Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


Download 11.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/39
Sana29.12.2019
Hajmi11.23 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
81622

O'ZBEKISTCN RESPUBUXASi 
HUSTAQtLUGtNtNG 
L»5 YllUGIGA BAG f S H f M A M
D A : S L I K

о   ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI
EKOLOGIYA HUQUQI
Oliv o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo  yicha 
ta’lim olayotgan talabalari uchun
DARSLIK
MlT 
'namaSuan DAvutl 
№ iversiteti 
I
.....   I>l‘fg>l,rs  m a rk g n .
Toshkent -  2006

Usmonov 
M.B., 
Rustamboyev 
M.H., 
Xolmuminov J.T.  va boshq.
Ekologiya  huquqi.  Darslik.  /Mas'ul  muharrir: 
M.B.  Usmonov.  -Т.:  TDY1  nashriyoti, 2006.  -361  bet 
Sarlvhada.:  O'zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligi, Toshkent  Davlat yuridik instituti
Mas'ul muharrir:-y.f.d.,  professor M.B.  Usmonov
M ualliflar tarkibi:
Usmonov  M.B.-y.f.d.  prof.  (Kirish,  X  bob),  Rustamboyev  M.H.-y.f.d., 
prof.  (IX  bobning  4§),  Xolmuminov  J.T.-y.f.d.  prof.  (XI  bob),  Nigmatov  A.N. 
g.f.d.  (I,  XII,  XVIII  boblar,  XIX  bob  N.K.  Skripnikov  bilan  hammualliflikda), 
Fayziyev  Sh.X.-y.f.d.  (II,  III,  VII  boblar),  Bozorov  U.B.-y.f.n.,  dots.  (IV,  XV 
boblar),  Ayubov  U.T.-y.f.n.  (V,  XIII  boblar,  IX  bobning  l,2,3,5,6§lari), 
Namazov  F.S.-y.f.n.  (XIV,  XV  boblar),  Skripnikov  N.K.-y.f.n.,  dots.  (XIX  bob
A.N.  Nigmatov  bilan  hammualliflikda).  Narzullaev  O.X.  (XVI  bob),  Rajapov 
N.  Sh.  (VI, XVIlboblar), Nurmalov  M.M.  (VIII  bob).
Darslik  Toshkent  Davlat  yuridik  instituti  o'quv  dasturi  asosida  yozilgan. 
Unda  ekologiya  huquqining  predmeti  va  tizimi,  manbalari,  tabiiy  resurslarga 
nisbatan  mulk  huquqi,  ekologiya  sohasida  boshqaruv,  ekologik  nazorat 
ekologik  ekspertiza,  ekologik  xavfsizlik,  ekologik  huquqiy  javobgarlik, 
yerlarning,  suvlarning,  yer  osti  boyliklarining,  o'rmonlarning  huquqiy  sholati, 
hayvonot  olamidan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishning  huquqiy  holati 
atmosfera  havosini  huquqiy  muhofaza  qilish,  tabiiy  qiriqxonalaming  huquqiy 
holati,  sanoat,  transport,  energetika  tarmoqlarida  atrof tabiiy  muhitni  muhofaza 
qilish,  qishloq  xo'jaligida  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish.  fuqarolaming 
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi kabi masalalar yoritilgan.
Iluquqshunoslik  mutaxassisligi  bo'yicha  ta'lim  olayotgan  talabalar, 
shuningdek aspirantlar,  iqituvchilar uchun miljallangan.
© Usmonov M.B.  va  boshq.
© Toshkent Davlat yuridik  instituti, 2006-yil.

Ekologiya  m uam m osi  davrim izning  dolzarb  m uam m olaridan  biri 
bo4lib  qoldi.  lin in g   xavfi  hatto  yadro  xavf-xataridan  ham  daxshatliroq 
bo 'lib,  butun  yer  shari  xalqlarini  tashvishga  solm oqda.  "Asrlar  tutash 
kelgan  pallada  butun  insoniyat,  m am lakatim iz  aholisi,-  deb  yozadi 
LA.Karimov,-  ju d a  katta  ekologik  xavfga  duch  kelib  qoldi.  Buni 
sezmaslik.  q o 'l  qovushtirib  o'tirish  -  o 'z -o 'z in i  o 'lim g a  m axkum   etish 
bilan barobardir"1.
M utaxassislarning  m a'lum otiga  ko'ra,  bugungi  kunda  planetam izda 
har  xil  yoqilg'ilam i  yoqish  sababli  har  yili  10,1  m lrd.tonna  kislorod  sarf 
bo'lm oqda,  qishloq  xo'jaligiga  yaroqli  yerlam ing  70  foizi,  chuchuk 
suvlam ing  20  foizi  o'zlashtirilib  foydalanilm oqda,  o 'rm on lar  egallagan 
m aydonlar  yildan-yilga  kam ayib  borm oqda,  ch o 'l  zonalarining  maydoni 
oshib  borm oqda,  havo  harorati  yildan-yilga  ko'tarilm oqda.  Buning  ustiga, 
dunyo aholisi har yili  o 'sib borib,  tabiiy  zahiralardan x o 'jalik  m aqsadlarida 
yanada  k o 'p ro q   foydalanishga  to 'g 'ri  kelm oqda.  Shuningdek  texnikaning, 
sanoat  korxonalarining  rivojlanishi  ham   atrof-tabiiy  m uhitga jiddiy  zarar 
yetka/.moqda.  Bularning  oqibati  o'laroq  dunyoda  ekologik  m uhitning 
yom onlashuvi  bilan  b o g 'liq   turli  xil  kasalliklar  kelib  chiqm oqda. 
Planetaning  taqdiri  uchun  inson  tom onidan  o 'tg an   asrdayoq  bong  urilgan, 
hozirgi  yuz  yiilikda  esa  atrof  tabiiy  m uhitga  nagruzkani  ortib  ketishi 
natijasida  dunyo  ekologik  tizim i  inqiroz  darajasiga  yetdi.  A trof  tabiiy 
muhitni  ifloslantirish,  tabiiy  resurslam i  isndan  chiqarish,  ekotizim dagi 
ekologik  aloqalam i  buzish  global  m uam m o  b o 'lib   qoldi.  Agar  insoniyat 
hozirgi  tarraqiyot  y o 'lidan  borishni  davom   ettirsa,  uning  halokati  ikki-uch 
avlod  yashab  o'tgandan   so 'n g   yuz  berishi  ehtim oldan  xoli  emas.  "Ekolo­
giya  hozirgi  zam onning  keng  miqyosdagi  keskin  ijtim oiy  m uam m olaridan 
biridir.  Uni  hal  etish  barcha  xalqlam ing  m anfaatlariga  mos  b o 'lib , 
sivilizatsiyaning  hozirgi  kuni  va  kelajagi  k o 'p   jihatdan  ana  shu  muam- 
moning hal  qilinishiga bog 'liq d ir"-.
M a'lum otlar  shundan  dalolat  beradiki,  tabiat  bilan  jam iyat  bir-biri 
Mian  o 'z aro   uzviy  aloqa,  cham barchas  b og'likda  bo'ladi.  Bu  uzviylik, 
o 'z aro   ta’sir  tabiatning  um um iy  qonuniyatlariga  mos  kelishi,  o 'z aro   teng 
m uvozanatda  bo'lishlikni  talab  etadi.  Aks  holda  bu  m uvozanatning 
buzulishi  salbiy  holatlarni  keltirib  chiqarib,  tirik  m avjudodning  yashashiga 
xavf  soladi.  Shu  sababdan,  tabiatga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo 'lish,
K arim ov  i.A . О   z b e k isto n   bu> u k  k elajak   sari.  - Г.:  O 'z b e k is to n ,  1999*  50 5 -b . 
K arim o v   l.A .  O 'z b e k is to n   b u y u k  k e la ja k   sari.  T   О   z b e k is to n ,  19 9 9 ,  507  5 0 8 -b etlar

шнкш  oqilona  foydalanish,  uni  m uhofaza  etish  lo/.imdir.  'I alnal  obyeklla- 
ridan  foydalanishda  shunday  vositalam i  topish,  ularni  qonunlarda  о  rna- 
tish,  am aliyotga q o 'llash   lozimki,  bu  bir tom ondan,  xo'jalik  laoliyan  taraq- 
qiyotini  ta’min  etsin,  ikkinchi  tom ondan.  tabiatni  m uhofaza  qilish  muno- 
sabatlarini  rivojlantirish  va  takom illashtirishga  xizmat  qilsin.  Shuni  aytish 
kerakki,  tabiatni  m uhofaza  qilish  bahonasida  ishlab  chiqarish  m anlaatla- 
riga jiddiy  zarar  yetkazishga  ham  y o 'l  qiyish  yaxshi  holat  emas.  Shuning- 
dek  iqtisodni  rivojlantirish  uchun  tabiiy  resurslardan  intensiv  foydalam sh- 
ga keng  y o 'l ochib  berish.  iqtisodiyot  va ekologiya m anfaatlarini  bir biriga 
qaram a-qarshi  a o 'y ish   ham   mum kin  emas.  Sanoatni,  qishloq  xo'jaligini 
boshqa  sohalam i  tabiiy  atrof  m uhitni  m uhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona 
foydalanish  vazifalarini  hal  etish  asosida  taraqqiy  ettirishni  ta'm inlash 
lozim.  M uam m oni  shunday  tartibda  hal  etish  kerakki,  bunda  birinchidan, 
tabiiy  resurslardan  foydalanishda  ekologiyaning  ham,  iqtisodning  ham 
manfaatlari  hisobga  olinsin,  ikkinchidan,  ularning  uzviyligini  ta'minlash 
mumkin  bo'lm asa,  ustuvorlik  ckologiyaga  berilishi  kerak.  Mucldi  shunday 
prinsip  O 'zbekiston  davlati  olib  borayotgan  ekologik  siyosatda,  Oliy 
Majlis  tom onidan  qabul  qilingan  tabiiy  atrof  muhitni  m uhofaza  etishga 
bag'ishlangan  bo'lib,  o 'z   ifodasini  topgan.  Buning  yuridik  ifodasi  sifaiida 
ekologik  ekspertizani,  x o 'jalik   va  boshqa  faoliyatni  am alga  oshirishda 
ekologik  talablam i,  ekologik  talablarga javob  berm aydigan  korxonalar  va 
obyektlarni foydalanishga kiritish man qilinishini  ko'rsatish  mumkin.
O 'zbekiston  davlatining  atrof-tabiiy  muhitni  sog'lom lashtirish  chora- 
tadbirlari  b o 'y ich a  am alga  oshirayotgan  ishlariga  qaram asdan  ekologik 
m unosabatlar  hali  ham  tabiat  va  jam iyat  uchun  nom utanosib  darajada 
rivojlanishni  davom   ettirm oqda.  Buni  biz,  birinchidan,  tabiatdan  foyda­
lanishda  sohaviy  yondoshishni,  ya'ni  har  bir  tashkilot  faqat  o 'z   manfaatini 
ustun  q o 'y ib   tabiiy resurslardan  foydalanishi  va  ikkinchidan,  tabiatga faqat 
resurs  sifatida  qarashni,  ya'ni  tabiatdan  foydalanish  birinchi  darajali,  uni 
him oya etish esa  ikkinchi  darajali  sifatda qarashda  ko'ram iz.
Tabiatni  m uhofaza  etish  turli  xil  vosita  va  usullar  yordam ida  amalga 
oshiriladi.  Shulardan  eng  muhimi  -  tabiatni  huquqiy  m uhofaza  etishdir, 
ya'ni  tabiatni  qonunlar  yordam ida  ifloslanishdan,  xo'jasizlarcha  foydala- 
nishdan,  zaharlanishdan  him oya  qilishdir.  Demak,  tabiatni  m uhofaza 
qilishda  huquq  alohida  aham iyatga  ega  bo'lib,  u  yuridik  va  jism oniy 
shaxslarga  tabiatdan  oqilona  foydalanish  ham da  m uhofaza  etish  tartib 
qoidalarini  belgilab  beradi.  Harakatdagi  tabiatni  m usofaza  qilishga 
bag'ishlangan  qonunlardagi  ekologik  talablarga  rioya  etilishini,  ularni 
am aliyotda  to 'g 'ri  tatbiq  qilinishini  ta’m inlashda  ekologiya  qonunchiligini

m ukam mal  bilish  zarur  bo'ladi.  Chunki,  ekologik  noxushliklar  ko'pincha 
ushbu  qonunlarni  bilmaslik  ham da  ularga  rioya  etm aslik  oqibatida  kelib 
chiqadi.  Shu  sababdan,  so 'g 'lo m   tabiiy  atrof m uhitni  saqlash  k o 'p  jihatdan 
m ansabdor  shaxslar  va  fuqarolarning  ekologiya  qonunchiligi  to 'g 'risid a  
qay  darajada  xabardorligi  va  unga  am alda  rioya  etishligiga  b o g'liq 
bo'iladi.
Shundan  kelib  chiqqan  holda  ushbu  o 'q u v   darsligining  asosiy 
vazifasi  bo'lajak   huquqshunos  mulaxassislarni,  shuningdek  bu  m uam m oga 
qiziquvchilarni  ekologik  qonunchilik  asoslarini  o'rgatishdan  iboratdir. 
Ushbu  darslik  bo'lajak  yurist  m utaxassislam i  ekologiya huquqini,  ekologik 
huquqiy  tartibga  solish  am aliyoti  nazariy  asoslarini  va  ularni  ishlab 
chiqarish  am aliyotida qo 'llash   m exanizm ini  am alga  oshirishni  o'rganishga 
xizm at  qiladi.  Darslik  um um iy  va  m axsus  qism lardan  iborat  b o'lib ,  unda 
tabiat  va jam iyat  o'rtasidagi  o 'zaro   m unosabat,  ekologiya  huquqi  tushun- 
chasi, predm eti,  m anbalari,  obyektlari,  subyektlari,  ekologik m unosabatlar, 
ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi,  ekologik  ekspertiza,  ekologik 
huquqiy  javobgarlik,  tabiiy  obyektlarni  huquqiy  m uhofaza  qilish  va 
ulardan  foydalanish  tartibi  kabi  m asalalar yoritilgan.

UMUMTY QISM
I BO B.  EK O LO G IYA  VA  ATROF TABIIY  M U H ITNI  H UQ UQ IY 
M UHO FAZA  Q ILISH   ZARURATI
1.  Tabiat, inson, jam iyat, davlat va ham jam iyat o'rtasidagi  uzviy
bog'liqlik
Asrlar  davom ida  buyuk  allom alar  inson  va  tabiat  nima,  dcgan 
savolga javob  qidirib kelganlar.  Inson  tirik organizm  sifatida boshqa  tahiiy 
obyektlardan  tubdan  farq  qilishi  ham da  uning  buyuk  kuch-qudrati,  uni 
alohida  bir  m avjudot  sifatida  qarashga  da’vat  etib  keldi.  Ayniqsa  bunday 
dunyoqarash  X X -X X I  asrlar,  ya’ni  ilm iy-texnika  yutuqlari  davriga  kelib 
avjiga  chiqdi.  «Tabiat  ustidan  g 'alaba»ga  erishgan  inson  harnrna  ilmu  fan 
tarm oqlarida  alohida  bir  ornil  sifatida  qaraladigan  bo'ldi.  Lekin  inson 
aslida  alohida  bir  «individ»  yoki  hech  kim ga  bo'ysunm aydigan  «hokim» 
em as,  u  tabiatning  bir  bo'lagi,  «tabiat  oshxonasining  bir  anjomi»dir. 
Insonni  hech  qachon  tabiatdan  va  uni  о  rab  turuvchi  atrof tabiiy  muhitdan 
ajratib bo'lm aydi.
Falsafada tabiat  deb  obyektiv  borliq,  ya’ni  bizni  o 'ra b   turuvchi  olam 
va  uning  xilm a-xil  shakllari  tushuniladi.  A m aliyotda  yoki  tabiiy  fanlarda 
uni  kishilarni  moddiy  va  m a’naviy  ehtiyojlarini  qondirish  manbai  bo'lgan 
atrof tabiiy  muhit  deb  qaraladi.  Falsafiy  yoki  astronom ik  nuqtai  na/ardan 
qaraganda,  birinchi  keng  ma’no  to 'g 'rid ir.  Chunki  yulduzlar,  planetalar, 
osm on  va  uning  cheksiz  kengliklari,  albatta,  inson  ishtirokisiz  kelib  chiq- 
qan  va  tabiiydir.  Lekin  inson  kundalik  hayot  faoliyatida  ulardan  foyda- 
lanmaydi  va  ulardagi  jarayonlarga  о    ta’sirini  o 'tk az a  olm aydi.  Balki 
o 'zin i  o 'ra b   turuvchi  havo,  suv,  yer,  yer  osti  boyliklari,  o'sim lik   va  hay- 
vonot  dunyosi  kabi  tabiat  ne’m atlari(kom ponentlari)dan  «oldi-orqasi»ga 
qaramay  foydalanadi  va  ularga  ta’sir  etadi.  N afaqat  inson,  balki  butun 
jonzotlar ham  bundan  istisno  emas.
Inson  Y er  kurrasining  jonli  q obig'i  -   biosferada  yashovchi  tirik 
organizm lar  turkum iga  kiruvchi,  lekin  murakkab  hayotiy  faoliyat  yurga- 
zuvchi  individdir.  Inson  ongining  yuqoriligi,  nutqining  rivojlanganligi, 
ijodiy  faolligi,  takom illashgan  mehnat  qurollarini  yarata  olishi,  axloqiy, 
m a’naviy ham da ruhiy  o'z-o'/.ini  anglay  olishi  bilan boshqa tirik organism - 
lardan  tubdan  ajralib  turadi.  Insonlarning  muayyan  bir  hududda  tarixan 
qaror  topgan  guruhi  yoki  majm ui  — jam iyatdir.  Xuddi  ana  shu  insonlar 
jam oasi  tabiat bilan juda  uzviy  m unosabatda bo'ladilar.

Insonning  yakka o 'zi  uncha katta kuch  em as,  lekin  insonlarning  ongli 
ravishda  biron-bir  maqsadlarni  ko'zlab  takom illashtirilgan  m ehnat  qurol- 
laridan 
foydal;  can  tarzda  uyushishi 
va  ularni 
tabiatga  bo'lgan 
munosabati 
k o 'p   narsani  belgilab  beradi. 
Agarda  ushbu  m aqsad 
insonlarning  ehtiyojlarini 
qondirishni  faqatgina  tabiatdan  "topishga" 
yo'naltirsa,  unda  atrof  tabiiy  m uhitda  ju d a  sezilarli  darajada  salbiy 
o 'zgarishlar  sodir  bo'ladi.  Aksincha,  ushbu  jam iyat  maqsadi  tabiatdan 
oqilona  foydalanishga  qaratilsa, 
unda  tabiatda  ijobiy  siljishlar  ham 
bo'lishi  mumkin.
Insonlarning  m uayyan  m a'm uriy  hududda  uyushgan  qism i  -  jam iyat- 
ni  boshqarish  va  uning  tabiatga  nisbatan  munosabatini  tartibga  solish 
bevosita davlat  orqali  am alga oshiriladi.  Davlat m azku  boshqaruvni  huquq 
orqali  am alga  oshiradi  va  tabiatga  inson  va  jam iyatdan  k o 'ra   bir  necha 
chandon  kuchliroq  salbiy  yoki  ijobiy  ta'sir ko'rsatishi,  atrof tabiiy  muhitni 
keskin  o'zgartirib  yuborishi  muqarrar.  Lekin  tabiatni  muayyan  hududda, 
salbiy  yoinki  ijobiy  o'zgarishi  albatta  o 'z g a   m a'm uriy  birlikdagi  inson, 
jam iyat  va  davlatlarga,  ya’ni  ham jam iyatga  ham  bevosita  yoki  bilvosita 
bog  liq..  X alqaro  ham jam iyatning  tabiatga  salbiy  yoki  ijobiy  ta'sir  etishi 
isbot  talab  etm aydigan  aksiom adir.  Xullas,  inson, jam iyat,  davlat  va  ham- 
jam iyat  o'rtasidagi  o 'zaro   uzviy  bog'langan,  biri  ikkinchisidan,  ikkinchisi 
uchinchisidan  kelib  chiqadigan  ijtimoiy  m unosabatlarning  turli  shakllari- 
dir.  U lar doim o  atrof tabiiy  muhit bilan  uzviy  bog'langan.
H ar qanday  ekologik-huquqiy  tizimda,  avvalam bor,  muayyan  davlal- 
ning  tabiatga  nisbatan  qanday  m unosabat  shaklida  bo'lishi,  so'ng ra  xalq 
irodasini  aks  ettiruvchi  du nyоqarashlar  tizim i  -  ekologik  konsepsiyalar 
va  unga  monand  ravishda  ekologik  siyosat  shakllantiriladi.  Davlatning 
ekologik  siyosati  esa  uning  ekologik  qonunchilik  tizim ini  yaratishga  asos 
bo'ladi.  M azkur  ekologik-huquqiy  mexanizm  bizni,  avvalam   bor,  kishilik 
jam iyatini  tabiatga  nisbatan  munosabat  shakllarini  к о 'rib  chiqishga 
chaqiradi.
M utaxassislarning 
m a'lum otlariga 
ko 'ra, 
yer 
yuzida 
sodir 
bo'layotgan  tabiiy jarayonlarning  9/10 qism ida inson  faoliyatining  inahsuli 
aks  etmoqda.  Bu  jarayonlarni  doim o  ham  ijobiy  deb  bo'lm aydi.  Chunki 
ekologik  xavfsiz  muhit,  ya’ni  insonlarning  muhim  hayotiy  m anfaatlari  va 
avvalam -bor  toza.  sog'lom ,  qulay  tabiiy  sharoitga  ega  bo'lish  huquqini 
to 'la  qondirishga  qodir b o 'la   oladigan  atrof tabiiy  va  ijtimoiy  m uhit  holati 
inqiroz va talafot tomon  intilib bormoqda.
Kishilik ja m iya tin i  tabiatga  nisbatan  m unosabat  shakli  -  muayyan 
ijtim oiy-iqtisodiy  davrga  xos  bo'lgan  kishilarning  a tro f tabiiy  muhit  bilan

o'zaro  uzviy  bog'langan  hayot  tarzi.  A gar  ushbu  ekologik  inunosabatni 
insoniyatning  tarixi  nuqtai  nazaridan  qaraydigan  bo'lsak,  ularni  quyidagi 
m unosabat  shakllariga  ajratish  mumkin:  oddiy,  oddiy-iqtisodiy,  iqtisodiy, 
iqtisodiy-ekologik,  ekologik.
K ishilik  ja m iy a tn i  tabiatga  nisbatan  oddiy  m unosabat  shakli  -  
ekologik  tizim dagi tabiat kom ponentlari  orasidagi m uvozanatni  buzmaydi- 
gan  kishilarning tabiat qo'ynidagi soddalashtirilgan hayot tarzi.
Avvalam bor  ekologik  tizim  (ekotizm )  haqida  lo 'xtalib   o'tadigan 
b o'lsak, u  organizm lar majrnui  va  ularning  m a ’lum  bir hududdagi yashash 
m uhiti  bo'lib,  unda  organizm lar  o'zaro  va  a tr o f tabiiy  m uhit  bilan  uzviy 
zanjirli  aloqadorlik  qonuniyati  asosida  shakllangan  holati.  M asalan, 
c h o 'ld a o 'z ig a xos yashash  sharoitiga ega bo'lgan  issiqsevar o'sim lik lar va 
issiqqa-chidamli  hayvonot  dunyosi  ham da  k o 'z g a  ko'rinm as  aerob  mikro- 
organizm lar  hayot  kechiradi.  Botqoqlikda  esa  uning  aksi,  ya'ni  namlikni 
sevuvchi  flora,  fauna  ham da  anayrob  m ikroorganizm lar  yashaydi.  Har 
ikkala  sharoiida  ham  k o 'p   yillar  davom ida  o'rnatilgan  atrof  tabiiy  muhit 
holatining  kishilar  faoliyali  (antropogen  ta'sir)  natijasida  o'zgarishi  undagi 
tirik  organizm lar,  to 'g 'riro g 'i  organizm larning  rivojlanishi  va  shakllanishi 
o'zgartirib  yuboradi.  B uyuk  ingliz  biologi  C harliz  Darvin  iborasi  bilan 
aytganda,  organizm larning  evolyutsion  rivojlanish  jarayoni  buziladi  va 
uning  o 'm ig a   revolyutsion  rivojlanish  jarayoni  boshlanadi.  N atijada 
organizm lam i  ushbu  ekotizim lar(cho'ldagi  yoki  botqoqlikdagi)dagi  tabiiy 
tanlash  jarayoni  tezlashadi.  M uhitga  tez  m oslashgan  organizm lar  yashab 
qoladi,  m oslashm agani  esa  qirilib  ketadi.  Buni  ekologiyada  noevolyutsion 
tarzdagi  organizm lam i  atrof tabiiy  m uhitga  moslashuvi  deyiladi.
K ishilik jam iyatini  tabiatga  nisbatan  oddiy  m unosabat  shakli  odam- 
zotning  ibtidoiy jam o a  tuzumidagi  hayot  tarziga,  ya'ni  insoniyat  tarixining 
ilk 
ijlim oiy-iqlisodiy 
fonnatsiyasi 
davriga 
xosdir. 
M azkur 
davr 
kishilarning  Y er  kurrasida  paydo  bo'lishi  (cham asi  5  mln  yil  avval) 
davridan  to  sinfiy jam iyat yuzaga  kelguniga  qadar b o'lg an   ijtim oiy  tarixni 
o 'z   ichiga  oladi.  Ibtidoiy  davrda  ishlab  chiqarish  kuchlari  va  qurollari 
takom illashm aganligi  tufayli  ularning  hayot  larzi  tabiatning  ajralm as  bir 
oddiy  b o 'lag i  sifatida  aks  etgan.  A trof  tabiiy  m uhit  holati  esa  tirik 
organizm lar,  xususan,  inson  uchun  nisbatan  qulay  -   ekologik  xavfsiz 
darajada nam oyon  bo'lgan.
Ibtidoiy  jam oada  ham  insonlar  o'zlarin ing  faoliyati  tabiatga  qanday 
ta'sir etayoiganligi  haqida yuzaki  b o 'lsad a o 'y lab   ko'rg an lar va o'zlarining 
hayot  kechirishlari  uchun  zarur  b o 'lg an   atrof  tabiatni  ham da  uning 
unsurlarini  saqlab qolishga  uringanlar.  M evali  o'sim liklarni  uzish,  saqlash,

hayvonlam i  ov  qilish  m e’yorlarini  yozm a  ravishda  em as,  balki  o g'zaki 
ravishda  kelishib  olganlar.  B unday  o g 'zak i  qoidalam i  buzganlar  jam oa 
boshlig'i  tom onidan qattiq jazoga m ahkum  etilgan.
M ashhur  rus  ekolog-huquqshunos  olimi  V .V .Petrov1  jam iyat  va 
tabiat  o'rtasidagi  m unosabat  shakllarini,  to 'g 'riro g 'i,  kishilik  jam iyatini 
tabiatga  nisbatan  m unosabat  shakllarini  (chunki  ham m a  shakl  aynan  inso- 
niyatning  xatti-harakatidan  kelib  chiqqan  tarzda  olingan)  uch  ko 'rinishda 
ifoda etadi  -  oddiy,  iqtisodiy  va ekologik.  Lekin jam iyatda,  ayniqsa tabiat- 
dagi  qonuniyatlarning vaqt m obaynida o 'zg arib   borishi  revolyutsion  tarzda 
emas,  balki  evolyutsion  tarzda  kechgan  va  kechm oqda  han  .  Shuning 
uchun  ham   biz  tabiat  bilan  jam iyat  o'rtasidagi  m unosabatlar  sekin-astalik 
bilan  shakllana  borgan  va  u  bir  shakldan  ikkinchi  bir  shaklga  bosqichma- 
bosqich  o 'tg an ,  ya’ni  oraliq  ko'rinishdagi  shakllar  ham   b o'lg an,  deya 
e’tirof eta olamiz.
K ishilik ja m iyatin in g   oddiy-iqtisodiy  m unosabat  shakli  -   ekologik 
tizim larni  кат  va  kichik  hududlarda  buzilishiga  olib  keladigan  kishilar­
ning  hayot  tarzi.  Sinfiy jam iyat  shakllana  borgan  sari  kishilar  soni  va 
ishlab 
chiqarish 
qurollarining 
m ukam m allashuvi 
jam iyatning 
tabiatga  nisbatan  yangi  oddiy-iqtisodiy  m unosabat  shaklini  yuzaga 
keltirgan.  N alijada,  kishilarning  noekologik  hayot  tarzi  kichik  bir 
tabiiy  hududda  ekologik  xavfsizlik  darajasining  keskinlashuviga  olib 
kelgan.  B unday  mahalliy  (lokal)  ko'rinishdagi  ekologik  o'zgarishlar 
kishilarning  jam oa  b o'lib   to'plangan  yerlarida  sodir  etilgan.  Lekin 
ushbu  shakl  atrof  tabiiy  m uhitning  ekologik  xavfsizlik  darajasiga 
keskin ta'sir eta olm agan.
Hozirgi  O 'zbekiston  hududida  kishilik  jam iyatining  oddiy-iqtisodiy 
m unosabat  shakli  ibtidoiy  jam oa  tuzum ining  so'ngi  va  quldorlik  tuzumi 
davriga to 'g 'ri  kelgan.  Eram izdan avvalgi  12-15  m ing-yilliklardan  boshlab 
(m ezolit  davridaj  m ahalliy  aholining  ishlab  chiqarish  quroli  sifatida nayza, 
kam on,  aylanm a  yoylarning  paydo  bo'lishi  hayvonot  dunyosining  kam aya 
borishiga,  tem irdan  yasalgan  om och  va  belkuraklam ing  yaratilishi  esa 
yerlarni  o'zlashtirish  ham da  dehqonchilikning  paydo  bo'lish ig a  olib  keldi. 
Oqibatda  ular  yerlam ing  tabiiy  holatiga  birm uncha  ta'sir  eta  boshladi. 
Sug'orish  shaxobchalarining  oddiy  ko'rinishdagi  « to 'g 'o n »   usuli  obikor 
(sug'orm a)  dehqonchilikning  yuzaga  kelishiga,  daryo  o'zanlarida  «liman» 
usulining  paydo  bo'lish i  esa  daryolam ing  tabiiy  suv  rejim i  o'zgarishiga 
olib  keldi.  Uy  hayvonlarining  ko'payishi  Chirchiq,  Zarafshon,  Quyi  Am u-
П е т р о в   В .В .  Э к о л о ги ч е с к о е  п р а в о  Р о с с и и .  М   :  Б ек.  1997  -  С .  2-3.
В ер н ад ски й   В .И .  Х и м и ч е с к о е  с т р о е н и е   б и о с ф е р ы   З е м л и   и  е е  о к р у ж е н и я .  -  М :  Н ау к а,  1995.  - С .  2 6 0 -2 6 1 .

daryo,  Sirdaryo  vodiylarida  o'sim lik  dunyosining  siyraklashishiga  sabab 
bo'ldi.
Kishilik jam iyatining  oddiy-iqtisodiy  m unosabat  shakli  labiiy  muhit- 
ning  eng  asosiy  elem entlari  -   yer  va  suvning  ekologik  tizimdagi  kichik 
aylanishiga  ta'sir  etdi,  xolos.  Lekin  tabiiy  m uhitning  bunday  holati  ekolo­
gik  tizim lam ing  buferlik  (qarshi  turish  va  tiklanish)  qobiliyatiga  deyarli 
katta ta'sir etmadi.
Jam iyatda  ishlab  chiqaruvchilar  va  am aldorlar  sinfining  shakllana 
borishi  va  ish  qurollarining  takom illashishi,  davlatlar  o'rtasidagi  nizolar- 
ning  kengayishi  feodalizm   va  ilk  bor  bozor  m unosabatlari  yuzaga  kelgan 
davrida  kishilik  jam iyatin in g  tabiatga  nisbatan  iqtisodiy  m unosabat 
shakli  rivojlandi.  U faqatgirta  iqtisodiy jihatdan  madaniylashgan  kishilar- 
ning  moddiy  va  ma'naviy  ehtiyojlarini  tabiatdan  qondirish  uchmigina 
xizmat  qildiradigan  hayot tarzi.  Iste'm olchilik  psixologiyasi  pozitsiyasidan 
turib  tabiatdan  foydalanish  natijasida  atrof-m uhitning  ifloslanishi,  resurs- 
lam ing  kamayishi  va  tabiat  tizim larining  o'zgarishi  sodir  etildi.  Insonlar­
ning  bunday  hayot  tarzi  ekologik  tizim lam i  katta  m aydonlarda  va  keng 
(global)  miqyosda  buzib  yuborm oqda.  M azkur  davrda,  garchand  insoniyat 
tarixida  huquqiy  elem entlarning  paydo  bo'lishi  va  rivojlanishiga  qaram as- 
dan,  kishilarning  ekologik  ongi,  bilim i  va  m adaniyati  ju d a  past  edi.  Tav- 
rotda  ham ,  Qur'oni  Karim da  ham,  Injilda  ham  odam zodning  qiyomat 
kunlarini 
kishilik  jam iyatining 
iqtisodiy 
m unosabat 
shakli 
bilan 
bog'lashlik bejiz emas  edi.
Uzoq  tarixiy  m uddatni  о  z  ichiga  olgan,  hanuzgacha  rivojlanayotgan 
va  bozor  m unosabatlariga  o'tayolgan  m am lakatlarda  o 'z   asoratini  saqlab 
kelayotgan  kishilik  jam iyatining  iqtisodiy  m unosabat  shakli  kundalik 
iqtisodiy  m uam m olarni  har  qanday  ekologik  m uam m olardan  ustivor  va 
ekologik  siyosatdan  m utlaqo  xoliligini  nam oyon  etm oqda.  Garchand  bun­
day  o 'lk a va  m am lakatlarda tabiatni  muhofaza  qilish  va tabiiy  resurslardan 
samarali 
foydalanish 
borasidagi 
huquqiy-m e'yoriy 
hujjatlar  yetarli 
bo'lsada,  ularni  am aliy  tatbiqi  ishlab  chiqilmagan  yoki  ekologik  talablar 
davlat  m iqyosida  targ 'ib   qilinm agan.  Aks  holda  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmi  va  XX  asrning  birinchi  yarm ida  "dem okratiya  va  adolat  m ezonining 
o 'chog 
1
"  bo'lm ish  Am crika  Q o 'sh m a  Shtatlarida  son-sanoqsiz  bizonlar- 
ning  yoppasiga  qirib  tashlanganligi,  o'rm onlam ing  2 barobargacha  qisqar- 
ganligi,  yem irilgan  va  yuvilgan  ycrlam ing  40  mln  ga  yetganligi,  qishloq 
xo'jaligi  oborotidan  58%  unum dor  yerlam ing  chiqib  ketganligini  qanday 
tushunish  m um kin.  llmiy  texnika  yutuqlari  u  davrda  ekologik  xavfsiz 
muhitni  saqlab  qolishga  emas,  balki  global  m iqyosda  qurolli  to'qnashuvl-

arda  va  sovuq  urushlarda  g'o lib   chiqish,  m a'lum   bir  qatlam dagi  aholini 
boyitishga  xizm at  qilgan.  Shuning  uchun  ham   J.B.  Lam ark  1820-1960 
yiliarni  «Inqilobiy  sanoat  yuksalgan,  ekologik  xavfsizlikni  esa  keskin 
ravishda  inqirozga  tomon  sudragan  davri",  deb  aytgan  edi.  Bunday  davrda 
ekologik  xavfsiz  m uhit  inqirozi  antropogen  faoliyatning  uch  oqibatlar 
majmui  -   tabiiy  resurslarning  kam ayishi,  atrof-m uhitning  ifloslanishi  va 
ekologik tizim larning buzilishi  mahsulidir.
Tabiiy  resurslarning  kam ayib  va  y o 'q o lib   borishi  ham da  tabiiy 
obyektlam ing  ifloslanishi  ekologik  tizim larning  buzilishiga  va  ekologik 
inqirozlarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo'ladi.  Chunki  kichik  va  katta 
m odda  va  energiya  aylanish  zanjirida  turgan  biron-bir  tabiiy  obyektning 
yo'qolishi  yoki  uning  uning  ifloslanishi  ekotizim lam i  tashqi  kuchlarga 
qarshi  turish  (buferlik)  va  qayta  tiklanish  xususiyatini  yo 'q otib   qo'yadi. 
E kologik  inqiroz  -   ja m iya t  va  tabiat  o'rtasidagi  o'za ro  munosabat 
nw vozanatining  barqaror  ravishda  buzilishi  natijasida  a tro f tabiiy  muhit 
holatining  yom onlashib  borishi,  davlat  boshqaruv  va  huquqni  muhofaza 
qilish  organlarining  yuzaga  kelgan  holatdan  chiqa  olm asliklari  hamda 
ekologik  tizim larni  tiklash  im koniyatlarining  yo'qolishi,  ya'ni  tabiiy  muhit 
inqirozi  va  ijtimoiy muhit falokatiga  duchor bo'lishi.
Ekologik  inqirozga  misol  b o 'lib   Orol  dengizi  va  uning  atrofidagi 
holatni  olsak  bo'ladi.  Q achonlardir  dunyoda  eng  katta  к о 'liar  toifasiga 
kirgan  Orol  dengizi  3 0 -4 0   yil  ichida  sho'rlangan,  ifloslangan  va  xalq 
xo'jaligidagi  ahamiyati  deyarli  yo'qolgan  o 'rta ch a  kattalikdagi  k o 'llar 
toifasiga  kirib  qoldi.  Buning  asosiy  sabablaridan  bin  Am udaryo  va  Sirda- 
ryo  suv  rejim ini  keskin  o'zgarishi,  ya’ni  1982-1983  yillarga  kelib  ularni 
O rolga quyayotgan  suvining  12-13  barobarga kam ayib  ketishidir.  N atijada 
Orol  dengizining  suv  sathi  16  metrga,  suv  yuzasi  2 barobarga,  suv hajm i  4 
barobarga  kamaygan.  Suvdan  qurigan  yuza  esa  3,3  mln  gektarni  tashkil 
qilgani  holda  deflyatsiya  (shamol  eroziyasi)  natijasida  tuzlar  m inglab 
kilom etrgacha  uchirilm oqda.  Am udaryo  va  Sirdaryo  suvlarining  o g 'ir 
metallar,  pestitsid,  gerbitsid  kabi  kim yoviy  m oddalar  bilan  ifloslanishi  va 
sho'rlanishi  natijasida  ularning  suvi  ichishga  yaram asligini  m utaxassislar 
isbot  qilib  berishdi.  Q achonlardir  baliqchilik  va  ov  qilish  m askani  b o'lg an  
Quyi  Am udaryo  qurigan  qoldiq  k o 'llar  va  sho'rlangan  tuproqlar 
m askaniga aylanib qoldi.
M ustaqil  O 'zbekiston  Respublikasi  va M arkaziy  Osiyo  davlatlarining 
birgalikdagi  sa’y-harakatlari  tufayli  1995-1997  yillarga  kelib  O rolga  suv 
quyilish  15-17 kub km  gacha ko'paytirildi.  Yopiq havzaning  suv taqsim oti 
xalqaro  shartnom a va kelishuvlar orqali tartibga solinmoqda.

X o'sh,  savol  tug'iladi,  iqtisodiy  m unosabat  shaklida ekologik  qonun- 
lar  bo'lganm i?  B o'lgan  bo'lsa,  nim a  uchun  ular  bunday  inqirozlarning 
oldini  olm agan?  Biz aytib o'tdikki,  kishilik jam iyatining  iqtisodiy  munosa.- 
bat  shakli  insoniyat  tarixining ju d a katta  davrini  o 'z   ichiga  oladi.  Qadimgi 
diniy  va  mistik  kitoblar bizlarga  tabiat  insonning  yashash  makoni  haqidagi 
fikr va m ulohazalar,  hattoki  majburiy  m e’yoriy  ko 'rsatm alar  b o 'lib   kelgani 
haqida  m a'lum otlar beradi.  Insonlarning  iqtisodiy  tafakkurlari  yoki  siyosiy 
talablari  har  qanday  ekologik  talablardan  yuqori  bo'lgan.  Shuning  uchun 
ham   ekologik  qonunlar  o 'z   yo'lida,  insonlarning  yoki  davlatlarning 
raqobat,  bosqinchilik,  boyish  va  qo'shim cha  yerlarni  egallash  siyosati  o 'z  
yo'sinida ketgan.
Iqtisodiy  m unosabat  shakli  davriga  xos  ekologik  qonunlardan  bo'l- 
mish  M azovlarning  XIFI  XIV  asrlarda  o'rm on,  tur,  zubr  va  tarpanlar 
muhofazasi  qoidalari,  Litva  knyazi  Sigizm und-IIning  «Volok  nizom i»da 
baliqlarni  urchish  davrida  ov  qilish  man  etish  talablari  bo'lgan.  XIV  asrda 
Fransiyada  «Suvlar  va  o'rm onlar»  m axsus  boshqarmasi  tuzilgan  va  o 'r- 
m onlarni  muhofaza  qilish  ularning  vazifasiga  kiritilgan  edi.  Qadimgi  Vil­
gelm  podshohligi  davrida  kiyik,  yovvoyi  ch o'chqa  va  hattoki,  quyonlarni 
o'ldirganlari  uchun  kishilar  o 'lim   jazosiga  m ubtalo  etilganlar.  Ammo, 
aslida  bu  qonunlar  tabiiy  muhitni  emas,  balki  fe o d a l  mitlkni  (katta  yer 
egalarining  tabiiy  boyliklarini)  saqlab  qolish  va  ularni  m uhofaza  qilishga 
qaratilgan  edi,  xolos.
Y er  kurrasida  ekologik  inqirozli  obyekt  va  hududlarning  kengayishi, 
om m aviy  kasalliklarning  ko'payishi  XX  asrning  ikkinchi  pallasida  kishilar 
e'tiborini  tabiatga  tomon  yuz  tutishga  majbur  etdi.  Yevropa,  ay rim  Osiyo 
va  Shimoliy  Am erika  m am lakatlarida  nafaqat  tabiatdan  samarali  foydala­
nish,  balki  uni  asrashga  bag'ishlangan  bir  qator  qonunlar  qabul  qilindi  va 
o 'sh a  asosida ekologik  chora-tadbirlar am alga oshirildi.  N atijada jam iyatni 
tabiatga  nisbatan  yangi  -   iqtisodiy-ekologik  m unosabat  shakli  yuzaga 
keldi.
Kishilik jam iyatin in g  iqtisodiy-ekologik  m unosabat shakli -   mavjud 
ekologik tizim larni saqlab qolish  darajasidagi kishilarning hayot tarzi.
Yaponiya,  Shveysariya,  Germ aniya,  AQSH,  Shvetsiya  kabi  mamla- 
katlarning  ekologik  qonunchilik  tizimi  iqtisodiy-ekologik  m unosabat  shak- 
liga  m oslashtirilgan  bo'lib,  kishilarning  har  qanday  shakldagi  ekologik 
harakatlari  davlat  tom onidan  to'laligicha  qo'llab-quvvatlanadi.  Tabiiy 
resurslarni  kam aytirish,  tabiatni  ifloslantirish  nafaqat  fuqarolarga,  hattoki 
davlat  idoralarining  xodim lariga  moddiy  va  m a’naviy  foyda  keltirm aydi. 
M asalan,  AQSH  «A trof  tabiatni  m uhofaza  qilish  milliy  siyosati»  (NEPA)

qonuniga  binoan  ham m a  jism oniy  va  yuridik  shaxslar  (davlat  hokim iyati 
va boshqaruv  organlari  ham   bundan  istesno  em as)  biron-bir  tabiiy  obyekt- 
dan  foydalanishlaridan  avval  turli  ko'rinishdagi  test  sinovlardan  o 'tad ilar 
va  tabiatga  ta'sir  etishi  m um kin  bo'lgan  «ariza»ni  topshiradilar.  Bu  test 
sinovlari  natijasining  boshidayoq  10%  «ariza»lar  sudlar  ish  faoliyatiga 
kirib  qoladi.  AQSH  Prezidentning  ijroiya  q o'm itasi  qoshidagi  Tabiatni 
m uhofaza  qilish  Kengashi  kelib  tushgan  «ariza»lar  ro'yxati  va  sudlarning 
qabul  qilgan  qarorlari  to 'g 'ris id a   ochiq  m a’lum otlarni  e'lon  qiladi.  Undan 
tashqari,  tabiatni  m uhofaza  qilishga  oid  har  bir  AQSH  shtati  o 'z ig a   mos 
ravishda  qonun  qabul  qilish  im koniyatiga  ega.  Chunki  shtatdagi  ekologik 
holat,  avvalam bor,  mahalliy  aholiga ta'sir qiladi-da.
Tabiiy  m uhitni  inqirozga,  ijtim oiy  m uhitni  falokatga  olib  kelm aslik 
uchun  biz  yaqin  kelajakda  kishilik  jam iyatining  ekologik  m unosabat 
shakliga o 'tib  olishim iz kerak bo'ladi.
Kishilik jam iyatin in g  tabiatga  nisbatan  ekologik  m unosabat  shakli
-  ekologik  tizim larni  qayta  tiklash  va  a tro f  tabiiy  m uhitni  sog'lom lash- 
tirishga  qaratilgan  kishilarning  hayot  tarzi.  Ekologik  m unosabat  shaklida 
davlatning  boshqaruv  tizim i,  avvalam bor,  ekologik  nobop  hudud  va 
obyektlarni  tiklashga  qaratiladi.  B unda  ishlab  chiqarish  texnologiyasi, 
birinchi  navbatda,  kam  chiqitli  yoki  y o p iq -  chiqitsiz  siklda  bo 'lishni  talab 
etadi.  Ekologik  ong  va  m adaniyat  kishilarning  jam iyatda  tutgan  o'rnini 
belgilovchi  m ezonga  aylanadi.  Ekologik  qonunlar  va  norm ativ  hujjatlar 
nafaqat  bevosita,  balki  bilvosita  ham   ekologiyalashtirilgan,  am aliy  tatbiqi 
esa  ekologik-huquqiy  m exanizm ga  to 'liq   asoslanganlikni  taqozo  qiladi. 
Tabiiy  resurslardan  foydalanishni  cheklash  va tabiiy  obyektlarni  qayta tik­
lash  bir  m am lakat  m iqyosida em as,  balki  ekologik xavfli  hududlar doirasi- 
da  am alga  oshiriladi  va  davlatlam ing  alohida  m uhofaza  etish  obyektiga 
kiritiladi.  Ekologik  m uam m olar  davlatlam ing  yangi  barqaror  rivojlanish 
konsepsiyasi  nuqtai  na/.aridan  hal  qilinadi.


Download 11.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling