Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 269.31 Kb.
Sana12.02.2020
Hajmi269.31 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI



Iqtisodiyot fakulteti

EK-63 guruh talablarining “Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan

ORALIQ NAZORAT ISHI



Oraliq nazorat ishi mavzusi: Sanoatda xom ashyo va energiya tejamkorligi
Bajardi: ______________________

_______________________

_______________________

_______________________



Qabul qildi: ____________________________

Toshkent – 2019



Mundarija:

Kirish………………………………………………………………………3



  1. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi…………....4

  2. Sanoatda ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai……………..5

  3. Sanoatda energetika sohasining o’rni………………………………….…8

  4. Sanoatda xom ashyo va energiya tejamkorligini yo’lga qo’yish…………11

  5. Sanoatda energetika sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va uning ahamiyati………………………………………14

Xulosa……………………………………………………………………16

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………



Kirish

Shuni aytish kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotining energetika tarmog‘i jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Bu sohada iste'molchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Tabiiyki, energetika tarmog‘i taraqqiy etishida huquqiy asoslarning yildan-yilga takomillashayotgani ham o‘ziga xos o‘rin tutmoqda. Tegishli qonun hujjatlari ijrosining tahlili tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ushbu soha «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi (1997 yilda qabul qilingan) hamda «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi (2009 yilda qabul qilingan) qonunlar hamda 30 ga yaqin qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi farmoniga asosan, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik kompaniyasi aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash, tarmoqdagi ish rejimini bosh­qarish va muvofiqlashtirish tizimiga aylandi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoatning jadal rivojlanib borayotgani natijasida mamlakatimizda elektr energiyaga bo‘lgan talab 2030 yilda joriy yildagiga nisbatan 2 barobar oshadi.

Ikkinchi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risidagi parlamentga murojaatnomasida quyidagilarni aytib o’tgan: “biz 2018 yilga “faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnalogiyalarni qo’llab quvvatlash yili” deb nom berib, davlat dasturi doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard dollarga teng 76 ming ta loyihani amalga oshirganimiz o’tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini ko’rsatib turibdi. Sanoat, qishloq xo’jaligi, capital qurilish, transport kommunikatsiya, servis va xizmat ko’rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. Ayniqsa har qachongidan ham og’ir bo’lgan bu yilgi mavsumda mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida takidlashni istardim”.1



  1. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi

Xom ashyo - konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetini anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilma xil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom ashyo yoqilgʻi energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) Xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodan toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.

Xom ashyo qo’yiladigan talablar quyidagilar:



  • Miqdori jihatdan yetarli bo’lishi

  • Qazib olish arzon va oson bo’lishi

  • Texnologik jarayonlar oson borishi



  1. Sanoatda ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai

O‘zbekiston Respublikasi yer bag‘rida milliy xo‘jalikda foydalanilyotgan deyarli barcha turdagi foydali qazilmalar mavjud. Hozirda 1717 dan ortiq kon va 118 turdagi mineral xomashyoning 1000ga yaqin foydali qazilmalarining istiqbolli namoyonlari aniqlangan, ularning 65 tasi o‘zlashtirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari Davlat balansi ma’lumotlariga ko’ra (01.01.2015 yil holati bo’yicha), O’zbekiston hududida 1838 ta kon, shu jumladan: 235 ta uglevodorodlar koni; 151 ta metallar koni; 5 ta ko’mir va yonuvchi sloanetslar koni; 55 ta tog’ ruda; 28 ta tog’ kimyo va 30 ta rangli toshlar xom ashyolari koni; 714 ta turli maqsadda foydalaniladigan qurilish materiallari va 620 ta yer osti chuchuk va mineral suv koni.

Respublika oltinning tasdiqlangan zaxiralari bo‘yicha dunyodagi davlatlarning birinchi beshtaligiga kiradi, qazib olish bo‘yicha esa to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Uchta tog‘-kon-iqtisodiy rayon - Qizilqum (Muruntov, Mutenboy, Triada, Basapantov, Omontoytov, Ko‘kpatos, Dovg‘iztov va b.), Nurota (Zarmiton, Gujumsoy, Sarmich, Biron, Marjonbuloq va b.) va Toshkentoldi (Ko‘chbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Qovuldi, Pirmirob, Guzaksoy va b.) da joylashgan tub konlar asosiy ahamiyatga ega. Respublikaning bashoratga oid resurslari chamalangan zaxiralardan ikki karra ortiq.

Respublika hududida kumush zaxiralari 26 ta konda hisobga olingan bo‘lib, zaxiralarining 80,4 foizi Qalmoqqir va Dalneye, Uchquloch, Xondiza, Ko‘chbuloq, Qizilolmasoy, Muruntov kompleks va oltinma’danli konlarga to‘g‘ri keladi. Visokovoltnoye, Kosmonachi, Oqjetpes kumush konlari hisoblanadi.

O‘zbekiston uran zaxiralari va uni qazib olish bo‘yicha dunyo davlatlarining birinchi o‘ntaligiga kiradi. Uranning tayyorlangan zaxiralari tog‘-kon-metallurgiya kompleksini 20 yildan ortiq muddatga barqaror ishlashiga kafolat beradi.

Respublikada rangli, nodir va tarqoq metallarning katta negizi yaratilgan. Mis zaxiralari Olmaliq tog‘-kon ma’danli rayonidagi mis-porfirli kompleks konlarida jamlangan. Olmaliq konlari ma’danlari misdan tashqari oltin, kumush, oltingugurt, tellur, selen, reniyning katta zaxiralarini o‘z ichiga oladi.

Volfram zaxiralari Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, Yaxton, Sargardon, Saritov va Sovutboy konlari ma’danlarida jamlangan.

Qo‘rg‘oshin va rux konlari sanoatga oid uch turdagi karbonatli jinslarda qo‘rg‘oshin-ruxli stratiformali (Uchquloch, Qulcho‘loq), skarn-qo‘rg‘oshin-ruxli (Qo‘rg‘oshinkon, Kumushkon) va vulqonogen jinslardagi kolchedan-polimetalli konlar bilan ifodalangan.

Mamlakatda temirning o‘nlab namoyonlari aniqlangan. Tebinbuloq titan-magnetitli, Temirkon gematit-magnetitli va magnetitli ma’dan konlari baholangan, Surenota skarn-megnetitli koni chamalangan.

Respublika hududida marganetsning ko‘plab namoyonlari ma’lum. Dovtosh,Qizilbayroq, Taxtakaracha qatlamli konlari ko‘proq o‘rganilgan.


Yonuvchi slanetslar neft mahsulotlari va bir qator rangli va nodir metallarni olish uchun xom ashyo bo‘lishlari mumkin. Janubiy va G‘arbiy O‘zbekiston hududida Boysun, Jom, O‘rtabuloq, Sangruntov, Oqtov, Uchqir, Kulbeshkak konlari zaxiralari baholangan.

Respublika nometall foydali qazilmalarning katta resurslariga ega. Ushbu guruhni (70 turdan ortiq) asosan tog‘-kon, tog‘-kimyo ma’dani va shisha-keramika xom ashyolari, agroma’danlar, qurilish materiallari, sorbentlar va abrazivlar konlari tashkil qiladi. Ular sirasiga fosforli angidritning umumiy zaxirasi 122 mln.t., bashorat qilingan resurslari 100 mln.t. bo‘lgan fosforitlar konlari, grafit, kaliy tuzlari konlari (Tubegaton konining chamalangan zaxiralari 686 mln.tonnani tashkil qiladi); miqdori 90 mlrd.t. baholangan tosh tuzi zaxiralari ( Xo‘jaikon, Tubegaton, Janubiy O‘zbekistonda - Boybichekan va Qoraqalpog‘iston Respublikasida - Borsakelmas, Oqqal’a).

Respublikada qimmatli agroma’dan xom ashyolari - bentonitlar va bentonit tarkibli gillar, glaukonitlarning (Arabdasht, Xovdag, Azkamar va b.) katta zaxiralari mavjud.

Mavjud geologik ma’lumotlar O‘rta Osiyodagi yangi olmosli mintaqa mavjudligidan dalolat beradi, uning doirasida tarkibida olmos mavjud bo‘lgan turli xildagi nokimberlitli jinslar (lamproitlar, lamprofirlar, ishqorli bazaltoidlar, pikritlar, giperbazitlar, melankratli karbonatitlar) namoyon bo‘lgan. Bugungi kunda respublikada 20 ga yaqin trubka ma’lum bo‘lib, ulardan uchtasi sanoatga oid bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.

Gidromineral xom ashyolari hozircha O‘zbekiston uchun noan’anaviy hisoblandi va ular yanada chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Buxoro - Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg‘ona artezion havzalari yer osti suvlarini tadqiq qilish natijasida yod, brom, litiy, rubidiy, seziy, stronsiy va boshqa sanoat konsentratsiyalari aniqlandi. Ushbu havzalar chuqur gorizontlarining yer osti suvlari uglevodorodlar konlari bilan birga uchraydi. Ularni tabiiy gaz, neft va kondensatlarni qazib olish chog‘ida kompleks tarzda o‘zlashtirish katta iqtisodiy samara olishdan tashqari, atrof muhitga ta’sir qilayotgan texnogen bosimni kamaytirish imkonini beradi.

Yer osti suvlari suv resurslarining talaygina qismini tashkil qiladi. Chamalangan konlar umumiy miqdorining 90 foizidan foydalanilmaydi va u ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashda zaxira bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonning mustaqilligi yillarida geologiya tarmog‘i muvaffaqiyatli rivojlanishda davom etdi, 950 yangi konlar va turli foydali qazilma uchastkalari qidirib topildi.


  1. Sanoatda energetika sohasining o’rni

O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasidagi elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondiradi.

Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

“O’zbekenergo” AJ elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.

Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va iste’mol qilishning o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.

2017 yilda elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati jami 14,1 mln.kVt dan ortiq bo‘lib, “O’zbekenergo” AJ tomonidan 13,6 mln.kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

2017 yilda respublika bo‘yicha 58,9 mlrd.kVt∙s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan 52,14 mlrd.kVt∙s issiqlik elektr stansiyasi (IES) hissasiga to‘g‘ri keladi, shuningdek 7,3 mln.Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan.

Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 mingdan ortiq bo‘lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasini respublika iste’molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan kichik stansiyalar mavjud.

Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo‘lib, ular orqali elektr energiyasining ko‘p qismi respublika iste’molchilariga yetkazib beriladi.

“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.

“O’zbekenergo” AJ da rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori malakali xodimlarning mavjudligi, energetika sohasidagi qurilish ishlarini yuqori darajada olib borish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekenergo” AJ da 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish” bo‘yicha farmoniga muvofiq umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan 52 ta, shu jumladan issiqlik energetikasida 25 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan, energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.

Shuningdek, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 100 MVt dan bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.

Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun maxsus yonilg‘ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg‘i energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg‘ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko‘tarish bilan amalga oshirish va iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.



  1. Sanoatda xom ashyo va energiya tejamkorligini yo’lga qo’yish

Dunyoda aholi soni ko‘payib, texnik taraqqiyot ildamlagani sari energiyaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Tahlillar butun jahonda energetika resurslari tanqisligi kuzatilayotgani, ularning narxi muntazam oshib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shunday bir sharoitda energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.

Shuni aytish kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotining energetika tarmog‘i jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Bu sohada iste'molchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Tabiiyki, energetika tarmog‘i taraqqiy etishida huquqiy asoslarning yildan-yilga takomillashayotgani ham o‘ziga xos o‘rin tutmoqda. Tegishli qonun hujjatlari ijrosining tahlili tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ushbu soha «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi (1997 yilda qabul qilingan) hamda «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi (2009 yilda qabul qilingan) qonunlar hamda 30 ga yaqin qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi farmoniga asosan, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik kompaniyasi aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash, tarmoqdagi ish rejimini bosh­qarish va muvofiqlashtirish tizimiga aylandi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoatning jadal rivojlanib borayotgani natijasida mamlakatimizda elektr energiyaga bo‘lgan talab 2030 yilda joriy yildagiga nisbatan 2 barobar oshadi.

Elektr energiyasining iste'mol balansini shakllantirishda aholi sonining o‘sishi, elektr energiyasi bilan ishlaydigan turli maishiy vositalar, ishlab chiqarishning sanoatlashuvi va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari kabi omillar inobatga olib kelinmoqda.

Davr talabidan kelib chiqqan holda, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga ma'lum o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda energetika tekshiruvi o‘tkazilishi shart bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resurslari iste'molchilari bo‘lgan korxonalarning soni deyarli 3 barobarga oshishi belgilangan. Majburiy energetika tekshiruvlari o‘tkaziladigan korxona, tashkilot va muas­sasalar doirasining kengayishi korxonalarning energiyani tejash zaxiralarini aniqlash imkonini beradi. Energetika tekshiruvlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar yoqilg‘i-energetika resurslari sarfi sezilarli darajada kamayishi va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi pasayishiga xizmat qiladi.

Hisob-kitoblar respublika bo‘yicha korxonalarda energoaudit o‘tkazilishi natijasida energiya resurslarini 5 foizgacha iqtisod qilish hamda yiliga o‘rtacha 1 825005,9 tonna shartli yoqilg‘i iqtisod qilishga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Shunga asosan korxonalarning energetika sohasidagi ishlari o‘rganildi. Eskirgan uskunalar dunyo standartlariga mos keladigan energiyani tejovchi uskunalar bilan almashtirildi. Bu mahsulotlar tannarxining kamayishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlangan korxonalar faoliyati izchil rivojlanmoqda.

Joriy va kelgusi yillar energetika sohasini yanada rivojlantirishning muhim bos­qichi bo‘lishi kutilmoqda. Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish, yoqilg‘i balansini diversifikatsiyalash maqsadida investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari davom ettiriladi. Bug‘-gaz qurilmalari negizida ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, yoqilg‘i-energetika balansida qattiq yoqilg‘i va gidroenergiya resurslarning ulushini oshirish, magistral elektr tarmoqlarini qurish, hududiy elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangi elektr xo‘jaliklarini barpo etish shular jumlasidandir.

Aholi turmush sharoitining yaxshilanishi, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi energiya ta'minoti, tejamkorligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun jamiyat hayotining barcha jabhalarida energiyaga nisbatan munosabatni o‘zgartirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa, yoshlarimiz tarbiyasida bunga alohida e'tibor qaratish muhimdir. Farzandlarimizga bolalikdan energiyani tejash, iqtisod qilish va undan samarali foydalanishni o‘rgatishimiz lozim.


  1. Sanoatda energetika sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va uning ahamiyati

Energetika tarmog‘ida xorijiy kreditlar hisobiga 17 loyiha asosida 506,7 million dollar o‘zlashtiriladi. Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems (Yaponiya) Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 900 megavatt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi va Navoiy IES uchun 450 megavattli bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatishga kirishadi. Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlaydi.

Rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 240-260 gramm yoqilgʻi sarflansa, mamlakatimizdagi ayrim stansiyalarda 2 barobar koʻp yoqilgʻi sarflanadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga yetadi.

Mamlakatimizda elektr energiyasi asosan tabiiy gazni yoqish evaziga ishlab chiqariladi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda 2030-yilga borib uni yanada koʻproq sarflash – tiklanmaydigan tabiiy resurslarning juda katta miqdorini uvol qilish deganidir.

O‘zbekiston iqtisodiyotida elektr energiya ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi. Uni ishlab chiqarish uchun eng ko‘p yoqiladigan tabiiy gazdir va bu ko‘rsatkich qariyb 87%ni tashkil qiladi.

2018-2020 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasiga asosan:

- qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt ga teng 7 ta investisiyaviy loyiha amalga oshiriladi;

- yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi, 2 500 ta transformator punktlari o‘rnatiladi va modernizasiya qilinadi;

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga 7 million iste’molchilar ulanadi, 2021 yil yakuniga qadar ushbu tizimga ulanish qamrovi abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkaziladi.

“Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlari qarz mablag‘larining 100 million dollaridan kam bo‘lmagan qismi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilishga yo‘naltiriladi.

Xulosa

2030 yilgacha O‘zbekistonda elektr energiyaga ehtiyoj 2 marta, ya'ni 117 mlrd kVt-soatgacha oshadi. Elektr energiya ishlab chiqarishning yangi manbalari kiritilmasa mavjud defitsit bu vaqtga kelib 48 mlrd kVt-soatga yetadi. Ayni vaqtda O‘zbekistonning elektr energiyaga yillik ehtiyoji 69 mlrd kVt-soatni tashkil qiladi.  Quyidagi malumotlardan shuni ko’rish mumkunki biz elektr energiyasi sohasiga investitsiyani ko’proq jalb qilib elekrt energiyasi tejamkorligini yo’lga qo’ysak yuqori natijalarga erishamiz. 

2030 yilgacha O’zbekistonda energiya resurslariga talab 2013 yilga nisbatan 25,5 foizgacha oshadi va neft ekvivalenti hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8-8,5 foizga o’sishi saqlanib qolingan sharoitda 43,5 mln. tonnani tashkil etadi. 2030 yilgacha issiqlik energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish ham hukumat oldiga asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Belgilangan davrgacha mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan gidroenergetika, quyosh va shamol generatsiyasining ulushini 10 foizdan 20 foizgacha, ko’mir hissasini esa 5 dan 15 foizgacha oshirish, shu bilan birga gaz generatsiyasi ulushini 85dan 65 foizga pasaytirish nazarda tutilgan.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligi a’zosi sanaladi.Ayni paytda, 36 mamlakat agentlik a’zolari safidan joy olish uchun tegishli tashkiliy protseduralarni boshlagan O’zbekiston ham ulardan biri sanaladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.

  2. O’zbekiston Respublikasi Pezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilgi mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi parlamentga murojaatnomasi

  3. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.

www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

  1. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

  2. Mineeconomy.uz – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi rasmiy veb sayti

  3. Stat.uz – davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti.




1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasidan.


Download 269.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling