Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/283
Sana10.01.2022
Hajmi5.03 Kb.
#277878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   283
Bog'liq
pedagogika
Fuqarolik mus ish, 2 5474431067135936015, 2 5474431067135936015, 2 5474431067135936015, Final exam test, Shape Of My Heart, Home work Asel A, Home work Asel A, Abdukadirova Maftuna, insho, diktant, 1, 6-maruza. Документ Microsoft Word, diskret8, SCHNEIDER-GROUP-Uzbekistan-A-brief-introduction
uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‗lgan, degan xulosaga 
kelish imkonini beradi.  
Arxeologik    va    ilmiy    ma`lumotlarga    ko‗ra,  qaddini    tik    tutib    yuradigan  odam  yoshi 
taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homasapiens, ya‘ni aqlli odamlar tipi  atigi 40-60 ming  
yil  oldin  vujudga  keldi. Insonda  ong  paydo  bo‗lib, u ijtimoiy  mavjudot  sifatida  uzil-kesil  
shakllanganidan    beri,  mutaxassislar  fikricha,  uning  asosiy  xususiyatlarida  jiddiy  o‗zgarishlar 
yuz bergani  yo‗q,  ya`ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.  Ong  paydo  bo‗lishi  esa, 
ilmiy  tasavvurlarga  muvofiq, inson  tarixiy rivojlanishining  odam  miyasi  o‗sib   borayotgan  
mehnat    faolligi    va    verbal  (nutq  orqali)  muloqot    ta`sirida    o‗ta    rivojlanib,  murakkab  
mavhumliklarni  tushunadigan    darajaga    etgan    davri    bilan    bog`lanadi.  Shunday    qilib,  inson 
tushunchalarga  ta`rif  berish,  mulohazalar  bildirish  va  mushohadalar  yuritish  yo‗li  bilan  sodda, 
lekin  so‗zning  to‗la  ma`nosida  aqliy  ish  olib  bora  boshladi.  Dunyoqarashning    mohiyati.    Ayni  
shu    davrdan    boshlab    insonning    ancha  rivojlangan    dunyoqarashi    shakllangani    haqida    va  
umuman to‗plangan  bilimlar, amaliy  ko‗nikmalar, vujudga  kelgan  qadriyatlar, o‗zi  va  o‗zini  
qurshagan  dunyo haqidagi  tasavvurlar  majmui  sifatidagi  odamlar  dunyoqarashi  to‗g‗risida  
ishonch bilan so‗z yuritish mumkin. 
Hayot  tajribasi  va  empirik  bilimlar  asosida  shakllanadigan dunyoqarash  oddiy  yoki  
empirik    dunyoqarash    deb    ataladi va    insonning    dunyo  haqidagi   tasavvurlarining    qismlarga  
ajralmagan,  tizimsiz    majmui  sifatida    amal    qiladi.    U    har    qanday    dunyoqarashning    negizi  
hisoblanadi  va odamlarga  kundalik  hayoti  va  faoliyatida  yo‗l  ko‗rsatib, ularning  xulq-atvori  
va  aksariyat  qilmishlarini  belgilab,  muhim  regulyativ  funksiyani  bajaradi.  To‗liqroq,  kengroq  
ta`rif    beradigan    bo‗lsak,  dunyoqarash  –  insonnning  o‗zini  qurshagan  borliqqa  va  o‗z-o‗ziga 
bo‗lgan  munosabatga  nisbatan  yondashuvlar  tizimi,  shuningdek  odamlarning  mazkur 
yondashuvlar  bilan  belgilangan  hayotiy  ideallari,  e`tiqodlari,  bilish    va    faoliyat    tamoyillari, 
qadriyat  va mo‗ljallaridir. Shu tariqa ta`riflanadigan  dunyoqarash faqat insonga xos bo‗lib, bu 
unda shakllangan  ong  va  oqilona  faoliyat  mavjudligi  bilan  bog`liqdir. Bunda  inson nafaqat  
tushunchalar    yaratish    va    mulohaza    yuritish,  xulosalar    chiqarish    va  qoidalarni  ta`riflash 
qobiliyatini  kasb  etadi,  balki  tayyor  bilimdan  yangi  bilim  olish    uchun    foydalana    boshlaydi. 
Insonning   bunday   faoliyatini,  uning   ijodiy faolligini    tavsiflovchi   aql   odamzot    va   jamiyat  
evolyutsiyasini    jadallashtirishning    qudratli    omiliga    aylanadi    va    pirovardida    insonni 
hayvondan  ajratish  imkonini  beruvchi  asosiy  belgi  sifatida  amal  qiladi.  Dunyoqarashda  
shaxsning    roli.  Aql    paydo    bo‗lishi    bilan    inson    o‗zini  fikrlovchi  mavjudot  sifatida  anglay 
boshlaydi, unda o‗z «meni» va o‗zgalar haqida tasavvuri  shakllanadi  va  rivojlanadi. Shu  tariqa  
u  o‗zini  va  o‗zini  qurshagan borliqni  anglaydi, o‗zi  va  boshqa  odamlarni, o‗zi  va  tashqi  
muhitni   farqlaydi,  ilgari    o‗ziga    ma`lum   bo‗lmagan   dunyoning   yangi    va   yangi   jihatlarini  
idrok    etadi.  Bunday    qarashlar  insonning    o‗zi    va    o‗zini    qurshagan    borliq    haqidagi 
tasavvurlari  majmui  sifatida  shakllanadigan dunyoqarash  negizini  tashkil etadi. Bunda  inson  
o‗ziga  ma`qul  va  noma`qul  narsalarni  farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi 
va  muayyan  maqsadlarga  erishishda  tegishli  tarzda  ish  ko‗radi.  Shunday  qilib,  dunyoqarashda 
bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funktsiyalari mujassamlashadi. Bunda 
bilish    funktsiyasi    ayniqsa    muhimdir,  chunki    u    insonda    qiziqish  uyg`otuvchi  barcha 
savollarni, shuningdek muayyan yo‗l bilan topuvchi javoblarni o‗z ichiga  oladi. Bilish  odamlar  
dunyoqarashini  boyitadi  va  kengaytiradi, u jamiyatning  rivojlanishiga  qarab  yanada  teranroq  
va  mazmunan  boyroq  bo‗lib boradi.  Ammo dunyo juda rang-barang bo‗lib, muttasil o‗zgarish 
jarayonini  boshdan  kechiradi,  qoniqarli    javoblarga    ega    bo‗lmagan    savollar    esa,  uzil-kesil  
javob  berish  mumkin  bo‗lgan  savollarga  qaraganda,  hech  shubhasiz,  ko‗proqdir.  Shu  boisdan 
muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari  


va  javoblari  doim  shaxsiy  o‗ziga  xoslik  bilan  ajralib  turadi  va  hech bo‗lmasa shu sababga 
ko‗ra  boshqa  odamlar  dunyoqarashiga  hech  qachon  o‗xshamaydi.  Dunyoqarashning    o‗ziga  
xosligi  va  betakrorligi  unda intellektual  asos bilan bir qatorda emotsional va ruhiy asoslarning 
uzviy  bog`liqligi  va  ularning  jamuljam    holda    har    bir    inson    uchun    mutlaqo    muayyan, 
individual  xususiyatlar sifatida amal qilishidir. Intellektual, emotsional  va  ruhiy  asoslar iroda  
bilan  uyg`unlikda e`tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi 
mo‗ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Har qanday dunyoqarashning yana bir 
elementi  shubha  bo‗lib,  u  dunyoqarashni  dogmatizm,  ya`ni  biryoqlama,  notanqidiy  fikrlash,  u 
yoki  bu  qoidani  shak-shubhasiz  haqiqat  deb  qabul  qilishdan  asraydi.  Dogmatizmning  qarama-
karshisi  skeptitsizm  bo‗lib,  bunda  shubha  mutlaqlashadi,  fikrlashning  asosiy  omiliga  aylanadi, 
bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning  tuzilishi 
dunyoni    sezish,  dunyoni    idrok    etish    va    dunyoni  tushunish  kabi  eng  muhim  elementlardan 
iborat.  
Dunyoni sezish  –  bu  o‗zini qurshagan  dunyoni  sezgilar  yordamida hissiy  idrok etishdir. 
Bunda  tuyg`ular,  kayfiyat  dunyoni  go‗yoki  ranglarga  bo‗yaydi,  uning  obrazini  sub`ektiv,  sof 
individual  sezgilar  orqali  aks ettiradi. Masalan, bemor  odamga haddan tashqari yorug` bo‗lib 
tuyulishi  mumkin  bo‗lgan  nur,  sog`lom  odam  uchun  normal  bo‗ladi;  daltonik    ranglar  
gammasini, ko‗rish  qobiliyati  normal  bo‗lgan  odamga  qaraganda  butunlay  boshqacha  idrok  
etadi.  Bundan    dunyoni    sezishning    har    xil,  xususan  optimistik,  pessimistik,  fojeaviy  tiplari 
kelib  chiqadi.  Dunyoni    idrok    etish  –  bu  atrof    borliqni    ideal    obrazlarda    tasavvur  qilishdir. 
Dunyoni  idrok  etish  to‗g`ri  yoki  noto‗g`ri  bo‗lishi, ya`ni  borliqqa  mos kelmasligi mumkin. 
Bu holda borliq noto‗g`ri  tasavvur  qilinadi  yoki  illyuziyalar,  suv    parilari, alvastilar, kentavrlar  
haqidagi    tasavvurlarga    o‗xshash    fantaziyalar  paydo  bo‗ladi.  Dunyoni    tushunish  –  insonning  
va    uni    qurshagan    dunyoning    mohiyatini  aniqlash,  shuningdek    tabiatda    yuz    beruvchi  
voqealar    va    jarayonlarning    o‗zaro  aloqalarini  tushunishga  qaratilgan  aqliy-bilish  faoliyatidir. 
Dunyoni  sezish  va  qisman (elementar  shakllarda) dunyoni  idrok  etish nafaqat  insonga, balki  
hayvonlarga  ham  xos  bo‗lsa, dunyoni  tushunish  esa  faqat odamlarga xos xususiyatdir. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling