Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «tasdiqlandi»


Download 52.97 Kb.
bet1/3
Sana10.09.2022
Hajmi52.97 Kb.
#803799
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Sillabus - копия
1-статья Палвонов, A`dilbek esse, 2 5334603626516060678, 2 5334603626516060687, 2 5244661518074651031, Doc1, 26453-chernaya-ritorika, 2 5287465316765406919[1], Quick Reference Guide (QRG), Heron D130 (English), SadullayevElbek183 eutt, Tехnologik zarur ishchilar sonini hisoblash Sadullayev Elbek, Este saqlawdi bekkemlew, A\'wmetli ata-ata boliw ushin ma\'sla\'ha\'t

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI



«TASDIQLANDI»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
______________M. Eshov
2022-yil “____”___________



IQTISODIYOT NAZARIYASI
SILLABUS



Bilim sohasi:

200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Talim sohasi:

230000 - Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishi:

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230700-Bank ishi va auditi

5230800-Soliqlar va soliqqa tortish
60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)


Toshkent 2022


FAN TO‘GRISIDA MA’LUMOT
Fan/modul kodi: ECOM116
Fanning nomi: Iqtisoiyot nazariyasi
Semestr/yil: 2-семестр/ 2022-2023 ўқув йили
Kafedra: Umumkasbiy, ijtimoiy - gumanitar va aniq fanlar kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (72 auditoriya soati)



Ma’ruza

Amaliyot

Mustaqil ish

Baholash

Jami

30

42

108




180



Fan bo'yicha mashg'ulotning joylashuvi
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun ma'sul kafedra: Umumkasbiy, ijtimoiy - gumanitar va aniq fanlar.
O’qituvchi to’g’risida ma’lumot
O’qituvchi: Xalimbetov Farhod, Yaxshimuratova Xosiyat, Yaxshimuratova Sevara
Kafedra joylashgan joyi: TDIU To’rtko’l fakulteti
Telefon: +998937748844
e-mail: farxadxalimbetov@gmail.com
vaqti: uchrashuvga ko’ra

Fan tavsifi

Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo‘lib, u birinchi kursning birinchi semestrida o‘qitiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi iqtisodiyotga kirish, bozorning vazifalarining amal qilishini o‘rganishni o‘qitishga qaratilgan. Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni o‘rganish kabi jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.


Iqtisodiyot nazariyasi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat:
Iqtisodiyot faniga kirish.
O‘quv dasturining birinchi qismida asosiy iqtisodiy muammo, ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymati va ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziqlarini o‘z ichiga olgan fundamental g‘oyalar va tushunchalar keltirilgan.
Iqtisodiy resurslarning taqsimlanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari narx mexanizmi orqali ko‘rib chiqiladi. Talab va taklifning bozor kuchlari, bozor muvozanati va nomutanosiblik, egiluvchanlik ushbu bo‘limning asosini tashkil etadi.
Mikroiqtisodiy qaror qabul qilinishi.
Mikroiqtisodiyot o‘rganishning muhim sohasidir va bu erda asosiy asosiy qaror qabul qiladiganlar: banklar, uy xo‘jaliklari, ishchi kuchi, kasaba uyushmalari va tadbirkorlarning roli orqali amalga oshiriladi.
Davlat va makroiqtisodiyot.
Davlatlar turli xil makroiqtisodiy maqsadlarga ega va ko‘pincha ularga erishish uchun qo‘llaniladigan choralarni tanlash o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi. O‘zgarishlarning sabablari va oqibatlari va tegishli siyosatlarni ko‘rib chiqish uchun turli o‘lchovlarni qo‘llash kerak.
Iqtisodiy rivojlanish.
Iqtisodiyot rivojlanar ekan, aholi, turmush darajasi, qashshoqlik va daromadlarni qayta taqsimlashda o‘zgarishlar bo‘ladi. SHu sababli, turli mamlakatlarda aholi soni va tuzilishidagi o‘zgarishlar va rivojlanishning boshqa ta’sirlari o‘rganiladi.
Xalqaro savdo va globallashuv.
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning ahamiyati va globallashuvning kuchayishi o‘rganilmoqda. Ixtisoslashuv, erkin savdo, transmilliy kompaniyalarning roli, valyuta kurslari va to‘lov balansi barqarorligi kabi tamoyillar ko‘rib chiqiladi.

Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling