Toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakultеti


II BOB. FORS TILIDA RANG VA MAZA - TA’M BILDIRUVCHI SIFAT LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Download 0.88 Mb.
bet5/17
Sana02.06.2022
Hajmi0.88 Mb.
#723639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Toshkånt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi faku
kvadrat tenglamalar, Murodjon Kenjayev, oraliq nazorat, zakavat, она ва бола, germaniya, sql mustaqil ishi, Янги сертификат шаблонини яратиш, 9 sinf ozbekiston tarixi, 691-Article Text-1565-1-10-20201108, 244-Article Text-691-1-10-20201020, xrpt hl7z8g9soshuokjfj8lyl38j2sclo9oykkmhsk2850sik4ov12ibtglkznxemb4ymf76px4kxku, geometriya2, 27-ma’ruza Konvergent tarmoqlari
II BOB. FORS TILIDA RANG VA MAZA - TA’M BILDIRUVCHI SIFAT LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


2.1. Rang –tus sifatlarining uslubiy voqelanishi


Ma’lumki, fors tilida سفیدoq, سیاهqora, قرمزqizil, زردsariq, آبیzangori, سبز yashil kabi bir qator sifat leksemalar predmetning rang – tusini ifodalaydi. Ot turkumiga oid soʻzlar oʻz tabiatiga koʻra bir qator belgi–xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtiradi, boshqacha qilib aytganda, belgi –xususiyat otlarning doimiy yoʻldoshi boʻlib, ulardan ajrala olmaydi. Rang bildiruvchi sifatlarning har biri oʻziga xos semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning uslubiy imkoniyatlari, okkazional semalarni ifodalash xususiyati nutq jarayonida yuzaga chiqadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning mazkur faslida aynan rang – tus sifat leksemalarning uslubiy ma’no qirralari haqida soʻz boradi. Dastavval, rang – tus sifatlari orasida badiiy ijodda eng faol leksemalardan boʻlmish, سفید oq vaسیاه qora sifat leksemalari xususida toʻxtalmoqchimiz. سیاهqora sifat leksemasi nutqda faqat predmetning rangini koʻrsatish maqsadida qoʻllanganda, emotsional – ekspressivlikdan holi boʻladi, uning vazifasi rang toʻgʻrisida xabar, ma’lumot berish bilangina cheklanadi. Nafaqat qora sifat leksemasi, balki barcha rang – tus sifatlariga ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Masalan, مداد سیاه qora qalam, دفتر سفید oq daftar, آسمان آبی moviy osmon, خون قرمزqizil qon va hokazo. Bu birikmalarda biz hech qanday uslubiy ma’no xususiyatlariga duch kelmaymiz. Chunki bunday birikmalar uslubiy boʻyoqdorlikdan holi hisoblanadi. Biroq bu sifat leksemali birikmalarning hokim boʻlagi oʻzgarsa, sifat leksemalarning ma’no qirralari ham oʻzgarishga yuz tutishi, yana ham aniqrogʻi uslubiy ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, شب سیاه qora tun, دل سفید oq koʻngil, دنیای قرمز qizil dunyo kabi.
سیاه qora leksemasi soʻzlovchi yoki yozuvchining oʻz nutqi qaratilgan shaxsga boʻlgan munosabati nuqtai – nazaridan matnga bogʻliq holda ijobiy yoki salbiy ekspressivlikni ifodalashi mumkin. Bu leksema inson organizmining yuqori qismida joylashgan a’zolar ( موsoch, چشمkoʻz, ابرو qosh)ni tasvirlash maqsadida qoʻllanganda rang ma’nosiga ijobiylik semasini ham kiritadi:



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling