Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Download 64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana14.08.2018
Hajmi64 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 
Harakatlar startegiyasi to‘g‘risida”
gi Farmoni. T.: 
“Xalq so‘zi” 
-2007, 8-fevral. 
2.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti
ning 
“Mahalla  institutini  yanada  takomillashtirish  chora
-tadbirlari 
to‘g‘risida” gi Farmoni. 2017
- yil 3- fevral.  
3.Ishquvvatov V., Tolipov F. “Mahalla: o‘tmishda va bugun”. T.: “Ma’naviyat”
- 2014. 
3.Tolipov F., Boymurodova Z. va boshqalar. “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”. Ma’ruza matnlari. 
T.: TDPU- 2013. 
 
 
55

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
ILMIY KASHFIYOTLARDAN TA’LIM TIZIMINI VA UNING MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASHDA 
FOYDALANISH MEXANIZMLARI 
 
Dunyo a’lo darajada moylab qo‘yilgan mexanizm 
 
va uni kimdir harakatga keltirib turishi aniq. 
                                      Rene Dekart 
 
Saidaxbor BULATOV 

 
TDPU “Tasviriy san’at va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi professori, pedagogika 
fanlari doktori 
 
Samarqandda jahon olimlarini hayratga soladigan yana bir kashfiyot aniq
landi. XV asrda Mirzo Ulug‘bek 
rahbarligida  Samarqanddagi  Ulug‘bek  madrasasi  peshtoqisida  ishlangan  astrologik  bezakda  “Butun  dunyo 
xaritasi”  o‘z  aksini  topganligi  aniqlandi.  Ushbu  “Butun  dunyo  xaritasi”  o‘sha  davrda  yaratilgan  birinchi  va 
dunyoda  yagona  n
usxa  hisoblanib,  600  yil  bo‘libdiki,  o‘z  yechimini  kutib  kelmoqda.  Maqolada  xuddi  shu 
muammoning yechimi haqidagi ilmiy farazlar bayon etilgan. 
Было обнаружено еще одно открытие в Самарканде, которое удивительно для мировых ученых. 
В  15  веке  под  наблюдением  Мирзо  Улугбека  выяснилось,  что  карта  всего  мира  отражена  в 
астрологическом  украшении  медресе  Улугбека  в  Самарканде.  Эта  «карта  мира»  была  первой  и 
единственной  копией  мира  в  то  время  и  ждала  своего  решения  в  течение  600  лет.  В  статье 
представлена научная гипотеза о той же проблематичной проблеме.
 
Another discovery in Samarkand that is surprising to world scientists has been identified. In the 15th century 
under  the  supervision  of  Mirzo  Ulughbek,  it  was  revealed  that  the  map  of  the  whole  world  reflected  in  the 
astrological embellishment of the Ulughbek madrasah in Samarkand. This "Map of the World" was the first and 
only copy of the world at that time and was waiting for its solution for 600 years. The article provides a scientific 
hypothesis about the same problematic problem. 
 
 
Kalit  so‘zlar:
  ramz,  gallaktika,  yadro,  yulduz,  sayyoralar,  xarita,  arxitektura,  qanos,  timsol,  falakiyot, 
astrologiya, girih, kompozitsiya, harakat, mehrob, morpes, spiral. 
Ключевые  слова:
 
символ,  галактика,  ядро,  звезда,
 
планеты,  карта,  архитектура,  символ, 
символ, сокол, астрология, гирикс, композиция, движение, михраб, морп, спираль.
 
Key words: symbol, galaxy, core, star, planets, map, architecture, glyph, symbol, falcon, astrology, girix, 
composition, movement, mihrab, morpes, spiral. 
 
O‘zbekiston  xalqlarining  tarixi,  qadriyatlari,  ilm
-
fan,  madaniyat  durdonalarini  har  tomonlama  ilmiy 
o‘rganish  va  tahlil  etish  g‘oyat  muhim.  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida O‘zbeki
stondagi islom madaniyati markazini 
tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasida 
“Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi 
kunda  butun  ma’rifatli  dunyoni  hayratga  solib 
kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning 
emas,  balk
i  butun  insoniyatning  ma’naviy  mulki 
bo‘lib,  bu  bebaho  boylik  yangi  va  yangi  avlodlar 
uchun  donishmandlik  va  bilim  manbai,  eng muhimi, 
yangi  kashfiyotlar  uchun  mustahkam  zamin  bo‘lib 
xizmat qilishi shubhasizdir,”
-
deb ta’kidladi.
 
Shu maqsadda, respublikamiz hukmatining qator 
hujjatlari  vatanimizning  har  tomonlama  jahon 
andozalari  asosida  rivojlanishiga  qaratilmoqda. 
Jumladan, 
yoshlarga 
ta’lim
-tarbiya 
berishda 
madaniyatimiz,  qadriyatlarimiz,  milliy  san’atimiz 
namunalaridan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va 
butun  jahonga  mashhur  bo‘lgan  ajoyib  san’at 
namunalaridan  keng  foydalanishga  katta  ahamiyat 
berilmoqda. 
Samarqand  necha  asrlardan  bo‘yon  tengsiz 
tarixiy  obidalari,  go‘zal  me’moriy  yodgorliklari  bilan 
dovruq  qozonib  kelmoqda.  Bu  ko‘hna  shaharga 
kelayotgan sayyohlarni yodgorliklarning mahobati-yu 
rangin  naqshlari  bilan  birga  ularning  peshtoqlariga 
bitilgan milliy timsol va ramzlar ham qiziqtirishi tabiiy. 
Bu  peshtoqlarga  bitilgan  milliy  timsol  va  ramzlarda 
nimalar ifoda etilganligini bilish yurtdoshlarimiz uchun 
ham, sayyohlar uchun ham nihoyatda qiziqarlidir. 
Dunyodagi 
hech 
bir 
joyda 
musulmon 
me’morchiligi  singari  bu  qadar  mukammal  tarzdagi 
bezak san’ati mukammal qo‘llanilgan emas.[1]
 
Butunjahon 
astronomiya 
dunyosini 
larzaga 
solgan, olti yuz yildan ortiq vaqt ichida jahon olimlari 
tilida va dilida doston bo‘lgan buyuk Sulton, benazir 
alloma  olim  Mirzo  Ulugbek  hayoti,  ilmiy  faoliyatini 
o‘rganish  va  tadbiq  etish  natijasida  ma’lum 
bo‘layotgan 
ilmiy 
kashfiyotlar 
hanuzgacha 
bashariyatni 
lol 
qoldirmoqda. 
Ko‘plab 
i
lmiy 
monografiyalar,  uning  siyosatchilik  va  iqtisodyot 
sohasidagi  faoliyati,  ilmiy  va  ma’rifiy  merosini 
o‘rganish 
bo‘yicha 
ochilgan 
jabhalar 
Mirzo 
Ulug‘bekning ko‘p qirrali fa’oliyatiini ochib berish bilan 
birga,  uning  nomini  mangulikka  muhrladi.  Shunday 
b
o‘lsa
-
da, keyingi davrda Mirzo Ulug‘bekning hayoti, 
hukmdorlik 
siyosati 
va 
iqtisodiy 
islohotlari, 
me’morchilik, islom dini va ma’naviyatini keng tatbiq 
etish  yo‘lidagi  yangi  qirralari  ochilayotganligining 
guvohi  bo‘lib  turibmiz.  Keyingi  yillardagi  olimlari
miz 
tomonidan  buyuk  munajjimning  yuqoridagi  fan  va 
ijtimoiy  hayot  jabhalarini  yoritish  ishlari  ob’ektiv  –
 
xolisona ravishda ochilmoqda. 
56

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
Mirzo Ulug‘bek yaratgan me’moriy yodgorliklarga 
boqsak,  o‘sha  davrda  tasviriy  va  amaliy  san’at 
turlarining  yuqori  darajada  rivojlanganligiga  iqror 
bo‘lamiz. Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxonasining 
ichki  devorlarida  va  shiftlarida  falakiyot,  yer  shari, 
yetti  iqlim  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kashfiyotlar,  muhim 
belgi,  ramz,  timsol  va  raqamlar  tasvirlari  ishlangan. 
Bu tasvirlarni Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha 
ta’riflagan:  “...u  oliy  bunyod  va  ulug‘sifat  imoratning 
xonalari  ichiga  to‘qqiz  falakning  hay’ati
-
yu  to‘qqiz 
(osmon)doiralari  shakllarini  darajalar,  daqiqalar, 
soniyalardan tortib to oshiralargacha (chizildi) hamda 
aylanuvchi  falaklar,  yetti  sayyora,  sobita  yulduzlar 
ko‘rinishi va yer kurrasi hay’ati
-yu iqlimlar suvratlarini 
tog‘lar,  biyobonlar  ...dilnazar  naqshlar
-u  benazir 
raqamlar bilan” chizildi.[1]
 
Mirzo  Ulug‘bekning  do‘stlari  va  yaqinlari  ora
sida 
Qozizoda  Rumiy,  G‘iyosiddin  Koshiy,  Ali  Qushchi 
kabi  mashhur  matematik-astronomlar, 
Ulug‘bek 
madrasasi  devoriga  (rasadxonada  ham  chizilgan 
bo‘lgan)  yetti  iqlim  xaritasi  chizganlar.  Hozirda  yetti 
iqlim xaritasi ko‘chirib olingan nus’xasi saqlanadi. (1
-
rasm.)
 
1-rasm. 
Ulug‘bek madrasasi hujralaridan birining devoriga chizilgan yetti iqlim xaritasining qog‘ozga 
ko‘chirib olingan nusxasi.
 Keyinchalik rasadxonada ham chizilgan. 
 
Ulug‘bek  madrasasi 
peshtoqidangi  qanosid 
kompozitsiya  gulli  girihdan  tashkil  topgan.  Go‘yoki 
yulduzli osmon inson ko‘z oynasida namoyon bo‘ladi.
 
Bu  yulduzlar  o‘ymakor  koshin  bo‘laklaridan  hosil 
qilingan.  Girihlar  orasida  mayda  naqshli  o‘yma 
marmar  bezaklar  ishlangan.  Sangtarosh  ustalar 
qanos  bezaklarida  juda  mahorat  bilan  islimiy 
naqshlar 
bilan 
bezatganlarki, 
uzoqdan 
ham, 
yaqindan ham jozibaga ega. (2-rasm).
 
 
2-rasm. 
Ulug‘bek madrasasi. (1417
-22) 
 
Tarixiy  yodgorliklarning  tasvirini  tahlil  qilishda 
badiiy,  astrologik,  falsafiy,  psixologik,  ramziy  va 
sinergetik  tahlil  qilish  turlarining  mezonlari  asosida 
o‘rganiladi.  Chunonchi,  Samarqanddagi  Ulug‘bek 
memoriy 
yodgorligining 
qanosidagi 
astrologik 
bezaklarni  sinergetik  tahlil  qilib  ko‘ramiz  va  ulardan 
tegishli xulosalar chiqarib olamiz. 
Sinergetika  (yunon.  Sunergeia 

  hamkorlik, 
hamjihatlik) sistemalarning o‘z
-
o‘zidan tashkil bo‘lish 
nazariyasi,  o‘z
-
o‘zini  boshqarish,  hozirgi  zamon 
nazariyasi,  nochiziqli  hodisalarni  o‘rganish,  dunyoni 
yangicha 
izohlash, 
tabiiy 
va  ijtimoiy-iqtisodiy 
murakkab  tizimli  jarayonlarning  tabiatini  bilishga 
qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur uslubi.
 
57

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
Sinergetikani 
XXI 
asrda 
paydo 
bo‘lib, 
taraqqiyotning  yangi  qirralarini  tushunishga  yordam 
berayotgan  yangi  tafakkur  uslubi  deb  baholasa 
bo‘ladi.
 
Sinergetika 
jamiyat, 
inson 
hayotida, 
fan 
taraqqiyotida 
ilgari 
uchramagan 
yangi 
munosabatlarni falsafiy tahlil qilishga harakat qiluvchi 
ilmiy  yo‘nalish  sifatida paydo  bo‘ldi.  Sinergetikaning 
eng  muhim  tomoni  shundaki,  u ijtimoiy  va  o‘z
-
o‘zini 
boshqaruvchi  tizimlarda  faoliyat  ko‘rsatayotgan 
tadqiqotchi-
olimlar  ishlarini  ma’lum  bir  yo‘nalishda 
birlishtirishga xizmat qiladi.[1] 
Ulug‘bek  madrasasining  me’mori  –
  Qavomiddin 
Sheroziy  (?  -
1440,  15  asr.  )  bo‘lgan.  U  Ulg‘bek 
Mirzoning  otasi  Shohruh  Mirzo  saroyida  xizmat 
qilgan.  
XV 
asrda 
Registonda 
qurilgan 
barcha 
inshootlardan  bizgacha  yetib  kelgani  Ulug‘bek 
madrasasidir.  Uning  tarh
i  shu  yo‘sindagi  o‘quv 
yurtlarining 
kompozitsiyasiga 
xosdir. 
Hovli 
aylanasida ikki oshyonli qilib talabalar uchun hujralar 
qurilgan,  g‘arb  tomonida  —
 
masjid,  binoning  to‘rt 
tomonida  talabalar  yoz  kunlari  shug‘ullanadigan 
endor  ayvonlar  joylashgan,  sharq  tomonda 

  ikki 
yonini yuksak minoralar egallagan, ancha ichkarilab 
kirgan  daromad  ravoqning  burchaklarida  yulduz 
naqshli girih 

 
yulduzli osmon tasvirlangan. Ulug‘bek 
uchun bu mavzu tasodifiy emas: u hayotini falakiyot 
ilmiga  bag‘ishlagan,  madrasa  o‘quvchila
ri  fanni 
egallashlari,  ta’lim  berish  tartibini  diniy  qoidalar 
doirasi  bilan  cheklab  qo‘ymaslik  kerakligiga  ishora 
qilar edi. 

Intilish 

 har bir er va ayol musulmonning 
burchidir
,”

degan so‘zlar ma’rifatparvar podshohning 
o‘ziga xos aqidasi edi.
 
Handasiy naqshlardan iborat girih ravoq toqining 
asosiy naqsh qit’alariga ajratilishini belgilaydi.
 
Yon  peshtoqlarning  yirik  miqyosdagi  naqshlari 
uzoqdan  kuzatishga  mo‘ljallangan.  Ularning  osuda 
ustida handasiy naqshli gilam to‘shab qo‘yilgandek.
 
Ulug‘bek  madrasasi  bezaklarini  geometrik 
naqshlar, yozuvli naqshlar va o‘simliksimon naqshlar 
egallagan. Eng ko‘p ishlatilgan naqsh geometrik girih 
ya’ni  xandasiy  naqshlardir.  Xandasiy  naqshlar  juda 
katta  matematik  aniqlikni  talab  qiladi.  Geometrik 
naqshla
rda  borliqning  hammasi  aniq  o‘lchamga  va 
shaklga  egaligiga  ishora  qilingan.  Yulduzsimon 
naqshlarning  ko‘p  ishlatilishi  Ulug‘bek  bor  umrini 
falakiyot  ilmiga  baxshida  etganligini  bildiradi. 
Minoralardagi  geometrik  naqshlar  ichiga  yozuvli 
naqshlar  uyg‘unlikda
  berilgan.  Qanosda  esa  5-8-16 
rahli yulduzli girih kompozitsiya ishlangan bo‘lib, ular 
aylanma  harakat  ko‘rinishida  tasvirlangan.  Girihlar 
bir-
birlari bilan uzviy bog‘langan. 
 
4-
rasmda  Samarqanddagi  Ulug‘bek  madrasasi 
qanosidagi  be
zaklarining  tahlili  berilgan  bo‘lib,  shu 
bezaklarni  birma-bir  ramziy  tahlil  qilib  chiqamiz. 
1.Gallaktika.  2.  Gallaktika  yadrosidagi  tuynuk  3. 
Gallaktika  yadrosidagi  halqa.  4.Mitti  yulduzlar. 
5.To‘rsimon islimiy naqshlar. 6.Yulduzlar. 7.Yulduzlar 
o‘qi.  8.Geometrik  naqshlar  orasidagi  o‘simliksimon 
naqshlar. 9.Sakkiz qirrali yulduz markazi. 10. O‘n olti 
qirrali  yulduz. 
11. O‘n olti qirrali yulduzning o‘qi. 12. 
Sakkiz qirrali yulduz. 13,14-
munabbat naqshning to‘rt 
tomonga takrorlanishi. 15. Mehrob.16. Morpe
ch ya’ni 
arqonsimon 
burama 
naqsh. 
17. 
Olti 
qirrali 
yulduzchadan  tashkil  topgan  hoshiyasimon  naqsh. 
Qirrali yulduzcha.
 
 
 
 
3-rasm. 
Ulug‘bek madrasasi qanosidagi bezaklarda dunyo xaritasi o‘z aksini topgan.
 
 
58

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
 
 
4-rasm. 
Ulug‘bek madrasasi qanosidagi bezaklar
 tahlili. 
 
Minoralar.  Ulug‘lik,
  tantanavor
lik,  g‘alaba,  inson 
bilan koyinotning uyg‘unligi va uzviy bog‘li
qlik ramzi. 
Ikki  minora  esa  til  bilan  dil  uyg‘unligi.  Ikki  olam 
uyg‘u
n
ligi,  ikki  olam  saodatini  bildiradi.  Ulug‘bek 
madrasasida
gi  to‘rtta  minora  esa  dunyoni
ng 
to‘rt 
ustunini  bildiradi. 
Dunyo  to‘rt  unsurdan  tashkil 
topgan. 
Minora  tepa  qismida  guldastadagi  muqarnaslar. 
Minora  tepa  qismidagi  guldastadagi  muqarnaslar 
bamisoli 
gallaktikadagi 
yulduzlar 
tizimining 
harakatlarini  aylanma  harakatini  ramziy  ifodasini 
bidiradi. 
Morpech.  Harakat  va  hayot  ramzi.  Olamdagi 
barcha narsalar harakatda. Harakatning abadiyligini, 
dunyo  abadiy  harakatdan  iboratligini  bildiradi. 
Harakat 
bo‘lmagan 
joyda 
hayot 
bo‘lmaydi. 
Ravoqdagi  arqonsimon  bezak,  ya’ni  m
o`rpech 
mehrob  shaklida  berilgan.  Mo`rpech  spiralsimon 
harakatni  ko`rsatmoqda.  Ular  koinot  bilan  uzviy 
bog‘langanligini 
anglatadi. 
Dunyodagi  barcha 
harakatlar  bir  nuqtadan  boshqarib  turilishiga  ishora 
qilingan.  
Mehrob  shakli.  Bir  dunyodan  ikkinchi  dunyoga 
o‘tish 
darvozasini 
bildiradi, 
qalb 
darvozasi 
hisoblanadi. 
Mehrob 
shakli 
ilohiy 
darvoza 
hisoblanadi, kecha va kunduzning almashib turishini, 
til  bilan  dil  birligini  bildiradi.  Mehrobdagi  naqsh 
qadimdan koinot 
bilan bog‘lanish darvozasi timsolidir.
 
Madrasa  mehrob  shakliga  o‘xshash  naqsh  turlari 
bilan 
bezaladi. 
Madrasada 
mehrob 
shaklida 
ishlangan tokcha, taxmon, eshik kabilar ishlangan va 
bezalgan. 
 
Endi 
Ulug‘bek 
madrasasi 
qanos
idagi 
bezaklarning elementlarini badiiy tahlil qilamiz. 
Ulug‘bek  madrasas
i  qanosidagi  gulli  girih 
kompozitsiyasi.  Ulug‘bek  madrasasidagi  qanosidagi 
gulli girih murakkab naqsh turiga kiradi. Bu bilan olam 
murakkab  tuzilganligiga  ramziy  ma’noda  ishora 
qilingan.  Geometrik  shakllar  orqali  olam  tuzilishi 
berilgan bo‘lsa, o‘simliksim
on naqshlar orqali tiriklik, 
ya’ni  hayot  ramzi  ifodalangan.  Bu  bilan  butun  olam 
bir-
biri bilan uzviy bog‘langanligi
ga ishora qilingan. 
O‘
simliksimon  naqshlar.  Tabiat  va  hayot  ramzi. 
Borliqning 
ipsiz  to‘rsimon  quvvat  bilan  bog‘lab 
turilishining ramziy ifodasi.  
Geometrik  naqshlar.  Girih 

  geometrik  naqsh 
hisoblanib,  uning  kelib  chiqishi  o‘rta  asrlarda 
matematikaning  ravnaq  topishiga  bog‘liq  bo‘lgan. 
Mirzo  Ulug‘bek  davriga  kelib  ba’zida  qanoslarni  va 
peshtoq  ravoqlari  yon  devorlarini  bezatishda 
murakkab “yulduzsimon” girihlardan foydalanilgan. 
 
Mirzo  Ulug‘bek  davrida  devorlarni  bezatishda 
murakkab  “yulduzsimon”  girihlardan  foydalanilgan. 
XV  asr  bezaklarida  o‘simliksimon  naqshlar  bilan 
mozaikali yozuvlar sahifasi o‘zaro bog‘langan tarzda 
ham  namoyon  bo‘lgan.  Bu  yozuvlar  “sulsiy”  hatida 
yozilgan.  Sulsiy  yozuvlarini  bajarishda  tajribali 
xattotlar  ishlashgan.  Ular  o‘zlari  uchun  ajratilgan 
joyga  uzun  oyatlarni  ustalik  bilan  (ba’zida  ikki  yoki 
uch qavat qilib) joylashtirishgan.  
Geometrik naqshlar sayyoralarning qat’iy tartibda 
joylashganligi  va  o‘z  muv
ozanatiga 
egaligini 
anglatadi.  Ularning 
ma’lum  tartibda  harakat qilishini 
va bir-
biri bilan ipsiz quvvat bilan bog‘langanligi tasvir 
orqali berilgan.  
Ulug‘bek madrasasi qanosida tasvirlangan to‘g‘ri 
chiziqlardan tashkil topgan girih kompozitsiya tasviri 
butun olam xaritasining ramziy ifodalanashidir. Olam 
xaritasiga  ko‘z  tashlasak,  barcha  sayyoralar 
mukammal  joylashganligi,  ularning  har  biri  uzviy  va 
uzluksiz  bog‘langanligi  hamda  sayyoralar  qat’iy 
qonuniyatlar 
asosida 
aylanma 
(spiralsimon) 
harakatlanishi  k
o‘rsatilgan.  Har  bir  sayyora  o‘z  o‘qi 
atrofida aylanishini yulduzlar o‘rtasida nuqtalar bilan 
ramziy ishora qilganligini ko‘rish mumkin. Sayyoralar 
va  butun  olam  mukammal  yaratilganligi  ramz  va 
59

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
timsollarda  aks  ettirilgan.  Har  bir  sayyoralar 
o‘z 
muvozanatini saqlab turadi. Muvozanatning buzilishi 
hayotning tugashini bildiradi. 
O‘

olti  qirrali  yulduzlar.  O‘n  olti  qirrali  yulduz 
ichiga  chizilgan  naqshlar  quyoshdan  olamga 
taralayotgan  harakat  ya’ni  markazdan  hamma 
tomonga  nur  taralayotgandek  holatda  berilgan.  Bu 
esa  quyoshning  (ziyo)  tarqalishini  va  quyosh 
sayyorasining  butun  olam  bilan  uzviy  aloqada 
bog‘langanligi timsolida aks ettirilgan.
 
Gallaktika.  Gallaktika-  sutli,  sutsimon,  umumiy 
o‘zaro  tortishish  kuchi  bilan  bog‘langan  hamda 
quyoshni  ham  o‘z  ichiga  olg
an  200  mlrd.dan  ortiq 
yulduzning  ulkan  sistemasi.  Barcha  yulduzlar 
Gallaktika  yadrosi  atrofida  aylanadi.  Quyosh  o‘z 
atrofidagi sayyoralar bilan birga Gallaktika yadrosini 
180  million yilda to‘liq aylanib chiqa oladi. Ana shu 
nihoyatda katta vaqt oralig‘i 
Gallaktika yili deb ataladi.  
 
5-rasm. Gallaktika qismlari. 1.Gallaktika 2.Gallaktika yadrosi 3.Yulduzlar 4.Yulduzlarning  
aylanish o‘qi.
 
 
Besh  qirrali  yulduzlar.  Yulduzlar  sayyoralar 
ramzida  berilgan  bo‘lib,  ular  doim  ma’lum 
qonuniyatlar  asosida  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanadi  va 
gallaktika  spiralsimon  aylanish  harakatini  bildiradi. 
Besh  qirrali  yulduz  inson  umrining  qisqaligini  va 
o‘tkinchiligin
i  bildiradi.  Yulduz  inson  umrining 
o‘tkinchiligidan  tashqari  islomning  5  ta  ustinini, 
insonning 5 sezgisini, hayotni, bu dunyoga kelish va 
ketish  nuqtasini,  har  bir  inson  o‘tkinchi  dunyodan 
hech nima olib ketmasligini bildiradi.  
Sakkiz  qirrali  yulduz.  Quyosh,  oy,  yulduz,  ikki 
olam  va  uning  uyg‘unligi,  birlik,  juftlik,  abadiylik, 
davriy harakat, koinot muvozanati, muntazam tartib, 
charhpalak  va  boshqalar  ramzi.    Bunday  naqsh 
Markaziy  Osiyoda  juda  keng  qo‘llanib  kelingan. 
Mazkur  naqsh  qadimda  butun  Sharqda  yuqoridagi 
ramziy ifodaga ega. Islom dini o‘rnatilgandan so‘ng

bunday  naqsh  samodagi  quyosh,  oy,  yulduzlar 
ramzini ifodalay boshlagan.  
Ranglar.  Amir  Temur  va  temuriylar  davri 
arxitekturasida asosan ko‘k, moviy va oq sirli g‘ishtlar 
tekis  yuzalarni  bezatis
hda  ko‘proq  ishlatilgan. 
Shuningdek,  och  ko‘k,  moviy,  oq,  sariq,  qora  kabi 
ranglardan  devor  naqshlarini  ishlashda  keng 
foydalanilgan. O‘ymakor koshinlarni yaratishda esa, 
ko‘k,  moviy,  oq,  kamroq  yashil,  sariq,  qora,  ba’zi 
joylarda 
qizil 
va 
zarhal 
ranglardan 
keng 
foydalanilgan. 
Ulug‘bek madrasasi kompozitsiy
siada 
asosiy  rang  yer  rangi,  havo  rang  va  oq  ranglardan 
tashkil topgan. 
 
  
60

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
 
 
 
 
PEDAGOGIKA       1/2018 (14)
 
 
  
 
 
9-rasm. Butun olam gallaktikalarining harakatlar tizimi. 
 
 
 
 

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling