Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 195.72 Kb.
|
ZOOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyaga tavsiya etilsin”
- O’zbekistonda umumiy parazitologiyaning rivojlanish tarixi”
- _____________________
- KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi
5110400- Biologiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 3 – kurs 301 – guruh talabasi Rahimova Diyora Ulug’bek qizining “O’zbekistonda umumiy parazitologiyaning rivojlanish tarixi” mavzusida yozgan K U R S I SHI
TOSHKENT – 2021 MUNDARIJA Kirish ……………………………………………………………………………..3 I Bob PARAZITOLOGIYA FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI ….......6 1.1.Parazitologiya sohasining rivojlanish bosqichlari…………………………….7 1.2 Parazitologiya sohasiga hissa qo’shgan olimlar ………………………….....12 II Bob O’ZBEKISTONDA PARAZITOLOGIYA FANING RIVOJLANISH TARIXI 2.1 O’zbek olimlarning parazitologiya sohasidagi olib borgan ishlari……………24 2.2 Gelmintologiyaning hozirgi kundagi yutuqlari……………………………......29 Xulosa……………………………………………………………………………..32 FOYDANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………..33
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsad qilib qo’yildi. Yuksak o’simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo'jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Parazitar kasalliklar bo’yicha epidemiologik va epizootologik vaziyatlar dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo’lib turibdi.Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra yer yuzida har yili askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixosefalyoz bilan 700 mln. ga yaqin odam kasallanadi. Dunyoning 74 mamlakati uchun shistosomoz endemik hisoblanadi, bu mamlakatlar aholisining 200 mln. dan ko’prog’i ushbu gelmintoz bilan kasallangan va yana 500-600 mln. ga yaqin odamlarning shistosomoz bilan kasallanish xavfi bor.
Download 195.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling