Тошкент давлат техника университети ҳузуридаги техника фанлари бўйича фан доктори илмий даражасини берувчи dsc


Download 0.81 Mb.
bet1/3
Sana22.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1285797
  1   2   3
Bog'liq
Ratsional foydalanish №1

SANOAT KORXONALARI ELEKTR BALANSINI TAKOMINLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH

SANOAT KORXONALARI ELEKTR BALANSINI TAKOMINLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH


ENERGIYADAN RATSIONAL FOYDALANISH VA ELEKTR ENERGIYASI SARFINI ME’YORLASH
2
Reja:
1.1. “Energiyadan ratsional foydalanish va elektr energiyasini sarfini me’yorlash” faniga kirish.
1.2. Sanoat korxonalari elektr balansini takominlashtirish va tahlil qilish.
1.3. Nazorat savollari.
“ENERGIYADAN RATSIONAL FOYDALANISH VA ELEKTR ENERGIYASINI SARFINI ME’YORLASH” FANIGA KIRISH
Yoqilgʻi energiya zaxiralari har qanday davlatning iqtisodiyotida asosiy oʻrin tutadi. U yoki bu davlatning iqtisodiy va sotsial barqarorligida, uning suveriniteti va mustaqilligida yoqilgʻi energiya zaxiralari muhim omil hisoblanadi. Bunda energiya iste’moli samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir.
MDH davlatlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar oʻzining koʻp energiya iste’moli bilan rivojlangan davlatlardan 2-4 baravarga farq qiladi.
Energiyaning tejamkorligiga e’tiborsizlik, bu energiyaning uzatishdagi oʻlchov asboblarini aniq va toʻgʻri ishlamasligi, texnologik jarayonlarda energiya iste’molining yuqoriligi, elektr qurilmalarni ma’naviy va jismoniy eskirishi tufayli energo-resurslar isrofining oshishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda energiya tejamkorligi davlatimizning asosiy energetik strategiyasidan biridir.
Respublikamiz tomonidan hozirgi kunda elektr energiya resurslarini xalq xoʻjaligi sohalarida va sanoatda tejash toʻgʻrisida maxsus dastur ishlab chiqildi.
3
Ushbu dasturning asosiy masalalari ikki muhim toifaga boʻlinadi:
- energiya tejamkorligidagi barcha iqtisodiy chora-tadbirlar va qonuniy xarakterga bogʻliq boʻlgan masalalar;
- energiya tejamkorligining texnik sabablari boʻyicha masalalar.
Yuqoridagi toifalar negizida ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
- energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotning material xarajatlarini kamaytirish;
- energetik qurilmalarning strukturasini takomillashtirish (rekonstruksiya qilish orqali);
- yoqilgʻi-energetik resurslari isrofini kamaytirish.
Respublikamiz miq’yosida energiya iste’moli samaradorligini oshirsak, quyidagilarga ega boʻlamiz:
- energoresurs va kapital mablagʻlarning iqtisod qilinish;
- energiyaga talabni kamaytirish darajasiga erishish;
- atrof-muhit holatini yaxshilanishi;
- yangi energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
- qoʻshimcha valyuta zaxirasiga ega boʻlish yoki uning iqtisod qilish;
- sanoat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshishi;
- ishlab chiqarishda isroflarni kamayishi va energiya iste’molchilarining daromad darajasini oshishi.
4
Masalan, elektr motorlar va kuch transformatorini ekspluatatsiya qilish jarayonida iqtisodiy samaradorlikka, bir qancha tadbirlarni amalga oshirish yordamida erishish mumkin, ya’ni: mexanizmlarning ishlatish koeffitsientni oshirish, payvandlash qurilmalari va elektr motorlarni salt ishlash holatini kamaytirish, transformatorlar yuklanishini oshirish, yuklamalar grafigini rostlash, kuch transformatorlarining optimal ish jarayonlarini topish, quvvat koeffitsientini oshirish va elektr yoritkichlardan foydalanishni yaxshilash kabilardir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling