Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 137.1 Kb.
bet1/8
Sana09.09.2022
Hajmi137.1 Kb.
#803233
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov Nodir BHA-43 Guruh (2)
'Дарс ишланма ЖИИГ, Doc1, Абдиева 3.1, 11, ЛҲИ-1 Ҳимоя, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, ReadMe UzTransLit, LAVOVOZIMLAR, 16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010, 111Тақриз НФР га Назарий электротехника ЭЭЭ қабул 2021 қабул, дарвозакент 2 тор имзо, LAVOVOZIMLAR, LAVOVOZIMLAR, Qobilov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI



YOZGI ISHLAB CHIQARISH AMALYOT HISOBOTI

Bakalavriat yo‘nalishi:5230900-Buxgalteriya hisobi va audit


(Temir yo‘l transporti)

Bajaruvchi: BHA-43 gurux talabasi:


Tursunov N.M


Amalyot raxbari: Djumanova A.B


TOSHKENT-2022
MUNDARIJA




Ish mazmuni

bet




Kirish




1

Amaliyot obyekti bilan tanishish.




2

Amaliyot obyektida moddiy zahiralari kirimi-chiqimiga doir hujjatlarni rasmiylashtirish




3

Amaliyot obyektida moddiy zahiralarini baholash




4

Amaliyot obyektida moddiy zahiralari kirimi-chiqimini sintetik hisobi




6

Amaliyot obyektida moddiy zahiralarini inventarizatsiya qilish tartibi va hisobi




7

Amaliyot obyektida moddiy zahiralari kirimi-chiqimiga doir hujjatlarni rasmiylashtirish




8

Amaliyot obyektida asosiy ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi




9

Amaliyot obyektida yordamchi va umum ishlab chiqarish harajatlari hisobi




10

Amaliyot obyektida pul mablag‘lari, hisob–kitob va kredit operatsiyalarni hisobga olish




11

Amaliyot obyektida fondlar hisobi,




12

Amaliyot obyektida moliyaviy natijalarni hisobga olish




13

Soliqlar hisobi va soliq hisob-kitoblarini rasmiylashtirish.






14

Moliyaviy va statistik hisobot shakllarini o‘rganish.






15

Korxona axborot tizimida “1C. Predpriyatie” dasturida ishlash tartibi.







Hulosa







Foydalanilgan Adabiyotlar






Kirish
Andijon mexanika zavodi” SHK: bir yilda 100 dona sisterna qurilib, 450 dona turli yuk vagoni kapital ta'mirlanmoqda. Ma'lumki, temir yo'l transportida asosiy daromad yuk tashish va tranzit imkoniyatlariga bog'liq. Shu maqsadda talab va ehtiyojga ko'ra sohada ko'p turdagi yuk vagonlarni qayta ta'mirlash hamda yangi vagonlarni qurish uchun tarmoq tasarrufidagi korxonalarda keng ko'lamli modernizatsiya ishlari olib borildi. Natijada mamlakatimiz hududida turli qurilish hamda neft va benzin mahsulotlarini tashish uchun yangi sisternalar qurilib foydalanishga topshirildi. Bu vazifalarni bajarishda “O'ztemiryo'lmasht'amir” unitar korxonasi tarkibidagi “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi jamoasining ham munosib hissasi bo'ldi. 2002 yili ushbu zavodda vagon sisternalarni qurishga kirishilgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib, MDHda uchinchi bo'lib shu turdagi vagonlarni ishlab chiqarishga guvohnoma olindi. Bu bilan O'zbekiston temir yo'llarida og'ir mashinasozlikka asos solindi. Birin-ketin tarmoq korxonalari usti yopiq, yarim vagon va vagon xopper hamda turli rusumdagi sisternalarni ishlab chiqarish uchun xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishdi.
So'nggi yillarda malakali mutaxassislardan iborat jamoa xodimlari nafaqat o'zimizdagi, balki qo'shni davlatlardagi yuk vagonlarini ham modernizatsiya qilib, xizmat ko'rsatish muddatini 16 yilgacha uzaytirib berishmoqda. Xususan, 2017-2018 yillarda Turkmaniston temir yo'l vazirligi bilan 100 dona platformani sement tashish vagonlariga modernizatsiya qilish va 100 dona neft` mahsulotlarini tashuvchi vagonlarni ta'mirlab, yaroqlilik muddatini 16 yilgacha uzaytirish bo'yicha shartnomalar imzolangan edi. O'tgan qisqa muddatda ushbu vazifalar 100 foizga bajarildi.
Korxona tarixiga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, o'tgan chorak davr mobaynida “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi ko'p jabhalarda taraqqiy etdi, ishlab chiqarish sexlari kengayib, butunlay yangi va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlandi. Natijada 15-9721 rusumli neft mahsulotlarini tashishga mo'ljallangan yangi 4 o'qli vagon-sisternalarni yangisini ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilib, hozirga qadar har yili 50-100 donada 4 o'qli vagon-sisterna qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Shu bilan birga 2003 yildan boshlab vagon-sisternalarni xizmat muddatini 16 yilga uzaytirish ham yo'lga qo'yilib, jamoamiz tomonidan har yili belgilangan rejaga asosan 140 dona vagon-sisterna ta'mirdan chiqarish quvvatiga ega bo'ldi. 2004-2005 yillarda korxonada o'zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobilarni tashishga mo'ljallangan yuk vagonlari ishlab chiqarildi.
Bugungi kunda “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi neft mahsulotlarini tashuvchi yangi yuk vagonlari qurish, yopiq va yarim yuk vagonlarini kapital ta'mirlash yo'li bilan xizmat muddatini 11 va 16 yilga uzaytirish, sement va mineral tashuvchi vagonlar, platformalarni ta'mirlash va modernizatsiyalash yo'li bilan modelini o'zgartirish, respublikaning korxona va vazirliklari uchun metall konstruktsiyalar va import mahsulotlari o'rnini bosuvchi 78 turdagi ehtiyot qism va mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Zavod 2006 yilda xalqaro standartlash “ISO 9001-2000” sifat menejmenti xamda “OHSAS” texnika xavfsizligi tizimini qo'lga kiritgan. 2007 yilda esa 13-401 rusumli vagon platformalarini sement tashish uchun bunker tipidagi vagonga o'zgartirish bo'yicha yangi loyiha ishlari amalga oshirilib, korxonada jami 280 dona yopiq turdagi sement tashuvchi vagonlar ishlab chiqarildi. 2007-2008 yillar korxonada yana bir kimyoviy yuklar tashishga mo'ljallangan yangi 15-9724 rusumli vagon-sisterna yaratilib, buyurmaga asosan Qozog'iston Respublikasi hamda Novoiy kon-metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi. 2011 yil hukumatimiz topshirig'iga ko'ra korxonada Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi buyurtmasiga asosan konteyner-sisterna loyihasi yaratilib, ishlab chiqarishga tadbiq qilindi va foydalanish uchun yetkazib berildi.
Shuningdek, kimyoviy yuklarni tashishga mo'ljallangan yangi 15-9724 rusumli vagon-sisternalarni xizmat muddatini uzaytirib, ta'mirlash yo'lga qo'yildi. 2014 yilda 100 dona ichimlik suvini tashuvchi sisterna ham ishlab chiqarilgan va iste'molchilarga yetkazib berilgan.





  1. Amaliyot obyekti bilan tanishish




Andijon mexanika zavodi “O’ztemiryo’lmashta’mir” unitar korxonasining tarkibiga kirib, uning sho’’ba korxonasi hisoblanadi. Andijon mexanika zavodi 1987 yilda tashkil qilingan bo’lib bitta korxonaga birlashgan ikkita zavoddan tashkil topgan. Umumiy maydoni 36.5 ga ni tashkil etadi. Shundan 7.66 ga Andijon shaxrida va 28.84 ga Paxtaobod filialida.
Zavodning bosh binosi Andijon shahrida joylashgan bo’lib yopiq vagonlarni ta’mirlash uchun yog’och materiallarni qayta ishlash, ehtiyot qismlar, nostandart jixozlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan majmuaviy ishlab chiqarish va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat.
Zavodning tuzilmaviy bo’limlari quyidagicha:
1-mexanika yig’uv stexi;
2-mexanika yig’uv stexi;
temir presslash stexi;
yog’och qayta ishlash stexi;
yordamchi bo’linmalari, ya’ni isitish bo’limi, kompressor stexi, transport uchastkasi, mexanika-ta’mir uchastkasi, ishlab chiqarishni tayyorlash guruhi, elektriklar guruhi va qurilish-ta’mirlash uchastkalari mavjud.
Andijon mexanika zavodining tarkibidagi ikkinchi zavod Paxtaobod filiali hisoblanadi. Uning tarkibiga:
1-vagon ta’mir stexi;
2-vagon ta’mir stexi;
g’ildirak-rolik stexi;
avtonazorat punkti;
zarbli-tortish qurilmalari va aravachalarni ta’mirlash stexi kiradi. Shuningdek filialda suvoqchilik uchastkasi, mexanik-tayyorlash uchastkasi ham mavjud.
Filialning yordamchi bo’limlari:
-isitish xonasi, kompressor bo’limi, transport bo’limi, mexanik-ta’mir uchastkasi, elektriklar guruhi va ta’mirlash-qurilish uchastkalari.
Zavod faoliyatini temir yo’l tarkiblari uchun butlovchi detallar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan boshlagan. 1988 yildan boshlab yuvaish mashinalari, g’ildirak juftliklari detallari, vagon yuvish mashinalaini tayyorlashni, shuningdek vagon deposi uchun detallarni, yuk vagonlari uzellari ta’mirlash uchun nostandart jixozlarni tayyorlashni o’zlashtirdi. 1990 yildan boshlab zavodda vagonlar va lokomotivlar uchun ko’tarish mexanizmlari(domkratlar, skatapod’emnik)ni tayyorlash boshlandi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng “O’zbekiston temir yo’llari” DATKning yuk vagonlarini ta’mirlashga bo’lgan talabini qondirish maqsadida yuk vagonlarini tiklash va ta’mirlash ishlarini bajarish zaruriyati paydo bo’ldi. DATK rahbariyati tomonidan zavodning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish qarori qabul qilindi. Zavodning muhandis-texnik xodimlari va mutaxassislari tomonidan 1993 yilda zavodning Paxtaobod filialida yuk vagonlarini ta’mirlashga ishlab chiqarishni tayyorlash ishlari boshlandi. 1993 yildan 2003 yillarda yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish, shuningdek rangsiz neft mahsulotlarini tashish uchun stisternalar, yangi vagonlar qurish bo’yicha texnologiyalar, yaratildi va amaliyotga tadbiq qilindi.



Download 137.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling