Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Fan nomi: Mutaxassislikka kirish


Download 322.29 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi322.29 Kb.
#112901
Bog'liq
mutaxast

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Fan nomi: Mutaxassislikka kirish

Mavzu: Markaziy bankning pul-kredit sohasida olib borayotgan islohotlari

BD-75 kichik guruh a’zolari:

Usmonov A

Bo’riqulov S

G’afforov H

Tursunova G

Markaziy bankning pul-kredit sohasida olib borayotgan islohotlari

Reja:

Kirish

Asosiy qism

1. Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda pul-kredit siyosatining o'rni.

2. Pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari.

3. 2019–2021 yillarda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish

4. Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini oshirish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta koʼrib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan boʼldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini taʼminlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.

Pul-kredit siyosatining kelgusi yillarga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlarini belgilash bilan bir qatorda Markaziy bank bu boradagi maqsad va harakatlarining uygʼunligi hamda uzviy davomiyligini taʼminlab boradi. Bu, oʼz navbatida, oldindan baholash mumkin boʼlgan iqtisodiy sharoitlarni yaratib, olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga aholi va biznes subʼektlari ishonchini orttiradi hamda uning samaradorligini oshiradi.

    • Markaziy bankning ichki narxlar barqarorligini taʼminlashga yoʼnaltirilgan uzluksiz davomiy pul-kredit siyosatining yuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari, xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamgʼarish va isteʼmol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu mavzu shuning uchun ham dolzarb hisoblanadi

Mavzuning dolzarbligi

1.Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda pul-kredit siyosatining o'rni.


Markaziy bank tomonidan samarali pul-kredit siyosati yuritilishi natijasida iqtisodiyotda inflyatsiyaning barqaror past darajasi taʼminlanishi va narxlardagi keskin tebranishlarning oldi olinishi, oʼz navbatida, aholi turmush farovonligini oshirish va biznes yuritish uchun qulay muhitni yaratishga asosiy poydevorlardan biri boʼlib xizmat qiladi.

Mamlakatda ichki narxlar barqaror boʼlgan sharoitda aholi va biznes vakillari uchun ish haqi, nafaqa va boshqa daromadlar, shuningdek, milliy valyutadagi jamgʼarmalarning qadrini saqlab qolish imkoniyati mavjud boʼladi. Bu esa ularning qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun xarajatlarni rejalashtirishda ishonch hissini uygʼotadi.



Yuqori inflyatsiya darajasi
    • aholi daromadlarining qadrsizlanishiga;
    • jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga olib keladi.

Shu nuqtai nazardan, past inflyatsiya darajasini taʼminlash ijtimoiy barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi.

Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligining taʼminlanishi tadbirkorlik faoliyati uchun ham qulay sharoit hisoblanadi. Inflyatsiya darajasi past boʼlgan holatda korxonalarning qarz olish imkoniyatlari kengayadi. Yuqori va oʼzgaruvchan inflyatsiya banklarning samarali faoliyat olib borishlari uchun ham noqulay sharoitlarni yuzaga keltiradi.

Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligining taʼminlanishi tadbirkorlik faoliyati uchun ham qulay sharoit hisoblanadi. Inflyatsiya darajasi past boʼlgan holatda korxonalarning qarz olish imkoniyatlari kengayadi. Yuqori va oʼzgaruvchan inflyatsiya banklarning samarali faoliyat olib borishlari uchun ham noqulay sharoitlarni yuzaga keltiradi.


Pul-kredit siyosatining oʼta qatʼiylashtirilishi
    • iqtisodiyotdagi investitsion faollikning susayishiga olib keladi

Pul-kredit siyosatining asossiz yumshatilib, kreditlash hajmlarining keskin oshirilishi
    • isteʼmol va investitsion talabni ragʼbatlantirish bilan bir qatorda inflyatsiya darajasining keskin oshib ketishiga ham sabab boʼladi.

Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini qoʼllash orqali ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirishga yoki texnologik rivojlanishga toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir qila olmaydi. Bunda pul-kredit sohasidagi choralar asosan iqtisodiyotni qisqa muddatli tartibga solish, mavsumiy va davriy tebranishlarni muvozanatlashtirish hamda oʼsish surʼatlarining iqtisodiy salohiyatidan ogʼib ketishi oldini olishga qaratilgan boʼlib, qisqa muddatli taʼsirga ega boʼladi.

2.Pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari

Inflyatsion targetlashga oʼtish bosqichida samarali va istiqbolga yoʼnaltirilgan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi bir qator tamoyillarning amaliyotga joriy etilishi bilan bevosita bogʼliq:

Pul-kredit siyosatining aniq maqsadli yoʼnalishlarini belgilab olish

Pul-kredit siyosatiga boʼlgan ishonchni oshirish va uni samarali yuritish uchun Markaziy bank aniq tasavvur va maqsadga ega boʼlishi kerak. Yaqin vaqtgacha Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash boʼlgan. Biroq bu maqsad milliy valyuta almashuv kursini ushlab turishga yoki past va barqaror inflyatsiya darajasini taʼminlashga yoʼnaltirilganligi aniq qayd etilmagan edi.

Аyni vaqtda narxlar barqarorligini taʼminlash Markaziy bankning asosiy maqsadi etib belgilanishi bu noaniqlikka barham beradi. Bu, oʼz navbatida, Markaziy bankka tegishli vakolatlarni berish bilan bir qatorda uning zimmasiga qoʼshimcha masʼuliyatni ham yuklaydi.


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi

Kommunikatsion siyosat

Markaziy bank oʼrta muddatli istiqbolda keng qamrovli makroiqtisodiy tahlillar va prognozlardan kelib chiqib qarorlar qabul qiladi va narxlar barqarorligini taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratadi.

Pul-kredit siyosati markaziy bankka bozorlar ishonchini qozonish va inflyatsion kutilmalarni boshqarishda koʼmaklashadi. Kommunikatsion siyosat oʼz ichiga moliyaviy va pul-kredit koʼrsatkichlari toʼliq toʼplamini doimiy ravishda tarqatib turishni, Markaziy bank oʼz maqsadlarini oshkor etib borishini va qabul qilinayotgan qarorlar sabablarini tushuntirib berishini qamrab oladi.


3. 2019–2021 yillarda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish

Markaziy bank 2019–2021 yillarda bank tizimidagi likvidlilik hajmini maqbul darajada ushlab turish, likvidlilikning tarkibiy profitsiti yoki defitsitiga yoʼl qoʼymaslikka qaratilgan pozitsiyasini saqlab qoladi. Xususan, oʼtgan davrlarda bank tizimidagi avtonom omillar hisobiga shakllangan likvidlilik dinamikasi keskin oʼsish surʼatlarini koʼrsatmoqda


Аvtonom omillar – Markaziy bankning likvidlilikni boshqarish bilan bogʼliq boʼlmagan operatsiyalarini inobatga olmaganda likvidlilikni shakllantiruvchi omillar (Huqumat operatsiyalari, muomaladagi naqd pul hajmining oʼzgarishi va boshqa omillar)

Pul-kredit siyosatining amaldagi mavjud instrumentlar (interventsiya, qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralash, Markaziy bank kreditlari) yetarli emasligi, ularning samaradorligi pastligi hamda bank tizimidagi likvidlilikka oʼz vaqtida taʼsir koʼrsatish imkoniyatlari cheklanganligi ularni qoʼllash strategiyasi va uslublarini qayta koʼrib chiqishni taqozo etmoqda.

Inflyatsion targetlash rejimiga oʼtishda foiz kanalining muhimligi, mamlakatimizda pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samarali ishlamayotganligi hamda yetarli darajada rivojlanmaganligini inobatga olib, bank tizimidagi likvidlilikka samarali taʼsir koʼrsatishda Markaziy bank tomonidan yangi foizli instrumentlar joriy qilinadi.

Likvidlilikni boshqarish boʼyicha foizli instrumentlar


Operatsiya

turlari

Maqsad

Shakli

Muddati

Аmalga

oshirilishi

Аsosiy

operatsiyalar



Likvidlilik

hajmini


boshqarish

Depozit

auktsionlari,

svop, repo

auktsionlar



2 hafta/

1 oy


Ҳар ҳафта/

заруратга

қараб


Doimiy

operatsiyalar



Foiz

koridorining

quyi va yuqori

chegarasini

belgilash


Overnayt

kreditlari,

valyuta

svoplari,



depozitlar

(auktsion orqali)



1 kundan

6 kungacha

(yoki 1

hafta)


Xar kuni/

zaruratga

qarab


Uzoqroq

muddatli


operatsiyalar

Oʼrta muddatda

likvidlilikni

boshqarish


Obligatsiyalar,

kreditlar



1, 3, 6

oylik,


yillik

Zaruratga

qarab

Daromadlilik egri chizigʼini shakllantirish istiqbollari

Davlat qimmatli qogʼozlarining uzoq yillardan beri muomalada mavjud emasligi Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun asosiy stavka darajasini aniqlashning boshlangʼich bosqichida birmuncha qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin. Davlat qimmatli qogʼozlarining muomalaga chiqarilishi ular boʼyicha daromadlilik egri chizigʼi shakllanishiga xizmat qiladi. Davlat qimmatli qogʼozlarining daromadliligi egri chizigʼi esa Markaziy bankning pul bozoridagi operatsiyalari boʼyicha parametrlarni aniqlashda moʼljal vazifasini oʼtashi mumkin. Shuningdek, mazkur egri chiziq qisqa muddatli foiz stavkalari darajasini prognoz qilish imkonini beradi.

4. Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini oshirish

2019–2021 yillarda pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini oshirish Markaziy bankning eng asosiy maqsadlaridan biri bo'ladi. Inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda foiz kanalining muhimligini inobatga olgan holda Markaziy bank transmission mexanizmning mazkur kanalini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratadi.

Mamlakatimizda banklararo pul bozoridagi pul oqimlari tahlili va o'ziga xos xususiyatlari mazkur bozorda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning aksariyat qismi 1–2 hafta (1 oygacha) oralig'iga to'g'ri kelayotganligini ko'rsatmoqda. Shu bois Markaziy bank tomonidan ikki haftalik/oylik depozit auktsionlari amaliyoti joriy qilinadi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan depozit auktsionlarining amalga oshirilishi transmission mexanizm foiz kanalini jadallashtirish boʼyicha dastlabki qadam boʼladi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan depozit auktsionlarining amalga oshirilishi transmission mexanizm foiz kanalini jadallashtirish boʼyicha dastlabki qadam boʼladi.

Haftalik depozit auktsionlari uchun eng yuqori foiz Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi hamda savdolar ushbu stavka bilan boshlanadi.

Depozit auktsioni savdolarida “yuqoridan pastga” tamoyili asosida aniqlangan eng past foiz stavkasi bozordagi boʼsh turgan resursning haqiqiy bahosini belgilab beradi.

Markaziy bank foiz koridorini oʼrnatish maqsadida bir kundan olti kungacha operatsiyalarni (depozit, repo, svop operatsiyalari) doimiy tarzda amalga oshirib boradi.

Markaziy bank foiz koridorini oʼrnatish maqsadida bir kundan olti kungacha operatsiyalarni (depozit, repo, svop operatsiyalari) doimiy tarzda amalga oshirib boradi.

Foiz koridorining quyi va yuqori chegaralari Markaziy bankning oraliq stavkasiga8 nisbatan bir xil tafovutda, yaʼni simmetrik tarzda oʼrnatiladi. Quyi va yuqori chegaralar hamda asosiy foiz stavkasi orasidagi simmetrik tafovut miqdori auktsion operatsiyalari boʼyicha aniqlangan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


Oraliq stavka – asosiy stavka muomalaga kiritilgunga qadar foiz

koridorining quyi va yuqori chegarasi oʼrtasida boʼlgan qayta moliyalash



stavkasidan farqlanadigan operatsion stavka.

Xulosa

Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy va xatarli (muqobil) stsenariylari ishlab chiqildi. Ushbu stsenariylarda tashqi va ichki sharoitlarning turli omillar taʼsirida oʼzgarishi va ularga javoban Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui keltirilgan.

Shunday qilib, Markaziy bankning pul kredit siyosatini amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda katta foyda hisoblanadi. Markaziy bankning ushbu siyosatining to’g’ri amalda qo’llay olishi iqtisodiyotining jadallashuviga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Monetаr siyosаtning 2019-yil vа 2020–2021- yillаr dаvrigа moʼljаllаngаn аsosiy yoʼnаlishlаri” dasturi, 2019-y.
  • www.zamin.uz
  • Wikipedia
  • www.google.com
  • www.ziyo.net
  • cbu.uz

Download 322.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling