Toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakultеti
Download 0.88 Mb.
|
Toshkånt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi faku
kvadrat tenglamalar, Murodjon Kenjayev, oraliq nazorat, zakavat, она ва бола, germaniya, sql mustaqil ishi, Янги сертификат шаблонини яратиш, 9 sinf ozbekiston tarixi, 691-Article Text-1565-1-10-20201108, 244-Article Text-691-1-10-20201020, xrpt hl7z8g9soshuokjfj8lyl38j2sclo9oykkmhsk2850sik4ov12ibtglkznxemb4ymf76px4kxku, geometriya2, 27-ma’ruza Konvergent tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- معنی سفید در فرهنگ فارسی عمید 20
- معنی سفید در لغت نامه دهخدا 21
- Ma’nosi Sinonimlari
Yuqorida keltirilgan lugʻatlarda berilgan ma’nolarini umumlashtirgan holda سفید oq sifatinig quyidagi ma’nolrga egaligi aniqlandi:
Yuqorida keltirilgan misollarda rang – tus sifatlarining dennotativ ma’nosidan tashqari konnotativ ma’nosi ham yaqqol boʻy koʻrsatib turibdi. Chunonchi, سبز yashil sifat leksemasi tiriklikni, hayotni ramziy tasvirlasa,زرد sariq sifat leksemasi, bil’aks, ayriliqning, firoqning ramziy belgisi sifatida yuzaga chiqmoqda. ای کاش آفتاب و علفهای سبز را دوباره میدیدم! [ 2:16] Qaniydi quyosh va yam-yashil oʻtlarni yana koʻrsam edi! در آن موقع ارابه ای که بار آن جو دو سر تازه و سبز بود از آنجا گذشت [ 4:7] Ikki dasta yam-yashil arpa ortilgan arava oʻsha yerdan oʻtib ketardi تازه برای چارپایان یونجه ریخته بود و پره های علف سبز به موهای زبر و کلاه پوستش چسبیده بود [ 3:6] Endigina Chorpoyinga oʻt tashlagan edi, yashil oʻt sochlari va poʻstiniga yopishib qolgan edi Yuqorida keltirirlgan misollardan koʻrinib turganidek, yashil sifat leksemasi asosan علف soʻzi bilan birikib kelib, tiriklik va hayotni ifodalab kelmoqda. زرد sifati برگ soʻzi bilan birikib kelganda esa bunga aks holatni ifodalashini kuzatish mumkin: آنها به برگهای خاکستری و زرد که به نرمی تکان میخوردند نگریستند [ 3:56] Ular asta sekin tebranayotgan sariq barglarga qarab turardilar زرد sifati آفتاب soʻzi bilan birikib, kun botishi ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga زرد آفتاب birikmasi tarkibida زرد sifati ekspressiv ma’nosi, ya’ni umr yakuni ma’nosi anglashiladi. Toʻplangan misollar tahlili natijasida زرد sifati asosan kasallik, baxtsizlik ma’nolarini anglatib, aksariyat hollarda rangisiz, rangi ochgan, kasal odamni ifodalashda qollanishi aniqlandi. چشمان زرد اما شگفتی زای او به وضوح میگفتند: ما هر گز روی آسایش نمیبینیم [ 2:17] Uning sarga’ygan lekin hayratga soluvchi koʻzlaridan biz hech qachon xotirjamlik koʻrmaymiz degani aniq koʻrinib turardi آنها اکثرا لاغر، پژمرده و زرد جهره هستند [ 3:72] Ularning koʻpchiligi ozgʻin, siniqqan va yuzlari sargʻaygan edi جوانی زرد و اندوهگین که دایما سرفه میکد [ 4:27] Sargʻayib ketgan va gʻamga botgan yigit tinmay yoʻtalardi Yuqorida keltirilgan زرد sifatinig salbiy ottenkalaridan tashqari, uning ijobiy ottenkani ifodalab kelgan hollarni ham kuzatish mumkuin. در این سفر، از صخرههای پشت سر هم که از سنگریزههای آتشفشانی پوشیده و در جوار آفتاب سوخته بودند عبور میکردیم. سراسر این مسیر را بوتههای کوچک زعفران پوشانیده بود و رنگ گلهای آن، چنان درخشان بود که از هر طرف چون طلای زرد رنگ دیده میشد [ 4:66] ولی چون آفتاب میتابید، جز نیم رخی که بر نور درخشان و زرد رنگ نقش بسته بود چیزی ندید [ 2:98] Lekin oftob singari charaqlab turardi, yorqin va sariq rangga burkangan yuzidan tashqari hech narsani koʻrmasdi سرخ qizil sifat leksemasi xuddi سیاه qora vaسفید oq sifat leksemalari kabi juda koʻp ramziy ma’nolarda qoʻllanilgan. سرخ qizil sifat leksemasi goʻzallik timsoli sifatida keng qoʻllaniladi. وقتی دست خانمرا میبوسید گفت: گونه های چون گل سرخ! [ 1:27] Xonimning qoʻllarni oʻpayotib yanoqlari huddi qizil gulga oʻxshaydi dedi Kuzatuvlarimiz natijasi سرخ sifati koʻp hollarda زرد sifati anglatgan rangisiz, rangi ochgan ma’noga zid ravishda qoʻllanishi faolligini koʻrsatdi. این زن مو بور و سرخ چهره بود [ 1:50] Bu ayolning sochlari sariq yuzlari qip-qizil edi من قبلا آقای حسنی را به صورت مرد میان سال توانمندی با صورت سرخ در نظر مجسم کرده بودم [ 3:79] Ilgari ogʻoye Hasanini oʻrta yoshli baquvvat yuzlari qip-qizil kishi sifatida tasavvur qilardim سرخ sifati goʻzallik, sog;lomlik ma’nolaridan tashqari, gʻazab, uyalish va sharmandalik ma’nosini ham anglatib keladi. Buni quyidagi misollar orqali koʻrishimiz mumkin: شاهزاده ناگهان سرخ شد و لرزش شدیدی در سر تا پای وجودش احساس کرد [ 4:27] Shahzoda birdan qizarib ketti, butun vujudi boʻylab kuchli titroqni his qildi شبنم سرخ شد و حس کرد که اشک در چشمش مینشیند [ 1:38] Shabnam qizarib ketti va koʻzlari yoshga toʻlganini sezdi آنگاه از شرم سرخ شد و پرسید، تو از کجا میدانی؟ [ 2:27] Shunda uyatdan qizarib soʻradi: sen qayerdan bilasan? گونه هایش سرخ شد باز دندانهایشرا به هم فشرد [ 1:89] Yanoqlari qizarib tishini tishiga qoʻyib oʻzini bosdi سرخ sifati kun botish ma’nosini ham anglatib keladi: آفتاب داشت طلوع میکرد و آسمان مشرقرا به رنگ گل سرخ درآورده بود [ 3:95] Quyosh botar va osmon mashriqni qizil rangga burkagan edi سرخ sifati asosan tabiat hodissalarini tasvirlashda qoʻllanib, goʻzallikni ifodalashga xizmat qiladi: ابر صورتی رنگ سپیده دم خودرا بر آسمان میگسترد و با رنگ سرخ میدرخشید [ 2:78] Pushti rang bulut saharni osmon boy’ylab yoyib, qip-qizil rangda porlardi ماه با چهره ای سرخ از پشت گنبد مسجد بیرون میامد [ 1:86] Qizil yuzli oy masjidning gunbazi orqasidan koʻrinib turardi Fors tilida سرخ sifatining آل، حمرا، قرمز، گلرنگ، گلگون، لاله گون kabi sinonimlari mavjud boʻlib, ularning qoʻllanishida ham oziga xos uslubiy xoslanish kuzatiladi. Umuman olganda, rang – tus bildiruvchi sifat leksemalar har xil soʻzlar bilan birikib, epitet vazifasida kelishi va turli uslubiy maqsadlarda qoʻllanilishi keng tarqalgan. Yuqorida biz faol qoʻllaniluvchi rang –tus ifodalashga xizmat qiladigan سیاه qora, سفید oq, سرخ qizil, زرد sariq, سبز yashil sifat leksemalarning semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari haqida fikr yuritishga harakat qildik. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling