Toshkent davlat iqtisodiyot univeristeti iqtisod fakulteti talabasi


Download 366.11 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2020
Hajmi366.11 Kb.
#160946
  1   2
Bog'liq
O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERISTETI

IQTISOD FAKULTETI TALABASI

_______________________ FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU :O’ZBEKISTONNING JAHONNING RIVOJLANGAN MAMLAKATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI

Bajardi;Abdullayev Ibrohim Ismoilovich

O'qituvchi; _______________________

TOSHKENT- 2020

Mavzu; O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy hamkorligi
M U N D A R E J A

Kirish……………………………………………………………………………

I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati ,zaruriyati va funksiyalari

1.1. .Xalqaro iqtisodiy tashkilot tushunchasi va mohiyati


1.2. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik
1.3. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni

II bob.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi
2.1. O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligi
2.2. Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari

Xulosa…………………………………………………………………………

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………………… .................................

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama
hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning
ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy
institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi.

Mamlakatimiz ham qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Respublikamiz birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan


iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”1
Kurs ishining maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar
faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish.

Kurs ishining vazifalari:
- Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning
rolini aniqlash;
- Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini
aniqlash;
- Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;
- Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining
kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti: xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan tuzgan muhim hujjatlar .Islom taraqqiyot banki kurs
ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi
moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan tuzgan muhim hujjatlar, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining
predmetidir.
Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning
tarkibiga kiruvchi beshta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tarkib topgan.

I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati ,zaruriyati va funksiyalari
1.1. .Xalqaro iqtisodiy tashkilot tushunchasi va mohiyati

Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyati bir qancha iqtisodiy sohalarni qamrab olgan .Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahondagi turli mamlakatlar o’rtasidagi xo’jalik aloqalarining majmuidir .Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi shakllanishini hamda ularni tartibga solishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar asosiy rol o’ynaydi ,xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ning asosiy vazifalari:

-xalqaro aloqalar rivojlanishida valyuta- kredit munosabatlari,valyuta va moliya bozorlarining ahamiyati va rolini aniqlash

-ishchi kuchlari xalqaro migratsiyasining qonuniyatlari hamda respublika ishchi kuchlarining xalqaro ayirboshlashuvida qatnashishini ko’rib chiqish

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ba’zida tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham atalib, ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;

- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;

- ishchi kuchi migratsiyasi;

- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;

- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;

- valyuta-kredit munosabatlari.

Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.

Tobora kengayib borayotgan iqtisodiy munosabatlar va mamlakatlarning (uy xo'jaliklarining) o'zaro bog'liqligi (xalqaro mehnat taqsimoti) afzalliklaridan keng foydalanishga yordam beradigan jahon iqtisodiy munosabatlarini har tomonlama tartibga solish rolini oshirishni talab qiladi. Ammo ko'p tomonlama tartibga solishni rivojlantirish ko'lami va yo'nalishi ma'lum davlatlar va ularning siyosatiga ko'proq bog'liqdir.

Xalqaro savdo -iqtisodiy munosabatlar masalalarida ko'p qirrali tartibga solish hukumat qarorlariga uning ishtirokchilarining milliy suverenitetiga ta'sir ko'rsatmasdan ta'sir qiladi. Bu borada tartibga solish nafaqat davlat siyosati sohasiga aralashadi, balki tashqi iqtisodiy sohadagi ishtirokchilarga hukumatlararo darajada va xalqaro tashkilotlar sohalarida ham ko'mak beradi.


Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar - bu maqsadlar, vakolat va boshqa "o'ziga xos" siyosiy va tashkiliy me'yorlarga ega bo'lgan ko'p tomonlama davlatlararo munosabatlar instituti.
Bunday normalar (muassasalar) qarorlarni qabul qilish tartibi, ustav, a'zolik, tartib, shuningdek konferensiyalar, yig'ilishlar, kongresslar bo'lib, o'z faoliyatini cheklangan vaqt davomida amalga oshiradilar.
Xalqaro tartibga solishda o'zaro ta'sir qilish usullari quyidagilardan iborat.

-xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan va ishlab chiqilgan ko'rsatmalar va qarorlar. Ular o'z a'zolari uchun majburiydir;

-hukumatlararo darajada tuzilgan ko'p tomonlama shartnomalar;
-kelishuvlar

-mintaqaviy darajadagi maslahat va hamkorlik.


Davlatlarning iqtisodiy siyosatini tartibga solish mintaqaviy va xalqaro miqyosda amalga oshiriladi va xalqaro xususiy va ommaviy huquq normalariga asoslanadi. Ushbu huquqlarga davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiy birlashmalar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ta'sir qiladi.

Belgilangan normalar odatiy va an'anaviyga bo'linadi. Standartlarga muvofiqlikni davlatlar tomonidan ham, xalqaro huquq normalariga rioya etilishini birgalikda nazorat qiladigan xalqaro mintaqaviy tashkilotlar ham ta'minlaydi. Shunga qaramay, iqtisodiy munosabatlar yanada murakkablashmoqda, shuning uchun ba'zi davlatlar o'rtasida tegishli xalqaro qoidalar va normalar o'zgarib bormoqda.


BMT tizimiga kiritilgan tashkilotlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimida alohida o'rin tutadi.
Bugungi kunda mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ahamiyati oshib bormoqda va ularning soni o'sib bormoqda va ular butun qit'alarni qamrab olmoqda. Mintaqaviy tashkilotlar tarkibiga nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy rivojlanish, siyosiy manfaatlar, mafkura, xavfsizlik va madaniyat masalalari kiradi.
Nodavlat tashkilotlari jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda va ularning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Bular asosan biznes birlashmalari:
-Xalqaro savdo palatasi;

-eksport qiluvchilar va tovar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi;

-nodavlat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan rivojlanish fondlari;
Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish uchun turli mamlakatlarning ishbilarmonlari tomonidan o'tkaziladigan konferentsiyalar va davra suhbatlari; xalqaro biznes qoidalarini ishlab chiqish.

1.2. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik

Xalqaro iqtisodiy hamkorlik — xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xo’jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 20-asrning 80-yillaridan eʼtiboran, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng koʻlamda qamrab oldi, tashqi va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va toʻlov — hisob kitob sohasi, migratsiya va kapital chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya instutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va i.ch. sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning subʼyektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida roʻyobga chiqarishning eng maqbul yoʻli hisoblanadi. Jahon davlatlari oʻzlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy iqgisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muayyan yoʻnalishlarida faollik koʻrsatadilar. Masalan sanoati rivojlangan mamlakatlarning axborot texnologiyalari savdosida, xalqaro valyutakredit va moliyaviy institutlar faoliyatida yuqori mavqe bilan ishtiroki kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ishchi migratsiyasi, kapital kiritish, investitsiyaviy tovarlar importi yoʻnalishlariga ustuvorlik beradilar.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida


hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, unifikatsiyalash
(birxillashtirish) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan
tashkilotlardir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan
mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu
asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan
vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan
iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni
amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi. 3
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir
tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning
moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar
o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni
talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918
yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro
tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat

tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan


Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa
40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi
favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan
bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi
«to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan
so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi
iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida
хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini
ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni)
inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global
muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining
ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd
etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab
chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullabyashnash va jahon хalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan
shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan.
Ekspеrtlarning fikricha, jahon iqtisodiyotiga sеzilarli ta’sir o’tkaza
oladigan хalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. Хalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi omillarni
kеltirishimiz mumkin:
1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi;
2. Sanoat rеvolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib
turgan masofalarni qisqartirishi va хalqaro munosabat va hamkorlikni
kеngaytirishi;
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy
o’sish;
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi;
5. Duyodagi umumiy rеsurslardan oqilona foydalanishning zarurligini
chuqurroq anglash.
Davlatning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki хalqaro iqtisodiy
tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham kеng
hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlar
topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mеzondan (geografik qamrovi kеngligi
va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib
chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi.
Ikkinchi mеzonni qo’llagan holda maхsuslashtirilgan (sohalar bo’yicha) va
global tashkilotlarga yuzaga keladi.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida jahon xoʻjaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. bir necha yoʻnalishlarida rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. Keyingi yillarda Oʻzbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.



Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va h.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-asrda vujudga keldi va 2 jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va h.k. nomlar bilan ataladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.
Xalqaro tashkilotlar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2- martda)

Jahon Savdo Tashkiloti(JST)(1992-1993 yillar)

ECOSAN(1993-yil 20-sentabrda)

Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun)

Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil)

Interpol(1994-yildan)

MAGATE(1994-yil 21-yanvardan)

UNESCO(1993-yil 26-oktabrdan)

UNIDO(1992-yildan)

NATO(1994-yil 13-iyuldan)

[NAFTA](Erkin iqtisodiy zona)



Xalqaro moliya korporatsiyasi, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956 yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga XTTBning boshqaruvchilari va ijrochi direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar. XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi.

Bundan tashqari XMKda 7 ta vitseprezident boʻlib, ular 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan.rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. XMK huzurida bank ishlari maslahat komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.1961 yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986 yilda XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan.

Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi.

.XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004 yilgacha jahonning 140 ta rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablagʻlarini yoʻnaltirgan.

Keying yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez ko’paya boshladi. Bular
davlat guruhlarini hududiy belgisi bo’yicha yoki iqtisodiy faoliyatning ma’lum
sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida birlashtiruvchi
tashkilotlardir. Bunday tashkilotlar savdo, ishlab chiqarish, transport, valyutamoliya operatsiyalari va boshqa sohalarda ham yuzaga keldi.
2002 yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshib kelmoqda. 2002 yilda XMK Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi.

21-asr boshidan Oʻzbekistonda XMK ning "Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish boʻyicha loyiha"si amalga oshirilmoqda


Jahon Savdo Tashkiloti — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya (Jeneva)da. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi.
JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan.

1.3. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:

erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi;

bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;

to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir;

umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi;

iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.

Hozirgi bosqichda xalqaro tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-global iqtisodiyotning rivojlanishida va pul-moliya sohasida barqarorlikni ta'minlash;

-turli shakllarda mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish; davlatlar va guruhlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda kamsitishga barham berish;

-xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish;

-muayyan mamlakatda yoki jahon bozorida inqirozni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash;

-davlatlarning makroiqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirish ,bu alohida hududlarning iqtisodiy integratsiyasining xolis tendentsiyasi bilan bog'liq
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning barcha tomonlarida hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.

BMT tizimidagi hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqiy tartibga solishni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. O'z faoliyati davomida ular milliy huquqiy tizimlar va davlat qonunchiligiga muhim ta'sir ko'rsatadigan shunday mexanizm va normalarni ishlab chiqmoqdalar.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim muammolari bo'yicha tadqiqotlar va choralar ko'rish;

-valyutani barqarorlashtirish ta'minoti;

-savdo to'siqlarini bartaraf etishga va davlatlar o'rtasidagi keng tovar ayirboshlashini ta'minlashga ko'maklashish;
-texnologik va iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun xususiy kapitalga qo'shimcha mablag'lar ajratish;

-mehnat munosabatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilashni rag'batlantirish;

-jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish doirasidagi qarorlar va tavsiyalarni tasdiqlash.
Ta'kidlash joizki, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar ob'ektiv ehtiyojga asoslangan davlatlar o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning tashkiliy shakli sifatida shakllangan. Ushbu tashkilotlar birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohalari:
sanoat va iqtisodiy hamkorlik;
transport sohasidagi hamkorlik;
pul tizimidagi hamkorlik;
jahon savdo doirasidagi hamkorlik;
intellektual mulk tizimidagi hamkorlik;
mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish;
investitsiya sohasidagi hamkorlik;
ilmiy-texnik hamkorlik;
xalqaro tijorat amaliyoti sohasidagi hamkorlik.
Ushbu turdagi hamkorliklarni amalga oshirish tegishli profil va vakolatlarga ega bo'lgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. BMT tashkilotlari, shuningdek mintaqaviy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy hamkorlikni ixtisoslashgan muassasalar va avtonom tashkilotlar, EKOSOS organlari orqali amalga oshiradilar.

Iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani har qanday shaklda amalga oshiradigan mintaqaviy tashkilotlar muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy fondlar va banklar ularga ma'lum darajada yordam beradi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishda va odamlarning hayotini yaxshilashda yordam berishdir



II bob.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi
2.1. O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligi

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 20-iyul kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, eksport, neft-gaz, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, aviatashuv, farmatsevtika, yuqori texnologiyalar, sayyohlik, transport va transport kommunikatsiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi faol hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat va havo transporti sohalarida hamkorlikka oid bitimlar o‘zaro aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz makroiqtisodiyot, moliya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham samarali hamkorlik qilmoqda. Yurtimiz olimlari fransiyalik mutaxassislar bilan birgalikda quyosh energiyasini o‘rganish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, seleksiya kabi sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda.

Savdo sohasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. 2015-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 300 million dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 150 million dollardan ziyodni tashkil qildi. Mamlakatimizda fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 korxona tuzilgan. Fransiyaning 11 kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan.

Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vazirligining tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari masalalari bo‘yicha davlat kotibi, komissiya hamraisi Matias Fekl. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistondan Fransiyaga import qilingan mahsulotlar hajmi 60 foizga oshgani bu boradagi hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir. Fransiyalik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatishga, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sayyohlik kabi jabhalarda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Savdo, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishdan manfaatdormiz.

Majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish, xususiy mulkning ulushini oshirish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani qayd etildi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, transport va logistika, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.

Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatimizning eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmi, industrial zonalardagi keng imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Shu kuni O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va o‘zaro savdodagi mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Fransiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbati yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja va biznes maslahatlashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Hukumatlararo komissiya majlisi doirasida O‘zbekistonda asinxron tortishli elektr dvigatellari ishlab chiqarish, aviatashuv va farmatsevtika sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.

Fransiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.


O'zbekiston-Turkiya:Savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari avjida...
25 may kuni O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha IV Hukumatlararo komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi.
Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug'rul Turkesh raisligi ostida o'tkazildi.

Yig'ilish davomida ikki mamlakat vakillari bugunga qadar erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirib o’tdi.

Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh yig’ilishda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish kerakligini aytib o’tdi.

Xozirgacha amalga oshirilgan muzokaralarda katta ishlar amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan Turkesh: "Uzoq yillik tanaffusdan so'ng mazkur yig'ilishning o'tkazilishi o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat uchun ko'plab sohalarda keng qulaylik va imtiyozlar yaratish bo'yicha birgalikda ish olib borishga imkon beradi”,-dedi.

“Juda havasmand va qiziquvchan ishbilarmonlarimiz bor. Ularga qulay sharoitni yaratish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradigan loyihalarni ishlab chiqish bizning zimmamizda turgan vazifalardan biridir”,-deydi Tug’rul Turkesh.

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi iqtisodiy va tijoriy aloqalar mustahkamlangan taqdirda, siyosiy aloqalar ham yaxshilanib borishini tilga oldi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji esa, Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi turizm shartnomasi 1998 yilda imzolanganini va buni qayta ko’zdan kechirib, yangilash kerakligini tilga oldi.

O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov: “Turkiyadagi ilg’or turk kompaniya va firmalarining O’zbekistonga investitsiya kiritishini ijobiy baholaymiz. Biz ilg'or turk biznesining O'zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirishdan, keng ko'lamli va muhim ahamiyatga ega loyihalar sonini oshirishdan manfaatdormiz”,-dedi.

O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha IV Hukumatlararo komissiya yig'ilishi yakunida sanoat, tijorat va turizm sohalarida bir qator protokollar va shartnomalar imzolandi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma iqtisodiy komissiya to'rtinchi yig'ilishining Bayonnomasi.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi va Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri uchrashuvlari Bayonnomasi. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o'rtasida daromad soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish to'g'risidagi bitimga o'zgartirish kiritish bo'yicha Bayonnoma loyihasi parafirlandi.

O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o'rtasida Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi Bitim loyihasi parafirlandi.

Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh va iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Toshkentda Xalqaro Amir Temur jamg’armasining ochilish marosimiga qatnashdi.

Mazkur jamg’armaning ochilishida TIKA rahbar o’rinbosari Mehmet Sureyya Er va Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shenin, akademiklar, ko’plab olimlar ishtirok etdi.


O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi.

Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.

Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.

Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.


Mulohaza

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar

31.01.2020 15:20 505

YeOIIga kuzatuvchi maqomini olish, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish majburiyatini yuklamaydi va u belgilangan muddat bilan cheklanmagan.

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar

So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi.

Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.

Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.

Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.

Ta’kidlash joizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi dastlab Bojxona ittifoqi ko‘rinishida tashkil topgan, unga a’zo davlatlar o‘zaro savdo olib borishda hamkorlikni kuchaytirish, to‘siqlarni kamaytirish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Bugungi kunda mazkur tashkilotga Armaniston, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi a’zo. Shuningdek, Moldova Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2019 yil 29 may kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon ushbu maqom olinganiga bir yil munosabati bilan qilgan nutqida: “Albatta biz integratsion jarayonlar, imkoniyatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirish muammolari va istiqbollari xaqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik” dedi. Bir yil ichida Moldova va YeOII orasidagi tovar aylanmasi

10 foizga ortdi.

Davlatlarning kuzatuvchilik maqomi “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomi to‘g‘risida”gi nizomi bilan tartibga solinadi. Bunda a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan mazkur nizomga asosan, Ittifoq bilan hamkorlik qilish maqsadida bo‘lgan davlat Ittifoqning Oliy Kengashi raisi nomiga kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma yuboradi va bu bilan YeOII ta’sis shartnomasining 109 moddasi doirasida faoliyat yuritishini kafolatlaydi.

Xususan, kuzatuvchi davlatning vakolatli vakillari YeOII taklifiga binoan, Ittifoq organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish, qabul qilingan qarorlar bilan tanishish (maxfiy hujjatlar bundan mustasno) huquqiga ega. Kuzatuvchi maqomi ittifoq organlarida qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini bermaydi.

Kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror tashkilotning Oliy Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Kuzatuvchi maqomini olgan davlat YeOII ta’sis shartnomasida ko‘rsatilgan maqsad va yo‘nalishlarga zid, ittifoq va uning a’zo davlatlari manfaatiga zarar yetkazadigan hatti-harakatlar yo‘l qo‘yilmasligi shart.

YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan davlat hukumati, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakolatxonasiga o‘zining doimiy vakilini yuboradi. Ushbu shaxs kuzatuvchi davlat nomidan Komissiya va uning organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish vakolatiga ega bo‘ladi.

Ushbu doimiy vakil o‘zining davlatidagi Hukumat bilan Ittifoq doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, texnik, bojxona, sanitariya va fitosanitariya reglamentlarini tartibga solish, Komissiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha doimiy aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek kuzatuvchi davlat va a’zo davlatlar uchun o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muloqot o‘rnatish

va hamkorlik qilish masalalarida faoliyat ko‘rsatadi.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida


hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, unifikatsiyalash
(birxillashtirish) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan
tashkilotlardir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan
mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu
asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan
vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan
iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni
amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi. 3
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir
tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning
moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar
o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni
talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918
yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro
tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat
tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan
Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa
40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi
favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan
bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi
«to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan
so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi
iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida
хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini
ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni)
inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global
muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining
ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd
etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab
chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullabyashnash va jahon хalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan
shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan.
Ekspеrtlarning fikricha, jahon iqtisodiyotiga sеzilarli ta’sir o’tkaza
oladigan хalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. Хalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi omillarni
kеltirishimiz mumkin:
1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi;
2. Sanoat rеvolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib
turgan masofalarni qisqartirishi va хalqaro munosabat va hamkorlikni
kеngaytirishi;
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy
o’sish;
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi;
5. Duyodagi umumiy rеsurslardan oqilona foydalanishning zarurligini
chuqurroq anglash.
Davlatning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki хalqaro iqtisodiy
tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham kеng
hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlar
topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mеzondan (geografik qamrovi kеngligi
va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib
chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi.
Ikkinchi mеzonni qo’llagan holda maхsuslashtirilgan (sohalar bo’yicha) va
global tashkilotlarga yuzaga keladi.

Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va


kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo
maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini
shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga
bo’linadi.
Download 366.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling