Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Download 1.96 Mb.
Sana16.06.2020
Hajmi1.96 Mb.
#119283
Bog'liq
Maxmatrasulova G


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ XO’JALIK VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

TERMIZ FILIALI

 

“O’SIMLIKLAR HIMOYASI, AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK” KAFEDRASI

“Umumiy entomologiya va zoologiya”

fanidan

KURS ISHI

 

MAVZU: TUNLAMANING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI, BIOEKOLOGIYASI.

 

Bajardi: Agrobiologiya fakulteti «5411500-O’simliklar va Qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini» ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 204-guruh talabasi Maxmatrasulova Gulzoda.

 

Tekshirdi: “O’simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” o’qituvchisi, Biologiya f.n O.Qo’chqorov

  

TERMIZ-2020 Y.

KIRISH

  • KIRISH
  • Hasharotlar — umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) s i n f i g a mansubdir. Bu tipga hasharotlardan tashqari qisqichbaqasimonlar (Crustacea), o‘rgimchaksimonlar (Arachnoidea), ko‘poyoqlilar (Myriapoda) va boshqa sinflar ham kiradi.
  • Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln. ga yaqin hasharot turi borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas degan fikrlar ham bor. Chunki kam o‘rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili 7 — 8 mingga qadar yangi turi topilib turadi.
  • Hasharotlarning tuzilishidagi o‘ziga xos belgilarini muhitga moslanish darajasini, tabiatda tutgan o‘rnini, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.
  • Hasharotlarga bo‘lgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo‘lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italyan olimi I. Malpigi (1628 — 1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish tizimiga, Golland olimi YA.Svammerdama (1637— 1680) hasharotning anatomiyasi hamda metamorfozasiga asos soldilar. XVIII asrda buyuk shved olimi, tabiatShunos K. Linney (1707 — 1778) ning «Tabiat tizimtikasi» asarida hasharotlar ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi. O‘sha davrning buyuk tabiatShunos olimi R. A. Reomyur (1683— 1757) Hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rgandi.

I-bob. Hashoratlarga umumiy tavsif

  • I-bob. Hashoratlarga umumiy tavsif
    • Hashoratlarning klassifikatsiyasi 
  • Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda)-juda xilma-xil hayvonlar tipi bo‘lib, ikki millionga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki yonlama simmetriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki a`zolarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan aralash tana bo‘shlig‘i deyiladi. Markaziy nerv tizimi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabra, quruqlikda yashovchilari esa traxeya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming qon aylanish tizimi ochiq, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.
  • Bu tipga mansub hayvon vakillari hayvonot dunyosining 80% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilar er yuzining barcha joylarida: dengizlar, chuchuk suvlar, suv havzalari, tuproq, havo, oylab yomg‘ir yog‘maydigan sahro-cho‘llar, doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda ham hayot kechiradi. So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, bu tip 1500000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.
  • SHu bilan birga, bular odam va hayvonlar, shuningdek o‘simliklarning a’zolarida parazitlik qilib yashashadi. Bu tipga kiruvchi hayvonlarning kattaligi bir necha o‘n millimetrdan bir necha o‘n santimetrgacha boradi, ularning mikroskopik ko‘rinishdagi vakillari ham mavjud.
  • Tanasi bo‘g‘imlardan tuzilgan, qattiq kutikula, xitin moddasi bilan qoplangan, bosh ko‘krak va qorin qismlardan iborat. Tana qoplami tashqi skelet vazifasini bajarib, ichki a’zolarini salbiy ta’sirlardan asrab turadi. Ayirish a’zolari shakli o‘zgargan metanefridiylar bo‘lib, ulardan tashqariga teshikchalar bo‘ladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilarda malpigiy naychalari ayiruv vazifasini bajaradi. Suvda yashaydiganlari jabra bilan, quruqliqda yashaydiganlari esa o‘pka va traxeya bilan nafas oladi. Qon aylanish tizimi ochiq tipda tuzilgan.

Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.

  • Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.
  • Barcha tengqanotlilar o’simlixo’r hasharotlar bo’lib hujayra shirasini so’rib oziqlanadi. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtzorlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi.
  • Ularning zarari tanasidan ajraladigan shirin ekskrementlari barg yuzasini qoplab olishi va qorayib, fotosintezga to’sqinlik qilishi oqibatida kuchayadi.
  • Samarqand tumani begona o’tlarida uchraydigan tengqanotlilarning ko’pchiligi shiralar (Aphidoidea) kenja turkumiga mansub.
  • Shiralar to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi va ko’pincha xo’jayinini o’zgartirib turadi.
  • Smynthuroides betae Westw. Ko’pincha barglarda, bazan ildiz gallarida o’simlik shirasini so’radi. Ham ituzumdoshlar ham murakkabguldoshlar oilasiga mansub begona o’tlarda uchraydi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyoda keng tarqalgan.
  • Aphis intybi Koch. Bitta o’simlikda rivojlanadi. Ko’pincha sachratqi poyasining yuqori qismida to’pgullarida koloniyalar hosil qiladi. Paleoarktikaning hamma yerida xususan O’rta Osiyoda keng tarqalgan.
  • Cryptosiphon artemisiae Buckt. Shuvoqning ko’pchilik turlarida uchraydi.

Tunlamsimonlar — Noctuoidea bosh oilasi. Xarakterli belgilari — oldingi qanotining o‘rta medial tomirlari (M2) ni asoslari keyingi medial’ (M3) tomirlarining asoslariga yaqinlashgan, ilakchalari yaxshi taraqqiy etgan, tinch turganda qanotlari tomsimon shaklda tanani yopib turadi. Bir necha oilalarga bo‘linadi.

Tunlamlar — Noctuidae oilas tanga qanotlilar turkumining eng katta oilasi. 20 mingga yaqin turi bo‘lib, Shundan MDHda 2 mingdan optig‘i ma’lum. Kapalaklari xartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tunlam naqshi bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bu naqsh 5 ta ingichka to‘lkin yo‘lli ko‘ndalang izlar va 3 ta o‘rta dog‘lardan iborat. Qurtlari tuksiz va g‘umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, ko‘p turlari o‘simliklarga katta zarar keltiradi. Qurtlari quyidagi 3 morfobiologik gruppalarga: quyi kemiruvchilar, yuqori kemiruvchilar, ko‘katxo‘rlar va odimchisimonlarga bo‘linadi.

Quyi kemiruvchilar yoki er tunlamlari keng tarxalgan bo‘lib, qurtlari tuproqda rivojlanadi. Tanasi silliq va peshona uchburchagi gardon chokidan uzunroq. O‘simliklarning tuproqdagi ildiz bo‘g‘im qismlarini kemiradi. Misol, ko‘k qurt tunlami (Agrotis segetum schiff) O‘rta Osiyo respublikalarida g‘o‘zaga katta zarar etkazadi.

Yu q o r i kemiruvchilar, yangi o‘zlashtirilgan erda bug‘doylarga zarar keltirib, qurtlari o‘simliklarning er ustki qismida rivojlanadi. Peshona uch burchagi ularda gardon chokidan qisqaroq yoki tanasi mayda tiqanchali. Bularga karam tunlami (Barathera brassicah L.) va k u l r a n g g‘ a l l a tunlami (Apomea sordida Bkh) bo‘la oladi.

Ko‘sak qurti (Heliothis obsoleta F.) g‘o‘za va makkajo‘xoriga, qarag‘ay tunlami (Panilis foammea Schill) qaragayga katta zarar keltiradi.



O d i m ch i s i m o n tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bo‘lganligi uchun odimchilarga o‘xshab o‘rmalashadi. Bularga gamma tunlami (Plusia gamma L.) kiradi. Bular dala ekinlariga zarar keltiradi.

Gʻoʻza tunlami, koʻsak qurti — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza tunlamining qurti 120 dan ortiq oʻsimlik turini zararlaydi, ayniqsa, Tojiknston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 30–40 mm; oldingi qanoti kulrang sariq, buyraksimon, yumaloq dogʻli, orqa qanoti sargʻimtiroq, qoʻngʻir hoshiya-li, oʻrtasida toʻq rangli oysimon dogʻlari bor. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ochiqroq rangda. Tuxumi och sargʻish, oʻziga xos radial "qobirgʻalari" bor. Qurtining rangi och yashildan to qiz-gʻish-qoʻngʻirgacha, uz. 35–40 mm; boshi sariq, koʻkrak qalqoni marmarsimon naqshli. Tanasi boʻylab uchta keng yoʻl oʻtadi, qorni oqish. Gʻumbagi qizgʻish-jigarrang , uz. 15–20 mm. Gʻoʻza tunlamining gum-bagi tuproqda 10—15 sm chuqurlikda qishlaydi. Havo harorati oʻrtacha 18— 20° boʻlganda gumbakdan kapalaklar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi.

II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni

  • II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni
  • 2.1. Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlar. 
  • Hasharotlar oziqlanishiga qarab tasniflanadi. Jumladan, barg va uning qismlarini zararlash. Qo‘pol zararlash, bunda kemiruvchi hasharot bargning hammasini eydi. Bularga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. Tanlab zararlash—kemiruvchi hasharot barg chetini esa — chetidan zararlanish; bargni teshib, o‘yib esa—teshikli zaralanish deyiladi. Misol, ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlar, ba’zi bir kapalak qurtlar. Hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini esa barg skeletlanishi; hasharot bargning ayrim uchastkalarini esa-yu, ammo eyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga tegmasa, bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib kirib, parenximani eb, epidermasiga tegmay zararlasa, bunday zararlash minalash deb aytiladi. Misol, lavlagi pashshasi lichinkalari minali pashshachalar oilasiga kiradi.
  • Ba’zi bir so‘ruvchi hasharotlar, bitlar, qandalalar, tripslar va boshqalar barg shirasini so‘rish natijasida, bargda turli xil qo‘ng‘ir, sariq, oq va boshqa rang dog‘lar hosil qiladi.
  • O‘simlik skelet qismlari—tana, novda va shoxlarni zararlash.
  • O‘simlikning yog‘och, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil murakkab yo‘llar hosil qiladi.
  • Hasharot lichinkalari o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida ovqatlanishi natijasida o‘simlikning Shu qismlari shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga, novda, tana va shohlar deformatsiyasi deb aytiladi.
  • O‘simlik ildizlarining zararlanishi.

Sabzavot g‘ovak xosil qiluvchi pashsha

2.2. Hashoratlarga qarshi kurash.

  • 2.2. Hashoratlarga qarshi kurash.
  • Antropogen omillar deganda (grekcha antropos — odam) tabiatga va hasharotlarga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. Qo‘riq erlar o‘zlashtirilganda (haydalganda), o‘rmonlar kesilganda, erlar sug‘orilganda hasharotlarning tur tarkibi birmuncha o‘zgaradi, ayrim turlar sonining nisbati va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ham o‘zgaradi. Shunnng uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, tabiatda ulardan to‘g‘ri foydalanishdir.
  • Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri qo‘llash zararli organizmlarning miqdorini ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo‘jalik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko‘payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
  • O‘zbeqiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.
  • Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari.
  • 1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o‘z samarasini ko‘rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo‘llash ishlarini to‘la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo‘llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo‘llash usullariga ancha o‘zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.

Fizik-mexanik va genetik kurash usullari.

  • Fizik-mexanik va genetik kurash usullari.
  • Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin to‘tadi.
  • 1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tuShuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi.Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli qultivatorlardan ham foydalaniladi.
  • 2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga etkazilmagan.
  • 3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi.
  • 4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tuShuniladi.
  • 5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tuShuniladi.

Xulosa

  • Xulosa
  • Har yili Respublikamiz qishloq xo’jaligi zararkunanda hayvonlar, kasalliklar va begona o’tlardan ulkan miqdorda zarar ko’radi.
  • Qishloq xo’jaligi sohasiga ko’plab bir yillik, ko’p yillik, parazit va zaharhli begona o’tlar zarar yetkazadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida savdo a’loqalarining kuchayishi, yuk tashish hajmining ortishi foydali yuklar va maxsulotlar bilan birga zararkunanda hashorotlar va begona o’tlarning ham tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Begona makonga tushgan o’simliklar ko’pincha tabiiy dushmanlaridan xalos bo’ladilar va yoppasiga ko’payib ketishlari mumkin. Bularga ko’plab misollar keltirish mumkin. Xususan Amerika qit’asiga Xorazm vohasidan yantoqning borib qolishi va begona o’t sifatida tarqalganligi hammaga ma’lum.
  • Ularga qarshi ananaviy kimoviy va agrotexnik kurash serxarajat va ko’pincha kam samaralidir. Bundan tashqari qo’llanilgan kimyoviy moddalar tuproqda yig’iladi va buning oqibatida ko’plab foydali organizmlar nobud bo’ladi, biotsenotik aloqalar buziladi, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar va insonlar zaharlanadi.
  • Begona o’tlarga qarshi mexanik va agrotexnik usullarni qator holatlarda masalan pichanzorlar, yaylovlar va boshqa kam ishlatiladiga yerlarda qo’llash iqtisodiy samara bermaydi. Ba’zi holatlarda esa begona o’tlar bevosita dorivor o’simliklar bilan yonma-yon o’sadi va bu ularga qarshi ananaviy usullarning birortasini ham qo’llashga imkon bermaydi.
  • Shunday holatda begona o’tlarga qarshi biologik usul ya’ni ularning tabiiy dushmanlarini gerbifaglarni qo’llash yaxshi samara berishi mumkin. Qator olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida begona o’tlarning sonini tabiiy ravishda cheklaydigan biologik agentlar: viruslar, soda hayvonlar, zamburug’lar, nematodalar, kanalar, hashorotlar kabi fitofaglar borligi aniqlandi.
  • Bu organizmlar o’zining hayoti davomida ko’pincha bir yoki bir-biriga yaqin turlarga bog’liq holda yashaydi. Ular faqat ushbu o’simliklarning to’qimalari bilan oziqlanishga moslashgan va madaniy o’simliklarga zarar yetkazmaydi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling