Toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakultеti


Download 0.88 Mb.
bet6/17
Sana02.06.2022
Hajmi0.88 Mb.
#723639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Toshkånt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi faku
kvadrat tenglamalar, Murodjon Kenjayev, oraliq nazorat, zakavat, она ва бола, germaniya, sql mustaqil ishi, Янги сертификат шаблонини яратиш, 9 sinf ozbekiston tarixi, 691-Article Text-1565-1-10-20201108, 244-Article Text-691-1-10-20201020, xrpt hl7z8g9soshuokjfj8lyl38j2sclo9oykkmhsk2850sik4ov12ibtglkznxemb4ymf76px4kxku, geometriya2, 27-ma’ruza Konvergent tarmoqlari
سیاه qora sifatinig چشم koʻz soʻzi bilan birikib kelish holati:


همان چشمان سیاه قدیمی را دید[ 4:26]
Oʻsha oldingi qora koʻzlarni koʻrdi


زن زیبا و لاغر و رنگپریده ای که چشم سیاه داشت [3:75 ]
Rangi siniqqan, ozgʻin ayolnning koʻzlari qop-qora edi


سیاه qora sifatinig مو soch soʻzi bilan birikib kelish holati:


با موی سیاه و چشمان درشت، چشمانی غمناک با دخترم حرف میزد [2:76 ]
Qora sochli, koʻzlari katta-katta va ma’yus, qizim bilan gaplashib turardi

موی سیاه و در دست زیبای سفیدش که چند انگشتر در انگشت چهارم داشت [1:98 ]
Qora sochli va chiroyli oppoq qoʻllarining toʻrtinchi barmog‘ida bir nechta uzuk taqilgan edi


سیاه qora sifatinig ابرو qosh soʻzi bilan birikib kelish holati:


دخترک با موها و ابروان سیاه ، به رغم حالت جدی نگاهش به این زن ناشناس دوخته بود [4:12 ]
Qora soch, qora qosh qizloq gʻazab bilan bu notanish ayolga tikilib turardi


Keltirilgan misollarda mualliflarning oʻzlari tasvirlayotgan kishilarga boʻlgan ijobiy munosabati ularga tegishli boʻlgan a’zolarning belgilarini sifatlashlar yordamida keltirish orqali ifodalanmoqda. Demak, سیاه qora leksemasi bu oʻrinda rang – tusni bildirishdan tashqari muallifning kayfiyatini, mehr – muhabbatini ham ma’lum darajada bildirib kelayotir. Umuman, چشم koʻz, موsoch, ابرو qosh kabi a’zolarga nisbatanسیاه qora leksemasi epitet sifatida qoʻllanganda ijobiy munosabat semasi ma’lum darajada aks etadi. Quyidagi misolda esa boshqacha holat koʻzga tashlanadi:


این روزها قاتلین چقدر سیاه دل شده اند [2:87 ]
Shu kunlarda qotillar shu qadar ichi qora boʻlib ketganlar


Muallifning oʻzi tasvirlayotgan kishi xarakteridagi odob–axloq normalariga mos kelmaydigan jihatlar – munofiqlik, gʻalamislik, gʻiybatchilik, ochkoʻzlik, berahmlik singari sifatlarni koʻrsatishga intilishi uning سیاه qora leksemasini salbiy semada qoʻllashga asos boʻlgan.
Quyidagi misollarda ham سیاه qora sifatining salbiy ottenkasini kuzatish mumkin.
Bu misolda نان سیاه birikmasi tarkibida سیاه qorajuda kam, faqirona” ma’nosini anglatib kelmoqda:


بعد از آنکه این خیال خودکشی در دل جوان جایگیر شد متبسم گردید و با نان سیاه خودش سازش کرد [ 3:67]
Bu yosh qiz oʻz joniga qasd qilish fikridan qaytgandan soʻng jilmayib, shu qora noniga ham koʻnikdi


Quyidagi misollarda روزگار سیاه, روز سیاه kabi birikmalar tarkibida, سیاه qora leksemasi ayanchli, qiyin davrni ifodalashda qoʻllangan. سیاه qora leksemasi bu oʻrinda yuqorida qayd etilgan salbiy belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan va matnga bogʻliq holda ma’no anglatish doirasini kengaytirgan.


و پولی بدست آورد که اگر در روزگار سیاه سابق بدست میآورد ثروتی محسوب میشد [ 1:27]
Ozgina pulni qoʻliga oldi, agar bu pul oʻsha qora kunlarda boʻlganda katta boylikka teng boʻlgan boʻlardi

آدمهای رذلی که با آنها رفت و آمد داشتند او را به روز سیاه انداختند [ 3:73]
U bilan muomala qilib yurgan razil odamlar uni qiyinchilikka tashlab qoʻydilar


فرزندان خانوادههای آبرومند که اکنون به روز سیاه نشسته بودند [1:44 ]
Obroʻli oilalar farzandlari ham hozirda qiynalib qolgandilar


شب سیاه birikmasi tarkibida سیاه qora sifati salbiy ottenkada emas, intensivlikni anglatish uchun xizmat qilmoqda. Bunda tunning qorongʻuligini yanada ta’kidlash, ma’noni kuchaytirish yuzaga kelmoqda.


اما فعلا در این خانه غرق سکوت در شب سیاه با این زن محتضر و دو کودکی که بی سر و صدا در گوشهای کزکرده اند [ 2:48]
Ammo hozir sukutga choʻkkan uyda qop-qorongʻu tunda….


درون شب سیاه خیره شدم، هم آرزو داشتم که او وحشت را از درون کلماتم بشنود و هم دلم نمیخواست [ 3:88]
Qop-qora tun qurshovida u bu dahshatni gaplarimdan bilim olishini istardim, ham ichimda xohlamasdim


Zafar Pardayevning “Oʻzbek tilida sifatlarning semantik – uslubiy xususiyatlari” nomli ilmiy monografiyasida qora leksemasining yana quyidagi okkazional semalarni ifodalashi mumkinligi e’tirof etilgan: motam, qaygʻu, kun, kunning ma’lum vaqti, yorugʻlik – qorongʻulik darajasi kabi. Tadqiqotda olim qora leksemasining yigirmaga yaqin semasi xususida fikr bildirib oʻtgan15.
A.N.Kononov qora sifat leksemasining ma’nolarini tadqiq etib, bu leksema bilan “katta”, “yirik”, “muhtasham”, “ulug‘”, “qudratli”, “kuchli”, “pokiza”, “musaffo”, “quruqlik”, “yer”, “zulmat koʻki”, “shimol” kabi semalar ifodalanganligini koʻplab misollar yordamida izohlab bergan edi.
Fors tilida سیاه qora leksemasi quyidagi ma’nolari mavjud:




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling