Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti


Soliqlar hisobi va soliq hisob-kitoblarini rasmiylashtirish


Download 129.67 Kb.
bet11/13
Sana09.09.2022
Hajmi129.67 Kb.
#803235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
JAHONOV MUNIS
'Дарс ишланма ЖИИГ, Doc1, Абдиева 3.1, 11, ЛҲИ-1 Ҳимоя, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, ReadMe UzTransLit, LAVOVOZIMLAR, 16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010, 111Тақриз НФР га Назарий электротехника ЭЭЭ қабул 2021 қабул, дарвозакент 2 тор имзо, LAVOVOZIMLAR, LAVOVOZIMLAR, Qobilov
13.Soliqlar hisobi va soliq hisob-kitoblarini rasmiylashtirish

Soliqqa tortish predmeti— soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi.


Soliq manbayi — bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti ham, soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.
Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat budjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi.
Soliq bazasi— soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq.
Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.
Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta bo‘lishi mumkin.
Soliq stavkasi— obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, capital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.

Soliq bazasini hisoblash usullari.Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’i nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.


14.Moliyaviy va statistik hisobot shakllarini o‘rganish

Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga kura, yil ichidagi (davomidagi) va yillik xisobotga xam bulish mumkin. Yil ichidagi xisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik buladi. Oylik xisobot asosan, buxgalteriya balansi, va statistik xisobotidan iborat buladi.


Yillik xisobot shakllari kuyidagilardan iborat:
1.Korxona balansi № 1.
2.Moliyaviy natijalar xakida xisobot № 2.
3.Pul mablaglari xakida xisobot № 3.
4.Korxona mulkining xolati xakida xisobot № 4.
Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni barcha xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, auditorlik tashkilotlari va birjalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar — 2004-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, sug‘urta tashkilotlari va banklar bundan mustasno.


Download 129.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling