Rezinaning tarkibi, tаbiiy vа sintеtik kаuchuklаr
Rezina, tarkibiga ko’ra murakkab material bo’lib, kauchukning kimyoviy kompozitsiyasidan, vulkanlovchi moddadan, eskirishga qarshilik qiluvchi to’ldiruvchi, plastifikator, bo’yoq materiallardan va maxsus vazifalarni bajaruvchi unsurlardan iborat. Tayyorlanadigan buyum bajaradigan vazifalarga qarab, rezina qorishmasi har xil tarkibda tayyorlanadi. Masalan, shina ishlab chiqarishda protector, karkas, breker, kameralar uchun alohida, issiqqa bardoshli va boshqa xususiyatli buyumlar uchun aloxida-aloxida rezina materiallari tayyorlanadi.
Rezinaning xususiyatlari, ko’p jihatdan, uning tarkibidagi kauchukka bog’liq. Bunday kauchuklarning 20dan ortiq turi bor. Shina tayyorlanadigan rezina aralashmasi tarkibidagi kauchuk miqdori umumiy og’irlikning 50-60 foiziga teng. Shina zavodlari ishlab chiqariladigan kauchukning 60 foizdan ortig’ini iste’mol qiladi.
Kauchuklar natural va sintetik turlarga bo’linadi. Natural kauchuk (NK) geveya deb atalgan kauchuk daraxtining sutsimon shirasi (lateks)dan tayyorlanadi. Uning 40 foizi kauchukdan iborat. Uni ajratib olish uchun lateks sirka kislotasi yoki boshqa, kam dissotsiyalovchi kislotalar ishlatiladi. Kislota ta’sirida kauchuk moddasi quyilib, o’ralib va ajralib qoladi.
Kаuchuklаrning umumiy хususiyatlаri
Natural kauchuk yuqorimolekulyar, cheksiz uglevodorod bo’lib, izoprenning polimeri sifatida ko’riladi. Uning struktura formulasi quyidagicha:
SN3
/
[SN2-S = SN-SN2]n
bu yerda n – bo’g’inlar soni; bir necha yuzdan 3000tagacha yetadi.
Natural kauchuk ning molekulasi izoprenning minglab zanjirlaridan iborat bo’lib, polimer zanjiri bo’ylab bir tekis va muntazam terilgan. Molekulada to’yinmagan bog’lanishlar, ya’ni uglerodning qo’shni atomlari o’rtasida foydalanilmagan qo’shaloq bog’lanishlarning mavjudligi molekulaning cheksizligini belgilaydi. Natural kauchukning molekulalari zanjiri chiziqli strukturaga ega.
Kauchuk makromolekulalarining bo’g’inlari issiqlikdan doimo harakatda bo’ladi, natijada spiral yoki chigallik ko’rinishga kiradi, shu sababli kauchuk elastik xususiyat kasb etadi.
Kauchuk to’yinmagan holatda bo’lgani sababli kislorod (rezinani eskirtiradi), vodorod, galogenlar, oltingugurt (vulkanlanish jarayoni) bilan osongina reaksiyaga kiradi.
Natural kauchuk termoplastik polimerlar sirasiga kiradi; 800C gacha haroratlarda elastikligini yo’qotadi, 1200C da esa, qatronsimon suyuqlikka aylanib, keyin ortga qaytmaydi; 2500C da esa o’zidan gazsimon suyuq mahsulotlar chiqarib parchalanadi. Harorati minus 700C gacha tushurilganda shishasimon massaga aylanib, mo’rt bo’lib qoladi, suv, spirt va atsetonda erimaydi, lekin neft mahsulotlarida eriydi. Rezina yelimlar ishlab chiqarish shunga asoslangan.
Natural kauchukdan tayyorlangan rezinalarning elastikligi, mustahkamligi, o’zidan gaz o’tkazmasligi, sovuqqa bardoshliligi yuqori, yewyilishga qarshiligi yaxshi va boshqa qimmatli xususiyatlarga ega. Biroq NKning zaxiralari undan tayyorlanadigan buyumlarga bo’lgan ehtiyojni to’la qondirolmaydi. Dunyo bo’yicha kauchukka bo’lgan ehtiyoj yiliga 4mln. tonna, lekin uni olish imkoniyatlari 2mln. tonna. Bundan tashqari, NKdan tayyorlangan rezinaning sifati har doim ham zamonaviy texnikaning talablariga javob bermaydi. NKning yetishmasligi sintetik kauchuk (SK) hisobiga qoplanadi.
Sun’iy kauchuk olish XX asr fan va texnikasining katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Kauchukni yirik sanoat miqyosida sintez qilib olish sobiq SSSRda 1932 yili amalgam oshirilgan. Bunda akademik S.V. Lebedevning metal natriy asosida 1,3-butadienni polimerlash usuli qo’llangan. Butadiene esa, etil spirtidan olingan. Sintez yo’li bilan natriy-butadienli SKB kauchugi hosil qilingan. 1938 yili Germaniyada, 1942 yili AQShda butadiene-stirolli kauchuk ishlab chiqariladigan bo’ldi, 1972 yilga kelib, 30dan ortiq mamlakatda ishlab chiqarildi.
SKni ishlab chiqarish sur’atlari tez o’sib bordi. Buni NKga nisbatan arzonligi, shuningdek, ba’zi ustunliklari bilan izohlash mumkin. Masalan, NKdan yuqori haroratlarga, moylar va benzinlarga bardoshli buyumlar tayyorlab bo’lmas edi.
Hozirgi vaqtda SKdan tayyorlanadigan rezina buyumlar turi 200ga yetdi. SKning umumiy ishlar va maxsus ishlarga mo’ljallangan turlari mavjud. Birinchiga kiradiganlar: natriy-butadienli SKB, butadien-stirolli SKS, izoprenli SKI (SKI-3), butadient-nitrilli kauchuk SKN (moy va benzinga chidamli), xlorprenli (naprit), polisulfidli (tiokol), kremniy-kauchukli (polisiloksan) SKT kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |