Тошкент давлат иқтисодиёт университети


Download 69 Kb.
Sana23.02.2022
Hajmi69 Kb.
#588644
Bog'liq
3 semestr bayonnoma Jumayev Rustambek
musiqiy ta'lim 201 Sarvinoz (1)(1), 6.Qotishmalar, 6. Рўзиев Отабек Сирожиддин ўғли, personal pronouns, 6 S, I. Ўқув ишлари, Andijon viloyati Jalaquduq tumani XTBga qarashli, 6-амалий иш, Ўйин қоидаси эртак, Сўзи

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Moliya kafedrasining №___ sonli yig‘ilishi
bayonnomasidan kо‘chirma


__________ 2021 yil Termiz shahri
Qatnashdilar: Moliya kafedrasi professor-о‘qituvchilari va 2-kurs magistratura “Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bо‘yicha)” mutaxassisligi talabalari
Kun tartibi
1. 5A230901 – Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bо‘yicha) mutaxassisligi 2-kurs talabalari 2021/2022 о‘quv yili 3-semestri bо‘yicha shaxsiy ish rejalari bajarilishi tо‘g‘risida.

Yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri katta о‘qituvchi Tо‘lakov Ulug‘bek sо‘z olib Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bо‘yicha) mutaxassisligi 2-kurs talabalarining 3-semestr yakunlari bо‘yicha xisobotlari tinglanishini ma’lum qildi. Magistrlar shaxsiy ish rejalari bajarilishi bо‘yicha har oyda xisobot berib borishlari lozimligi va u tasdiqlangan rejaga mos bо‘lishi kerakligini aytib о‘tdi.


Magistrant talaba Jumayev Rustambek Bahodir o‘g‘lining hisoboti tinglandi. Jumayev Rustambek 3-semestr mobaynida 2021-2022 о‘quv yillari uchun tasdiqlangan shaxsiy ish reja bо‘yicha amalga oshirgan ishlari tо‘g‘risida xisobot berdi.
Jumladan, О‘quv metodik ishlar bо‘yicha Moliyaviy hisobot, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi fanlari о‘quv jarayonlarida faol qatnashganligini, shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari” fani bо‘yicha mavzular kesimida savol topshiriqlar tо‘plami, testlar, keyslar ishlab chiqishda ushbu fanni о‘qitadigan professor-о‘qituvchilar bilan birgalikda uslubiy kо‘rsatma ishlab chiqqanligini ma’lum qildi.Shuningdek , Moliyaviy hisobot fanlaridan prezentatsiyalar tayyorlab о‘qituvchiga topshirganligini aytib о‘tdi. О‘quv metodik ishlar bо‘yicha har oyda kafedraga bajarilgan ishlar haqida ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda xisobotni kafedraga taqdim etib kelganligini ma’lum qildi.
Ilmiy tadqiqot ishlari bо‘yicha 3-semestr mobaynida “Аholi turmush darajasini barqarorligini taʼminlashda mehnatga haq toʼlash hisobini takomillashtirish” mavzusi bо‘yicha ilmiy rahbar bilan birgalikda 2-va 3-boblarini tayyorlab rahbar xulosasini olganligini ma’lum qildi.
Ilmiy pedagogik ishlar bо‘yicha 3-semestr mobaynida о‘quv jarayonini tashkil etishga bog‘liq meyoriy xujjatlar bilan tanishganligini, kafedra professor-о‘qituvchilarning darslariga tajriba orttirish, dars о‘tish mahoratini о‘rganish maqsadida qatnashganligini, shuningdek , о‘qituvchi Menniyazov A.ning ma’ruza va amaliy darslarini о‘tganligini aytib о‘tdi.
3-semestr mobaynida bakalavriat talabalari bilan shaxsiy ish rejada belgilangan о‘quv-maslahat ishlarini olib borganligini, har oyda bu haqida kafedraga ilmiy rahbar bilan kelishgan holda hisobotlar berib borganligini aytdi.
Ilmiy seminar ishlari bо‘yicha 3-semestr mobaynida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bо‘yicha manbalarni о‘rganganligini, tо‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilganligi va umumlashtirganligini keltirib о‘tdi. О‘rganilgan ma’lumotlar asosida ilmiy seminarda ma’ruza qilganligini aytib о‘tdi.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bо‘yicha 3-semestr mobaynida tanlangan mavzu bо‘yicha reja tuzganligini, mavzuning kirish va birinchi bobini tayyorlab ilmiy rahbar xulosasini olganligini aytdi.
Shundan sо‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan Jumayev Rustambek Bahodir o‘g‘lining hisoboti yuzasidan kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan bir qator savollar berildi. Jumladan, kafedra katta о‘qituvchisi A. Xudoyqulov tomonidan mavzu yuzasidan qanday xorijiy adabiyotlar tahlil qilinganligi sо‘raldi. Katta о‘qituvchi M.Turonov hisobot yuzasidan fikrlarini bildirib, keyingi semestrdagi ilmiy tadqiqotlar va seminarlarga puxta tayyorgarlik kо‘rish kerakligi, dissertatsiyaning ikkinchi va uchinchi bobini 3-semestrda yakunlash rejalashtirilganligini hisobga olish zarurligini ta’kidladi hamda hisobotni a’lo bahoga baholash mumkin ekanligini aytib о‘tdi.
Yuqoridagilarni qayd etgan holda, taklif va mulohazalarni inobatga olib,


MAJLIS QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri Tо‘lakov U., i.f.n. dots. Qodirov B., M.Turonovlarning hisobot yuzasidan bildirgan fikrlari axborot uchun qabul qilinsin.
2. 2-kurs magistranti R.Jumayevning 3-semestr mobaynida shaxsiy ish reja bajarilishi bо‘yicha hisoboti “a’lo”, deb topilsin.
3. Muhokama jarayonida bildirilgan fikrlar inobatga olinsin.
4. Xalqaro jurnallarda maqola va tezislarni taqdim etish jarayoni faollashtirilsin.
6. Dissertatsiya ishini rasmiylashtirish tartibiga asosan amalga oshirish ilmiy rahbar va kafedra mudiri tomonidan nazoratga olinsin.
7. Xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan konferensiyalarda dissertatsiya mavzusi bо‘yicha taqdimot-ma’ruzalari bilan ishtirok etish tizimi jonlantirilsin.
8. Kalendar rejaga muvofiq amalga oshirilgan vazifalar bо‘yicha har semestr yakunida hisobotni magistratura bо‘limiga taqdim etilishi ta’minlansin.


Yig‘ilish raisi: Tо‘lakov U.
Yig‘ilish kotibi: Absamatov A.
Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling