun hamda isitma va ich ketganda damlamani ichishga beriladi.

Tarkibida xolin va asetilxolin bo`lgani uchun jag`-jag` qon bosimini pasaytirish – gipotenziv, vitamin K bo`lgani uchun qon ivishini tezlatish, natijada qon oqishini to`xtatish ta`siriga ega. Shuning uchun jag`-jag` o`simligidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda qon oqishini to`xtatuvchi vosita sifatida akusherlik va ginekologik amaliyotida qo`llaniladi.



7

Zubturum


Plantago

Bargi va urugʻi tarkibida S va K vitamin, karotin, shilimshiq oshlovchi va b. mod-dalar bor. Bargidan tayyorlangan damlama meʼda-ichak kasalliklarini, yaralarni davolashda, urugʻining shilimshiq eritmasi esa kuchsiz surgi sifatida ishlatiladi.

8

Olabuta



Atriplex tatarica L.

Xalq tibbiyotida o’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma yoki damlama me’da, bosh og’riq (migren), nafas qisishi (astma) va shamollash kasalliklarida hamda yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

9

Qizgaldoq





Xalq tibbiyotida qizqaldoq gulbargi shirasini oftob urganda ichiladi va shuningdek og’rigan ko’z yuviladi.

10

Isiriq

Peganum

Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi.

Badboʻy islarni yoʻqotish, goʻyo har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham Isiriqdan foydalaniladi




Манзарали ўсимликлар

Морфологик таърифи



11

Nastarin

Syringo

Zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. Juda koʻp mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda oddiy Nastarin (S. vulgaris), fors Nastarini (S. persica), xitoy Nastarini (S. chi-enensis) va b. oʻsti-riladi. Bargi, asosan, oddiy, yaxlit, baʼzan kesik yoki patsimon qirqilgan. Guli mayda, rangi oq, pushti, qizil. Ikki jinsli, xushboʻy, toʻpguli roʻvaksimon, barg yozishi b-n bir vaqtda gullaydi

12

Akatsiya

Acacia

burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar: 1) chin Akatsiya– mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor. Ko‘proq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orol ida tarqalgan. Keyingi vaqtda Akatsiyaning ba’zi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin Akatsiya mayda patsimon bargli, to‘pgullari erta bahorda ochiladigan bo‘lgani uchun xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston Akatsiyalaridan aqoqiyo, ko‘pchilik chin Akatsiya turlarining po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olinadi; ba’zi chin Akatsiya turlarining mevasi va yog‘ochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi; 2) oq Akatsiya yoki soxta Akatsiya (Robinia pseudoacacia) – kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (qarang Ots akasiya); 3) sariq Akatsiya (Caragana arborescens) – buta tarzida o‘sadi

13

Majnuntol

Salix babylonica L.

-toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 8–10 m cha. Poyasi tik, novdalari tuksiz, yaltiroq, uzun va ingichka, egilib oʻsadi. Bir yillik novdalari esa mayin tuk bilan qoplangan. Bargi oddiy, nashtarsimon poyada ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, toʻpguli kuchalasimon. Mart—aprelda gullaydi, urugʻi tukli. M. manzarali daraxt sifatida koʻp oʻstiriladi. Novdalaridan savatlar, shisha idishlarning gʻiloflari, har xil mebel anjomlari va boshqa toʻqiladi. M. qogoz ishlab chiqarish va teri oshlashda ham ishlatiladi.

14

Atirgul

Rosa

Raʼnodoshlar turkumining xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qoʻyilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda oʻsadigan turlari xalqda raʼno, naʼmatak, qirq ogʻayni va itburun nomlari bilan maʼlum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning Yer yuzida 250 – ZOYU turi, 25 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi oʻstiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada oʻrnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib oʻsishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl boʻyi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib oʻsadigan xillari koʻproq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib koʻpaytiriladi. Payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytirishda iyulda terilgan naʼmatak mevalaridan ajratib olingan urugʻlar nam joyda saqlanib, noyabr oxiri – dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urugʻ unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel – avg. davomida 4 – 5 marta chopiq qilinadi, 8 – 10 marta sugʻoriladi; avgust – sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari naʼmatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bogʻlagan chipta boʻshatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 – 2 marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 – 20 sm oʻsgach, uning boʻyiga choʻzilishiga va muddatidan oldin gullashiga yoʻl qoʻyilmaydi.

15

Archa

Juniperus

sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi. 70 ga yaqin turi bor. A. bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik. A.ning erkaklik qubbasi sarg‘ish, 3 – 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib, qarama-qarshi yoki ol-dinma-keyin o‘rnashgan urug‘chibarg va urug‘kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 – 20 mm), ichida 1 – 10 dona urug‘ bor. A. mart–may oylarida gullaydi. Mevasi qo‘ng‘ir, ik-kinchi yili (sentabr – noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to‘kiladi. A. urug‘ini yaxshi undirish uchun uni yezda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 – 3 yoshli ko‘chati ekiladi.













Download 207.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling