Toshkent davlat stomatologiya instituti


Download 207.92 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi207.92 Kb.
#243792
Bog'liq
2 5298593345101105922

TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI DAVOLASH ISHI FAKULTETI 105-A GURUX TALABASI

BAHRIDDINOVNA CHAROS JO’RAYEVA

Tibbiy deontologiya bu tibbiyot xodimlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishi uchun axloqiy me’yorlar to’plamidir. Deontologiya asosan

Bemor bilan munosabatlar normalarini ta’minlaydi. Tibbiy etika kengroq muommolarni – bemor bilan, tibbiy xodimlar bilan, bemorning qarindoshlari, sog’lom odamlar bilan munosabatda bo’lishni nazarda tutadi. Ushbu ikki yo’nalish dialiktik jixatdan bog’liqdir.

Deontologiya quyidagilarni o’z ichiga oladi: Tibbiy sirni saqlash masalalari. Bemorlarning hayoti va sog’lig’I uchun javobgarlik choralari. Tibbiyot hamjamiyatidagi munosabatlar muommolari. Bemorlar va ularning qarindoshlari bilan munosabat muamolari. Tor ma’noda tibbiy etika tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati uchun axloqiy me’yorlar to’plami sifatida tushuniladi. Har qanday tibbiyot xodimi hamdardlik, mehribonlik, ta’sirchanlik, bemorga g’amxurlik va extiyotkorlik kabi fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Ibn Sino xam bemorga aloxida yondashishni talab qildi: “ Siz har bir odamning o’ziga xos xususiyatiga ega ekanligini bilishingiz kerak. Kimdur u kabi tabiatga ega bo’lishi juda ham yoki hatto imkonsizdir”. Bu so’z juda kata axamiyatga ega, bu nafaqat nutq madaniyatini, balki xushmuomilalikni, bemorning kayfiyatini ko’tarish qobilyatini, beparvo gaplar bilan uni xafa qilmaslikni ham anglatadi.

Bemorlarni parvarish qilishning deontologik masalalari tibbiy sirni saqlash zarurligini o’z ichiga oladi. Tibbiy xodimlar chuqur shaxsiy, intim tusga ega bo’lgan bemor to’g’risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Biroq ushbu talab boshqa odamlar uchun xavf tug’diradigan holatlarga nisbatan qo’llanilmaydi.

Tibbiy amalyotni boshlaganda shifokor tibbiy sirni saqlashga va’da beradi. Tibbiy sir qadimgi davrlarga borib taqaladi, ruhoniylar bemorlarni davolash bilan shug’ullanishgan. Ular davolanish jarayonini diniy sig’inish bilan tenglashtirishgan. Din bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar ruhoniylar chuqur saqlanishdi. Tibbiy sir saqlanishining belgisi ko’plab qadimgi tibbiyot asarlarida uchraydi. Qadimgi Rim tibbiypot ba’zan “ Ars muta “ – “jimjitlik san’ati” deb nomlagan. Gippokratning “qasamyodi” bu shifokorning eng mashxur va qadimiy kasbiy qasamidir. Qasamyod o’z vazifasini va prinsiplarini eng yaxshi ifoda etuvchi 9 axloqiy tamoyil yoki majburiyatni o’z ichiga oladi. Shifokor kasbi odamga o’ziga xos talablarni qo’yadi. Shifokorlik kasbiga bag’ishlanish, ixtiyoriy ravishda ishlashga juda kata, ba’zan og’riqli bag’ishlashga qaror qilishni anglatadi. Bu ish xar kuni qiyin, ammo ayni paytda olijanob, odamlar uchun juda zarurdir. Kasallik ko’r, makkor va fikrsizdir.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 207.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling