Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Download 324.56 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2020
Hajmi324.56 Kb.
#120823
  1   2
Bog'liq
Nurmamatov Shoxboz.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ XO’JALIK VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

TERMIZ FILIALI

 

O’SIMLIKLAR HIMOYASI, AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK”


KAFEDRASI

Umumiy entomologiya va zoologiya”



fanidan

KURS ISHI

MAVZU: GO’ZA KO’SAK QURTINING ICHKI, TASHQI TUZILISHI VA HAYOT KECHIRISHI.
Bajardi: Agrobiologiya fakulteti «5411500-O’simliklar va Qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini» ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 204-guruh talabasi
Nurmamatov Shoxboz.

Tekshirdi: “O’simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik”
o’qituvchisi, Biologiya f.n O.Qo’chqorov

TERMIZ-2020 Y.

Mundarija:

Kirish………………………………………………………………….4

I-bob. Hashoratlarga umumiy tavsif…………………………….….5

1.1. Hashoratlarning klassifikatsiyasi…………………………….…..5

1.2. G’o’za ko’sak qurti umuiy ta’vsifi…………………….……..…18

II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni……………...26

2.1. G’o’za ko’sak qurtiga qarshi kurash………………..………….26



Xulosa………………………………………………………………..41

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….42

MAVZU: GO’ZA KO’SAK QURTINING ICHKI, TASHQI TUZILISHI VA HAYOT KECHIRISHI.

Reja:

Kirish

I-bob. Hashoratlarga umumiy tavsif

1.1. Hashoratlarning klassifikatsiyasi

1.2. G’o’za ko’sak qurti umuiy ta’vsifi

II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni

2.1. . G’o’za ko’sak qurtiga qarshi kurash.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Hasharotlar — umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) s i n f i g a mansubdir. Bu tipga hasharotlardan tashqari qisqichbaqasimonlar (Crustacea), o‘rgimchaksimonlar (Arachnoidea), ko‘poyoqlilar (Myriapoda) va boshqa sinflar ham kiradi.

Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln. ga yaqin hasharot turi borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas degan fikrlar ham bor. Chunki kam o‘rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili 7 — 8 mingga qadar yangi turi topilib turadi.

Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon turlari bilan o‘simlik turlarini qo‘shib hisoblagandan har bir tur o‘ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega. Hasharotlarning tuzilishidagi o‘ziga xos belgilarini muhitga moslanish darajasini, tabiatda tutgan o‘rnini, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Hasharotlarga bo‘lgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo‘lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italyan olimi I. Malpigi (1628 — 1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish tizimiga, Golland olimi YA.Svammerdama (1637— 1680) hasharotning anatomiyasi hamda metamorfozasiga asos soldilar. XVIII asrda buyuk shved olimi, tabiatShunos K. Linney (1707 — 1778) ning «Tabiat tizimtikasi» asarida hasharotlar ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi. O‘sha davrning buyuk tabiatShunos olimi R. A. Reomyur (1683— 1757) Hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rgandi.
I-bob. Hashoratlarga umumiy tavsif


    1. Hashoratlarning klassifikatsiyasi

Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda)-juda xilma-xil hayvonlar tipi bo‘lib, ikki millionga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki yonlama simmetriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki a`zolarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan aralash tana bo‘shlig‘i deyiladi. Markaziy nerv tizimi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabra, quruqlikda yashovchilari esa traxeya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming qon aylanish tizimi ochiq, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.

Bu tipga mansub hayvon vakillari hayvonot dunyosining 80% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilar er yuzining barcha joylarida: dengizlar, chuchuk suvlar, suv havzalari, tuproq, havo, oylab yomg‘ir yog‘maydigan sahro-cho‘llar, doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda ham hayot kechiradi. So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, bu tip 1500000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.

SHu bilan birga, bular odam va hayvonlar, shuningdek o‘simliklarning a’zolarida parazitlik qilib yashashadi. Bu tipga kiruvchi hayvonlarning kattaligi bir necha o‘n millimetrdan bir necha o‘n santimetrgacha boradi, ularning mikroskopik ko‘rinishdagi vakillari ham mavjud.



Tanasi bo‘g‘imlardan tuzilgan, qattiq kutikula, xitin moddasi bilan qoplangan, bosh ko‘krak va qorin qismlardan iborat. Tana qoplami tashqi skelet vazifasini bajarib, ichki a’zolarini salbiy ta’sirlardan asrab turadi. Ayirish a’zolari shakli o‘zgargan metanefridiylar bo‘lib, ulardan tashqariga teshikchalar bo‘ladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilarda malpigiy naychalari ayiruv vazifasini bajaradi. Suvda yashaydiganlari jabra bilan, quruqliqda yashaydiganlari esa o‘pka va traxeya bilan nafas oladi. Qon aylanish tizimi ochiq tipda tuzilgan.

Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga bir qancha sinflar kiradi, ular yashash joylari, tana tuzilishiga, ko‘payishi va rivojlanishi, hamda o‘ziga xos belgilariga qarab uchta kenja tipga bo‘linadi.



  1. Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi – Branchiata

  2. Xelitseralilar kenja tipi – Chelicerata

  3. Traxeya bilan nafas oluvchilar kenja tipi – Tracheata

Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.

Barcha tengqanotlilar o’simlixo’r hasharotlar bo’lib hujayra shirasini so’rib oziqlanadi. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtzorlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi.

Ularning zarari tanasidan ajraladigan shirin ekskrementlari barg yuzasini qoplab olishi va qorayib, fotosintezga to’sqinlik qilishi oqibatida kuchayadi.

Samarqand tumani begona o’tlarida uchraydigan tengqanotlilarning ko’pchiligi shiralar (Aphidoidea) kenja turkumiga mansub.



Shiralar to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi va ko’pincha xo’jayinini o’zgartirib turadi.

Smynthuroides betae Westw. Ko’pincha barglarda, bazan ildiz gallarida o’simlik shirasini so’radi. Ham ituzumdoshlar ham murakkabguldoshlar oilasiga mansub begona o’tlarda uchraydi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyoda keng tarqalgan.

Aphis intybi Koch. Bitta o’simlikda rivojlanadi. Ko’pincha sachratqi poyasining yuqori qismida to’pgullarida koloniyalar hosil qiladi. Paleoarktikaning hamma yerida xususan O’rta Osiyoda keng tarqalgan.

Cryptosiphon artemisiae Buckt. Shuvoqning ko’pchilik turlarida uchraydi.

Qattiqqanotli gerbifaglar Bug’doy agrosenozida qattiqqanotli gerbifaglar ancha ko’pchilikni tashkil etadi. Ularni shartli ravishda vegetativ organlar va generativ

organlar bilan oziqlanuvchilarga bo’lish mumkin. Gerbifag qo’ng’izlar ichida bargxo’rlar oilasi mansub qalqondor qo’ng’izlar muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlarimiz davomida ulardan malla qalqondor (Hypocassida subferruginea), lavlagi qalqondori(Cassida nebulosa L) va yashil qalqondor(Cassida rubiginosa)larni uchratdik. Ulardan birinchi qo’ypechak bilan oziqlanadigan monofag bo’lsa qolgan ikkitasi oligofaglar ekanligi ma’lum bo’ldi.




Cassida nebulosa L-lavlagi qalqondori. Lavlagi qalqondori bargxo’rlar (chrysomelidae) oilasiga mansub kattaligi 6-7 mmli qo’ng’izlar bo’lib, butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan. Tanasi orqa tomondan, zang yoki to’q sariq, yashil rangli qalqon bilan qoplangan.

Qalqonida ko’plab qora nuqtachalar mavjud. Yurtimizning baland tog’lari va sahrolaridan boshqa hamma yerida uchratish mumkin. Aprel oyining boshidan iyulgacha ko’proq uchratish mumkin. Yoz davomida 2-3 avlodi rivojlanadi. Har bir avlodining rivojlanishiga 30-35 kun sarflanadi. Qishni o’simlik qoldiqlari orasida o’tkazadi. Tuxumlarini olabuta yoki lavlagi barglariga oq shilimshiq modda ostiga qo’yib ketadi. Har bitta to’plamda 2 tadan 16 tagacha tuxum bo’ladi. Shilimshiq modda qotib, plyonkasimon qobiq hosil qiladi. Tuxum qo’yishi may oyida boshlanib 10-40 kun davom etadi. Umuman bitta urg’ochi 200 tagacha tuxum qo’yishi mumkin. 5-7 kundan keyin lichinkalar chiqib oziqlanishga kirishadi.

Yangi lichinkalari sariq-yashil rangda bo’ladi. Tanasining ikki yonida juda uzun nishlardan iborat qator bor. 12-25 kundan keyin g’umbakka aylanadi. G’umbaklari keng, yashilrangli va ikki yonida 5 tadan tishchalari bor. 5-8 kundan keyin imagosi paydo bo’ladi. 10-15 kun qo’shimcha oziqlangan qo’ng’izlar ko’paya boshlaydi. Ko’pchilik begona o’tlar bilan oziqlanadi. Bular qatoriga olabuta, sho’ra kabilarni kiritish mumkin.

Ushbu hasharot ham bug’doy, ham sabzavot agrosenozlarida uchraydi. Shuning uchun qalqondorlarning mavsumiy dinamikasini va turli begona o’tlardagi samaradorligini solishtirib ko’rdik.

Qalqondor qo’ng’izlarning mavsumiy dinamikasini solishtirganimizda ularning soni turli vaqtda turlicha bo’lishi aniqlandi. Masalan yashil qalqondorning soni iyunning o’rtalariga kelib, ya’ni qo’ng’izning ikkinchi generatsiyasi uchib chiqqach, eng ko’p bo’ladi. Bu paytda bitta o’simlikda 15 tagacha qo’ng’izni uchratish mumkin. Uning soni keskin o’zgarmaydi. Bunga uning oziqaviy spektori kengligi sabab bo’lsa kerak. Bu qo’ng’iz oziqlanayotgan o’simlik vegetatsiyasini tugatsa u darxol boshqasiga o’tib oladi. Umuman bu qo’ng’iz yiliga 3 ta avlod berishi kuzatildi.

Har safar yangi avlod uchib chiqqanida ularning bitta o’simlikdagi o’rtacha soni ortadi, lekin vaqt o’tgan sari bu ko’rsatkich pasayib boradi. Bunga sabab uning tabiiy kushandalari masalan yaydoqchilar bo’lsa kerak.



Malla qalqondorning soni esa mavsum davomida keskin o’zgaradi. Dastlab uning soni keskin oshib boradi. Shu patyda uning oziqa o’simligi bo’lgan qo’ypechak vegetatsiyasi ham tez kechadi. Bug’doy o’rimidan oldin uning ikkinchi avlodi uchib chiqadi. Bug’doy o’rimidan keyin uning oziqa o’simligi biroz kamayadi va natijada qo’ng’iz diapauzaga ketadi. Ba’zan bu diapauza qishki uyquga ulanib ketishi mumkin.

Lavlagi qalqondorining soni butun mavsum davomida asta-sekin oshib boradi. Mavsum oxirida uning soni o’rtacha bitta o’simlikda 10 donaga yetishi kuzatildi.
Download 324.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling