Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Download 1.05 Mb.
bet1/3
Sana27.06.2020
Hajmi1.05 Mb.
#121968
  1   2   3
Bog'liq
ALMASHLAB EKISH KURS ISHI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ XO’JALIK VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

TERMIZ FILIALI

Agronomiya, o’simlikshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi



DEHQONCHILIK

fanidan
KURS ISHI

MAVZU: LALMIKOR YERLARDA ALMASHLAB EKISH

Bajardi: Agrobiologiya fakulteti «5411600- Sabzavotchilik,polizchilik
va kartoshkachilik» ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 206-guruh talabasi Pardayev. S.

Tekshirdi: A.A.Qodirov

TERMIZ-2020 Y.

Mavzu: Lalmikor yerarda almashlab ekish.



Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism

    1. Lalmikor yerlarning tuproq iqlim sharoiti.

    2. Lalmikor yerlar uchun tavsiya etilgan almashlab ekish tizimlari.

    3. Toza shudgor, uning turlari va toza shudgorga ishlov berish tizimi.

    4. Band shudgorlar va ularda yetishtirish uchun tavsiya etilgan ekin turlari.

    5. Lalmikor yerlarda gʼalla ekinlarini parvarish qilish.

2.6. Lalmikor yerlarda yem-xashak, sabzavot va poliz ekinlarini parvarish

qilish.


  1. Amaliy qism

3.1 Topshiriq: Fermer xoʼjaligining umumiy yer maydoni 99 ga. Xoʼjalikda 1:2:1 bugʼdoy-gʼoʼza almashlab ekish joriy etilgan. Bugʼdoy hosildorligi 51,8 s/ga, paxta hosildorligi 27,2 s/ga.

Yangi almashlab ekishda 1:1 bugʼdoy-takroriy ekin-gʼoʼza navbatlab ekiladi. Bugʼdoy hosildorligi 56,8 s/ga, kartoshka hosildorligi 315 s/ga, paxta hosildorligi 30,5 s/ga. Eski va yangi almashlab ekishda ekinlar salmogʼi va ekinlar boʼyicha yalpi hosildorlikni hisoblang. Аlmashlab ekishning rotatsion jadvalini tuzing.



Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH

Oʼzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yerga boʼlgan munosabatlarni tartibga solishni, yer resurslaridan unumli foydalanish darajasini oshirishga qulay shart-sharoitlar yaratishni talab qilmoqda.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholini oʼzimizda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda taʼminlashdek ustuvor vazifa ijobiy hal etildi. Gʼalla mustaqilligiga erishildi. Bu, albatta, Yurtboshimizning nomi bilan bevosita bogʼliqdir. Erishilgan yutuqlarga mavjud dehqonchilik tizimini tubdan oʼzgartirish kabi islohotlar bosh omil boʼldi. Аyniqsa, oʼt dalali va qator oralari ishlanadigan ekinlar yetishtirish kabi eski, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermaydigan dehqonchilik tizimidan, boshoqli don va qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar yetishtirish, yaʼni dehqonchilikni eng jadal, qisqa navbatli almashlab ekish tizimiga oʼtilishi qishloq xoʼjaligida bir qator ustuvor yoʼnalishlarni belgilab berdi. Shu bilan birga, aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.

1998 yilda qabul qilingan Yer kodeksi, “Fermer xoʼjaligi toʼgʼrisida”, “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida” gi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar yer egalarining huquqlari, uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishdagi javobgarlikni kuchaytirish hamda tuproqlarning tabiiy unumdorligini saqlash va uni oshirishga qaratilgan

meʼyorlarni belgilab berdi.

Keyingi yillarda esa qishloq xoʼjaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida fermer xoʼjaliklari ekin maydonlarini optimallashtirish ishlari amalga oshirildi. Chunki, yer, uning unumdor qatlami boʼlgan tuproq, mamlakatimizning bebaho boyligi boʼlib, kelajakda ham qishloq xoʼjalik mahsulotlari yetishtirishning asosiy manbai boʼlib qoladi.

Qishloq xoʼjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yangi dehqonchilik tizimi vujudga keldi. Bunda klassik 3:7, 3:8 (beda:gʼoʼza) va boshqa almashlab ekish tizimlari hamda ularda joylashtiriladigan 3 yillik beda, makkajoʼxori, yem-xashak ekinlari barham topdi. Chunki mavjud koʼp dalali, katta massivlarga ega boʼlgan gʼoʼza-beda almashlab ekish tizimlari talabga javob bermay qoldi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʼng gʼoʼza yakkahokimligi tugatildi. Gʼalla-gʼoʼza, gʼalla-gʼoʼza-em-xashak, gʼalla- gʼoʼza-sabzavot kabi ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tartiblari joriy qilindi. Natijada, respublika dehqonchilik amaliyotida sugʼorib dehqonchilik qilinadigan umumiy maydonning 32-35 % iga kuzgi bugʼdoy, 43-45 % iga esa gʼoʼza ekila boshlandi.

Bu esa, aksariyat hollarda, bozor iqtisodi talablariga javob bersada, paxtachilik majmuidagi ekinlarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi ijobiy oʼrni yetarli emasligi namoyon boʼlmoqda. Buni tuproqda qaytarilish qonunini, yaʼni organik moddalar olib chiqib ketilishi koʼp boʼlgan holda, tuproqqa qaytish nisbatining juda kamligi bilan izohlash mumkin.

Masalan, hozirda takroriy ekinlarni hisobga olmaganda, asosiy ekinlar-gʼoʼza, gʼalla einlarining bir marta almashlab ekilishida paxta hisobiga 8-10 tonna, gʼalla hisobiga 11-12 tonna, jami 1 gektar maydondan bir mavsumda 19-22 tonnagacha organika chiqib ketmoqda.

Tuproqqa solinayotgan maʼdanli va organik oʼgʼitlarni jami hajmi esa 1-2 tonnadan oshmayapti. Bu holat kelgusida tuproq unumdorligini keskin pasayib borishiga sabab boʼladi.

Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirishagrotexnologiyalari (sobiq Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti) ilmiy-tadqiqot institutida 1926 yilda asos solingan tajribadan olingan maʼlumotlarga koʼra, gʼoʼzani doimiy ekib, faqat maʼdanli oʼgʼitlar N250 P175 K125 kg/ga qoʼllab gʼoʼza parvarish qilingan variantda gʼoʼzani vilt bilan eng yuqori darajada (34,1 %) kasallanishi kuzatildi. Ushbu koʼrsatkich gʼoʼza doimiy ekilib, 30 t/ga goʼng berilgan variantda 9,9 %, almashlab ekish va maʼdanli oʼgʼitlar berilgan variantda 23-25 % ni tashkil etdi. Demak, ushbu maʼlumotlar hozirgi davrda respublikamizning gʼoʼza parvarish qilinayotgan maydonlarida vilt kasalligini nima sababdan avj olayotganligiga ilmiy jihatdan eng toʼgʼri javob hisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʼra, hosildorlik oʼgʼitlar qoʼllamasdan doimiy ekilganda 9,8 s/ga, oʼgʼit qoʼllab doimiy ekilganda 32,8 s/ga, 30 t/ga goʼng+ P2O5 25 kg/ga berilib doimiy gʼoʼza ekilganda 32,4 s/ga ni tashkil etgan. Eng yuqori hosidorlik (40,2 s/ga) (3:7 beda:gʼoʼza) almashlab ekish+maʼdanli oʼgʼitlar N150 P105 K75 kg/ga qoʼllaganda olingan.

Hozirda respublikamizning 44797,7 ming gektar umumiy maydonidan qishloq xoʼjaligida foydalanadigani 27521,6 ming gektar, sugʼoriladigan yerlar esa 4238,6 ming gektarni tashkil etadi. Ular turli tabiiy tuproq-iqlimga ega boʼlgan qishloq xoʼjalik hududlarida joylashgan boʼlib, jadal dehqonchilik asosan meliorativ, ekologik holati hamda tuproqlarining unumdorlik darajasi bir-biridan keskin ajralib turadigan 4278,0 ming gektar sugʼoriladigan yerlarda olib borilmoqda. Аfsuski, ana shu maydonlarning 65,9 % ida meliorativ holat qoniqarsiz, 1,5 mln. gektardan oshiqrogʼi deflyatsiyaga, shu jumladan 0,7 mln. gektari kuchlideflyatsiyaga uchragan, 660 ming gektar yerda irrigatsiya eroziyasi, 40 ming gektar maydonda jar eroziyasi mavjud boʼlib, sugʼorib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda tuproq unumdorligini mutassil pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Buning asosiy sabablari sifatida tuproqning meliorativ holati yomonlashishi, tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillar, xususan almashlab ekish tizimlari amaliyotga keng joriy etilmayotganligi, deflyatsiya-eroziya jarayonlari kuchayishi, tuproqqa asosiy ishlov berish tizimiga toʼliq amal qilmaslik, haydov va haydov osti qatlamlarida tuproq zichlanishini ortishi, har xil kimyoviy vositalar bilan ifloslanishi, ekinlar strukturasi va ularning hosildorligini tuproq unumdorligiga monand ravishda muqobillashtirilmasligi, oʼsimliklarni oziqlantirish tartiblari hamda biomassa bilan tuproqdan chiqib ketayotgan oziqalarning

tuproqqa qaytarilishi kabi tabiat qonunining toʼliq ishlamayotganligi va boshqa jixatlarni keltirish mumkin.

Shuning uchun hozirgi davr talabidan kelib chiqib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda qishloq xoʼjalik ekinlarini almashlab ekish, unga muntazam rioya etish oʼta muhim vazifa xisoblanadi. Buning uchun quyidagi masalalarni hal etish lozim:

1. Yerlarni umumiy holati va ulardan samarali foydalanish

boʼyicha muntazam monitoring yuritish;

2. Tuproqdan olib chiqib ketilayotgan va tuproqqa kiritilayotgan

oziqa balansini saqlash, koʼproq organika kiritish;

3. Fermerlar, umuman yerdan foydalanuvchilarni ilmiy-amaliy

salohiyatini yanada oshirish;

4. Tuproq unumdorligini oshiruvchi, resurs-tejovchi

texnologiyalarni joriy etish.

Yoʼqotilgan tuproq unumdorligini tiklash, oshirish uchun fermer xoʼjaliklaridan asosiy eʼtiborni kuzgi bugʼdoy angʼiziga ekiladigan siderat, takroriy va oraliq ekinlarga qaratish, oʼtmishdosh ekin sifatida gʼoʼza va kuzgi bugʼdoyga mos keladigan, tuproq unumdorligini oshiradigan chorva uchun toʼyimli yem-xashak boʼla oladigan, don hamda don-dukkakli ekinlarni tanlashga ustuvorlik berish zarur.



    1. Lalmikor yerlarning tuproq iqlim sharoiti.

Lalmikor yerlar, bahorikor yerlar — adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni toʻplash va uni saqlash, oʻgʻitlash, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qoʻllaniladi. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Jan. Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, Lalmikor yerlarning katta maydonlari sugʻorma dehqonchilik r-nlariga aylantirildi.

Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan.

Maʼlumki mamlakatimizda lalmikor ekin maydonlar 757 ming gektardan oshiqroqni tashkil etadi. Bu yerlardan 130 ming gektari yogʼinlar bilan taʼminlangan maydonlardir.

Dehqon va chorvadorlarimiz sugʼoriladigan yerlar bilan birgalikda mazkur maydonlardan ham foydalanib kelishmoqda. Kelgusida lalmi maydonlar dehqonchiligi yangi texnika va texnologiyalarni, qurgʼoqchilikka chidamli ekinlar navlarini joriy qilish orkali yanada rivojlantiriladi, albatta.

Respublikamiz lalmikor dehqonchiligi ob-havo, tuproq unumdorligi va o’simliklar dunyosi vertikal zonallik qonuniyatiga asosan o’zgarib boradi hamda tuproq va iqlim sharoitlariga ko’ra quyidagi mintaqalarga bo’linadi;

Tekislik lalmikor mintaqa. Bu mintaqa nam bilan taminlanmagan dengiz sathidan 200-450 metr balandlikda joylashgan. Yillik yog’ingarchiliklar miqdori 280 mm dan oshmaydi. Bu mintaqa Forish (shimoliy qismi), Yangiobod (shimoliy va shimoliy sharqiy qismi), Nurota (shimoliy, janubiy-g’arbiy qismi), G’uzor (g’arbiy qismi) tumanlarni o’z ichiga oladi. Bu mintaqada boshoqli don ekinlarining bahorgi va yozgi vegetasiyasi davomida kuchli havo va tuproq qurg’oqchiligi (garmsel) yuzaga kelishi sababli qurg’oqchilikka chidamli ekin arpani yetishtirish maqsadga muvofiq.

Qir-adirlik mintaqa. Bu mintaqa nam bilan yarim taminlangan bo’lib, dengiz sathidan 450-750 m balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 250-350 mm ni tashkil etadi. Bu mintaqa Yangiobod (markaziy qismi), G’allaorol, Jizzax, Forish (markaziy qismlari), Pastdarg’om (janubiy qismi), Kattaqurg’on (g’arbiy), Qushrabot (shimoliy), Nurobod (janubiy va janubiy g’arbiy qismi),Nurota (markaziy qismi), G’uzor (shimoliy va g’arbiy qismlari), Chiroqchi va Yakkabog’ (g’arbiy), Boysun (markaziy va sharqiy qismlari) tumanlari kiradi.

Tog’ oldi mintaqa. Bu mintaqa nam bilan taminlangan dengiz sathidan 750-900 metr balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 350-400 mm dan ko’proq bo’lib, suv eroziyasiga uchragan maydonlar 50-60 foizni tashkil etadi. Bu lalmikor mintaqaga Ohangaron, Bo’stonliq (janubiy-sharqiy qismi), Parkent (g’arbiy qismi), Yangiobod, Zomin, Forish (janubiy qismi), Baxmal (shimoliysharqiy qismi), Kattaqo’rg’on (sharqiy qismi), Qo’shrabot (markaziy qismi), Nurota (janubiy qismi), Dehqonobod (tog’oldi qismlari), Qamashi (sharqiy va janubiy qismlari), Kitob (janubiy-g’arbiy qismlari) va Chiroqchi (markaziy va sharqiy qismlari) tumanlari kiradi. Tog’ oldi va tog’li mintaqalari yog’insochin ko’p yog’ishi, nisbatan temperaturasi pastligi, havoning nisbiy namligi qulayligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Ana shu o’ziga xos xususiyat tufayli tog’lik tumanlarda o’simlik suv bilan yaxshi taminlanadi, demak qurg’oqchilik va garmsel xavfi kam bo’ladi. Shu bilan birga bu mintaqada o’suv davrining ikkinchi yarmi ham qulay gidrotermik sharoitda o’tadi, bu o’z navbatida lalmikor mintaqadan boshqa yerlardagiga nisbatan ko’proq hosil olish imkonini beradi. Binobarin, respublika g’allakorligida tog’ oldi va tog’lik mintaqalar doimo barqaror hosil beradigan ishonchli g’alla koni hisoblanadi.

Tog’li mintaqa. Lalmikorlikning bu mintaqasi dengiz sathidan 1200-1600 metr balandlikda joylashgan. Bu mintaqa nam bilan yetarli taminlangan, (yillik yog’ingarchiliklar miqdori 400-600 mm dan ortiq), tuprog’i to’q tusli sur.

Bu mintaqaga Ohangaron (janubiy qismi), Bo’stonliq (shimoliy-sharqiy qismi), Parkent (sharqiy qismi), Baxmal va G’allaorol (janubiy-sharqiy qismi), Qo’shrabod (g’arbiy qismi), Urgut, Dehqonobod (tog’oldini yuqori qismi), Kitob (shimoliy qismi), Yakkabog’ (shimoliy-sharqiy qismi) va Boysun (g’arbiy qismlari) tumanlari kiradi. Yog’in-sochinning asosiy qismi (55-60 foiz) may, iyun, iyul oylarida kuchli jala tariqasida bo’lib o’tishi natijasida mintaqada eroziya jarayonlarining kuchayishi kuzatilmoqda.




    1. Lalmikor yerlar uchun tavsiya etilgan almashlab ekish tizimlari.


Almashlab ekish – qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgi-langan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekish ga kiritilgan ekinlarning guruhi ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish jo-riy etilmay, bir yerning o‘ziga bir xil 359ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona o‘tlar ko‘payadi (mas, poliz ekinlarida shumg‘iya, g‘o‘zada vilt, boshoqli g‘alla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar ka-salliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o‘t bosib ke-tishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi.

Bularning biri – Almashlab ekish da yetishtirila-digan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi – biologik xususiyati, yetishti-rish texnologiyasi va tuproq unumdor-ligiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, don-li va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, ko‘p yillik o‘tlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish bo‘linadi. Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘i asosiy (g‘o‘za, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi.

Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘ini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agro-texnika, alohida sug‘orish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga ko‘ra tur (tip)larga bo‘linadi. Almashlab ekishning g‘o‘za –g‘alla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – o‘tlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – o‘tlar; o‘tlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; o‘tlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor.

Lalmikor yerlarda g’alla-toza shudgor, band shudgor, beda almashlab ekishning turli tizimlari, sug’oriladigan yerlarda g’alla almashlab ekish tizimining qisqa rotatsiyali sxemalari ishlab chiqilgan. Tuproqning tabiiy unumdorligini oshirish, tuproqqa ishlov berish, ekish, o’g’itlash, sug’orish kabi hosil yetishtirishning qulay agrotexnik tadbirlari ilmiy asoslangan.

Lalmi yerlarda begona o’tlarni yo’qotishda g’alla-shudgor almashlab ekish tizimlarini joriy etish muhimdir.

Begona o’tlarga qarshi faqatgina agrotexnik tadbirlarni qo’llash bilan yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. CHunki ko’p yillik begona o’tlarning ildizlari 2-3 metr va undan ko’p chuqurlikka yetib borishi mumkin. SHuning uchun agrotexnik tadbirlar bilan birga begona o’tlarni kimyoviy usul bilan o’toq qilish katta ahamiyatga ega.

Bir rotatsiya ichida yillar va dalalar bo’yicha navbatlanadigan ekinlar rejasini qayd qilingan jadvalga rotatsion jadval deyiladi. Ekinlar guruhining ro’yxati va ularning navbatlanishi almashlab ekish tizimi (sxemasi) deyiladi.

Lalmi yerlarda surunkali g’alla ekish, uni organik va mineral o’g’itlar bilan o’g’itlamaslik hosildorlikni yog’ingarchilikka qarab 3-8 ts/ga ga kamaytiradi. Almashlab ekish tizimlari joriy etilib har uch yilda bir marta toza shudgor ko’tarishdan oldin gektariga 10 tonna mahalliy va 40 kg/ga fosfor solish tuproqdagi gumusning 0,5-0,6% ga oshishini, azot, fosfor oziqa moddalarining barqaror ijobiy balansini yuzaga keltiradi.

Almashlab ekish tizimiga ko’ra lalmi yerlarda boshoqli don ekinlari salmog’i haydaladigan yerga nisbatan 60 % bo’lishi talab etiladi. Keyingi davrlarda Respublika bo’yicha haydaladigan lalmi yer maydonlarining
33,6 % boshoqli don bilan band. Bundan ko’rinib turibdiki, Respublikada boshoqli don ekinlari maydonini 1,5-1,8 barobar ko’paytirish imkoniyatlari mavjud.

Lalmikor yerlarda kuzgi bug’doyning qishga va qurg’oqchilikka chidamligi muhim rol o’ynaydi. Bug’doyning qishga chidamliligi o’simlik o’sish fazasiga, qish ob-havosiga va boshqa omillarga bog’liq. Kuzda unib chiqqan bug’doy yaxshi qishlaydi. Unib chiqishi bahorga cho’zilganda bug’doyning turli darajada siyraklanishi yuz beradi. Lalmi yerlarda unib chiqqan bug’doyning past haroratda nobud bo’lishi kamdan kam holatlarda uchraydi.

Lalmi yerlarda bug’doy deyarli har yili qurg’oqchilik ta’siriga uchraydi. Ayrim yillari tuproqda namlik boshoqlash-don to’plash davrlarida o’simlik o’zlashtira olmaydigan darajaga- 5,8 foizga tushadi. Tuproq qurg’oqchiligi bilan havo haroratining keskin ko’tarilishi (+40oS dan+42 oS gacha va undan yuqori) qo’shilib bug’doy hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.

O’tmishdosh. Lalmi bug’doydan barqaror yuqori hosil olishda o’tmishdosh ekin muhim rol o’ynaydi.



Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, g‘o‘za-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi g‘o‘za dalalarini ko‘rsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). O‘zbekistonda xo‘jalikning qaysi soha bo‘yicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qo‘llanilishi mumkin.O‘zbekistonda 1930–90-yillarda ja-moa va davlat xo‘jaliklarida 3:7 sxe-mali donga ajratilgan bir dalali g‘o‘za – beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali g‘o‘za–beda Almashlab ekish va bo‘laklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar – chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qo‘llanildi.

Almashlab ekishning mazkur sxemalarida g‘o‘za salmog‘i 60–70%ni tashkil etdi. 90-yillar boshidan O‘zbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sug‘oriladigan maydonning katta qismi g‘alla ekinlari uchun (1997 yilda kariyb 1 mln.ga) ajratildi. Natijada g‘o‘za yakka-ziroatchiligiga barham berilib, ayrim xo‘jaliklarda g‘o‘za-g‘alla nisbati deyarli teng bo‘lib qoldi.Paxtachilik Almashlab ekish da boshokli don ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga ko‘ra ekinlar quyidagicha: 1 (g‘alla): 2 (beda): 7 (g‘o‘za) – g‘o‘za 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) : 3 (beda) : 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) – g‘o‘za 40% joylash-tirilib, Almashlab ekish dalasida g‘o‘za sal-mog‘ini 10–20% kamaytirishga erishildi.

Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari – 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (g‘o‘za) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (g‘o‘za) : 1 (g‘alla) – g‘o‘za 44,4 – 55,5% bo‘lgan namunaviy tav-siyalar berildi. Sholikor xo‘jaliklarda Almashlab ekishning uch, yetti, to‘qqiz va o‘n dalali sxemalari qo‘llaniladi.

To‘qqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, o‘ris no‘xat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshi-lanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6–70%ni tashkil etadi. Sabza-votchilikda sabzavot ekinlari Almashlab ekishning 360asosiy bo‘g‘ini ko‘p yillik va bir yillik o‘tlardir. Ekishda beda va boshqadukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, ka-ram, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham mo‘l hosil beradi.

Begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sab-zavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp), kartoshka, bodring karamdan key-in eqilganda yaxshi samara beradi. Sab-zavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3–4 yil oralatib eqilgani ma’qul.O‘zbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil da-vomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajo‘xori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga o‘rtagi sabza-vot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin er-tagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin er-tagi sabzavot ekinlaridan karam ekila-di), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi.Almashlab ekish tizimi qishloq xoʻjaligi fanlarining yangi yutuqlari va to‘plangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi.

Ekinlarni tartibi bilan belgilangan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt А. e. rotatsiyasi deyiladi; А. e. ga kiritilgan ekinlarning guruhi roʼyxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band boʼladigan dalalarning bir-biriga nisbati Аlmashlab ekish sxemasi deyiladi. Аlmashlab ekish joriy etilmay, bir yerning oʼziga bir xil ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziroatchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunandalar, shu sharoitga moslashgan begona oʼtlar koʼpayadi (mas, poliz ekinlarida shumgʼiya, gʼoʼzada vilt, boshoqli gʼalla ekinlarida qorakuya va b.). Ekinlar kasalliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona oʼt bosib ketishini bartaraf etishda Аlmashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Аlmashlab ekishni tasniflash ikki belgiga asoslanadi. Bularning biri — А. e. da yetishtiriladigan q. x. mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va b.)ning asosiy turi. Ikkinchisi — biologik xususiyati, yetishtirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga koʼrsatadigan taʼsiri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, donli va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, koʼp yillik oʼtlar). Birinchi belgisi jihatidan Аlmashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Аlmashlab ekish boʼlinadi. Dalali Аlmashlab ekishda ekin maydonining yarmidan koʼprogʼi asosiy (gʼoʼza, don ekinlari, kartoshka va b.) ekinlar yetishtirishga ajratiladi. Yem-xashak Аlmashlab ekishda ham ekin maydonining yarmidan koʼprogʼini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Аlmashlab ekishda maxsus agrotexnika, alohida sugʼorish usullari va b. ni talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va b. kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Аlmashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va b. belgilariga koʼra tur (tip)larga boʼlinadi. Аlmashlab ekishning gʼoʼza — gʼalla — beda; don ekinlari — toza shudgor; don ekinlari — oʼtlar — chopiqtalab ekinlar; don ekinlari — oʼtlar; oʼtlar — chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar — sideratli ekinlar; oʼtlar — dalali va b. tur (tip)lari bor. А. e. turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, gʼoʼza-beda Аlmashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi gʼoʼza dalalarini koʼrsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). Oʼzbekistonda xoʼjalikning qaysi soha boʼyicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Аlmashlab ekishning har xil sxemasi qoʼllanilishi mumkin.

Oʼzbekistonda 1930—90-y. larda jamoa va davlat xoʼjaliklarida 3:7 sxemali donga ajratilgan bir dalali gʼoʼza — beda Аlmashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga ajratilgan bir dalali gʼoʼza—beda Аlmashlab ekish va boʼlaklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar — chopiqtalab ekinlar Аlmashlab ekish qoʼllanildi. Аlmashlab ekishning mazkur sxemalarida gʼoʼza salmogʼi 60—70%ni tashkil etdi. 90-y. lar boshidan Oʼzbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sugʼoriladigan maydonning katta qismi gʼalla ekinlari uchun (1997 y. da kariyb 1 mln. ga) ajratildi. Natijada gʼoʼza yakkaziroatchiligiga barham berilib, ayrim xoʼjaliklarda gʼoʼza-gʼalla nisbati deyarli teng boʼlib qoldi.

Paxtachilik А. e. da boshokli don ekinlarini joylashtirish boʼyicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga koʼra ekinlar quyidagicha: 1 (gʼalla): 2 (beda): 7 (gʼoʼza) — gʼoʼza 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (gʼalla) : 2 (gʼoʼza) : 3 (beda) : 1 (gʼalla) : 2 (gʼoʼza) — gʼoʼza 40% joylashtirilib, Аlmashlab ekish dalasida gʼoʼza sal-mogʼini 10—20% kamaytirishga erishildi. Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari — 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (gʼoʼza) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (gʼoʼza) : 1 (gʼalla) – gʼoʼza 44,4 – 55,5% boʼlgan namunaviy tavsiyalar berildi. Sholikor xoʼjaliklarda Аlmashlab ekishning uch, yetti, toʼqqiz va oʼn dalali sxemalari qoʼllaniladi. Toʼqqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, oʼris noʼxat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshilanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6—70%ni tashkil etadi. Sabzavotchilikda sabzavot ekinlari А. e. ning asosiy boʼgʼini koʼp yillik va bir yillik oʼtlardir. Ekishda beda va b. dukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, karam, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham moʼl hosil beradi. Begona oʼtlardan koʼproq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sabzavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholgʼom, turp), kartoshka, bodring karamdan keyin eqilganda yaxshi samara beradi. Sabzavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3—4 yil oralatib eqilgani maʼqul.

Oʼzbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil davomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajoʼxori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga oʼrtagi sabzavot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin ertagi sabzavot ekinlaridan karam ekiladi), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi.

Аlmashlab ekish tizimi q. x. fanlarining yangi yutuqlari va toʼplangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi.




    1. Download 1.05 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling