Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.07.2020
Hajmi0.62 Mb.
#123044
Bog'liq
4-laboratoriya ishi. Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlash Raximov A


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 



SAMARQAND FILIALI 

“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi 

 

IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA 

TEXNOLOGIYALAR  

fanidan 4-laboratoriya ishi 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand – 2020

 

 

Bajardi: Raqamli  itisodiyot sirtqi bolimi 

14-guruh talabasi Abdullayev Otabek

. 

      Tekshirdi: “Raqamli iqtisodiyot va 

axborot texnologiyalari” kafedrasi katta 

o’qituvchisi Raximov A. 

 


 

4-laboratoriya ishi. Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlash 



Umumiy  tushunchalar 

Excel – zamonaviy jadval prorsessori 

Yacheyka – Excel dasturining asosiy ish sohasi bo‘lib, ustun va satr kesishmasidan 

hosil bo‘ladi 



Funksiya – Excel dasturining asosiy hisob – kitob ob’yekti 

Diagramma – ma’lumotlarni grafik shaklda tasvirlash 

 

MS Excel  dasturining imkoniyatlari 

MS Excel ni har bir ishga tushurishda avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat 

yaratiladi va u Книга1 (kitob 1) nomga ega bo‘ladi.  

Excel ning uch o‘lchovli elektron jadvalining har bir varag‘i 256 ta ustunga 

va  65536  ta  qatorga  ega.  Ustunlar  harflar  va  harflar  kombinatsiyalari  bilan 

nomlangan, bu nomlar ustunlarning sarlavhalari deyiladi. 

EXCEL - ning ishchi ekrani quyidagi rasmda keltirilgan 

 

Jadval  elementlarini  nusxalash  uchun  albatta  markirovka  qilinishi  kerak. 



Jadvallarni markirovka qilish qator bo‘yicha chap yon tomonidan ustunlar bo‘yicha 

 

esa  bevosita  harflar  qatoridan  o‘rnatiladi.  Yacheykalar  bloki  esa  sichqoncha 



ko‘rsatgichini bosgan holda surish bilan amalga oshiriladi. 

  

Nusxa olish. 

Ajratilgan  ustun  yoki  satrdan  nusxa  olish  uchun  avvalo  nusxalash 

piktogrammasi bosiladi, shunda ajratilgan satr yoki ustun atrofida bilinar-bilinmas 

harakat paydo bo‘ladi. Shundan keyin nusxa olinishi lozim bo‘lgan satr yoki ustunga 

sichqoncha ko‘rsatgichi olib borilib kirsillatiladi va Enter bosiladi.  

Agar  tasodifan  kerakli  ma’lumot  o‘chirilgan  bo‘lsa  uni  Ctrl+Z  bilan  qayta 

tiklash mumkin. Alohida olingan katakdagi qiymatlarni sichqoncha bilan kirsillatib 

so’ngra Del buyrug‘i bilan ham o‘chirish mumkin.  

Kataklarni markirovka kilish. 

Katak kursorini istalgan katakga 

    


   


    


    tugmachalari bilan yoki 

sichqoncha  ko‘rsatgichi  bilan  siljitish  mumkin.  Bir  nechta  kataklarni  markirovka 

qilish  uchun,  markirovka  qilinmoqchi  bo‘lgan  sohaning  chap  yuqorgi  qismi 

sichqoncha  bilan  bosiladi  va  ushlab  turilib  siljitiladi.  Katakni  markirovka  qilish 

uchun istalgan katakga sichqoncha bilan qirsillatish yetarli.  

Klaviaturada markirovka qilish uchun katak kursori katakga olib kelinadi va 

Shift bosilib katak kursri siljitiladi. 

 

Formulalarni tahrirlash. 

Formulalarni  yozishda  xatolarga  yo‘l  ko‘yilishi  mumkin.  Shu  sababli  uni 

tahrirlashga  to‘g‘ri  keladi.  Biron  bir  yacheykadagi  formulani  tahrirlash  uchun  bu 

yacheyka  avvalo  markirovka  qilinishi  lozim.  So‘ngra  F2  tugmasi  bilan  yoki 

sichqoncha  bilan  ikki  marta  qirsillatib  tahrirlash  holatiga  o‘tish  lozim.  Natijada 

formulalar  qatorida  (piktogrammalar  tagidagi  qator)  aktivlashadi.  Masalan,  E19 

yacheyka markirovka qilinib, so‘ngra tahrirlash holatiga o‘tilsa bo‘ladi. 

Formula  qatoridagi  formula  miltillay  boshlaydi,  demak  tahrirlash  mumkin, 

tahrirlash Enter bosilib tugatiladi.  

Simvollarni  formulaning  istalgan  qismiga  kiritish  yoki  o‘chirish  mumkin. 

Buning  uchun  simvol  yoki  simvollar  markirovka  qilinadi,  so‘ngra  DEL 

tugmachasidan foydalanish ham mumkin.  

Jadvalning ustunini markirovka qilish uchun uning sarlavhasiga kirsilltiladi, 

qatorlarni markirovka qilish uchun esa chap chetki yo‘lakchasiga, satr nomerlariga, 

nomiga  qirsillatiladi.  Bir  nechta  ustun  yoki  qator  markirovka  qilinishi  uchun 

ularning  birinchisi  markirovka  qilinish  holatida  sichqoncha  bilan  bosilgan  holda 

siljitiladi. 



Jadvalda  hisoblashlar.  Kataklarga  sonlar  bevosita  katakninig  o‘ziga  yoki 

formulalar  qatoridan  (kiritish  qatoridan)  kiritilishi  mumkin.  Buning  uchun  sonlar 

klaviaturadan  terilib,  so‘ngra  Enter  bosilsa,  kursor  turgan  yacheykaga  bu  son 

yoziladi.  Sonlar  yacheykaning  o‘ng  chetidan  boshlab  joylashadi.  Kataklarda 

formulalar ishlatilishi mumkin. Kiritilayotgan formula “=” belgisi bilan boshlanadi, 

bu belgidan keyin arifmetik ifoda yozilishi mumkin. Unda arifmetik amal belgilari 



 

“+”,  “–“,  “*”,  “/”  ishlatilishi  mumkin.  Formulada  boshqa  varaqlarda  joylashgan, 



hatto boshqa fayllarda joylashgan kataklar adreslari ishlatilishi mumkin. Ko‘rinarli 

bo‘lishi uchun Excel ning matn rejimi ishlatiladi. Bu holda ifoda qiymati emas balki 

formulaning o‘zi katakga chikadi.  

Formulalarni kiritish. A1 katak 100 va B1 katak 20 qiymatga ega bo‘lsin, va 

C1 da A1 /V1 formula kiritamiz. Buning uchun katak kursori C1 ga olib kelinadi va 

kiritish  qatorida  =  A1/V1  kiritiladi.  C1  da  esa  formula  kiymati  chiqadi.  Yoki  = 

belgisi kiritilgandan keyin A1 - katakga bosib so‘ngra / kiritilib V1 ga bosish kerak.  



Murakkab formulalar. Foydalanuvchi ko‘p argumentli va ko‘p hisoblanuvchi 

o‘zining murakkab formulalarini tuzishi mumkin.  



Misol. C - ustunda (soatlarda) biron ishni bajarish uchun ketgan vaqt yozilgan. 

D ustunda esa bir soat ish vaqtining narxi yozilgan, E ustunda esa shu ishni bajarish 

uchun to‘lanadigan so‘m yozilgan. E16 yacheykaga hamma ishlar summasi yozish 

talab qilinadi: 



= E12+E13+E14. 

Hosil  bo‘lgan  summadan  qo‘shimcha  qiymat  solig‘ini  undirish  uchun  uni 

(0.15) - ga ko‘paytiring: 

= E16*0.15 

Endi  E19  yacheykada  qo‘lga  beriladigan  so‘mni  hisoblash  kerak.  Buning 

uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: 

= (E12+E13+E14)*1.15 

Ammo  =  YE16+YE17  bajarish  lozim  edi.  Bundan  tashqari  СУММ 

funksiyasidan ham foydalanish lozim edi: 

= СУММ (E12:E14)*1.15 

 

Ishchi varaqlari nomini o‘zgartirib saqlash. 

Ishchi  varaqlarining  nomini  o‘zgartirish  uchun  «Файл»  menyusi  ochilib, 

undan «Сохранить как» buyrug‘i bilan muloqot oynaga kiriladi va u yerda yangi 

nom kiritiladi va OK bosiladi. 

 

Qator va ustun o‘lchovlarini o‘rnatish. 

Avvalo qator yoki ustun ajratiladi, ya’ni markirovka qilinadi. Buning uchun 

istalgan ustunni tanlab, uning sarlavhasiga sichqoncha bilan qirsillatiladi. So‘ngra 

Формат  menyusidan  «столбец»  tanlanadi.  Unda  «Ширина»  Width  direktivasi 

chaqirilsa  muloqot  oyna  ochiladi.  Bu  muloqotda  “Ширина  столбца”  degan 

maydonga 10 yozsak, uning eni 10 simvolli bo‘ladi. Kengaytirish va toraytirishni 

(ustun  yoki  qatorni)  sichqoncha  bilan  ham  o‘rnatish  mumkin.  Buning  uchun 

ko‘rsatgichni  ustun  chegaralariga  olib  borsak  strelka  ikki  tomonlama  ko‘rinishga 

keladi,  biz  shu  holatda  sichqonchani  bosib  istalgancha  enni  cho‘zishimiz  yoki 

qisqartirishimiz mumkin.  



 

Operatsiyani bekor kilish . 

Xato  kiritilgan  operatsiyani  bekor  йilish  uchun  (oxirgi  operatsiyani)  

“Отменить”  direktivasi  (Edit  -  редактирование  punktida)  ishlatiladi  yoki 

piktogrammadan foydalanib  bekor kilish mumkin. 

Nusxalanishi  lozim  bo‘lgan  kataklar  markirovka  qilinadi.  So‘ngra  Edit 

(редактирование)  dan  Copy  direktivasi  tanlanadi.  Shundan  keyin  markirovka 

qilingan sohani kompyuter ramkaga oladi. So‘ngra sichqoncha ko‘rsatgichi nusxa 

joylashishi  kerak  bo‘lgan  joyga  qirsillatiladi  va  Enter  bosiladi.  Nycxalashni 

instrumentlar qatoridagi piktogramma orqali ham amalga oshirish  mumkin. 

Qiymatlari  o‘chirilishi  lozim  bo‘lgan  kataklar  markirovka  qilinadi,  so‘ngra 

Edit (редактирование) dan Clear  - yordamchi menyu chaqiriladi.  Unda quyidagi 

direktivalar bor 

All - kataklar qiymati va formati bekor qilinadi (o‘chiriladi); 

Formats - faqat kataklar formatini bekor qiladi

Contents - faqat yacheykalar qiymati o‘chiriladi; 

Notes - kataklardagi faqat komentariyalar o‘chiriladi. 

 

Ishchi varaqni chop qilish 

Excel  da  ishchi  varaqni  chop  qilishdan  oldin  ko‘rib  chiqish  lozim,  ko‘rib 

chiqish  Просмотр  piktogrammasi  bilan  yoki  Файл  menyusidagi  Просмотр 

buyrug‘I  bilan  amalga  oshiriladi.  Odatda  ishchi  varag‘i  jadvaldagi  eng  chetki 

yozuvlar  va  sonlar  chegarasi  bilan  avtomatik  tarzda  ramkaga  olinadi  va  u  ishchi 

varag‘ini  tashkil  qiladi.  Uni  chop  qilishdan  oldin  ko‘rib  chiqish  mumkin.  Ishchi 

varag‘iga eng chetki bo‘sh ustun va bo‘sh satr kirmaydi. 

 

Funksiyalar 

Jadval  hisoblarini  amalga  oshirish  uchun  formulalarni  hisoblash  kerak 

bo‘ladi. Bu hisoblashlarda ba’zi formulalar va ularning kombinatsiyalari juda tez-

tez  uchraydi.  Excelda  bunday  hisoblash  jarayonlari  funksiyalar  shaklida 

programmalash-tirilgan  bo‘lib,  bu  funksiyalar  soni  200  dan  ortiqdir.  Excelda  bu 

funksiyalar alfavit bo‘yicha joylashtirilgan. Bu funksiyalarni kategoriyalar bo‘yicha 

izlash  oson  bo‘ladi.    Funksiya  argumenti  bitta  yacheykani  yoki  butun  bir 

yacheykalar guruhidan iborat bo‘lishi mumkin. Funksiya konstruktori argumentni 

qanday berishligini ko‘rsatib beradi.  

Funksiya  konstruktorini  ishga  tushurish  uchun  natija  joylashadigan 

yacheykani ajratish lozim va so‘ngra, funksiya konstruktori piktogrammasiga bosib 

quyidagi muloqotni ochish mumkin: 



 

 



O‘rtacha  arifmetik  qiymatni  hisoblash  funksiyasi  jadvaldagi  qiymatlarning 

o‘rtacha  qiymatini  hisoblaydi.  O‘rtacha  arifmetik  qiymat  joylashgan  yacheyka 

avvalo  ajratilishi  lozim  va  funksiyalar  konstruktoriga  qirsillatish  lozim.  Shunda 

konstruktorning muloqot oynasi ochiladi. Undan Statistical kategoriyasi tanlanadi, 

so‘ngra  Average  (o‘rtacha  qiymat)  qirsilatiladi.  Shundan  keyin  Next  konstruktor 

bilan ishlashning ikkinchi qadamiga o‘tamiz. Ikkinchi qadamda funksiya argumenti 

ko‘rsatiladi. Bu yerda ajratish uchun sichqonchani Ctrl bilan birga ishlatish mumkin 

yoki  klaviatura  ishlatiladi.  So‘ngra  Finish  bosiladi  va  jadvalda  o‘rtacha  qiymat 

chiqadi. Masalan = Average (B4:B9) formula qatoriga yozilsa, kursor turgan joyda 

o‘rtacha arifmetik qiymat Enter bosilishi bilan hosil bo‘ladi. 

 

Yuqoridagi  rasmda  АПЛ  funksiyasining  muloqot  oynasi  keltirilgan.  Bu 



funksiya  vositalar  qiymatining  ekspluatatsiya  natijasidagi  yillik  amortizatsiya 

narxini hisoblashni ta’minlaydi. Masalan Siz 300000 so‘mlik yuk avtomashinasini 

sotib oldingiz deylik, bu avtomobil 10 yil ishlatilgandan keyin uning narxi 170000 

so‘m  aniqlansa  u  hoda  funksiyaga  quyidagicha  murojaat  qilinadi 

AMP(300000,170000,10)      va  funksiya  yillik  amortizatsiya  narxini  13000  so‘m  

ekanligini hisoblab chiqaradi.   

Formulalar qatorida ham funksiyani tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. 

Yig‘indilarni hisoblash uchun 

 - bu piktogrammaga qirsillatsak formulalar qatorida    



=  СУММ  yoziladi,  so‘ngra  argumentlar  keltiriladi,  argumentlar  quyidagicha 

avtomatik  tarzda  yoziladi,  masalan  =  СУММ(A1:A10).  Agar  piktogrammasiz 

formulalar  qatoridan  =  СУММ  (A1:A10)  (qavs  ichidagi  ifoda  lotin  alifbosida 

kiritiladi) terilsa va Enter bosilsa, kursor turgan joyda yig‘indi hosil bo‘ladi. 

 

Jadvallar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatish. 

Excelda uch o‘lchovli hujjatlarni ishlash imkoniyati yaratilgan. Shu sababli 

har xil jadvallar orasida istalgan bog‘lanishlar osongina amalga oshiriladi. Excelda 


 

boshqa  jadvalga  qarashli  yacheykalarga  ham  osongina  murojaat  qilinadi  va  bu 



yacheykaga tegishli formulalar o‘zgartirilsa yacheyka qiymati ham o‘zgaradi. 

Har bir yil uchun alohida bet ajratiladi. Bu yilgi ma’lum bir kvartal natijasini 

o‘tgan  yilgi  shu  vaqtga  solishtirish  talab  qilinadi.  Boshqa  varaqdagi  ma’lumotga 

murojaat qilish uchun bu varaq nomini va undagi mos yacheyka adresini berishimiz 

lozim.  

Diagrammalar qurish. 

Excelda  jadval  shaklida  berilgan  kattaliklar  uchun  diagrammalar  qurish 

imkoniyati  mavjud.  Diagrammalar  kurishdan  avval  jadvalda  hamma  ishlarni 

tugatish  lozim,  shu  jumladan  jadvalni  formatlash  ishlarini  ham.  So‘ngra 

diagrammalar  konstruktori  chaqiriladi.  Bu  ish  asosiy  piktogrammalar  qatoridagi 

diagrammalar  konstruktorini  bosish  bilan  amalga  oshiriladi.  Diagramma 

konstruktori  diagrammani  qayerga  joylashtirishni ko‘rsatishni  kutadi.  Sichqoncha 

strelkasi uchi piktogramma formasini oladi. Biz chap yuqorigi burchakka qirsillatsak 

u yerda punktir chiziqlar bilan to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Uni ung burchakka qarab 

sudrasak u kattaradi.  Shundan keyin konstruktor muloqot oynasini ochadi. Ammo 

avvalo  jadval  sarlavhasigacha  to‘liq  ajratilgan  bo‘lishi  lozim.  So‘ngra  Next 

(дальше)  buyrugi  knopkasi  bosiladi.  Bizga  tavsiya  qilingan  diagramma  nusxalari 

ichidan  keraklisini  tanlab  olamiz.  Endi  konstruktor  hosil  bo‘lgan  diagrammani 

qurish uchun havola qiladi, va ma’qul bo‘lsa bu diagrammaga nom beriladi. Eng 

oxirida Finish knopkasi bosiladi.   

Laboratoriya mashg‘uloti uchun topshiriq 

Mavzu: Microsoft Excel электрон жадвали билан ишлаш 

 

Amaliy  mashg‘ulot  maqsadi:  Talabalarga  MS  Excel  jadval  protsessori 

yordamida iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash haqida amaliy bilim berish. 

 

Laboratoriya ishini bajarish tartibi 

1.  Kompyuterni ishga tushiring 

2.  MS Excel dasturini ishga tushiring 

3.  MS Excel dastur oynasini tavsiflang. 

4.  MS Excel bosh menyusini o‘rganib chiqing. 

5.  MS Excel da formulalar bilan ishlashni o‘rganing va oddiy hisoblashlarni 

bajaring. 

6.  MS Excel da yacheyka xossasi bilan amaliy tanishing. 

7.  Variant bo‘yicha topshiriqni tanlang va jadvalni kiriting. 

8.  Foydalaniladigan formulalarni aniqlang.  

9.  Hisob-kitob ishlarini bajaring. 

10. Jadvalni formatlang. 

11. MS  Excel  dasturida  diagrammani  tashkillashtirish  texnologiyasi  bilan 

tanishing.  

12. Jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha ustunli diagrammani tashkillashtiring. 

13. Jadval va diagrammani faylga saqlang. 



 

14. Jadval va diagrammani chop qilishga tayyorlang. 



15. Dastur ishini tugatib kompyuterni o‘chiring. 

16. Bajarilgan ishlar bo‘yicha yozma ravishda to‘liq hisobot tayyorlang. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Topshiriqlar 

 

1. Korxonaning bo‘limlar bo‘yicha safar harajatlari (mln so‘m) 



Bo‘lim / yil 

2004 

2005 

2006 

Jami 

Marketing bo‘limi 

50,4 

60,7 


70,3 

 

Buxgalteriya bo‘limi 



10,5 

22,1 


25,1 

 

Transport bo‘limi 



5,7 

7,6 


8,6 

 

 



2. Korxonaning bo‘limlar bo‘yicha safar harajatlarining o‘sishi (mln so‘m) 

Bo‘lim/yil 

2005 

2006 

O‘sish, % 

Moliya bo‘limi 

50,1 

40,9 


 

Kadrlar bo‘limi 

10,5 

15,7 


 

Xo‘jaik bo‘limi 

20,4 

21,9 


 

 

3. Maoshdan daromad solig‘i hisobi (so‘m) 



F.I.Sh. 

Maosh 

daromad 

soligi 

15 % 

Sug‘urta fondi 

kasaba uyush. 

1% 

Berilishi 

 

Ergashev S 

250000 

 

 



 

Turopov B 

650000 

 

 



 

Botirob À 

480000 

 

 



 

Jami 

 

 



 

 

 



4.Materiallar harajati vedomostini tuzish 

Raqam 

Soni 

Narxi 

Nomi 

Summasi 

   1325 


    1200 

    140 


    Shirin kulcha 

 

   1326 



    1800  

     46  

      Non 

 

   1327 



    1190 

     92  

      Patir 

 

Jami: 



 

 

 



 

 

5.   Hisob-faktura  turi buyicha tuzilma: 



Nomenklatura 

raqami 

Soni 

(dona) 

Narxi 

(sum) 

Matn 

Brutto summasi 

   6515 


   25015 

   7.11 


Eshiklar 

 

   6612 



       655  

   8.13  

Gisht 

 

   6745 



    44560 

  14.56 


blok 

 

 



6. Korxona rentabelligi hisobi vedomostini tuzish (yillar buyicha): 

Yil 

Daromad  Asosiy fond 

Aylanma 

mablag 

Korxona rentabelligi 

 1990 


    200 

     80 


    120 

 

 1991 



    220 

     81 


    140 

 

 1992 



    225 

     82 


    145 

 


10 

 

 1993 



    229 

     82 


    155 

 

 1994 



    236 

     83 


    160 

 

7. Korxonaning mahsulotlar sotuvidan daromadi 



Operatsiya/oy 

Yanvar 

Fevral 

Mart 

Summa 

Sotuv xajmi 

100000 

400000 


300000 

 

Sotuv harajati 



15000 

125000 


140000 

 

Boshka harajat 



1000 

1500 


2000 

 

Yetkazib berish harajati 



7000 

60000 


75000 

 

Sof daromad 



 

 

 



 

 

8. "Informatika" fani bo‘yicha uzlashtirish hisobi 



Gurux 

Talaba soni 

Topshir. soni 

Uzlashtirish  %da 

105-Ìk 


18 

15 


 

104-Ìn 


17 

14 


 

103-Ìr 


31 

28 


 

204-Ik 


19 

15 


 

205-Bx 


21 

14 


 

204-Bi 


22 

21 


 

Jami 


 

 

 



 

9. Buyokchilar brigadasi oylik rejasining bajarilishi(iyun 2004 y.) 



Brigada raqami 

Reja (kv.metr) 

Bajarilishi 

(kv.metr) 

% da 

1500 



2800 

 



1200 

2150 


 

2750 



2950 

 



3800 

3760 


 

3150 



3020 

 



2250 

3040 


 

Jami 


 

 

 



 

10.Sex buyicha oylik maosh tulovi vedomosti hisobi 



Shifr 

Kategoriya 

Hisoblandi  Ushlandi 

To‘lovga 

      1          

 Asosiy ishchi 

  34500 


 3400 

 

      2 



 Yordamchi 

  45600  

 5600 

 

Jami: 



 

 

 



 

 

11. Korxonaning kvartal hisoboti (ñóì) 



Oy 

Aylanma mablaglar 

summasi 

Mahalliy byudjetga ajratma 6% 

1-kvartal 

100 000 

 

2- kvartal 



250 000 

 


11 

 

3- kvartal 



200 000 

 

Jami 



 

 

 



12. Korxona ishlab chikarish bulimining kvartallar buyicha hisoboti (ñóì) 

Kvartal 

Tovar xajmi 

tonna 

1 tonna tovar 

narxi 

Pul kurinishida (so‘m) 

50,5 



50,1 

 

II 



10,4 

52,3 


 

III 


30,5 

56,4 


 

IV 


45,4 

60,4 


 

Jami* 

 

 

 

* 1 tonna tovarning o‘rtacha narxini ko‘rsatish kerak 

 

13. Maosh hisobi (mahalliy koeffisiyent va zararni hisobga olgan xolda) 



    

F.I.Sh. 

Maosh 

Mahalliy 

Koeffisiyent 

Zarar 

Jami 

Bozorov A. 

2500 

1,05 


1,3 

 

Salimov H. 



1800 

1,1 


1,05 

 

Nematov D 



3000 

1,1 


1,05 

 

Jami 

 

xxxxxxxx 



xxxxxx 

 

 



14.  OO‘Yu  professor-o‘qtuvchilarining  2013-2014  o'quv  yilidagi  yuklamasining 

bajarilishi . 



F.I.SH 

Reja 

Bajarilishi 

% da 

Iskandarov A. 

850 

875 


 

Kazakov I 

790 

750 


 

Muradov X 

810 

920 


 

Jami 

 

 



 

 

15. AQSH dollari, nemis markasi va ingliz funt-sterlingining so‘mga nisbatan bozor 



narxi (2014 yil oylari buyicha) 

 

Valyuta *  1 



















10  11 

12 

Dollar 


30,1 

31 


33 

35  37  40  45  50  55  60  71 

75 

Marka 


28,5 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Funt 

sterling 

38,4 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  * Marka va funt sterling dollarga nisbatan uzgarmas. 

 

 

 



12 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

1. 


Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  izohli  lug‘ati  //  D.M.Amirov, 

A.Yu.Atadjanov,  D.Yu.Atadjanov  va  boshqalar.  –T.:  BMT  taraqqiyot 

dasturining  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi,  2010.  (Lug‘atning  elektron 

nusxasi 


www.undp.uz

 va 


www.ictp.uz

  saytlarida joylashtirilgan).

 

2.  S.S.Qosimov.  Axborot  texnologiyalari.  O‘quv  qo‘llanma.  Toshkent- 



“Aloqachi”-2006.-370b. 

3.  G’ulomov  S.S.,  Begalov  B.A.  “Informatika  va  axborot  texnologiyalari”.  Oliy 

o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. Toshkent, 2010 yil. 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling