Toshkent davlat agrar universiteti


Download 387.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.04.2017
Hajmi387.37 Kb.
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV 

XO’JALIGI VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 



 

«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti 

 

5630100-«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» yo’nalishi                         

bo’yicha 

«Mashina-traktor parkidan foydalanish va texnik servis» kafedrasi 

BITIRUV MALAKAVIY 

ISHI 

Mavzu:     Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Ivatbek fermerlar 

uyshmasi MMTP qishloq xo’jaligi texnikalarini yoqilg’i moylash 

materiallariga bo’lgan talabni asoslash    

 

          Bajardi:                                                                   F.Xoliqov 

          Rahbar:                                                           ass. Sh.Maxatov 

 

«Mashina-traktor parkidan     

foydalanish va texnik servis»        

kafedrasi    mudiri, dotsent 

 __________ R.D.Xalilov 

«_____»______________2013y. 

   

   Qishloq xo’jaligini                              

mexanizatsiyalash fakulteti dekani, 

dotsent 

__________  E.T.Farmonov   

«_____»____________2013y. 

 

Toshkent 2013 y 

 

MUNDARIJA 



 

 

 



Kirish....................................................................................3 

 

1.



 

Ivatbek MMTP ni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 

…………. 4 

2.

 



Ivatbek MMTP ni tarkibi …………………………………………….4 

3.

 



Ivatbek  MMTP  qishloq  xo’jaligi  texnikalarini  neft  mahsulotlari  va 

boshqa ekspluatatsion materiallar bilan ta`minlash

…………………5 

 

3.1. Neft xo’jaligini tashkillashtirish……………………………………..6 



3.2. Yonilg’ilarning umumiy tarkibi va sinflanishi ………………9 

3.3. Yonilg’i quyish jihozlari……………………………………………..11 

3.4.

 

PUOM-100 avtotraktor moylarini tozalash qurilmasi……………..12 



3.5.

 

Moylarning sifat va miqdoriy yo’qotishlari………………………14 



3.6.

 

Neft mahsulotlarining nobudgarchiliklariga qarshi kurashish………17 



3.7.

 

Dizel  yonilg’ilarini  tashishda,  saqlashda  sifatini  buzilmasligi  va  isrof 



qilmaslik……………………………………………………………19 

4.

 



Ishlab  chiqarish  sharoiti  uchun  texnikalar  sonini  (MTP  tarkibini) 

asoslash va ishini rejalashtirish……………………………………………..20 

4.1.  Qishloq  xo’jalik  ekinlarini  etishtirishning  hisoblash-texnologik  xaritasini 

ishlab chiqish………………………………………………………………..21 

 

4.2.  Mashinalardan foydalanish grafigini qurish…………………………22 



4.3.Traktorlarning ishlatiladigan va inventar sonlarini aniqlash…………24 

 

4.4.1. Traktorlar markasi bo’yicha kunlik yonilg’i sarf..............................26 



 

4.5.  Xo’jalik  uchun  zarur  bo’lgan  umumiy  yonilg’i-moy  maxsulotlari 

miqdori va ularni saqlaydigan sig’imlar hajmini asoslash………………………28 

5.    Yonilg’ilarning  inson  salomatligiga  ta`siri  va  atrof  muxitni 

ifloslantirmaslik  choralari………………………………………………………34 


 

6.    Mashinalarini  YOMM    bilan  taminlashning  iqtisodiy  ko’rsatkichlari 



hisobi ……………………………………………………………………………35 

6.1. YOMM xo’jaliginig hisobi…………………………………………...36 

Xulosa ........................................................................................................42 

Foydalanilgan adabiyotlar...........................................................................44 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

KIRISH 



Vatanimiz  qishloq  xo’jaligiga  yangi  mashinalar  ko’plab  etkazib 

berilayotganligi  munosabati  bilan  mashina-traktor  saroyini,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitiga  moslab  doimiy  ishga  yaroqli  holda  saqlash  hamda 

ishlatishga yanada ko’proq e`tibor berish lozim bo’ladi. 

Vazirlar 

Mahkamasi 

tomonidan 

qabul 


qilingan 

qishloq 


xo’jaligining  zamonaviy  texnikalar  bilan  ta`minlash  dasturiga    binoan 

qishloq  xo’jaligining  har  xil  sohlariga  jaxonning  «KEYS»,  «KLAAS», 

«MASSEY  FERGUSON»,  «DEU»,  Rossiya  va  Belorusiyaning    yirik 

traktorsozlik  korxonalalarining  serquvvat  er  haydash,  universal  chopiq 

traktorlari,  avtomobillari,  avtobuslari  va  dvigatellari  hamda  qishloq 

xo’jaligi  mashinalari  muvaffaqiyatli  ishlatilmoqda.  Bu  texnikalardan 

samarali  va  ishonchli  foydalanish  ularda  ishlatiladigan  yoqilg’i  moylash 

materiallari va texnik suyuqliklar sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liq. 

  

Neft  zahiralarining  kamayib  borishi,  ekologik  muammolarning 



keskinlashuvi, shuningdek an`anaviy  energoresurslar   bahosining doimiy 

o’sishi  bilan  keyingi  yillarda  butun  jahonda  muqobil  yonilg’ilarga 

bo’lgan  qiziqish  ancha  ortdi  va  bu  kabi  masalalarni  hal  etilishi 

Respublikamizda  energetika  va  ekologik  muammolarini  hal  qilishning 

echimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. 

 

Neft  mahsuloti  xo’jalikka  kelib  tushgunga  qadar  bir  nechta  quyish, 



tashish  va  saqlash  jarayonlarini  bosib  o’tadi.  Natijada  uning  tarkibi 

qisman o’zgaradi. 

 

Xo’jalikda  faoliyat  ko’rsatadigan  bo’lg’usi  mutaxassislar,  neft 



mahsulotlaridan  samarali  foydalanishi,  ularning  sifat  ko’rsatkichlarini 

aniqlash  usullarini  bilishi  va  ularning  ishlatishga  yaroqliligi  to’g’risida 

xulosa qilishlari lozim.  

 

 

 


 



1. Ivatbek MMTP ni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 



 

Qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  etishtirish  uchun  900  ga  er  maydoniga  ega 

bo’lgan  fermerlar  uyushmasi  sharoiti  paxta,  g’alla  va  boshqa  ekin  turlarini 

etishtirishga qulay imkon beradi. 

 

Paxta  va  g’alla  boshqa  ekin  turlariga  nisbatan  salmoqli  o’rin  tutadi. 



Xo’jalikning ekin maydonlarida almashlab ekish joriy etilgan. 

1-jadval 

Xo’jalikda foydalaniladigan er maydoni 

№ 

Ko’rsatkichlar  



Maydoni, ga 

Umumiy er maydoni 



Shundan: 

Paxta 


G’alla  

Makka 


Beda  

900 


 

400 


400 

50 


50 

 

1.1. Ivatbek MMTP ni tarkibi 

 

Qishloq  xo’jalik  ekinlarini  etishtirish  uchun  MMTP  tarkibi  etarli  tartibda 



tuzilgan.  Zamonaviy  texnikalar  bilan  qurollangan.  MMTP  qishloq  xo’jalik  ishlab 

chiqarishning  asosiy  texnologik  jarayonlarini  to’la  mexanizatsiyalashtirish 

imkoniga ega. 

 

Ivatbek fermerlar uyushmasi MMTP markaziy remont usataxonasiga kerakli 



jihozlar, maydonlar, bostirmalar va binolar bilan ta`minlangan. 

 

Bu  joylarda  traktor  va  qishloq  xo’jalik  mashinalarni  saqlash  imkoni  ham 



mavjud. 

 


 

Ivatbek fermerlar uyushmasi MMTP ning tarkibi 



2-jadval 

№ 

Mashinalar nomi 



Markasi  

Soni  


Umumiy ishlarni bajaruvchi traktorlar 

T-4A 





G’ildrakli transport traktorlar 

TTZ-80.10 



Universal chopiq traktorlar 



TTZ-80.11 



Er tekislovchi transport 

Greyder  



Chigit seyalkalari 



SMX-4 



Kultivatorlar  

KXU-4 


G’alla kombayni  



Keys-2166 



Plug  

PYA-3-35 



Plug  



PLN-4-35 

10 



Mola tekislagich 

MV-6 


11 


Purkagich  

OVX-600 


 

2. Ivatbek MMTP qishloq xo’jaligi texnikalarini neft mahsulotlari va boshqa 



ekspluatatsion materiallar bilan ta`minlash 

Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan neft mahsulotlari 

Yonilg’ining  asosiy  turlari:  AI-76,  AI-80,  AI-93  benzin,  ―L‖  va  ―Z‖(yoz  va 

qish) dizel yonilg’isi; motor moyi: harorat  +5 

0

S dan 40 



0

S gacha bo’lganda M8; 

M-8

g2

;  harorat    +5



S  dan  50

S  gacha  bo’lganda  M-10,  M10.  Quyuq  surkov 



moylari:  solidol,  TSIATIM-201,  Litol-24  va  FIOL-1.  Eng  sifatli  surkov  moylari 

Litol-24 va FIOL-1. Bu moylar issiqqa ancha chidamli bo’ladi. 



 

 

 



2.1. Neft xo’jaligini tashkillashtirish 

Mashinalarni yoqilg’i-moylash materiallari bilan ta`minlashni tashkillashtirish 

sxemasini tanlashda quyidagilar e`tiborga olinadi: 

 

fermer xo’jaliklarida mashinalar ishlayotgan joyning masofasi; 



 

yo’llarnning holati; 

 

fermer  xo’jaliklari  va  fermerlar  uyushmasi  muqobil  MTP  ning  miqdor 



tarkibi. 

Agar MTA markaziy neft omboridan 2-3 km. oraliqda ishlayotgan bo’lsa, ular 

markaziy neft omboridan yoqilg’i olishi mumkin. MTA ga yoqilg’i qo’yish uchun 

mexanizatsiyalashtirilgan  yoqilg’i  quyish  agregatlaridan  foydalaniladi.  Ivatbek 

MMTP  25 dan ortiq traktor bo’lganligi uchun, u holda dala shiyponida statsionar 

quyish  posti  tashkil  etildi.  Ko’pi  bilan  2  km.  oraliqda  ishlayotgan  traktorlar 

yoqilg’ini 

stantsionar 

quyish 

postidan 



oladi. 

Boshqa 


traktorlar 

mexanizatsiyalashtirilgan  ko’chma  quyish  agregatlaridan  yonilg’i  oladi.  Fermer 

xo’jaligining neft omborida ikki kunlik zahira yonilg’i saqlanadi. 

Dizel  yonilg’ini  tindirgich-rezervuarlarda saqlanishi lozim.  Bir  rezervuardagi 

yonilg’i tindiriladi, ikkinchi rezervuardan esa, mashinalarga yonilg’i beriladi. 

Rezervuar sig’imi quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi: 

             

)

1



(

5

,



0

.

.



1

з

м

n

nz

рез

K

G

t

V

,               

                    (1) 

bunda t - yonilg’ining necha soatga olinish vaqti, soat; 



n

nz

G

1

 - turli ruso’mdagi traktorlarning dvigatellari sarflaydigan yonilg’ining 



umumiy soatli sarfi; 

γ - yonilg’ining hajmiy og’irligi, t/m

3

. Dizel yonilg’isi uchun γ = 0,86 t/m



3

benzin uchun γ = 0,75 t/m



3

K



m.z

  -  idishda  qoladigan  yonilg’i  zahirasi  koeffitsienti,  0,05-0,1  ga  teng 

olinadi. 


 

Demak, rezervuarlar soni 2 ta qabul qilinadi. Bularning birida yonilg’i kamida 



4 sutka tindirilishi lozim. Rezervuarlar i = 0,01 qiya o’rnatiladi (rasm). 

Yonilg’i quyish usullariga quyidagi talabalar qo’yiladi: 

 

yonilg’i toza bo’lishi lozim; 



 

yonilg’i tez va qulay quyilishi kerak; 

 

dalada yonilg’i quyishda asboblar puxta ishlashi lozim; 



 

yonilg’i mutloqa nobud bo’lmasligi kerak; 

 

yonilg’i quyish ishlari arzon bo’lishi kerak; 



 

yonilg’i xavfsizligi ta`minlangan bo’lishi zarur. 

 

1-rasm.  Muqobil mashina traktor parki neft omborida rezervuarni o’rnatish: 



1-rezervuar;  2-havo  klapani;  3-to’kish  jo’mragi;  4-yonilg’i  olish  trubasi;  5-

yonilg’i quyish kolonkasi; 6-cho’kindini to’kish jo’mragi. 

Mashinalarga yonilg’i quyishning quyidagi usullari bor: 

 

quyish qurilmasidagi  yonilg’i  sathi  bilan traktor  baki  sathi  o’rtasidagi  farq 



hisobiga yonilg’i o’zi oqib tushadi; 

 

quyish qurilmasining ichida ortiqcha bosim hosil qilish; 



 

traktorning bakida havoning siyraklashishi hisobiga yonilg’i quyish; 

 

nasos yordamida yonilg’i quyish. 



Tajribalarning  ko’rsatishicha,  yonilg’ini  bosim  bilan  va  nasos  yordamida 

quyish  ancha  puxta  bo’ladi.  Karter  moylari,  benzin  va  konsistent  moylari 

erto’lalarda  saqlash  yaxshi  bo’ladi.  Yonilg’ilarni  bidonlarda  yoki  kanistrlarda, 


 

10 


quyuq moylarni esa bochkalarda saqlash qulay bo’ladi. Barcha neft mahsulotlarini 

chang  va namdan saqlash kerak.  Yonilg’i  xavfsizligiga oid barcha chora-tadbirlar 

ko’rilgan bo’lishi kerak. 

Ma`lumki,  hozirgi  davrda  jamiyatning  rivojlanishi  energiya 

sarfining  ortib  borishi    bilan  bog’liq.  Ilmiy-texnik    rivojlanishning  tez 

o’sishi 


sharoitida 

yonilg’i-energetika 

zahiralarining 

va 


imkoniyatlarining ulushi juda katta. 

 

Hozirgi  zamonda  ishlab-chiqarilayotgan  mahsulotlar  tannarxining 



katta 

qismini 


yonilg’iga  bo’lgan  sarf  tashkil  qiladi.  Bizning 

mamlakatimiz  sharoitida  ham  tejab  qolingan  har  bir  foiz  yonilg’i, 

mehnat  unumdorligini  oshirishga  ancha  katta  iqtisodiy  samaradorlik 

beradi.  

 

Hozirga 


kelib 

rivojlangan 

 

mamlakatlarda, 



shu 

jumladan 

respublikamizda  yonilg’ilar  jahon  talablari  darajasidagi  yonilg’ilardir. 

Bular:  neft  va  uning  kondensatlari,  tabiiy  gaz,  benzin,  dizel  yonilg’ilari 

va boshqalar. 

 

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tez rivojlanib borishi, uning 



moddiy-texnika  ta`minoti  o’sishi  sabablariga  ko’ra  yonilg’i-energetika 

imkoniyatlaridan  foydalanish  ham  kengayib  bormoqda.    Rivojlanishning 

bu  pog’onasida  energetikaning  suyuqlik  yonilg’i  ulushi  (benzin,  dizel 

yonilg’isi, mazut va boshqalar) katta hajmni  egallab turibdi. 

 

Keyingi  o’n  yilliklarda  jahonda  issiqlik  dvigatelarining  juda 



ko’pchiligi  dizellashib  bormoqda.    Kemalarda  va  teplovozlarda 

dizellashtirish  to’la  amalga  oshirildi.  Avtobuslarda  ham  deyarli 

dizellashtirish 

tugallanmoqda. 

Hozircha 

dunyo 


engil 

avtomobil  

parkining  30%  ga  yaqini  dizel  dvigatelariga  o’tdi.  Dizel  dvigatelarining 

bunday  keng  ko’lamda  qo’llanishiga    bosh  sabab-karbyuratorli 

dvigatelarga nisbatan yonilg’i  sarfi ancha kamligida va arzonligida.  

 

Halq 



xo’jaligida  yonilg’i-energiya  imkoniyatlaridan  tejamli 

foydalanish-iqtisodiy 

vazifalarimizdan 

biridir. 

Bu 

vazifani  



 

11 


muvaffaqiyatli 

bajarish 

uchun 

mutaxassislarimiz, 



injener-texnik 

xodimlarimiz 

qishloq 

xo’jalik 

ishlab-chiqarishida 

ishlatiladigan 

yonilg’i-energetika vositalarini yaxshi bilishlari kerak. 

 

Bundan  tashqari,  vatanimizga  yangi  keltirilayotgan  texnikalar  va 



mexanizmlarda  ishlayotgan  moylarning  holatini  bilish,  kerakli  paytda 

almashtirib  turish  qoidalarini  bilish  kerak  bo’ladi.  Bu  omil,  ma`lumki, 

xo’jaliklardagi    mashina  va  mexanizmlarning  ishonchli  ishlashini  va 

―umri‖-ni uzaytiradi. 

 

2.2. Yonilg’ilarning umumiy tarkibi va sinflanishi 

 

Ma`lumki,  har  qanday    yona  oladigan  modda    yonilg’i  bo’la 



olmaydi. 

Yonilg’i-issiqlik 

olish 

maqsadida 



ataylab 

yoqiladigan 

moddadir. Yonilg’ilar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:  

 

- yonishda ko’p miqdorda issiqlik chiqarishi; 



 

- oson yonishi va yuqori harorat hosil qilishi; 

 

- tabiatda ancha keng tarqalgan bo’lishi; 



 

- qazib olish va tashib kelishning osonligi; 

 

- saqlab qo’yilganda aynib (buzilib) qolmasligi; 



 

-  yonishda  va  yonib  bo’lganda  odamlarga  va  tabiatga  zararli 

moddalar chiqarmasligi - qazib olish va tashib kelishning osonligi; 

Yonilg’ining turlarga ajratilishi. 

Kelib  chiqishi  organik  moddalar  bo’lgan:  neft,  tabiiy  gazlar, 

ko’mir  qazilmalari,  yonuvchi  slanetslar,  torflar  yuqoridagi  yonilg’ilar 

tarkibidagi  oxirgi  ikki  tashkil  etuvchilar,  ya`ni,  kul  va  namlik-zararli 

minerallar  hisoblanadi.  Bu  loyqa  va  namlikni  ikki  xil  tabiati  mavjud: 

tashqi  va  ichki  minerallar.  Tashqi  minerallar  yonilg’ini  qazib  olishda, 

tashishda,  qayta  ishlashda  ifloslanishidan  paydo  bo’ladi.  Ichki 

minerallar  esa  yonilg’i  tarkibida  eritma,  yoki,  kimyoviy  birikma  xolida 

bo’ladi. 

 


 

12 


Jadval 3 

Fizik 


xolati 

Yo  n  i  l  g’  i  l  a  r 

T a b i i y 

S u n ` i y 

Suyuq 

Neft 


Benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, mazut, 

spirt, benzol, smola (toshko’mirdan, 

torfdan, slanetsdan olinadigan). 

Gazsimon 

Tabiiy va neft 

bilan chiqadigan 

Generator gazi, suv gazi, yorituvchi gaz, 

koks gazi, domna gazlari, neftni qayta 

ishlashdagi gazlar va boshqalar. 

qattiq 


Ko’mir 

qazilmalari, 

yonuvchi 

slanetslar, torf, 

o’tin 

Toshko’mir koksi, g’ishtsimon xolatga va 



chang xolatidagi yonilg’ilar, o’tin va 

boshqalar. 

         

Quyidagi jadvalda keng ko’lamda ishlatiladigan neft maxsulotlarining 

zichliklari berilgan: 

Jadval 4   

№ 

Neft maxsulotining turi 



Zichligi, 

3

см



г

 



Aviatsiya benzinlari................................ 

0,700...0,725 

Avtobenzinlar.......................................... 



0,735...0,750 

Traktor kerosinlari.............................. 



0,820...0,835 

4.  Dizel yonilg’ilari.................................... 

0,835...0,860 

5.  Dizel dvigatel

 

moylari.......................... 



0,890...0,920 

6.  Aviatsiya dvigatel moylari...................... 

0,880...0,905 

7.  Karbyuratorli dvigatelarning moylari. 

0,910...0,930 

  

Yonilg’ilarning saqlanuvchanlik xossalari, bu xossalarni yaxshilash 



 

13 


 

Dvigatel  yonilg’ilarini    tashishda  va  ayniqsa  uzoq  muddatga 

saqlashda uning sifati buzilishi mumkin.  

 

 Yonilg’ilarni  saqlashda  sifati  buzilmaslikning  quydagi  choralari 



ko’riladi: 

 

-yonilg’ini 



issiqlikni 

qaytaradigan 

oq 

rangli 


tsisternalarda 

 

saqlash; 



 

-tsisternalarni iloji bo’lsa er ostiga ko’mish (isimasligi uchun); 

 

-tsisternalarni  chala  to’lg’azmaslik  (yonilg’i  sirtini  kamaytirish  



uchun); 

2.3. Yonilg’i quyish jihozlari 

Statsionar  postlarda  traktorlarga  dizel  yonilg’isini  quyish  uchun  maxsus 

yonilg’i  quyish  kolonkasidan  foydalaniladi.  Avtomobillarga  benzin  quyishda 

benzin  kolonkalari  ishlatiladi.  Mashinalarga  dizel  moyi  va  avtol  maxsus  moy 

quyish kolonkasi yordamida quyiladi. Nigrol maxsus qurilma yordamida quyiladi. 

Podshipniklarni solidol bilan moylash uchun solidol yuborgichdan foydalaniladi. 

Barcha  qurilma  va  kolonkalar  elektr  yuritma  yordamida  ishlatiladi.  Yonilg’i 

quyish postida elektr energiya yo’q bo’lsa yoki xizmat ko’rsatiladigan mashinalar 

soni  unchalik  ko’p  bo’lmaganda  traktorlarga  moy  quyish  uchun  dastaki  moy 

nasosi-dozatoridan  foydalaniladi.  Bunday  dozator  moy,  avtol  va  nigrol  solingan 

bochkalarga bevosita o’rnatilgan bo’ladi. 

Yonilg’i-moy  quyish  jihozlari  maxsus  moy  quyish xonalarida  joylashtiriladi. 

Bunday xonalarda havo harorati kamida +10 

o

S saqlanadi. Yilning sovuq kunlarida 



traktorlarga isitilgan moy va issiq suv quyish uchun issiq xonalari yo’q stantsionar 

postlarda suv-moy isitish uskunalaridan foydalaniladi. 

Mashinalarga  neft  mahsulotlarini  quyish  uchun  qo’llaniladigan  jihozlar 

yonilg’i  va  moylarni  jo’mrakli  shlanglar  yordamida  yopiq  usulda  quyishni 

ta`minlashi lozim. Mashinalarga yonilg’i quyishda yonilg’ini avtomatik quyadigan, 

mashina  bakining  toshib  ketishiga  yo’l  qo’ymaydigan  jo’mrakdan  foydalanish 

tavsiya  etiladi.  Quyish  vaqtida  turli  neft  mahsulotlarining  aralashib  ketishiga  yo’l 


 

14 


qo’ymaslik uchun neft mahsulotining har bir turi uchun alohida quyish jihozidan 

foydalanish zarur. 



2.4.

 

Yoqilg’i moylash materiallarining sifatni tekshirish 

Neft mahsulotlarining miqdori va sifatini bularni xo’jalikka keltirganda ham, 

neft  omborlarida  saqlanayotganda  va  quyish  postlarida  ham  tekshirish  zarur. 

Yonilg’i-moy sifati laboratoriya sharoitlarida maxsus jihozlar yordamida tekshirib 

tahlil  qilinadi.  Bunda  yonilg’ining  rangi,  shaffofligi,  zichligi,  qovushoqligi  (faqat 

dizel  yonilg’isi  uchun),  tarkibiy  qismi,  suvda  eriydigan  kislota  va  ishqorlarning 

mavjudligi, mexanik aralashmalar va suvning borligi, smola va oltingugurt miqdori 

tekshiriladi. 

Moy  namunalarini  tahlil  qilishda  moyning  qovushoqligi,  zichligi,  mexanik 

aralashmalar  va  suvning  borligi,  suvda  eriydigan  kislota  va  ishqorlar  tekshiriladi, 

surkalma  moylarni  tahlil  qilishda  tomchilanish  harorati,  konsistenttsiyasi 

(quyuqligi), mexanik aralashmalar va suvning mavjudligi tekshiriladi. 

Neft mahsulotlarining miqdori to’g’ridan-to’g’ri tarozida tortib yoki bilvosita 

usulda  aniqlanadi.  To’g’ridan-to’g’ri  tarozida  tortib  aniqlashda  yonilg’iga 

to’latilgan  idish  va  bo’sh  idish  og’irliklari  o’rtasidagi  farq  aniqlanadi.  Bilvosita 

usulda neft mahsulotining hajmi va harorati o’lchanadi, uning miqdori esa hajmni 

neft mahsulotlarining zichligiga ko’paytirib aniqlanadi.  



Download 387.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling